This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥66❤26👍15👀9👎4💯4😍3
Men qo‘rqayotganim yo‘q, men hayron qolyapman, xolos.
👏149❤39🔥31😁27👍12💯5👎3👌3
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Video message
Ayni paytda Surxondaryoda fan olimpiadasining Respublika bosqichiga ruhan tayyorgarlik ko‘rish ishlari ko‘rilyapti :)
Bolalarga konsert qo‘yib berilayotgan ekan. Bu juda yaxshi.
Men Xorazmdaman, shotirlarim Surxondaryoda.

❤121😁50💯20🔥13👍5😍4👎1
Olimpiadaning respublika bosqichida qatnashayotgan o‘quvchilarim uchun!
Qadrli shotirlarim! Respublika bosqichida g‘olib bo‘lishingizni repetitor sifatida, albatta, xohlayman. Lekin ustoz sifatida aytmoqchimanki, bu yerdagi natija hayotingizni belgilab beradigan eng muhim mezon emas. G‘olib bo‘lsangiz ham birdaniga “eng kushlisi” bo‘lib qolmaysiz, o‘rin ololmasangiz ham hech narsadan mahrum bo‘lib qolmaysiz. Sizning haqiqiy qiymatingiz bitta bu natija bilan o‘lchanmaydi.
Aslida siz allaqachon katta yo‘lni bosib o‘tdingiz. Shu bosqichgacha yetib kelishning o‘zi sabr, mehnat va intizom talab qiladi. Nafaqat mening o‘quvchilarim, balki O‘zbekistonning turli hududlaridan respublika bosqichiga chiqqan barcha o‘quvchilar – sizlar allaqachon ko‘p narsani isbotlab bo‘ldingiz.
Bugun olimpiada sizga nihoyatda ulkan voqeadek tuyilishi mumkin. Balki hozir uning natijasi hamma narsani hal qiladigandek ko‘rinar. Ammo vaqt o‘tishi bilan tushunasiz: bu – ilm yo‘lidagi ko‘plab bosqichlardan kichik bir bosqich, xolos. Bu finish emas.
Natija qanday bo‘lishidan qat’i nazar, siz bir narsani unutmasligingiz kerak: sizda shakllanayotgan tafakkur, muammolarni anglay olish va yechim bera olish qobiliyati, intizom, halollik va kreativlik – mana shu fazilatlar har qanday sovrin yoki diplomdan ko‘ra qimmatroq. Chunki aynan shu sifatlar sizni hayotda halol yo‘l bilan uzoq masofaga olib boradi.
Sovrin – bir kunlik quvonch bo‘lishi mumkin, ammo tafakkur va xarakter – butun umr xizmat qiladi.
Yuqorida aytganimdek, repetitor sifatida yutishingizni xohlayman, lekin ustoz sifatida natija qanday bo‘lishidan qat’i nazar sizlardan shogird o‘laroq allaqachon faxrlanaman.
Sizlarning homo sapienscha fikrlash darajangiz, mayda muammolarni ham ko‘ra olishingiz, murakkab vaziyatlarda ham taslim bo‘lmasligingiz – sizlardagi men ko‘rgan eng katta yutuqlardandir. Va men uchun eng muhim g‘alaba ham shu – sizlarning shunday inson bo‘lib shakllanayotganingizdir.
Shuning uchun natijadan qat’i nazar, oldinga yurishda davom eting. G‘alaba bo‘lsa, kamtarlik bilan qabul qiling. Natija siz kutgandek bo‘lmasa, bu hech narsa emas. Chunki haqiqiy yutuq – bitta olimpiada emas, balki umr davomida to‘xtamasdan o‘sib borishdir.
(c) Jalol BOLTAYEV
👉 @TESTLIDER

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤191🔥52👍36💯20👏7😎2👎1
Dohiyona reja!
1. Oflayndagi ayrim o‘quvchilarim men bilan tushgan rasmlarini Telegram profiliga joylaydi.
2. Oradan ko‘p o‘tmay, aynan men bilan tushgan rasmini qo‘ygan o‘quvchilarimga bir xil akkauntlardan: “Bu domlaning guruhiga qo‘shiling, ehtimoliy savollar bor” degan xabarlar kelishni boshlaydi.
3. Ba’zilari bu nima ekan, deb qiziqib kirib ko‘radi, keyin esa chiqib ketadi.
4. Shu paytda “ayrim shaxslar” o‘quvchilarimning storiylarida aynan biz tushgan rasmlarni ko‘rib chiqadi (katta ehtimol bilan skrinshot ham olgandir).
5. Guruh havolasini yuborgan shaxslar birozdan so‘ng yozishmalarni o‘chirib yuboradi.
Bitta narsa tushunarsiz: oflaynda o‘qiyotgan o‘quvchilarimning na onlayn, na oflayn qo‘shimcha kurslarga ehtiyoji bor. Onlayn muhitda turli reklama va piarlarga uchrab qolish ehtimoli bo‘lishi mumkin. Ammo oflayndagi o‘quvchilar bilan bog‘liq holatda bu mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.
Maqsad nima? “Jalol Boltayevning o‘quvchilari ham bizning guruhga kiryapti”, degan gapni chiqarishmi?
Qayta ta’kidlayman: oflayndagi o‘quvchilarimga hech qanday onlayn kurs shart emas (aslida onlaynda ham shunday).
Agar kimdir qandaydir sabablarga ko‘ra, boshqa guruh linkini hammaga tarqatyapti, desak – “hamma” emas-da, aynan men bilan tushgan rasmini qo‘ygan o‘quvchilarimga yuborilyapti, qiziq...

❤63🔥21👀11💯9👎2
“Xalqlarning o‘z boshqaruv shaklini erkin tanlash huquqini hurmat qilish” tamoyili dastlab qaysi xalqaro hujjatda belgilangan edi?
@TESTLIDER – Jalol BOLTAYEV
@TESTLIDER – Jalol BOLTAYEV
Anonymous Quiz
17%
A) Versal shartnomasi
40%
B) Millatlar Ligasi Nizomi
25%
C) BMT Ustavi
18%
D) Atlantik xartiya
❤72👀15👏12👌11🔥4😁3💯3👎1
🎲 “9-sinf «Jahon tarixi» (2019). 38–39-mavzular”
@TESTLIDER kanali asoschisi, testolog Jalol Boltayev testi
🖊 65 ta savol · ⏱ 30 soniya

❤21👍4🔥2
🎲 “9-sinf «Jahon tarixi» (2019). 40–41-mavzular”
@TESTLIDER kanali asoschisi, testolog Jalol Boltayev testi
🖊 100 ta savol · ⏱ 15 soniya

❤27👍10🔥2🏆1
Anonymous Poll
46%
Xorazm
28%
Andijon
26%
Surxondaryo
24%
Qashqadaryo
24%
Namangan
30%
Farg‘ona
21%
Navoiy
🔥18❤16😁3
2-qism. Qaysi hududni g‘alaba qozonadi, deb o‘ylaysiz (3 tagacha javob belgilang).
Anonymous Poll
42%
Buxoro
50%
Samarqand
20%
Jizzax
15%
Sirdaryo
42%
Toshkent sh.
22%
Toshkent v.
17%
Qoraqalpogʻiston
🔥9❤8👏2
O‘zim Xorazm va Andijonga muxlislik qilyapman. Lekin kecha aytganimdek, olimpiadada o‘rin olasizmi-yo‘qmi, baribir o‘quvchilarimdan fahrlanaman. Umuman olganda, bu bosqichgacha yetib kelgan barcha o‘quvchilar allaqachon ko‘p narsani isbotlab bo‘lganlar! O‘rin olasizmi-yo‘qmi – muhimi bu emas, sizlar yaxshisiz va O‘zbekistonning kelajagisiz!
(c) Jalol BOLTAYEV
👉 @TESTLIDER
(c) Jalol BOLTAYEV
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤111🔥29👍20😁3💯3👎2😍1
Test o‘tkazilishidan oldin bir gapni aytib qo‘yay: aytaylik, respublika bosqichi testi o‘tgan yilgidek bo‘ladigan bo‘lsa, bu testdan olingan xulosa juda bir to‘g‘ri bo‘lmaydi, deb hisoblayman.
Aytaylik, test xuddi o‘tgan yilgidek sifatda bo‘lsa-yu, mening shogirdlarim o‘rin olsa ham bemalol shu gapni ayta olaman. O‘zi MMTV o‘tgan yildan e’tiboran respublika bosqichini o‘tkazishni o‘z qo‘liga olgan, undan oldin BMBA olar edi.
Bu o‘quv yilidagi tuman va viloyat bosqichlari testlari, ochig‘i, sifat nuqtayi nazaridan juda yaxshi deb bo‘lmaydi.
👉 @TESTLIDER
Aytaylik, test xuddi o‘tgan yilgidek sifatda bo‘lsa-yu, mening shogirdlarim o‘rin olsa ham bemalol shu gapni ayta olaman. O‘zi MMTV o‘tgan yildan e’tiboran respublika bosqichini o‘tkazishni o‘z qo‘liga olgan, undan oldin BMBA olar edi.
Bu o‘quv yilidagi tuman va viloyat bosqichlari testlari, ochig‘i, sifat nuqtayi nazaridan juda yaxshi deb bo‘lmaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤86🔥22👍15💯11👀5👏1
OLIMPIADA TESTIDAGI JIDDIY XATOLIK!
Ushbu test topshirig‘i bu o‘quv yilida olimpiada testida qo‘llangan ekan.
Ushbu test topshirig‘ini tahlil qilganimizda, uning eng jiddiy kamchiligi sifatida savol asosi (stem)da distinktiv belgi, ya’ni javobni yagona to‘g‘ri variantga bog‘lovchi unikal marker yo‘qliginini ko‘rsatishimiz mumkin.
Berilgan tavsiflar – boylarning hovli-manzillari va kambag‘allarning qamish kulbalari – deyarli barcha qadimgi sharq sivilizatsiyalari uchun xos bo‘lgan universal ijtimoiy manzaradir.
Bu holat testning validlik darajasini pasaytirib, o‘quvchining mantiqiy tahlilini, tarixiy tafakkurini emas, balki darslikdagi matnni shunchaki ko‘r-ko‘rona yodlashni tekshirishga yo‘naltirilganini ko‘rsatadi. Testologiya jihatidan bu xato.
Testdagi ushbu xatolikni ilg‘ab, uni tahlil qila olgan o‘quvchi qaytangga tanqidiy fikrlashi (critical thinking) yuqori darajada shakllangan o‘quvchidir. Aynan shunday o‘tkir zehnli o‘quvchilar olimpiadaning asl maqsadiga va haqiqiy tarixiy tafakkur mezonlariga to‘liq muvofiq keladi.
Afsuski, ushbu savoldagi xatolik mutasaddilar tomonidan tan olinmagan ekan!

❤100😁34👍24🔥17💯7👏2👌2
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
OLIMPIADA TESTIDAGI JIDDIY XATOLIK! Ushbu test topshirig‘i bu o‘quv yilida olimpiada testida qo‘llangan ekan. Ushbu test topshirig‘ini tahlil qilganimizda, uning eng jiddiy kamchiligi sifatida savol asosi (stem)da distinktiv belgi, ya’ni javobni yagona to‘g‘ri…
Ushbu savolga o‘z izohimni yozdim! Agar ertaga ham shunday savollar qo‘llansa, @TESTLIDER'da tahlil qilaman. Agar o‘zimning o‘quvchilarim qo‘shtirnoq ichidagi “to‘g‘ri javob”ni olgan bo‘lsa ham, baribir muammoli savol bo‘lsa, muammoli deyman.
❤65👍28🔥19💯10👏6😍1
Forwarded from Muhammad
Bolasi Yoq odam emas
Bunday savollarni tuzgan odam Tarixni qanday o’qigan ekin qanday tushunar ekin degan savol qiynayapti

😁97❤30💯13🔥11👏2👍1