𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
23.8K subscribers
1.55K photos
185 videos
454 files
1.47K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
Imtihon qalay bo‘ldi? Qanday savollar tushdi?
👍68👎2518👀14🔥3💯3🏆2
#tushgan

Aleksandr Makedonskiy va Doro III o‘rtasidagi jang nomi – Gavgamela

@TESTLIDER
49👍14👀8🔥5😁1💯1
a) Lindon Jonson; b) “Buyuk jamiyat”.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
34🏆13🔥3💯1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Turuqband
#tushgan

Alisher Navoiy qurdirgan suv inshooti nomi – Turuqband.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
59👍13🔥10💯3
#tushgan

Shohrux Mirzo Xitoyga yuborgan elchilik missiyasining rahbari kim? Shodixoja

Shuni yozib chiqqanga katta ball beradi!

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
56👎21🔥6👀6👏1
Forwarded from Jalol BOLTAYEV
#ehtimoliy

1. Birinchi jahon urushidan keyin Millatlar Ligasi qaroriga muvofiq ayrim hududlarni boshqarish vakolati Angliyaga berildi. Ushbu boshqaruv shakli qanday nom bilan yuritilgan?
J. Millatlar Ligasi mandati

2. Birinchi jahon urushidan so‘ng Yaqin Sharq hududlarini qayta taqsimlash jarayonida Livan va Suriya hududlari qaysi davlat mandati ostiga o‘tkazilgan edi?
J. Fransiya

3. Jazoir mustaqilligi masalasiga yakun yasagan Evian kelishuvi imzolangan paytda Fransiya davlatiga kim rahbarlik qilayotgan edi?
J. Sharl de Gol

4. Ikkinchi jahon urushidan keyin Yaponiya bilan tinchlik munosabatlarini tiklash maqsadida San-Fransisko shahrida tuzilgan shartnoma qaysi yilda imzolangan edi?
J. 1952-yil

5. Yaponiya bilan tuzilgan San-Fransisko tinchlik shartnomasini imzolashdan bosh tortgan ikki yirik davlat qaysilar edi?
J. SSSR va Xitoy

6. Sovet Ittifoqi hamda Xitoy tomonidan imzolanmagan xalqaro hujjat sifatida tarixga kirgan tinchlik shartnomasi qaysi edi?
J. San-Fransisko shartnomasi

7. AQSHning Vetnamdagi harbiy harakatlarini keng miqyosda boshlashi bilan bog‘liq bo‘lgan 1965-yilgi qarorni qaysi AQSH prezidenti qabul qilgan edi?
J. Lindon Jonson

8. AQSH tarixida ijtimoiy islohotlar dasturi sifatida tanilgan “Buyuk jamiyat” atamasi qaysi prezident faoliyati bilan bog‘liq?
J. Lindon Jonson

9. Turkiston o‘lkasini Rossiya imperiyasining markaziy hududlari bilan bog‘lash maqsadida Toshkent–Orenburg temir yo‘li qurilishi qaysi general-gubernator davrida boshlangan edi?
J. Vrevskiy

10. Turkistonni Rossiya bilan bog‘lovchi muhim transport yo‘li hisoblangan Toshkent–Orenburg temir yo‘lining qurilishi qaysi imperator hukmronligi davrida yakunlangan edi (1905-yil)?
J. Nikolay II

11. Turkiston o‘lkasida boshqaruv tizimini mustahkamlash maqsadida Vrevskiy qaysi Rossiya imperatori tomonidan general-gubernator etib tayinlangan edi?
J. Aleksandr III

12. Rossiya qo‘shinlarining Buxoro amirligiga qarshi olib borgan harbiy yurishlari davomida bo‘lib o‘tgan qaysi janglardan keyin Zarafshon okrugi tashkil etilgan edi?
J. Cho‘ponota va Zirabuloq janglaridan keyin

13. Zarafshon okrugi tashkil etilgach, ushbu hududni boshqarish uchun kim okrug boshlig‘i etib tayinlangan edi?
J. Abramov

14. 1898-yilgi Andijon qo‘zg‘oloni voqealari davomida Rossiya hukumatiga qanday mazmundagi telegramma yuborilgan edi?
J. Jazoni yengillashtirish haqidagi telegramma

15. Andijon qo‘zg‘oloni qatnashchilariga nisbatan chiqarilgan hukmni yengillashtirish haqida telegramma yuborgan Rossiya amaldori kim edi?
J. Kuropatkin

16. 1898-yilda yuz bergan Andijon qo‘zg‘oloni bostirilgandan so‘ng qo‘zg‘olon qatnashchilarining bir qismi qatl etilgan joy sifatida tarixda nom qoldirgan hudud qayer edi?
J. Po‘chvon


17. Qirg‘iz va qipchoq qabilalari qarshilik harakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan Qurbonjon Dodxoh qo‘zg‘olonini bostirishga kim boshchilik qilgan edi?
J. General M. Skobelev

18. Buxoro amiri Abdulahadxon tomonidan tashkil etilgan yangi usuldagi maktabga qanday nom berilgan edi?
J. Muzaffariya

19. XX asr o‘rtalarida xalqaro mojarolarni muhokama qilish maqsadida Shveysariyada o‘tkazilgan mashhur konferensiya qaysi nom bilan tanilgan?
J. Jeneva konferensiyasi

20. Xalqaro munosabatlarda muhim o‘rin tutgan Jeneva kelishuvini imzolashdan bosh tortgan davlatlar qaysilar edi?
J. SSSR, AQSH, Turkiya

21. XX asr boshlarida Buyuk Britaniya bosh vaziri sifatida faoliyat yuritgan Ramsay Makdonald qaysi davlat bilan Sovet Ittifoqi o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarni yo‘lga qo‘ygan edi?
J. Buyuk Britaniya

22. Buyuk Britaniya siyosiy hayotida muhim rol o‘ynagan Ramsay Makdonald qaysi siyosiy partiya vakili bo‘lgan edi?
J. Leyboristlar partiyasi

23. Ikkinchi jahon urushi yakunlari muhokama qilingan Yalta konferensiyasi o‘tkazilgan davrda Fransiya davlatiga kim rahbarlik qilayotgan edi?
J. Sharl de Gol

24. XX asr oxirida Xitoyda yuz bergan siyosiy voqealar bilan bog‘liq ravishda 1989-yilda qaysi shaharda favqulodda holat e’lon qilingan edi?
J. Pekin

(c) Jalol BOLTAYEV
35👍4🔥1
Forwarded from Jalol BOLTAYEV
#ehtimoliy

25. Ikkinchi jahon urushidan keyin Yaponiya bilan tuzilgan San Fransisko shartnomasiga muvofiq Yaponiya qaysi davlat mustaqilligini tan olgan edi?
J. Koreya

26. XVIII asr o‘rtalarida Qo‘qon xonligi hukmdori Erdonabiy tashqi xavfga qarshi birgalikda kurashish taklifini qaysi afg‘on hukmdoriga yuborgan edi?
J. Ahmadshoh Durroniy

27. 1512-yilda Movarounnahr hududi uchun olib borilgan shayboniylar va safaviylar o‘rtasidagi hal qiluvchi jang qayerda bo‘lib o‘tgan edi?
J. G‘ijduvon jangi

28. 1512-yilda bo‘lib o‘tgan G‘ijduvon jangida shayboniylar qo‘shinining o‘ng va chap qanotlariga kimlar boshchilik qilgan edi?
J. o‘ng – Muhammad Temur, chap – Abu Said

29. Ko‘li Malik jangidan keyin Boburga Movarounnahrni qayta egallashda yordam berish maqsadida Shoh Ismoil Safaviy tomonidan kim yuborilgan edi?
J. Najmi Soniy

30. Shayboniylar qo‘shinlari Amudaryodan o‘tib Movarounnahr hududiga yurish boshlaganida dastlab ketma-ket egallangan hududlar qaysilar edi?
J. G‘uzor va Qarshi

31. Xiva xonligi tarixida Orolbo‘yi hududlari va qoraqalpoq qabilalarini o‘z hokimiyatini tan olishga majbur qilgan hukmdor kim edi?
J. Elbarsxon

32. XVIII asrning birinchi yarmida Xiva xonligi va Rossiya imperiyasi o‘rtasidagi geosiyosiy manfaatlar to‘qnashuvi asosan qaysi hudud atrofida yuz bergan edi?
J. Orolbo‘yi

33. 1743-yilda qoraqalpoq biyisi Mamanbiyga Rossiya fuqaroligini qabul qilganligi haqida yorliq bergan Rossiya hukmdori kim edi?
J. Yelizaveta Petrovna

34. 1509-yilda Shayboniyxon qozoq sultonlariga qarshi yurishlar olib borib, Sirdaryo bo‘yida joylashgan qaysi muhim shaharlarni egallagan edi?
J. Sig‘noq, Yassi, Savron

35. Shayboniyxon tomonidan Xuroson hududida egallangan qaysi shaharlar Safaviylar davlati uchun jiddiy xavf tug‘dirgan edi?
J. Mashhad va Tus

(c) Jalol BOLTAYEV
16👍1🔥1
Forwarded from Jalol BOLTAYEV
#ehtimoliy

36. XIX asr o‘rtalarida Rossiya imperiyasining Toshkent shahrini egallash harbiy harakatlariga kim boshchilik qilgan edi?
J. Chernyayev

37. Rossiya qo‘shinlarining Toshkentni egallash harakatlariga qarshi diplomatik norozilik bildirgan Usmonli davlati sultoni kim edi?
J. Abdulaziz

38. Sovuq urush davrida Yevropa xavfsizligi masalalarini muhokama qilish uchun tashkil etilgan YESA (Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashi) tuzilishiga boshchilik qilgan Buyuk Britaniya bosh vaziri kim edi?
J. G. Makmillan

39. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha ilk tashabbuslar ilgari surilgan va YESA faoliyatiga asos solingan davlat qaysi edi?
J. Shvetsiya (Stokgolm shahrida, Stokgolm konvensiyasi)

40. 1989-yilda Xitoyda yuz bergan siyosiy norozilik namoyishlari qaysi maydon nomi bilan tarixda mashhur bo‘lib qolgan?
J. Tyananmen maydoni

41. Ikkinchi jahon urushidan keyin Yaponiya hududiy da’volardan voz kechishga majbur bo‘lgan tinchlik shartnomasi qaysi shahar nomi bilan atalgan?
J. San-Fransisko shartnomasi

42. XX asr o‘rtalarida xalqaro nizolarni tartibga solishda muhim rol o‘ynagan Jeneva konferensiyasi asosan qaysi mojarolar bilan bog‘liq bo‘lgan edi?
J. Hindixitoy (Vetnam) mojarosi

44. XIX asr oxirida Turkiston o‘lkasida Rossiya mustamlakachiligiga qarshi ko‘tarilgan eng yirik qo‘zg‘olonlardan biri hisoblangan Andijon qo‘zg‘oloni qaysi shaxs nomi bilan bog‘liq?
J. Dukchi Eshon

45. XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligi ustidan harbiy ustunlikka erishgan Rossiya qo‘shinlari qaysi janglardan keyin amirlikni qaramlikka majbur qilgan edi?
J. Zirabuloq va Cho‘ponota janglaridan keyin

46. Ikkinchi jahon urushi yakunlari muhokama qilingan va Germaniya taqdiri belgilangan konferensiya qaysi yarimorol nomi bilan atalgan edi?
J. Qrim (Yalta konferensiyasi)

47. XX asr boshlarida Buyuk Britaniya siyosatida muhim rol o‘ynagan va Leyboristlar partiyasidan chiqqan birinchi bosh vazir kim edi?
J. Ramsay Makdonald

48. Sovuq urush davrida AQSH tomonidan Vetnam hududida olib borilgan harbiy harakatlar qaysi mintaqada keskinlashgan edi?
J. Janubi-Sharqiy Osiyo

49. XX asr ikkinchi yarmida mustamlakachilik tizimining yemirilishi natijasida Fransiya mustamlakasi bo‘lgan qaysi davlat mustaqillikka erishgan edi (Evian kelishuvi orqali)?
J. Jazoir

50. Ikkinchi jahon urushidan keyin xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan BMTning asosiy hujjati qaysi shahar nomi bilan bog‘liq holda qabul qilingan edi?
J. San-Fransisko (BMT Nizomi)

(c) Jalol BOLTAYEV
33👍4🔥2
Yuqoridagilarni bir sidra ko‘rib chiqing.

Yopiq guruhimning “EHTIMOLIY” bo‘limiga joylagan savollarimni o‘zimning kanalimga ham joylab qo‘ydim. Hammasining muallifi o‘zim emasman.
39🔥4👏4👍2🏆1
“Qiyosiy hayotnomlar” asari muallifi Plutarx

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
66🔥18👏13👍6👎3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍173🔥46💯3832👎20👀10😎10😍7👏6🤝4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥131👍50💯40👎2012👀10😍6🙏5🏆5😎2
“Nega sharafli erkaklarning ortidan fojia ergashib yuradi?”


“Yetti qirollik ritsari” filmidan
81😁50👎5🔥2👍1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
“Nega sharafli erkaklarning ortidan fojia ergashib yuradi?” “Yetti qirollik ritsari” filmidan
Bu gapni atay chiqarishyapti. Ayrimlar qanday qilib bo‘lsayam, menga zarar yetkazishni o‘ylaydi.

Mantiqan o‘ylab ko‘ring: “MS” testini boshqa tashkilot, attestatsiya testini boshqa tashkilot tuzadi.

Biz attestatsiya testini tuzadigan tashkilot ustidan yutib chiqqanmiz. Bu 1000 lab o‘qituvchilarga, Xudo xohlasa, ball qo‘shilishiga olib keladi. Ular orasida yolg‘iz onalar, qiyin ahvolda qolgan otalar bor.

Halqum emas, xalqim deb yashang. Juda individualist bo‘lmang. Mayli, bog‘liqlik bo‘lsayam, mayli derdim-da... Zarracha bog‘liqlik yo‘q.

Biroq men “MS” testlari nima uchun qiyinlashyotganini BILAMAN.

Bu haqda yozarman bir kun, balki.
161🔥47💯28👎12😁7👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥130😁81💯3725👎12👏8👍6😎3👀2
Forwarded from Pedmahorat|Guli
BUGUN 🔥

Pedagogika + Tarix o‘qitish metodikasidan
eng muhim tushunchalar va ehtimoliy savollarni
birgalikda ko‘rib chiqamiz 📚

Attestatsiyaga tayyorlanyapsizmi?
Unda aynan tushadigan joylarni bilib oling!


Soat 2️⃣0️⃣🔣0️⃣0️⃣da
sizni kutaman

O‘tkazib yubormang!

@PedMahoratGuli
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5130🔥5👎1💯1
Mening o‘ylashimcha, imtihonga imtihondan 3 kun oldin tayyor bo‘lib turish kerak. Oxirgi 3 kun ham o‘qish kerak, lekin bu natija uchun asos bo‘la olmaydi. 5–6 oylik jarayon eng muhimi.
116💯65👍28👎13🔥3👏2
Ilming yetmasa, jim turgan ma’qul. “MS” testlarini yana aytaman: boshqa tashkilot tuzadi, attestatsiya testlarini boshqa tashkilot.
💯12026🔥17😁11👏7👍5👎3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
52🔥27🤝12👍8👌4💯4😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥5422👍21🤝7👎3💯3😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥5224👍19💯9👎6😁5👏2😍1