𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
23.7K subscribers
1.55K photos
185 videos
454 files
1.47K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
So‘nggi paytlarda tarix fanlari doktori, professor Akbar Zamonov boshchiligida yozilgan “O‘zbekiston tarixi” turkumidagi asarlar haqida ko‘p so‘rashmoqda. Hozircha ushbu turkum doirasida 5 ta kitob nashr etilgan.

O‘zim ham bu kitoblarni muntazam o‘qib boraman. Ayniqsa, test tuzishda, xususan, puxta va asosli distraktorlar (noto‘g‘ri variantlar) yaratishda juda qo‘l keladi. Umuman, sifatli test tuzishning muhim shartlaridan biri mavzu bo‘yicha keng va ishonchli ma’lumotlarga ega bo‘lishdir.

Masala faqat test tuzish bilangina cheklanmaydi. Masalan, o‘quvchi savol berganida tarixchi javobni taxminga emas, balki aniq va ishonchli manbaga tayangan holda berishi kerak. Mazkur kitoblar aynan shu jihatdan ham foydali manba bo‘la oladi.

Kimga ushbu kitoblar kerak bo‘lsa, ularni @Muarrix_kanali_admini orqali xarid qilish mumkin. Jahongir Jabborqulov@muarrix_kutubxonasi muallifi – yosh tarixchilarning ilm olishiga va zarur manbalar bilan ta’minlanishiga katta hissa qo‘shib kelmoqda. Bu faoliyat, avvalo, jamiyat uchun foydali tashabbuslardan biridir. Shuning uchun qo‘llab-quvvatlayman!

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
60🔥16👏6🏆3👍2👎2
Attestatsiya. “Vestgot-langobard” ishi bo‘yicha

Xullas, “vestgot” javobini belgilab, 86 ball ololmay, ustamadan quruq qolgan men bilgan aksariyat o‘qituvchilar 9–10-aprelda imtihonga bormoqchi EMAS.

Mantiqan to‘g‘ri. Chunki vazirlik xatosini tan olib, ball qo‘shib berishini rasman aytdi. Demak, ularning toifasi ham tiklanadi, 70 % lik ustamaga ham iladi.

Yuridik jihatdan qo‘rqishga hojat yo‘q. Ball aniq qo‘shiladi. Prezident administratsiyasi oldida bunga va’da berilgan. Xato rasman tan olingan.

Diqqat qiling. Hamma yoppasiga imtihondan qolmasin tag‘in.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
131👍31👏16🔥9🏆3
Do‘stlar, Xudo xohlasa, hammasi yaxshi bo‘ladi. Qo‘lingizdan kelgancha mehnat qildingiz, mehnatlaringizning samarasini bersin.

Hayajon bosib turgan bo‘lsa, bundan qo‘rqmang, bu qaytangga yaxshi, o‘qigan odamni hayajon bosishi tabiiy hol. Hayajon bosmasa qo‘rqish kerak aslida.

1️⃣. Imtihonda har bir savolni qayta-qayta o‘qing, har bir detaliga e’tibor berib o‘qing;

2️⃣. Savolda qiynalib turgan bo‘lsangiz xato variantlarni chiqarib tashlash evaziga to‘g‘ri javobni toping. Bu juda oson.

3️⃣. “Qaysi biri to‘g‘ri emas”, “qatnashmagan”, “oid emas” kabi savollarga e’tiborli bo‘ling, javobni belgilab ketavermang darrov;

4️⃣. Titulga javoblarni to‘g‘ri tushing, e’tiborli bo‘ling.

5️⃣. Shunchaki tavakkal belgilashga shoshmang, chiqarib tashlash uslubi yoki ko‘zlaringizni yumib esga tushirishga harakat qiling (samarasi aniq, isbotlangan, fakt).

6️⃣. Raqamli testlarda to‘g‘ri variant testning yakuniy to‘g‘ri javobida bo‘ladi. Bu usulni ko‘pchilik qo‘llamaydi. Siz qo‘llang.

7️⃣. Oʻzingizga keragidan ortiq masʼuliyat olib kirmang. Yaʼni “ololmasam nima boʻladi, qoʻshnilarim (ustozlarim, qarindoshlarim, hayotda koʻpi 3 marta uchrashadigan yo uchrashmaydigan “doʻstlarim”) nima deydi?” kabi gaplarga chalgʻimang. “Milliy sertifikat” bu hayot-mamot masalasi emas. Omad tilayman!
Xudo xohlasa, hammasi yaxshi bo‘ladi! 🤲

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
696🔥141🤝67👍57💯15😍13🏆13😎4👏3👀2👌1
6-usulni batafsilroq tushuntirishga harakat qildim.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
133🔥38💯20👏10👍7🙏5🏆5😍4
Dekabrda bo‘lib o‘tgan “Milliy sertifikat” imtihonida 4 ta variantda ham “YANGI TIP”dagi savol qo‘llandi. U savolni juda ko‘pchilik xato qilib chiqqan. O‘sha savolni ishlash bo‘yicha yo‘riqnoma quyida berilgan.

Ushbu tipdagi testlarning aslida 3 xil shakli bor. Oldinroq bunday shaklda yozganim uchunmi, bilmadim, ko‘pchilik aynan shu qolipda tushgan, deb o‘ylab, shunaqa qolipda test tuzishyapti. Aslida imtihonda aynan (deyarli) 3-shakldagi kabi qo‘llangan (o‘zimga 1 va 2-shakllar yoqadi).

1-SHAKL
Quyidagi variantlardan qay birida tarixiy hukm TO‘G‘RI baholangan?

+A) Jalol Boltayev xorazmlik – to’g‘ri
B) Jalol Boltayev 35 yosh – to‘g‘ri
C) Jalol Boltayev repetitor – noto‘g‘ri
D) Jalol Boltayev “Arastu”da ishlaydi – noto‘g‘ri

Yoki bunday holatlarda to‘g‘ri xulosa (to‘g‘ri baholangan) bo‘ladi va shu javobni tanlashimiz kerak.
+A) Jalol Boltayev samarqandlik – noto‘g‘ri
B) Jalol Boltayev 35 yosh – noto‘g‘ri
C) Jalol Boltayev repetitor – to‘g‘ri
D) Jalol Boltayev “Arastu”da ishlaydi – to‘g‘ri

2-SHAKL
Quyidagi variantlardan qay birida tarixiy hukm NOTO‘G‘RI baholangan?

+A) Jalol Boltayev xorazmlik – noto’g‘ri
B) Jalol Boltayev 35 yosh – noto‘g‘ri
C) Jalol Boltayev repetitor – to‘g‘ri
D) Jalol Boltayev “Arastu”da ishlaydi – to‘g‘ri

Yoki bunday holatlarda noto‘g‘ri xulosa (noto‘g‘ri baholangan) bo‘ladi va shu javobni tanlashimiz kerak.
+A) Jalol Boltayev samarqandlik – to‘g‘ri
B) Jalol Boltayev 35 yosh – to‘g‘ri
C) Jalol Boltayev repetitor – noto‘g‘ri
D) Jalol Boltayev “Arastu”da ishlaydi – noto‘g‘ri

3-SHAKL
⚠️ “Milliy sertifikat” imtihonida AYNAN shunday shaklda tushgan.
Quyida berilgan ma’lumotga mos yakuniy xulosa (to‘g‘ri/noto‘g‘ri) keltirilgan javobni toping.

+A) Jalol Boltayev xorazmlik – to‘g‘ri
B) Jalol Boltayev 35 yosh – to‘g‘ri
C) Jalol Boltayev repetitor – noto‘g‘ri
D) Jalol Boltayev “Arastu”da ishlaydi – noto‘g‘ri

A) Jalol Boltayev 35 yosh – noto‘g‘ri
+B) Jalol Boltayev xorazmlik – noto’g‘ri
C) Jalol Boltayev oshpaz – to‘g‘ri
D) Jalol Boltayev “Erudit”da ishlaydi – to‘g‘ri

Yoki bunday holatlarda yakuniy xulosa – to‘g‘ri bo‘lsin, noto‘g‘ri bo‘lsin – mos ravishda qo‘yilgan bo‘ladi va shu javobni tanlashimiz kerak.
+A) Jalol Boltayev “Arastu”da ishlaydi – to‘g‘ri
+A) Jalol Boltayev repetitor – to‘g‘ri
+A) Jalol Boltayev 27 yosh – to‘g‘ri
+A) Jalol Boltayev xorazmlik – to‘g‘ri

+A) Jalol Boltayev “Erudit”da ishlaydi – noto‘g‘ri
+A) Jalol Boltayev oshpaz – noto‘g‘ri
+A) Jalol Boltayev 35 yosh – noto‘g‘ri
+A) Jalol Boltayev samarqandlik – noto‘g‘ri

(c) Jalol BOLTAYEV – repetitor, testolog

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
84😁21🔥20👍15👀6💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Milliy sertifikat”da yangi qolipdagi testning ishlanish yo‘li

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
58👍13🔥10👌6🏆1
Forwarded from Наргиза
Assalomu alaykum, ustoz! 👋 Yaxshimisiz? Ertaga imtihonim. 📚 kursiyzda o'qidim. Test optima, kompyuter testlar, formislar, quizlarni imkon qadar ishlashga harakat qildim. Darslar juda yaxshi tizimli! 🌟 Kursga ko'p yaqinlarimni taklif qildigan bòlardim Albatta, ishonmaganim uchun shuni aytmoqchimanki: sizga va Mardon ustozga o'z minnatdorchiligimni bildiraman! 🙏 Sizlarga katta rahmat. Tarixni 0 dan boshlaganimda menda umuman qiziqish yo'q edi, sertifikat uchun o'qiyotgan edim endi qiziqish uyg'ondi. 💡 Sertifikat olsam ham yana tarixiy ma'lumotlar o'qishni davom ettiraman degan umiddaman! 🎓 asosiysi ustoz natijam qanday chiqishidan qatiy nazar oldinda raxmat va men sizdan ham Mardon ustozdan ham minatdorman nasib qilsa yuzingizni yoruĝ qilaman degan umidam🤲 òquvchingiz Nafisa!
🔥14583👍19💯18😍5🏆4
SHHT rahbarlari

1. Zhang Deguang (Xitoy) – 2004–2006;
2. Bo‘lat Nurgaliyev (Qozog‘iston) – 2007–2009;
3. Muratbek Imanaliyev (Qirg‘iziston) – 2010–2012;
4. Dmitry Mezentsev (Rossiya) – 2013–2015;
5. Rashid Alimov (Tojikiston) – 2016–2018;
6. Vladimir Norov (O‘zbekiston) – 2019–2021;
7. Chjan Min (Xitoy) – 2022–2024;
8. Nurlan Yermekbayev (Qozog‘iston) – 2025–hozirgi vaqtgacha.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5346👍14💯5👏2
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitlari

1997-yil, Moskva sammiti
• Harbiy sohada hamda chegara hududlarida o‘zaro ishonchni mustahkamlash, qurolli kuchlarni qisqartirish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.
Boris Yelsin (Rossiya), Szyan Szemin (Xitoy), Nursulton Nazarboyev (Qozog‘iston), Asqar Akayev (Qirg‘iziston), Imomali Rahmon (Tojikiston).

2001-yil, Shanxay sammiti – Szyan
• “Shanxay hamkorlik tashkilotini tuzish to‘g‘risida deklaratsiya” qabul qilindi.
• “Terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash borasidagi Shanxay konvensiyasi” imzolandi.

2002-yil, Sankt-Peterburg sammiti
• “SHHTga a’zo davlatlar rahbarlarining deklaratsiyasi”.
• “SHHT Xartiyasi” (Tashkilotning asosiy ustav hujjati).
• “SHHTga a’zo davlatlar o‘rtasida Mintaqaviy antiterror tuzilmasi (MATT) haqidagi Bitim”.

2003-yil, Moskva sammiti
• SHHT oliy organlari haqidagi Nizomlar tasdiqlandi.
• Tashkilotning rasmiy ramzlari – gerbi va bayrog‘i qabul qilindi.

2003-yil, Pekin sammiti
• “SHHTga a’zo davlatlarning 20 yilga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturi” qabul qilindi.

2004-yil, Toshkent sammiti
• Toshkent deklaratsiyasi imzolandi.
• SHHTning vakolatlari va immunitetlari to‘g‘risidagi konvensiya.
• Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risidagi bitim.
• Tashkilot va uning organlari faoliyatiga doir jami o‘nta hujjat imzolandi.
Chjan Deguan (Xitoy) – ilk ijrochi kotib.

2005-yil, Ostona sammiti
• Uchta Osiyo mamlakati – Hindiston, Eron va Pokistonga kuzatuvchi maqomi berildi.
• Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston ham kuzatuvchi maqomiga ega bo‘ldi.
• Turkiya muloqot bo‘yicha sherik maqomini oldi.
Bosh kotib – Chjan Deguan (Xitoy)

2016-yil, Toshkent sammiti
• Hindiston va Pokistonning ShHTga aʼzo davlat maqomini olish yoʻlidagi majburiyatlari toʻgʻrisidagi memorandumlar imzolandi.
Bosh kotib – Rashid Alimov (Tojikiston).

2017-yil, Ostona sammiti
• Hindiston va Pokiston tashkilotga to‘liq huquqli aʼzo sifatida qabul qilindi.
• O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, yoshlar tarbiyasi va Afg‘oniston masalasini ko‘tardi.
• Raislik Xitoy Xalq Respublikasiga oʻtdi.
Bosh kotib – Rashid Alimov (Tojikiston).

2022-yil, Samarqand sammiti
• Eronning SHHTga toʻliq aʼzo boʻlish majburiyatlari toʻgʻrisida memorandum imzolandi.
Bosh kotib – Chjan Min (Xitoy).

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
88👀8🔥5👍3💯2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
57🔥26🏆8👍3
Ichida ba’zi o‘zgarishlar bor. Tanishlarga qayta yuboring. Oldingi faylda ayrim savollarning javobi noto‘g‘ri tushib ketgan ekan.
67👍15🔥14👏10
#EHTIMOLIY

Quyidagi shaxslarni ularning mo‘g‘ullarga qarshi mudofaa chog‘idagi faoliyatlari bilan to‘g‘ri moslashtiring.
1) Ko‘kxon; 2) Badriddin; 3) Tog‘ayxon; 4) Xumortegin; 5) Malik Ingu.
a) Gurganch mudofaasi chog‘ida sarosimaga tushib, qarshilikning befoyda ekanini anglagach mo‘g‘ullarga taslim bo‘lgan;
b) Fanokat shahrini mo‘g‘ullarning kuchli bosqiniga qaramay uch kun himoya qilib, aholining qarshilik ko‘rsatishiga boshchilik qilgan;
c) Buxoro mudofaasi chog‘ida qal’adan tashqariga chiqib bir qancha mo‘g‘ulni yer tishlatib, jasorat ko‘rsatgan va janglarda halok bo‘lgan;
d) mo‘g‘ullarning Buxoro qamali davrida shahar ahlini saqlab qolish maqsadida oqsoqollarga boshchilik qilib Chingizxon huzuriga borgan;
e) mo‘g‘ullarga qarshi mudofaa uchun usti namat va sirka shimdirilgan loy bilan mustahkamlangan 12 ta qayiq tayyorlatgan;
f) sulton tomonidan 40 ming g‘ur jangchisi bilan Samarqand mudofaasi uchun mas’ul qilib qoldirilgan.
A) 1-d, 2-c, 3-f, 4-a, 5-e
B) 1-b, 2-f, 3-d, 4-a, 5-b
C) 1-c, 2-d, 3-b, 4-f, 5-e
D) 1-c, 2-d, 3-f, 4-a, 5-b

Yuqoridagi ajdodlarimizni bilib qo‘ying. + Qutlug‘xonni ham.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
50👍27🔥18👏9
10 o'zbek EHTIMOLIY QO'LLANMA - to'liq (3).pdf
1.4 MB
O‘qib chiqsa, arziydi. 200+ ma’lumot. 1 soat.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
88🔥27💯14👍3👀1
Guruhimga 3 oy oldin kirib, tarix o‘qish kerak edi )

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁43031💯20😎10👏3🙏3🔥2👀2😍1