𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
23.5K subscribers
1.56K photos
185 videos
454 files
1.47K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
Menga “to‘xtang endi” deganlar, qani ustozlaring to‘xtamayapti-ku, kimyo va biologiyaniyam qo‘shvordi-ku bu!
68👎24🔥10😎7👏1
Respublikadagi 60 % o‘qituvchi bilimsiz, degan gap 2025-yil 8-maydan so‘ng tarqatilgan. Bu ommaviy axborot vositalarida ham e’lon qilingan. Hozir bunga ichiqoralar ko‘zini yumib turibdi. Afsus, afsus, afsus...

https://podrobno.uz/cat/obchestvo/bolee-60-pedagogov-ne-proshli-attestatsiyu-v-2025-godu/

Har qanday “men o‘qituvchiman” degan odamga bu gap alam qilmaganmidi o‘shanda? Shaxsan menga alam qilgan, chunki bunday emas edi. O‘shandan so‘ng o‘qituvchilarning manfaatini himoya qilishga kirishganman. Vaziyat nisbatan bo‘lsa-da, yaxshi tomonga o‘zgargan.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯5010🔥10👎1
Qaranglar, men endi bu masalada ortiqcha bahsni davom ettirmaslikka qaror qildim. Nihoyat, vaziyatning asl maqsadini ham anglab yetdim. Agar Xorazmga kelganda aytadigan gapi bo‘lsa, telefon qilsa, yuzma-yuz ko‘rishib, gaplashishga tayyorman.

Mening tushunchamcha, bu yerda maqsad attestatsiya tizimini yaxshilash yoki isloh qilish emas, balki meni xalq oldida yomon ko‘rsatishga urinishdan iborat bo‘lib qolmoqda. Bu yerda hech qanaqa statistikalarni, dalillarni qabul qilish degan narsa yo‘q.

Hayotim davomida menga nisbatan tuhmat atigi ikki marta bo‘lgan. Bu ikkinchisi. Har ikkisi ham meni jumbushga keltirgan. Chunki tuhmat qilish darajasiga chiqish ham har kimning qo‘lidan kelavermaydi. Kimdir bunga ishonishi yoki ishonmasligi – har kimning o‘z qarori.

Lekin bitta narsaga ishonaman: baribir bir kun haqiqat qaror topadi. Men hammasini o‘sha Xoliqning kuniga topshirdim. Xudo ko‘rib turibdi, uning gaplari yolg‘on. Xayr.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
81👍52👏17🔥11👎9💯6🏆2
Yangi ochiladigan kurs narxi qancha bo‘lsin? Yaxshilab o‘ylab, fikr bildiring.
Anonymous Poll
58%
100 ming so‘m
22%
150 ming so‘m
14%
200 ming so‘m
16%
3,5 mln so‘m
😁15132👍24👎12🏆8🔥4😎4👏3
Bugun QABUL ochamiz...
67👍31🔥19👀6👎5😎3
📢 QABUL BOSHLANDI!

Kurs qanday tashkil etiladi?
Darslar aniq reja asosida olib boriladi. Har bir mavzu uchun yangi darsliklarga asoslangan “Kundalik-optimal” (yuqori sifatli mavzulashtirilgan testlar) to‘plamini ishlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Shuningdek, majburiy topshiriq sifatida Forms testlar ham muntazam ishlanadi. Bu testlar murakkab savollarga tayyorgarlik ko‘rishda juda muhim o‘rin tutadi.

Pedagogik mahorat bo‘yicha darslar bo‘ladimi?
Ha, pedagogik mahorat hamda metodik qo‘llanmalar asosida qo‘shimcha darslar ham olib boriladi.

Kimlar qatnashishi mumkin?
Kelgusi attestatsiya va “Milliy sertifikat” imtihonida qatnashmoqchi bo‘lganlar. Agar maktab o‘quvchilari soni ko‘proq bo‘lsa, ular alohida guruhga olib o‘tiladi.

O‘qituvchilar:
Jalol BOLTAYEV (tarix)
Mardon SHUKUROV (tarix)
Guli ESHNAZAROVA (pedagogika)

Jalol BOLTAYEV strategiyasi asosida TIZIMLI tayyorgarlik ko‘rsangiz, hech qanday imtihon sizni cho‘chita olmaydi!


💰 Narx: 180 000 so‘m
🔥 “Ishonch chegirmasi” davrida: 150 000 so‘m

💳 Karta: 9860010133910371

To‘lovni amalga oshirib, chekni @jalolboltayev_kurs'ga yuboring. Shundan so‘ng siz yopiq guruhga qo‘shilasiz.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3734🔥10👏6👎3
🔥 “Ishonch chegirmasi” – bu qanday chegirma?
Yangi guruh ochilishi arafasida dars jadvali va ba’zi qo‘shimcha tafsilotlar e’lon qilinmasidan oldin menga va mening tizimimga to‘liq ishongan holda kursga kirish istagini bildirganlar uchun beriladigan chegirma hisoblanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝6927💯17🔥10👍5👎4
“UCH DO‘ST” CHEGIRMASI 🤏🤏🤏

Yanada zo‘r taklif.
Agar uchta odam birgalikda guruhga yozilsa, uchoviga birgalikda atigi 300 ming so‘m to‘lanadi (chegirma 1-oy uchun amal qiladi).

Ya’ni:
• O‘zi o‘qimoqchi bo‘lgan o‘quvchi yana 2 do‘stini taklif qiladi;
• Uchovlon birvarakayiga ro‘yxatdan o‘tadi;
• Bitta odam menga yozadi, chekni yuboradi va do‘stlarining username’larini beradi;
• Umumiy bitta 300 ming so‘m bilan guruhga ulanadi;

🔥 Bu chegirma maqsadi qat’iy bo‘lgan, o‘qishni jiddiy boshlamoqchi bo‘lganlar uchun ideal variant.

Karta: 9860010133910371
• Guruhga ulanish uchun @jalolboltayev_kurs'ga yozing.

BIRGALIKDA BOSHLANG!

Diqqat! Bu chegirma istalgan vaqtda to‘xtatilishi mumkin. Shuning uchun shoshiling!


👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3824😁15👍6👎2🏆2🔥1
“Onlayn kurs oflayn kursdan ham yaxshi ekan”

Yo’q, biryoqlama gap bo‘lib qolgan. Aslida ba’zi onlayn kurslar aksariyat oflayn kurslardan yaxshiroq bo‘lishi mumkin. Kurs kimniki ekanligiga bog‘liq.

Kursimdagi ko‘pchilik shu fikrni aytadi: “Oflayn kurslardan ham yaxshi ekan”...

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2512👍7👌3👎1
Karnay-surnaylarni tayyorlab turinglar
😁119🔥2722🏆8👏2🤝2👍1
HAQIQATNI AYTADIGAN VAQT KELDI!

Ikkita o‘quvchi: biri oflayn, biri onlayn tayyorgarlik ko‘radi.
Har ikkalasi ham uy vazifalarini doimiy bajaradi.
Har ikkalasi ham sinov testlarda bir xil natija ko‘rsatadi.
Va aytaylik, ikkalasi ham “Milliy sertifikat”da 85+ ball oldi.

Savol: qay biri kushliroq?

Fikri ojizimcha, natija bir xil bo‘lsa-da, aslida onlayn tayyorlangan o‘quvchi kushliroq bo‘ladi (istisnoli holatlar bo‘lishi mumkin).

Nega?
Chunki unda o‘zini o‘zi nazorat qilish ko‘nikmasi ancha rivojlangan. Bu esa nafaqat o‘qishda, balki hayotda ham eng muhim kompetensiyalardan biridir.

Men onlayn kursimda ham ishtirokchilarni nazorat qilish, uyga vazifalarga tayyorlashga motiv yaratish uchun maksimal harakat qilaman. Lekin o‘quvchining o‘zida ham “o‘z-o‘zini nazorat qilish” qobiliyati bo‘lsa – nur ustiga nur bo‘ladi!

Men abituriyentlik yillarimda asosan “self study” (mustaqil) tayyorlanganman. Kimdir “tepamda” turmagan.

Bizning vaqtimizda onlayn kurslar ham yo‘q edi. Ishonchim komilki, bo‘lganida faqat o‘zimning onlayn kursimni tanlardim. 😁

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10751👎19😁18👍11💯5👏3
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV pinned «📢 QABUL BOSHLANDI! • Kurs qanday tashkil etiladi? Darslar aniq reja asosida olib boriladi. Har bir mavzu uchun yangi darsliklarga asoslangan “Kundalik-optimal” (yuqori sifatli mavzulashtirilgan testlar) to‘plamini ishlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Shuningdek…»
“Noldan” boshlanadigan guruhga kirish uchun @jalolboltayev_kurs'ga yozing.

Batafsil:
https://t.me/TESTLIDER/7665
24🔥7👎3👍1
Forwarded from Ulug‘bek Po‘latov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Avval aytganimdek, biz jadidlarni qanchalik xotirlamaylik, agar ular hozir tirik bo’lganida, aynan hozir ham ularni siyosiy ekstremizmda ayblab, yo’q qilib yuborardik, balki.

@u_pulatoff
58💯41👍8😁7👏2🔥1
“Kundalik-optimal”lar tizimi

Hozircha faqatgina 2 ta 8-sinf, va 2 ta 9-sinf va 11-sinflar bo‘yicha “Kundalik-optimal”lar nashr etilmagan.

8-sinflar tez orada chiqadi. Ochig‘i, ushbu kitoblar asosida test tuzish oson ish emas.

Nima deysiz? 8-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2023) bo‘yicha namuna joylaymi?

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥80👍3821💯2🏆1
Imtihonlar shuni ko‘rsatmoqdaki, buyog‘iga natija qilish uchun mavzulashtirilgan test ishlash SHART!

Qizig‘i, bu narsani ancha yillar oldin tushunganman va repetitorlikni boshlaganimdan beri targ‘ib qilib kelaman.

Kursdagi rekord natijalar o‘z-o‘zidan bo‘lib qolmagan.

Endi, menimcha, hamma tushunib bo‘ldi.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
46💯15🔥12👍6
“Forms test” haqida haqiqatan ko‘pchilik bilmaydi. Bu faqat yopiq kursim ishtirokchilari uchun tizimli materialdir. Bu orqali murakkab savollarga tayyorgarlik ko‘rish muhim.

Imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rishda eng-eng muhim vositalardan biridir.

@TESTLIDER
💯29👍1512🔥5
Gapirish kerak, doim gapirish kerak! Agar maqsad shaxsni qoralash emas, tizimni yaxshilash bo‘lsa!

Baholash markazi tomonidan tuzilgan testlarni sinchiklab ko‘rib chiqyapman. Ayrim savollar hanuz mayda tafsilotlarga tayanib tuzilganini ko‘rish mumkin. Vaholanki, sud jarayonlarida Baholash markazi “biz “YUNESKO” testologiya tamoyillariga amal qilamiz” deya ta’kidlagan edi. O‘sha ingliz tilidagi kitobda test topshiriqlari mayda tafsilotlar asosida tuzilmasligi kerakligi aniq yozib qo‘yilgan.

To‘g‘ri, bu galgi testlarda avval kuzatilgan ayrim kamchiliklar kamaygan. Xususan, “so‘z o‘yinlari”ga asoslangan savollar sezilarli darajada qisqargan, bir nechta javob bir vaqtning o‘zida to‘g‘ri bo‘lib qoladigan testlar (“A” ham to‘g‘ri, ”B” ham to‘g‘ri, “C” ham to‘g‘ri) deyarli uchramaydi. Bu ijobiy o‘zgarish.

Biroq ikki muhim muammo hanuz saqlanib qolmoqda.

Birinchisi – mayda tafsilotlarga ortiqcha urg‘u berilishi. Masalan, qaysidir hukmdorning nechanchi o‘g‘lini bilishni talab qiladigan test topshirig‘i – bu tarixiy tafakkurni emas, faqat yodlash qobiliyatini sinovdan o‘tkazadi. Bunday topshiriqlar bilimning mazmunini emas, uning mayda parchalarini tekshiradi.

Ikkinchisi va eng asosiysi – testlarning umumiy yo‘nalishi hali ham ko‘proq xotirani baholashga qaratilgan. Holbuki, XXI asrda (hatto XX asrdayoq) insonning asosiy ustunligi oddiy yodlash emas, balki ma’lumotni tahlil qilish, solishtirish va xulosa chiqarish, kreativlik, muammo topa olish qobiliyati ekanligi ilmiy jihatdan ko‘p bora isbotlangan. Ko‘p ma’lumotni eslab qolish – bu hali chuqur tushunish yoki tahlil qilish ko‘nikmasi mavjud degani emas (“ko‘p ma’lumot bilaman, men kushliman”, deganlar oddiy narsani tahlil qila olmasligi ko‘p bora kuzatilgan).

Tanqid – rivojlanish uchun zarur vosita. Agar maqsad tizimni yanada mukammal qilish bo‘lsa, muammolarni ochiq aytishdan qo‘rqmaslik kerak.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
💯10438👍27🔥20😍2🏆2
Prezident topshirig‘i bilan attestatsiya rasman bekor qilindi

O‘qituvchilar orasida kuchayib borayotgan psixologik bosim, shuningdek, ko‘plab tajribali ustozlarning tizimni tark etayotganiga sabab bo‘layotgani inobatga olinib, amaldagi attestatsiya tartibi rasman bekor qilindi. Qozog‘istonda.

Balki, bizdagi attestatsiya tizimining ham umri kam qolgandir. Chunki qozoqlarniki bilan deyarli bir xil edi. “Yana qaysi davlatda bunday markazlashgan attestatsiya tizimi bor?” deyishsa, “Qozog‘istonda bor-ku” deyishardi. Endi uyam yo‘q )

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍107👎36😁35🔥1915👏2
“Metodik qo‘llanma”larni sinxron tarzda o‘rganib boramiz

Onlayn kursda, masalan, “6 tarix” darsligining 1–5-mavzular o‘rganilayotgan paytda metodik qo‘llanmadagi aynan shu mavzularga tegishli, lekin darslikda uchramaydigan qo‘shimcha ma’lumotlar alohida ajratib tushuntirib boriladi. Metodik qo‘llanmaga xos bo‘lgan ana shu ma’lumotlar asosida ham testlar ishlab chiqiladi.

Masalan, darslikdagi 1–5-mavzularda driopiteklar haqida ma’lumot berilmagan, lekin metodik qo‘llanmada bu haqda qo‘shimcha ma’lumotlar mavjud. Shunday joylar, albatta, ko‘rsatib o‘tiladi va e’tibordan chetda qolmaydi.

Har bir metodik qo‘llanma avval darslikdagi mavzular bilan bir vaqtda – sinxron tarzda o‘rganiladi. Keyinchalik alohida yana bir bor qayta ko‘rib chiqiladi. Shunda osonroq bo‘ladi.

Onlayn kursga yozilish uchun @jalolboltayev_kurs'ga yozing.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
27🔥9👍1💯1