𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
24.5K subscribers
1.3K photos
167 videos
423 files
1.39K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
“Tanaffus” podkastidagi bahs qanday o‘tdi? Xabaringiz bor, kecha attestatsiyada tushgan xato savol hamda darslikdagi texnik xatolik masalasiga bag‘ishlangan “Tanaffus” podkastining 32-sonini e’lon qilgandik. Tarixchilar o‘rtasidagi bahsni kuzatgan tanqidiy…
Bu odam menga yo Laziz Nasrullayevga taalluqli emas. Xolis inson sifatida va kritik fikrlash bo‘yicha mutaxassis o‘laroq munosabat bildirgan.

Bunday narsalar bo‘lgani yaxshi. Balki, shundagina ayrim fan odamlari biron-bir topshiriq asosida oqni qora deyishdan cho‘chiydigan bo‘lishadi. Hozir esa kerak bo‘lsa, televideniyega chiqib, tarixni notoʻgʻri talqin qilishdan ham tap tortmayapti ba’zilar.
41👍11🔥5💯5
LANGOBARDLAR SVEVLAR TARKIBIDA BO‘LSA-DA, ISPANIYAGA BORGANMI?

Yo‘q, aslo bormagan.

“Svevlar” deganda miloddan avvalgi davrlar va milodiy dastlabki asrlarda Elba atrofida yashagan german qabilalari ittifoqi tushuniladi. Bu ittifoq tarkibida o‘nga yaqin qabila bo‘lgan. Buyuk ko‘chishlar davrida shu ittifoq bo‘linib ketgan. Masalan, markomann va kvad qabilalari Ispaniyaga borgan.

Podkast davomida Laziz Nasrullayev esa langobardlar svevlarning katta qismini tashkil qilganini aytdi. Biroq bu fikrni tasdiqlaydigan manbani keltira olmadi. U tilga olgan Strabon asarida ham bunday ma’lumot yo‘qligini o‘ziga ko‘rsatib berdim. Aksincha, Tatsit langobardlar svevlar tarkibida bo‘lsa-da, ularning son jihatidan kichik qism ekanini yozadi (manba. Qarang: “To the Langobardi, on the contrary, their scanty numbers are a distinction”). Bu ma’lumotni ham Nasrullayevga Telegramdan yubordim.

Podkast boshida men uning “svevlar ichida borgan” degan so‘zini “bo‘lgan” deb eshitibman. Chunki Nasrullayev bu darajadagi noto‘g‘ri tarixiy yondashuvga yo‘l qo‘yadi, deb o‘ylamagandim. Keyinroq u “Ispaniyaga ham borgan” degan ma’noni aytayotganini payqadim. Shuning uchun podkastning o‘zida: “o‘quvchilarga noto‘g‘ri ma’lumot ketib qolmasin, langobardlar svevlar ichida bo‘lgan, lekin keyinchalik ajralib ketgan; ular Ispaniyaga bormagan”, deb aniqlik kiritdim.

Biroq Nasrullayev bu fikrga yana qarshi chiqdi. Suhbat oxirida esa “bizga svevlar ichida bo‘lgan, lekin Ispaniyaga bormagan deb o‘rgatishgan”, deb yana takrorladim. Shunga qaramay, u noto‘g‘ri talqinni oxirigacha himoya qildi. Asosiy mavzudan chalg‘ib ketmaslik uchun men bahsni davom ettirmay, suhbatni asosiy masalaga burishga majbur bo‘ldim. Hatto bir joyida “aytaylik, borgan deb faraz qilaylik, lekin savol baribir Yustinian I davridan keyingi tarixiy kontekstni nazarda tutyapti-ku”, degan mazmunda suhbatni asosiy nuqtaga qaytarishga harakat qildim.

Yana bir joyida shuncha argumentlarga qaramay, Nasrullayev (1) svevlar tarkibida langobardlar JUDA KATTA qismni tashkil etgan; (2) svevlar tarkibida ular Ispaniyaga borgan deyavergach, “ha, bo‘pti” deyishga majbur bo‘ldim. Chunki asosiy masala qolib ketayotgan edi.

Tarixiy haqiqat esa aniq: langobardlar Ispaniya hududiga umuman bormagan. Ular na Buyuk ko‘chishlar davrida, na undan oldin, na keyin Pireney yarimoroliga yetib borgan. Shuningdek, ular oldingi davrda ham svevlar ichida, Nasrullayev aytganidek, juda katta qismini tashkil etmagan. Bu masalada qadimgi manbalar ham, zamonaviy tarixshunoslik ham bir xil xulosaga keladi.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
58👎9👍7🔥7💯1
Tuproq tortvordik

Rasmda:
• Komil JALILOV
• Ulug‘bek PO‘LATOV
• Jalol BOLTAYEV


👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10339👍21💯4🏆1
YouTube’da meni yomonlash kampaniyasi ishga tushganmi, bilmadim 😁

Lekin e’tibor berilsa, ularda faqat shaxsiyat masalasi: “ko‘zoynak”, “achki” va shunga o‘xshash.

Bu haqda yana bir yozaman hali.

Qiziq, shaxsiyatlarni qo‘ya turib, ilm-fan, tarix va mantiqqa e’tibor bersak, Nasrullayev bironta da’vosiga manba keltira olmaydi.

YouTube ssilkasini shu yerda qoldiraman. Ssilka orqali o‘tib, xolis fikr bildirishingiz mumkin:
https://youtu.be/MO9ra4CWSc8?si=IA5Fz3et04lB1mAo
🔥4723👍5💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
37🔥16💯10👍3
Aslida mana shu savol ham bor.
🔥66💯2314👏11🏆3
🤣

Tinib-tinchimas ekan-da bu odam 🤣
1😁448🔥8😎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
32🔥5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
19🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
19🔥4💯4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥174💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
6🔥5💯4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💯93🔥3👍1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
🤣 Tinib-tinchimas ekan-da bu odam 🤣
Zuhayriddin Bozorov go‘yoki Fanlar akademiyasi Tarix instituti rahbaridek yozibdi. 😁
😁33🔥5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💯21🔥54
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
20🔥13
Forwarded from XORAZM SERTIFIKAT (Jalol BOLTAYEV)
💯14🔥53👍2
#askiya

Ustoz: meni “gapni olib qochdi” deb gapirdingiz, bu haqorat, siz huquqbuzarsiz!

Tolibi ilm: bu haqorat hisoblanmaydi, domla. Bu ibora, xolos.

Ustoz: gapni olib qochmang, javob bering.

😁😁😁

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁5812🔥3👎1🏆1
1-rasmda Alboin vafot etgan paytda langobardlar egallab turgan hududlarga qarang. 2-rasmda Italiya xaritasini ko‘ring: deyarli butun Italiya qayerda-yu, Alboin egallagan hududlar qayerda?

Shimoliy va qisman O‘rta Italiya hududlari qo‘lga kiritilgan bo‘lsa-da, Sitsiliya, Janubiy Italiya va bir qator katta hududlar Vizantiya nazoratida qolgan. Buni hatto marhum tarixchi olim ustozimiz Tursunboy Salimov qayd etgan. Shuni o‘qib turibam, Alboin Italiyaning deyarli to‘liq egallamaganligini anglash mumkin-ku axir!

Barcha tarixiy manbalar shuni ko‘rsatadiki, Alboin davrida Italiya hududi umuman deyarli to‘liq egallanmagan. Rasmga qarang. Yarmi ham emas hatto.

Shunday ekan, Alboin Italiyani deyarli to‘liq egallagan degan “tasavvur” tarixiy faktlar bilan mos kelmaydi.

Biroq Zuhayriddin Bozorovga bu xarita ham ham yetmasligi, yana otdan tushsa ham egardan tushmasligi mumkin. Umuman olganda, Zuhayriddin Bozorov darslik muallifi emas. Aslida kimdir Yer to‘rtburchak desa, bu uning shaxsiy fikri bo‘lishi mumkin, uni ortga qaytarib bo‘lmaydi, unga javobgarlik yuklab bo‘lmaydi.

Biroq darslik mualliflari – Laziz Nasrullayev, Nurhayot Hakimov, Sanjar Kushbekov, Bahodir Mahmudboyev agar o‘quvchilarda tushunmovchiliklar bo‘lishini istamasa, keyingi nashrda Italiyaning katta qismini deb yozishi yoki boshqacharoq kelishtirishi kerak. Nima bo‘lgandayam u tarixiy konteksda “deyarli butun Italiyani” jumlasini keltirib bo‘lmaydi. O‘zbek olimi Salimov ham unaqa yozmagan boshqa kitobida.

Aslida tarixchi o‘qituvchilarning bundan boshqa yana o‘rinli takliflari, e’tirozlari bor. Biroq bitta konkret ko‘rinib turgan narsani inkor qilaverishgani uchun odam qolganlarni aytishgayam iymanadi.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯2114🔥7😎2👍1
Xorazmga qaytyapman

Jalol Boltayevda bor alamim manim, O‘zbekiston vatanim manim :)

Shunchaki hazil :)

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁188👍1810🔥4😍1👀1
Forwarded from Didaskolos kundaligi
Juda koʻp kitob o'qish oqibatida siz bilan qanday "muammolar" yuzaga keladi (boshimdan oʻtkazganlarim):

1. Atrofingizdagilar bilan ko‘p tortishib qolasiz. Har bir narsaning sabab va oqibatini tushuntiraverib, ularning "asabiga tegish" odat bo‘lib qolishi mumkin. Oddiygina nodon bo‘lib yashash ham bir "baxt" ekanligini tushunishni boshlaysiz.

2. Kim qayerda nima yegani-yu, qanaqa mashina olganini muhokama qilish o‘rniga, geosiyosiy masalalar yoki tarixiy shaxslar xatosi yoki dunyoning bugungi ahvoli haqida gapirib, oʻtirgan davrangizning "fayz"ini buzishingiz mumkin.

3. Sizni aldash va manipulyatsiya qilish juda qiyin bo‘lib qoladi. Hamma narsaga shubha va mantiq bilan qaraydigan bo‘lasiz. Yaqin atrofingizdagilar soddaligingiz uchun hamma narsaga ishonib, "ho‘p" deb ketaveradigan sodda kunlaringizni "sog‘inishadi".

4. Odamlar siz ishlatayotgan so‘zlarini tushunishlari uchun yonlarida atamalarning izohli lug‘atini olib yurish kerak bo‘ladi. Oddiygina, ko‘cha tilida gaplashishni miyangiz qabul qilmaydi.

5. Kino yoki serial ko‘rayotganda ssenariydagi mantiqsizliklarni darrov topib olasiz. Miyani o‘chirib qo‘yib, o‘zingni oqimga tashlab ko‘rish imkonsiz bo‘lib qoladi, kitob oʻqish aslida menga zarurmi degan savollar tugʻila boshlaydi.

6. Uyqu rejimingiz buzildi. Kechasi tinchgina uxlash o‘rniga, jamiyat qayerga qarab ketayapti, nega odamlar buncha passiv, deb bosh qotirib chiqasiz. Eski, hech narsani o‘ylamasdan darrov uxlaydigan vaqtlaringizni sogʻinasiz.

7. Ijtimoiy tarmoqlardagi sayoz videolarga kulolmay qolasiz. Yumor hissingiz shunchalik o‘sib ketadiki, endi sizga faqat intellektual hazillar kerak. Siz koʻrgan hazillarning kulguli ekanligini yoningizdagilarga sharhlab berishga majbur boʻlasiz. Sayoz narsalardan zavq olish "qobiliyatingizni" yo‘qotasiz.

8. Atrofingizdagi muammolarning asl ildizini darrov ko‘ra boshlaysiz. Ularni tahlil qilib doimo yechim izlab yurasiz, atrofingizdagi ko‘pchilikka o‘xshab shunchaki hayotdan va taqdirdan nolib yashash sizga yot tushuncha boʻlib boraveradi.

9. Eng yomoni — har bir narsani atrofdagilarga mayda detallarigacha tahlil qilib berishingiz (miyasini uygʻotishga harakat) ularga yoqmaydi! Sizni bittada tushuna oladigan kam sonli insonlar guruhingiz shakllanadi. Siz bilan munosabat oʻrnatish qiyinlashib qoladi.

p.s Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda savol qoldiraman: siz shunday hayot tarziga tayyormisiz?

@didaskoloskundaligi
96💯49👍32🔥11