𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
24.5K subscribers
1.3K photos
167 videos
423 files
1.39K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV pinned «🚀 Endi “TURBO GURUH”ga kirmoqchi bo‘lganlar 200 ming so‘m evaziga qo‘shilishi mumkin. Karta: 9860010133910371 Chekni @jalolboltayev_kurs’ga jo‘natasiz, men sizni yopiq guruhga qo‘shib qo‘yaman.»
Achchiq choyni damlab turinglar, 5 daqiqaga podkast chiqadi.
48👍20💯7🔥5👀4👌1
#podkast_boʻyicha

Podkastda darslik muallifi Laziz Nasrullayev vestgotlarga nisbatan “tortib oladi” jumlasini qo‘llab bo‘lmaydi, dedi. Endi qarang, ushbu skrinshot Tursunboy Salimov tomonidan yozilgan kitobdan olingan. Tursunboy Salimov esa 7-sinf “jahon tarixi”ning vafot etgan muallifi :)

Ko‘rga hassadek qilib, “TORTIB OLADI” deb yozib qo‘yibdi. Laziz Nasrullayev o‘z ustozi (umuman olganda barchamizning ustozimiz) Tursunboy Salimovning bu kitobini o‘qimaganmikan?

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2916💯1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥359👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥2410👍6
Forwarded from Salomeya
Podkastda siz kitobning ijodkorisiz, o'ziz bilganingizcha yozing, degansiz Jalol Boltayev. Shunday xom fikr sizdan chiqadi, deb o'ylamagandim. Kitobga pul qayerdan to‘lanadi, xalq to'laydi kitobni pulini, byudjetdan oylik oladi mualliflar.

Nega keyingi kitobda ham "deyarli butun Italiyani" deb yozishi kerak? Salimov ham yozib qo'yibdiku Shimoliy va Markaziy Italiyani egallaydi deb. Men 15 yillik o'qituvchiman, Alboin Italiyaning yarmini ham egallamagan, nega o'zi bilganicha yozishi kerak muallif? Nima, uning shaxsiy tomorqasimi darslik?
👀19🔥115🏆5👍3
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Podkastda siz kitobning ijodkorisiz, o'ziz bilganingizcha yozing, degansiz Jalol Boltayev. Shunday xom fikr sizdan chiqadi, deb o'ylamagandim. Kitobga pul qayerdan to‘lanadi, xalq to'laydi kitobni pulini, byudjetdan oylik oladi mualliflar. Nega keyingi kitobda…
#podkast_boʻyicha

Podkast davomida masalaning aynan shu jihati xayolimga kelmagan ekan. Darslikda xato bo‘lishi – favqulodda hodisa emas. Har qanday davlatda, har qanday kitobda kamchilik uchrashi mumkin. Buni men ilgari ham aytganman.

Ammo xato aniqlangandan keyin ham uni tuzatishga tayyor bo‘lmaslikni nima bilan izohlash mumkin? Bu beparvolikmi, pozitsiyani saqlab qolish istagimi, o‘jarlikmi, kibrmi?

Agar avvalgi nashrda “Ispaniya” deb noto‘g‘ri berilgan bo‘lsa va keyingi tahrirda “Italiya” deb o‘zgartirilsa, bu yerda mazmuniy aniqlik talab etiladi. “Deyarli butun Italiya” degan ifoda tarixiy manbalarga va matematik hisob-kitoblarga to‘g‘ri kelmaydi. Haqiqatan Alboin davrida Italiyaning 30–40 % hududigina egallangan. Buni darslik muallifi ham anglab turibdi, tasdiqlayapti. Keyingi nashrda “Italiyaning katta qismini” deb yozish zarur.

Masalan, hatto marhum olim Tursunboy Salimov o‘z kitobida ham faqat Shimoliy va O‘rta Italiya hududlari egallangani haqida yozadi. Boshqa manbalarni ham tahlil qilganimizda ko‘ramizki, Janubiy Italiya, Ravenna, Rim, Neapol kabi katta hududlar Alboin davrida egallanmagan.

Albatta, darslik masalasi boshqa, test masalasi boshqa. Lekin gap millionlab o‘quvchilar foydalanadigan (!), xalq puli hisobidan chop etiladigan (!) manba haqida ketmoqda. Shunday vaziyatda “o‘jarlik” qilish ilm odamiga zid.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
31🔥9👍5👎4💯2
Aynan shunday. Masala boshqa edi, Laziz Nasrullayev esa boshqa masalaga o‘tib ketyapti...

Eng qizig‘i, boshqa yoqqa ketgan taqdirdayam u emas, men haq edim (ya’ni aslida men emas, shu paytgacha yozilib, o‘rganilib kelingan manbalar bor. Laziz Nasrullayev shu manbalarga zid ravishda gapirayotgan edi).
👍22🔥109
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥25👍105👏5😎4
Sizningcha, Yustiniandan so‘ng langobardlar qiroli Alboinning egallagan 30–40 % hududiga “deyarli butun Italiya” jumlasini qo‘llab bo‘ladimi?
Anonymous Poll
78%
Yo‘q
22%
Ha
🏆13🔥54
“Tanaffus” podkastidagi bahs qanday o‘tdi?

Xabaringiz bor, kecha attestatsiyada tushgan xato savol hamda darslikdagi texnik xatolik masalasiga bag‘ishlangan “Tanaffus” podkastining 32-sonini e’lon qilgandik.

Tarixchilar o‘rtasidagi bahsni kuzatgan tanqidiy fikrlash bo‘yicha mutaxassis, “Ta’lim tahlili” loyihasi eksperti, Otabek Rahmonberganov bu mavzuda tahliliy maqola yozdi.

Maqolada ko'rsatuv qo‘llanilgan manipulyatsiyalar va argument tuzishdagi xatolar tanqidiy fikrlash fani asoslaridan kelib chiqqan holda tahlil qilingan.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1543

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
27👍11🔥9👎5
Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
“Tanaffus” podkastidagi bahs qanday o‘tdi? Xabaringiz bor, kecha attestatsiyada tushgan xato savol hamda darslikdagi texnik xatolik masalasiga bag‘ishlangan “Tanaffus” podkastining 32-sonini e’lon qilgandik. Tarixchilar o‘rtasidagi bahsni kuzatgan tanqidiy…
O‘qib chiqing, o‘ta jiddiy maqola bo‘libdi. Xullas, Laziz Nasrullayevning manipulyatsiyalari ochib berilgan va ilm-fan, mantiqqa tayanilgan maqola.

Umuman olganda, bu manipulyatsiyalarni Laziz Nasrullayevniki deyish qiyin. Katta ehtimol bilan bu birgalikda ishlab chiqilgan manipulyatsiyalar edi. Chunki ba’zilarini oldin eshitganman.
👍3613🔥11👎8👀3
Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
“Tanaffus” podkastidagi bahs qanday o‘tdi? Xabaringiz bor, kecha attestatsiyada tushgan xato savol hamda darslikdagi texnik xatolik masalasiga bag‘ishlangan “Tanaffus” podkastining 32-sonini e’lon qilgandik. Tarixchilar o‘rtasidagi bahsni kuzatgan tanqidiy…
Bu odam menga yo Laziz Nasrullayevga taalluqli emas. Xolis inson sifatida va kritik fikrlash bo‘yicha mutaxassis o‘laroq munosabat bildirgan.

Bunday narsalar bo‘lgani yaxshi. Balki, shundagina ayrim fan odamlari biron-bir topshiriq asosida oqni qora deyishdan cho‘chiydigan bo‘lishadi. Hozir esa kerak bo‘lsa, televideniyega chiqib, tarixni notoʻgʻri talqin qilishdan ham tap tortmayapti ba’zilar.
41👍11🔥5💯5
LANGOBARDLAR SVEVLAR TARKIBIDA BO‘LSA-DA, ISPANIYAGA BORGANMI?

Yo‘q, aslo bormagan.

“Svevlar” deganda miloddan avvalgi davrlar va milodiy dastlabki asrlarda Elba atrofida yashagan german qabilalari ittifoqi tushuniladi. Bu ittifoq tarkibida o‘nga yaqin qabila bo‘lgan. Buyuk ko‘chishlar davrida shu ittifoq bo‘linib ketgan. Masalan, markomann va kvad qabilalari Ispaniyaga borgan.

Podkast davomida Laziz Nasrullayev esa langobardlar svevlarning katta qismini tashkil qilganini aytdi. Biroq bu fikrni tasdiqlaydigan manbani keltira olmadi. U tilga olgan Strabon asarida ham bunday ma’lumot yo‘qligini o‘ziga ko‘rsatib berdim. Aksincha, Tatsit langobardlar svevlar tarkibida bo‘lsa-da, ularning son jihatidan kichik qism ekanini yozadi (manba. Qarang: “To the Langobardi, on the contrary, their scanty numbers are a distinction”). Bu ma’lumotni ham Nasrullayevga Telegramdan yubordim.

Podkast boshida men uning “svevlar ichida borgan” degan so‘zini “bo‘lgan” deb eshitibman. Chunki Nasrullayev bu darajadagi noto‘g‘ri tarixiy yondashuvga yo‘l qo‘yadi, deb o‘ylamagandim. Keyinroq u “Ispaniyaga ham borgan” degan ma’noni aytayotganini payqadim. Shuning uchun podkastning o‘zida: “o‘quvchilarga noto‘g‘ri ma’lumot ketib qolmasin, langobardlar svevlar ichida bo‘lgan, lekin keyinchalik ajralib ketgan; ular Ispaniyaga bormagan”, deb aniqlik kiritdim.

Biroq Nasrullayev bu fikrga yana qarshi chiqdi. Suhbat oxirida esa “bizga svevlar ichida bo‘lgan, lekin Ispaniyaga bormagan deb o‘rgatishgan”, deb yana takrorladim. Shunga qaramay, u noto‘g‘ri talqinni oxirigacha himoya qildi. Asosiy mavzudan chalg‘ib ketmaslik uchun men bahsni davom ettirmay, suhbatni asosiy masalaga burishga majbur bo‘ldim. Hatto bir joyida “aytaylik, borgan deb faraz qilaylik, lekin savol baribir Yustinian I davridan keyingi tarixiy kontekstni nazarda tutyapti-ku”, degan mazmunda suhbatni asosiy nuqtaga qaytarishga harakat qildim.

Yana bir joyida shuncha argumentlarga qaramay, Nasrullayev (1) svevlar tarkibida langobardlar JUDA KATTA qismni tashkil etgan; (2) svevlar tarkibida ular Ispaniyaga borgan deyavergach, “ha, bo‘pti” deyishga majbur bo‘ldim. Chunki asosiy masala qolib ketayotgan edi.

Tarixiy haqiqat esa aniq: langobardlar Ispaniya hududiga umuman bormagan. Ular na Buyuk ko‘chishlar davrida, na undan oldin, na keyin Pireney yarimoroliga yetib borgan. Shuningdek, ular oldingi davrda ham svevlar ichida, Nasrullayev aytganidek, juda katta qismini tashkil etmagan. Bu masalada qadimgi manbalar ham, zamonaviy tarixshunoslik ham bir xil xulosaga keladi.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
58👎9👍7🔥7💯1
Tuproq tortvordik

Rasmda:
• Komil JALILOV
• Ulug‘bek PO‘LATOV
• Jalol BOLTAYEV


👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10339👍21💯4🏆1
YouTube’da meni yomonlash kampaniyasi ishga tushganmi, bilmadim 😁

Lekin e’tibor berilsa, ularda faqat shaxsiyat masalasi: “ko‘zoynak”, “achki” va shunga o‘xshash.

Bu haqda yana bir yozaman hali.

Qiziq, shaxsiyatlarni qo‘ya turib, ilm-fan, tarix va mantiqqa e’tibor bersak, Nasrullayev bironta da’vosiga manba keltira olmaydi.

YouTube ssilkasini shu yerda qoldiraman. Ssilka orqali o‘tib, xolis fikr bildirishingiz mumkin:
https://youtu.be/MO9ra4CWSc8?si=IA5Fz3et04lB1mAo
🔥4723👍5💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
37🔥16💯10👍3
Aslida mana shu savol ham bor.
🔥66💯2314👏11🏆3
🤣

Tinib-tinchimas ekan-da bu odam 🤣
1😁448🔥8😎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
32🔥5