88 ball natija bilan 70 % ustamaga ega bo‘lib, oilasiga yanada ko‘proq halol rizq olib kirish imkoniga erishgan Gulhayo ustozni chin dildan tabriklayman! 🎉
Mening kursimni tavsiya qilgan va ushbu ustozga oldin tahsil bergan Elshodbek Muhammadjonovning ham bu natijada alohida hissalari bor.
70 % ustamaga sazovor bo‘lganingizdan juda xursandman, muvaffaqiyatlaringiz bardavom bo‘lsin! 🌟

❤55🔥15💯10
Haqiqatan shunday... Testologiya nuqtayi nazaridan “oson” va “murakkab” tushunchalari boshqacharoq bo‘ladi. Biroq xalq tili bilan aytganda, haqiqatan bugungidek oson attestatsiya imtihoni bo‘lmagan.
👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤25👍11👎8
2025-yil 8-may kuni bo‘lib o‘tgan attestatsiya imtihonini eslang.
Mening viloyatim – Xorazmda o‘sha paytda atigi 4–5 nafar o‘qituvchi 86 ball to‘play olgan edi. Oddiy statistikaning o‘zi ham ko‘rsatib turibdi: hozir Xorazm MMTB rahbariyatining kanalini kuzatsangiz, ancha o‘qituvchilar 90+ natija qilib tashlashgan.
Aslida testni “oson” yoki “murakkab” deb baholashdan oldin, u avvalo to‘g‘ri (valid) bo‘lishi kerak. 2025-yil 8-maydagi testlarning aksariyatiga esa bu mezonni qo‘llash qiyin edi. Savollar juda mayda detallarga, ahamiyati past bo‘lgan ortiqcha faktlarga asoslangan, javob variantlari esa bir-biriga nihoyatda yaqin tuzilgan edi. “So‘z o‘yinlari” ham ko‘p edi. Xullas, savollar sifati talab darajasida emas edi. O‘sha paytda hatto tajribali repetitorlar uchun ham 80+ natija olish oson bo‘lmagan. Muammo repetitorlarda emas, savollarning sifatida edi.
Shundan so‘ng 4 nafar tarix o‘qituvchisi sudga murojaat qildi, e’tirozlar bildirildi. Keyingi imtihonlarda esa 70 % lik ustamaga erishganlar soni 5–6 baravar oshdi. Hozir ham 2025-yil 8-maydagi kabi bitta viloyatda atigi 4–5 nafar emas, 5–6 baravar ko‘p o‘qituvchilar 70 % lik natijani qo‘lga kiritayotganini ochiq manbalardan ham kuzatish mumkin (@T_Nurmetov – Xorazm MMTV).
Xulosa qilib aytganda, ayrimlarga raqamlar bilan isbotlab bersangiz ham, baribir ig‘voni davom ettiraveradi. Maqsad qanday qilib bo‘lmasin, Jalol Boltayevni yomonotliq qilish.
Xudo ko‘rib turibdi. Kecha 100 dan ortiq odam lichkamga yozdi – ya’ni “vestgot” savoli tufayli ularga ball qo‘shilgani, aksariyati 70 % lik ustamaga erishgani va toifasini oshirganini aytishdi. Chin dildan minnatdorchilik bildirayotganlarini yozishmoqda. Shuning uchun ichi qoralikni bas qilishni iltimos qilaman.
Shu bilan birga hozirgi holatda ham Baholash markazi testlarini “juda zo‘r” yoki “yorib tashlashibdi” deb aytmoqchi EMASMAN. Tuzilish va mazmun jihatidan oldingiga nisbatan yengillashtirilgan, juda mayda va keraksiz detallar (ma’lumotlar)dan qochilgan, “so‘z o‘yinlari”dan chekinilgan, biroq baribir yondashuvda hanuz ko‘proq xotiraga asoslangan savollar ustunlik qilmoqda.
Keyin yana bir qiziq holat bo‘ldi. Kimdir yozibdi: “o‘tgan safar 94 ball olgan edim, siz tufayli bu safar 86 ball ham ololmadim”, deb. Vaholanki, o‘tgan safar u 60 ball olgan edi, natijasini o‘zim ko‘rganman. Menda turibdi ham. Shunchaki o‘zining “haq”ligini isbotlash uchun fantastik ma’lumotlarni ham bemalol to‘qib qo‘yaverdi. Eng qizig‘i, bu safar aksincha, avvalgidan ko‘proq ball olgan bo‘lsa-da 😁

👍21❤19🔥3👎2
O‘qituvchingizga ayting, sifatli mavzulashtirilgan test tuzsin yoki “Kundalik-optimal” test to‘plamimni ishlab chiqing. Ana o‘shanda har qanday imtihondan o‘tish nisbatan osonroq bo‘ladi (tayyorlanish jarayoni murakkabroq bo‘lishi mumkin).
❤22💯6🔥3
O‘sha meni ayblayotganlar, keling, kursimga a’zo bo‘ling 😁
Keyingi imtihonda, nasib, 86 ball olasiz! Menda topshiriqlar tizimli. Metodika bor. Shunda ko‘rasiz asl haqiqat qandayligini... Tizimli o‘qimasangiz, Xudo ko‘rsatmasin, keyingi imtihonda ham natija chiqmasa, yana meni ayblab yuraverasiz!
👉 @TESTLIDER
Keyingi imtihonda, nasib, 86 ball olasiz! Menda topshiriqlar tizimli. Metodika bor. Shunda ko‘rasiz asl haqiqat qandayligini... Tizimli o‘qimasangiz, Xudo ko‘rsatmasin, keyingi imtihonda ham natija chiqmasa, yana meni ayblab yuraverasiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥53❤20😁15💯14👍6👎4👏1
Forwarded from Daler Xolmamatov
Assalomu aleykum Jalol ustoz. Rahmat sizga. Allohga shukur sizga onlayn o‘qib 1-toifani oldim. Bergan bilimingizga rozi bo‘ling. Nasib siz bilan yana tayyorlanib milliy sertifikat va oliy toifalarni olish niyat bor.
❤15🔥3😍2
Forwarded from Axmedova DH 37-maktab
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Photo
Boltayev katta rahmat sizga ilmingiz Ziyoda bo'lsin
🔥8❤5🏆2
Bugun attestatsiya imtihonida qo‘llangan yangicha qolipdagi testni men allaqachon «Kundalik-optimal» testlarimda ham berib kelayotgan edim. Bunday qolipdagi savollar aynan “tahlil” darajasiga mansub testlar hisoblanadi.
Bir paytlar Eyler–Venn testlarini tuzganimda, “bunday testlar tushmaydi”, deyishgan edi – keyinchalik «MS»da aynan shu turdagi savollar tushdi. Grafikli testlar tushmaydi, deyishdi – tushdi. Chuqur tahlilga asoslangan testlar tushmaydi, deyishdi – tushdi. “Agar” qolipidagi savollar tushmaydi, deyishdi — mana, bugun attestatsiya testida tushib turibdi.🙂
Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz!
Bir paytlar Eyler–Venn testlarini tuzganimda, “bunday testlar tushmaydi”, deyishgan edi – keyinchalik «MS»da aynan shu turdagi savollar tushdi. Grafikli testlar tushmaydi, deyishdi – tushdi. Chuqur tahlilga asoslangan testlar tushmaydi, deyishdi – tushdi. “Agar” qolipidagi savollar tushmaydi, deyishdi — mana, bugun attestatsiya testida tushib turibdi.
Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥52❤20👍8💯8👎2😎1
Forwarded from Umidjon Ibodullayev
Assalomu alaykum hurmatli ustoz yaxshimisiz, ishlar bilan charchamayapsizmi, bilaman shu xafta juda og'ir o'tdi, men sizga rahmat aytmoqchi edim bugun attestatsiya imtihonlariga kirib chiqib 74 ball olib 1 toifaga o'tdim, Jalol ustoz, Mardon ustoz, Guli ustoz sizlarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman, nasib qilsa kuzgi imtihonlarga ham sizlar bilan tayyorlanib oliy toifani olaman, katta rahmat ustoz!!!
❤18🔥7
Forwarded from Qozoqova Shodiya♥️
Köpchilik 90 balldan ötgan 😳😳😳 shumi Jalol Boltayevni aybi asli pas ball olishni hohlagan hama 😂 qiyin boʻladi otam-anam bunda shu aybdor dab😂😂
❤9🔥2💯2
Forwarded from Qozoqova Shodiya♥️
Özi ikkita imtixon (MS va att)ham birdek oson kelavermaydi 1 Si qiyin 1 Si oson kelishi tabiiy men buni sinab kuzatib yuraman doim buyil MS qiyinroq att oson boʻldi koʻpchilikka unday tuyulmasligi mn uyğoning bu yangi kitoblar boʻlganiga qiyindek tuyulaveradi
👏12❤6💯3🔥2
Shuni aytaman, kompyuter oldida o‘tirib, mavzulashtirilgan tizimli test tuzadigan odamlar kam. Yana aytaman: meni ayblayotganlar, kursimga kiring 😁
❤20🔥5💯5😁4👍1
Forwarded from Нилуфар Мусулмонова
Ассалому алайкум хаммага, Жалол Болтаевнинг оптимал тестлари билан узлаштирган китоблардан тестларни кийналмасдан ечдим, бугун тарихдан 35/31 ечдим, энди устоздан 8,9-синф янги дарсликлар учун хам оптимал тестларни кутиб коламиз
👍25❤12💯4🔥2
Forwarded from Mirzayev
Assalomu alaykum ustoz sizdan Alloh rozi bolsin 82 ball boʻlib qoldi ustoz nasib kuzgi imtihonga ham sizning kursingizda tayyorlanaman
❤11🔥7👍2💯1
Ilmiy saviya bo‘lmasa, jim turgan ma’qul
Sog‘lom fikrli odamlar ham bor. Aslida bunday gapni 1–2 ta ichiqora yoki testologiyani tushunmaydiganlar tarqatadi, xolos. Qolgan xokisor o‘qituvchilar esa ishonib o‘tiradi.
Ularning statistikaga tupurgani bor, meni yomonotliq qilsa bo‘ldi. 2025-yilda har viloyatdan atigi 4–5 odam 86 ball to‘play olganini, “60 % o‘qituvchi bilimsiz” deya mujda berilganini, shundan so‘ng bizning kurashlarimiz natijasida vaziyat o‘zgarib, bu ko‘rsatkich 5–6 baravar oshganini “unutishgan”.
Attestatsiya bo‘lsin, “MS” bo‘lsin xotirani baholamasligi kerak. Chunki bu tom ma’nodagi ilm emas. Shu jihatdan haliyam attestatsiya juda oqsoq. Asosan baribir xotirani baholaydi, mana shu to‘g‘rilanishi kerak.
Buni ommaga va Baholash markaziga tushuntirish uchun esa ilmiy saviya kerak. Ilmiy saviyasi yo‘qlar vaziyatni faqat chigallashtirgani qoladi, ochig‘i (yoki maqsad o‘zi shumi, maqsad Jalol Boltayevni yomonotliq qilishmi faqat?).
Husanboy aytgan edi: “hayp uchun qilishadimi?”, deb. Yo‘q, menimcha, faqat hayp uchun emas. Ilmiy saviya ham yetmaydi.

❤30👏14💯6🔥4