Otdan tushsayam egardan tushmaslik deyiladi bu 😁
😁42❤15👎5🔥4
RTM tarixchisi Zuhayriddin Bozorov vestgotlarga to‘g‘ri javob umuman tortmaydi, degan edi. 😁
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤38😁27🔥8
Forwarded from Ulug‘bek Po‘latov
Vazirlikni sudga bergan to‘rt nafar tarix fani o‘qituvchisi va tarixchi-pedagog Jalol Boltayev vazirlik yuziga oyna tuta oldi. Buni e'tirof etmasdan iloji yo'q.
Bu orada pedagoglarga qattiq bosimlar bo'ldi, ularga qo‘ng‘iroqlar qilindi. Ayrimlari hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga chaqirtirildi, ayrim o‘qituvchilarga hatto oila a’zolari orqali bosim o‘tkazilib, da’vo arizani qaytarib olish so‘raldi.
Umuman olganda, mana shunday mazmundagi sud ishlarini yoritib borganim uchun menga ham bir necha bor qo'ng'iroqlar bo'ldi. Faoliyatimni to'xtatish bo'yicha "tavsiyalar" ham berildi.
Eng muhimi, pedagoglar to'xtamadi. Ular oxirigacha borishdi va vazirlik noto'g'ri ish qilganini isbotlab berishdi.
Balki, bunga ayrim mansabdor shaxslarning iqtidordan ketgani ham sharoit yaratib bergandir. Lekin nima bo'lganda ham pedagoglar jasoratiga qoyil qolish kerak.
O'qituvchi degani mana shunday qo'rqmas bo'lishi kerak!
@u_pulatoff

❤113👍54🔥25💯15
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi
Natijada, bahs-munozalarga sabab bo’lgan savol mazmunida ilmiy talqinlar o‘rtasida tafovut mavjudligi, savol tuzilishida aniqlashtirish zarurati borligi sababli pedagog kadrlarning manfaatlarini inobatga olgan holda, testda ushbu savol tushgan pedagoglarning attestatsiya natijalariga tegishli o‘zgartirish kiritish maqsadga muvofiq, deb topildi.
Aslida, Oʻzbekistonning oʻzida oliy taʼlim uchun, boʻlajak tarixchilar uchun tasdiqlangan darslik va qoʻllanmalar, shuningdek, xorijiy olimlarning javoblari hech qanday "ilmiy talqinlar oʻrtasida tafovut" yoʻqligini, bahsli test topshirigʻi uchun asos qilib olingan narsa - har qanday tarixchi biladigan fakt ekanligini tasdiqlab turibdi. Shunchaki maktab darsligida texnik xatolik boʻlishi mumkinligini, Baholash markazi mutaxassislari Oʻzbekistondagi yuz minglab pedagoglarga rasmiy baho berish maqsadida ishlatiladigan test topshiriqlarini shakllantirishga koʻr-koʻrona yondashmasligi kerakligini anchadan beri aytib kelamiz.
Nahotki Baholash markazi mutaxassislari test topshiriqlari mazmunini shakllantirish, toʻgʻri javoblarni bazaga kiritishda oddiy faktlarni tekshirmagan?
Nahotki Baholash markazi mutaxassislari attestatsiyadan keyin shuncha oʻqituvchi murojaat qilganda manbalarni tekshirish, hech boʻlmaganda internetda oddiy soʻrov berib, oʻzi toʻgʻri javob deb belgilagan javob toʻgʻrimi yoki yoʻqligini tekshirish xayoliga kelmagan?
Nega Baholash markazi mutaxassislari sudga murojaat qilgan oʻqituvchilar javobi toʻgʻriligini asoslovchi hech qanday dalil mavjud emas, deb bayonot bergan?
Minglab (balki undan koʻproq) oʻqituvchilarga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni (oylik ish haqidagi farq, advokat va sud xarajatlari, vaqt, asab va hokazo) kim qoplaydi?
Tarix oʻqituvchilari-ku, oxirigacha bora olishdi. Har xil sabablar bilan yarim yoʻlda chekinishga majbur boʻlgan boshqa fanlar oʻqituvchilari - vazirlikni sudga bergan ona tili va adabiyot oʻqituvchilari, prezidentga murojaatlar qilgan boshqa fanlar oʻqituvchilari ham haq boʻlsa-chi?
Baholash markazi hali hech qanday murakkab bir fikrlashni talab qilmaydigan, oddiy faktga asoslangan test topshirigʻini toʻgʻri baholay olmagan boʻlsa, qanday qilib respublika boʻylab yuz minglab pedagoglarning bilimi va pedagogik mahoratini toʻgʻri baholay olyapti, deb ishonch bilan ayta olamiz?

👍31❤17🔥11💯2
Jalilov. Qaydlar
Aslida, Oʻzbekistonning oʻzida oliy taʼlim uchun, boʻlajak tarixchilar uchun tasdiqlangan darslik va qoʻllanmalar, shuningdek, xorijiy olimlarning javoblari hech qanday "ilmiy talqinlar oʻrtasida tafovut" yoʻqligini, bahsli test topshirigʻi uchun asos qilib…
Nega vazirlik bugun taqdim etgan videodagi ikki nafar tarixchi yana olib qochishyapti?
Svevlar mil. avv. davrlarda Elba (Germaniya) atrofida yashaganini bilamiz. Bunga hech kim qarshi chiqmayapti.
Buyuk ko‘chishlar davrida svevlardan ikki qabila – markomann va kvad qabilalari Ispaniyaga borgan. Buni 170 dan ortiq Ispaniya tarixi bo‘yicha ilmiy ish qilgan Pablo Dias isbotlab bergan.
Sizda ilmiy manba bormi? Nima deyotganingizni bilasizmi? Svevlar Buyuk ko‘chishlar davrida bo‘linib ketgan.
Qaysi manbada langobardlar Svevlar tarkibida Ispaniyaga borgan, degan gap bor. Buni topib bera olasizmi?
Ex, afsus
👉 @TESTLIDER

❤25👍17👎5👏3🔥1
Forwarded from Behruz Uralov
Bu ustozlar bu davr boʻyicha mutaxassis emas
👍35👎10❤8🔥5
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Nega vazirlik bugun taqdim etgan videodagi ikki nafar tarixchi yana olib qochishyapti? Svevlar mil. avv. davrlarda Elba (Germaniya) atrofida yashaganini bilamiz. Bunga hech kim qarshi chiqmayapti. Buyuk ko‘chishlar davrida svevlardan ikki qabila – markomann…
Hurmatli Asxat Beyqoʻziyev va Jaloliddin Annayev, O‘zbekiston ilm-fanini bunaqa uyatga qo‘ymang!
Men kuchli tarixchi emasman. Biroq tarix bunday, ya’ni sizniki kabi o‘ta primitiv darajada tahlil qilinmaydi.
Xolis tarixchilar sifatida ustoz Shuhrat Ergashev, ustoz Akbar Zamonovni, testolog ustoz Komil Jalilovni chaqiringlar. Va vazirlikdan yana o‘sha opa kelsin.
Men, Jalol Boltayev, ikkalangizga barcha manbalarni, dalillarni (mantiqiy va manba jihatdan) ko‘rsatib beraman (Laziz Nasrullayevga ham yuborganman aslida, kerak bo‘lsa, o‘sha joyini sarg‘aytirib).
Sizlarning videoda aytgan iddaolaringiz o‘zlaringizni bir necha marta boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘ygan aslida. Buni har qanday sog‘lom fikrli tarixchi tushunib yetdi.
Mana shunday ko‘rinishdagi debatga tayyor bo‘lsangiz, menga qo‘ng‘iroq qiling.
Telefon: 95-399-00-66

❤44👍21🔥16👎7👏2💯2
Aslida to‘laqonli biz yutib bo‘ldik
Test topshirig‘ida xatolik bo‘lmasa, shaptoliga ball qo‘shib beramiz deyaptimi? O‘sha xabarning post qismida “savol tuzilishida aniqlashtirish zarurati borligi sababli”mish. Yaxshigina qovun tushirdik, deb aytaveringlar axir 😁
Videodagi ikkita tarixchi ham aravani quruq olib qochgan, xolos. O‘ta primitiv darajada tahlil.
Sizlarga hali Germaniyada o‘qib kelgan tarixchi bilan birgalikda kuchli raddiya yozyapmiz. Aslida bu ishni qilmasak ham bo‘lar edi. Biz yutib bo‘ldik. Biroq baribir shu ishni qilishni xohlayman! :)
Hozir Toshkentdaman, debatga tayyor bo‘lsangiz, tashkillashtirvoramiz.

2👍85❤23😎14🔥9👏6👎4😁3😍2🤝1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV pinned «Aslida to‘laqonli biz yutib bo‘ldik Test topshirig‘ida xatolik bo‘lmasa, shaptoliga ball qo‘shib beramiz deyaptimi? O‘sha xabarning post qismida “savol tuzilishida aniqlashtirish zarurati borligi sababli”mish. Yaxshigina qovun tushirdik, deb aytaveringlar…»
Forwarded from Isroil Tillaboyev blogi
Vazirlik o‘z o‘qituvchilari usridan sudda "yutgan" bo‘lsa ham, haqiqat oldida yutqazdi.
Tarix fani o‘qituvchilari attestatsiyaga tushgan testni g‘irt noto‘g‘ri tekshirildi, deya vazirlini, Pedagoglarni baholash markazini sudga bergan edi.
O‘sha davrda osmonda yurgan vazirlik rahbariyati istalgan haqiqatni ham tan olmasdan tikkalay oqni qora, deb turib olgan edi va sud vazirlik foydasiga hal qilgan edi.
Shundan keyin ham tarixchilar hammasi qo‘lini siltab, hayf sizlarga, degan bo‘lsa ham tarixchilarning birgina mardona vakili Jalol Boltayev ortga chekinmadi. U mazkur testni to‘g‘ri-noto‘g‘ri ekanligini isbotlash uchun Ispaniyaning eng nufuzli OTMlariga va Top100 dagi Pensilvaniya universitetiga so‘rovnomalar yubordi.
U yerdagi dunyoning eng nufuzli olimlari vazirlik testi g‘irt xato tekshirilganini isbotlovchi javob xatlarini yubordilar.
Shundan keyin Jalol yana sudga berganda bu safar, biz tarixiy voqelikka aralashmaymiz, o‘zlaring hal qilinglar, degan sud. Qoyile, sud hal qilmasa kim hal qilarkan bunday ishlarni?
Xullas, Jalol yana to‘xtab qolmasdan endi O‘zbekiston Prezidentiga ochiq xat yozadi.
Orada, tarixchilarning baxtiga Hilola Umarova ishdan olinib, uning o‘rniga dunyoqarashi keng kadr Ilhom Siradjev qo‘yiladi. Mazkur ish bilan Prezident administratsiyasi shug‘ullanadigan bo‘ladi.
Shundan keyin ishlar ijobiy tomonga o‘zgarish boshlanadi: masʼullarga ushbu masala yuzasidan yig‘ilish qilish topshirig‘i beriladi va u o‘tkazdiriladi, masʼul vakillar tomonidan murojaatchilar vakili o‘rtasida "Tanaffus" podkastida bu masala muhokama qilish taklif etiladi, shanba kuni bu debat suratga olinadi. Podkast juda katta bahs bilan bo‘lib o‘tdi, 2 soat davom etgan "jang" natijasida Jalol Boltayev o‘qituvchilar tomonidan juda yaxshi chiqish qildi. Shaxsan meni boshim og‘rib yurdim kechgacha bu baxsdan. Chunki juda ilmiy baxs edi, men ham shu mavzuga kirib ketdim, har ikki tomonning nima aytayotganini mayda ikir-chikirigacha tushinib turdim, tarixchi bo‘lmasam ham. Bugun chiqadi podkast, albatta ko‘ring, daxshatli chiqqani aniq.
Xullas, topshiriq jiddiy bo‘lgani aniq, o‘tkazilgan podkastdan va yig‘ilishdan keyin, muhimi dunyoning Top OTMlari bergan zulosalaridan bu safar qochib qolishga ko‘zi yetmagan, shu paytgacha meniki haq, deb oyoq tirab turgan Pedagogik bilimni baholash markazi rahbariyati podkast chiqob ulgurmasdanoq, yakshanba kuniyoq o‘qituvchilarga tushgan o‘sha testni har ikki javobni belgilagan o‘qituvchilarga 2 baldan qo‘shib berishini maʼlum qilgan!
Juda qiziq holat, haqiqat egiladi, bukiladi, lekin sinmaydi!
Menda bu keysdan keyin baʼzi fikrlarim bor.
Birinchidan, nega shu paytgacha sudgacha apellyatsiyalarda shu narsani jiddiy qarab, o‘qituvchilar foydasiga hal qilishmagan attestatsiya masʼullari? Yoki o‘qituvchilarga 2 ball berish shunchalik qiyinmi, shu bilan ular boyib ketadimi?
Ikkinchidan, nega sudga bergandan keyin ham haqiqatni tan olishmadi masʼullar?
Uchinchidan, mazkur testlar va attestatsiya boshida turgan masʼul rahbarlar lavozimiga loyiqlik masalasi endi ham asosiy kun tartibiga qo‘yilishi kerak, o‘qituvchilarni hurmat qiladigan, o‘z ishiga professional kadrlarni bu lavozimlarga qo‘yish shart!
To‘rtinchidan, shu ish bo‘yicha 8-9 oydan
... Davomi keyingi postda
@domlajon
t.me/domlajon

❤49🔥10👍4👏2
Eslatma! Nima uchun xorijiy olimlarga chiqildi: jarayon davomida o‘zbek olimlari – Tursunboy Salimov, Aqchayev, Sulaymonovalarning asarlari TAN OLINMADI!
Ya’ni marhum olim Tursunboy Salimov ham ko‘rga hassadek qilib, “Vestgotlar Ispaniyadagi Vizantiya yerlarini tortib oladi” deb yozib qo‘yibdi.
Kechagi ikki tarixchi – Asxat Beyqo‘ziyev va Jaloliddin Annayev – ixtisosligi Ispaniya tarixi bo‘lgan xorijiy olimlarning xulosalarini keltirganimizni “ideallashtirish” debdi. A, o‘zbekcha manbalarni nima der ekan? 🤣

😁66❤16👏7👎4🔥2👀1
Forwarded from Isroil Tillaboyev blogi
Davomi.
... To‘rtinchidan, shu ish bo‘yicha 8-9 oydan buyon sarson bo‘lgan, sudga bergan o‘qituvchilarga moddiy va maʼnaviy zararini undirib berish kerak.
Vazirlik o‘z aybi tufayli shuncha ishlardan keyin, 2 balni berish bilan qutulib qolmasligi kerak, bu oddiygina 2 ball emas edi, bu vazirlikning o‘qituvchilarni qanchalik hurmat qilishi vag‘hurmat qilmasligini, qo‘llashi yoki qo‘llab-quvvatlamasligini ko‘rsatib bergan katta keys edi.
Bu ishda vazirlik uyatli darajada yutqazdi, tarixchilarning o‘sha 4 nafar vakili, ayniqsa, oxirgacha o‘ziga turli bosimlar qilinsa ham chekinmagan, o‘zi attestatsiyaga kirmagan bo‘lsa ham hamkasblik solidarnosti, kasbiy sodiqligi tufayli oxirgacha kirashgan Jalol Boltayev qahramonlarcha g‘olib bo‘ldi.
Bilamiz, xotiramiz qisqa, lekin tarixchilar xotirasi yaxshiroq deb o‘ylayman, o‘ylaymanki ular o‘z vakili Jalolni bu ishini unitishga haqi yo‘q. Bugun-erta chiqadigan "Tanaffus" podkastda unig haqiqat uchun qanchalik jon kuydurivchi ekaniga guvoh bo‘lasiz.
Fursatdan foydalanib, bu ishni o‘qituvchilar foydasiga hal qilgan Prezident administratsiyasiga, xususan bu ishni tub burilish yasagan shaxsan IlHOM SIRADJEVGA o‘qituvchilar nomidan minnatdorchilik bildiramiz.(Chunki avvalgi rahbariyat bo‘lganida har qanaqasiga ham yana tarixchilar yutqazaverar edi, xalqaro sudga bersa ham...)
Rahmat kattakon!
@domlajon
t.me/domlajon
... To‘rtinchidan, shu ish bo‘yicha 8-9 oydan buyon sarson bo‘lgan, sudga bergan o‘qituvchilarga moddiy va maʼnaviy zararini undirib berish kerak.
Vazirlik o‘z aybi tufayli shuncha ishlardan keyin, 2 balni berish bilan qutulib qolmasligi kerak, bu oddiygina 2 ball emas edi, bu vazirlikning o‘qituvchilarni qanchalik hurmat qilishi vag‘hurmat qilmasligini, qo‘llashi yoki qo‘llab-quvvatlamasligini ko‘rsatib bergan katta keys edi.
Bu ishda vazirlik uyatli darajada yutqazdi, tarixchilarning o‘sha 4 nafar vakili, ayniqsa, oxirgacha o‘ziga turli bosimlar qilinsa ham chekinmagan, o‘zi attestatsiyaga kirmagan bo‘lsa ham hamkasblik solidarnosti, kasbiy sodiqligi tufayli oxirgacha kirashgan Jalol Boltayev qahramonlarcha g‘olib bo‘ldi.
Bilamiz, xotiramiz qisqa, lekin tarixchilar xotirasi yaxshiroq deb o‘ylayman, o‘ylaymanki ular o‘z vakili Jalolni bu ishini unitishga haqi yo‘q. Bugun-erta chiqadigan "Tanaffus" podkastda unig haqiqat uchun qanchalik jon kuydurivchi ekaniga guvoh bo‘lasiz.
Fursatdan foydalanib, bu ishni o‘qituvchilar foydasiga hal qilgan Prezident administratsiyasiga, xususan bu ishni tub burilish yasagan shaxsan IlHOM SIRADJEVGA o‘qituvchilar nomidan minnatdorchilik bildiramiz.
Rahmat kattakon!
@domlajon
t.me/domlajon
Telegram
Isroil Tillaboyev blogi
✍️Блогер Исроилжон Тиллабоевнинг шахсий мулоҳазалари канали
Гуруҳга марҳамат: @domlajon1
Реклама учун: @isroilbey
https://t.me/boost/domlajon
https://t.me/+WUqwChJg0-U5y_0S
Гуруҳга марҳамат: @domlajon1
Реклама учун: @isroilbey
https://t.me/boost/domlajon
https://t.me/+WUqwChJg0-U5y_0S
🔥44❤27👍12
Mana bu yerda
Bu akkaunt egasi, menimcha, tarixni tahlil qilish qobiliyati, manbalar bilan ishlash ko‘nikmasi juda sust. Menimcha, tarixchiyam bo‘lmasa kerak. Chunki tarixchidan shuncha manbalar, mantiqiy argumentlar turganida bunday fikr chiqmaydi.
Izoh: YouTube’dagi akkauntga qarab, shaxsning kimligini bilib bo‘lmaydi.
Laziz Nasrullayevga ham quyidagicha xabar yozib qo‘yibman. Lekin yunoncha asarlar kelmadi.
👉 @TESTLIDER
@ZuhayriddinBozorov-uh4kw akkauntining izohiga qarang 🤣Bu akkaunt egasi, menimcha, tarixni tahlil qilish qobiliyati, manbalar bilan ishlash ko‘nikmasi juda sust. Menimcha, tarixchiyam bo‘lmasa kerak. Chunki tarixchidan shuncha manbalar, mantiqiy argumentlar turganida bunday fikr chiqmaydi.
Izoh: YouTube’dagi akkauntga qarab, shaxsning kimligini bilib bo‘lmaydi.
Laziz Nasrullayevga ham quyidagicha xabar yozib qo‘yibman. Lekin yunoncha asarlar kelmadi.
Domla, ispaniyalik tarix fanlari doktori, Salamanka universiteti professorining aynan «El reino suevo (411-585)» («Svevlar qirolligi» (411–585)) degan yirik ilmiy asari bor ekan. U bir necha yillar davomida katta ilmiy tadqiqot olib borib, ushbu asarni yozgan ekan. Asarda Isidor, Tatsit, Strabonning kitoblari ham to‘liq tahlil qilingan ekan.
Va uning fikricha:
“To‘g‘risi, bu ma’lumot (langobardlarning Ispaniyada bo‘lgani haqidagi da’volar) ilmiy asosga ega bo‘lmasa-da, adabiyotlarga qanday kirib qolganiga hayronman. Langobardlarning Ispaniya (Hispania) bilan hech qanday aloqasi bo‘lmagan”.
Kecha siz “400-yillarda Svevlar ichida langobardlar Ispaniyaga borgan” degan edingiz-ku, agar sizda ilmiy kashfiyot uchun asos bo‘ladigan yunon tilidagi hali hech kim o‘qimagan asarlar bo‘lsa, bularni mana shu olimga yuborish kerak. Menga bersangiz, harakatini qilardim.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁62🔥17❤13👎5👍3
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
“Biroq sud tomonidan da’vo talablarimiz rad etilishiga qaramay, tarixchi-pedagog Jalol Boltayevning Prezident virtual qabulxonasiga yo‘llagan murojaatidan so‘ng vazirlik attestatsiya natijalarini qayta ko‘rib chiqib, ularni o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Mazkur holat dastlabki baholash natijalari asossiz va noto‘g‘ri bo‘lgani, aynan shu xato natijalar sabab tarix o‘qituvchilariga ma’naviy zarar yetkazilgani hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlari buzilganini tasdiqlaydi”, — deydi advokat.
“Shu bois baholash markazi tomonidan attestatsiya natijalari rasman o‘zgartirilganidan so‘ng yetkazilgan ma’naviy zarar, vakillik xarajatlari hamda boshqa zarur sarf-xarajatlarni undirish yuzasidan amaldagi qonunchilikka muvofiq sudga murojaat qilish rejalashtirilgan”, — deya qo‘shimcha qildi Umarjon Jumaniyazov.
Pedagoglar oʻzlariga yetkazilgan maʼnaviy va moddiy zararni qonun yoʻli bilan undirishga qaror qilganliklari - toʻgʻri qadam. Faqat haqiqat yoʻlidan qaytmaydiganlargina demokratik, farovon jamiyatni qura oladigan avlodni tarbiyalashi mumkin.
Va oʻsha savol kun baribir tartibida: Baholash markazi respublika boʻylab yuz minglab pedagoglarning bilimi va pedagogik mahoratini qay darajada toʻgʻri baholayapti?

Газета.uz
“Ikkisi ham to‘g‘ri”: Vazirlik bilan sudlashgan tarix o‘qituvchilarining javobi ham to‘g‘ri deb tan olindi – O‘zbekiston yangiliklari…
Tarix o‘qituvchilarini Maktab ta’limi vazirligi bilan sudlashishga va prezident portaliga murojaat yo‘llashga undagan savol masalasi hal bo‘ldi. Vazirlik pedagoglar belgilagan 'Vestgotlar' javobini ham to‘g‘ri deb tan oldi. Advokatga ko‘ra, ma’naviy zarar…
🔥25❤13👏1💯1
18 mln 363 ming 139 so‘m
To‘g‘ri javobni, ya’ni “vestgot” javobini belgilagan o‘qituvchilardan biri buxgalterga hisob-kitob qildiribdi. Unga shu kungacha jami 18 mln+ so‘m ustama berilishi kerak edi. Biroq Baholash markazining xatosi sabab bu summa berilmadi. Hozir u o‘ziga tegishli mablag‘ning ajratilishini kutmoqda.
Bugun Prezident nomiga yuborilgan murojaat bo‘yicha javob chiqishi kutilmoqda. 1000 qisqa raqamidan ikki-uch bor qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Men esa javob rasmiy va yozma tarzda berilmaguncha hech qanday xulosaga kelmasligimni bildirdim. Hozir rasmiy javobni kutyapman.
👉 @TESTLIDER
To‘g‘ri javobni, ya’ni “vestgot” javobini belgilagan o‘qituvchilardan biri buxgalterga hisob-kitob qildiribdi. Unga shu kungacha jami 18 mln+ so‘m ustama berilishi kerak edi. Biroq Baholash markazining xatosi sabab bu summa berilmadi. Hozir u o‘ziga tegishli mablag‘ning ajratilishini kutmoqda.
Bugun Prezident nomiga yuborilgan murojaat bo‘yicha javob chiqishi kutilmoqda. 1000 qisqa raqamidan ikki-uch bor qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Men esa javob rasmiy va yozma tarzda berilmaguncha hech qanday xulosaga kelmasligimni bildirdim. Hozir rasmiy javobni kutyapman.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤59👍30🔥6👏5👌1🏆1
“Attestasiyada “xom ballar” asosida o‘qituvchilar haqida qaror chiqarish – bu shunchaki “lotereya” — Komil Jalilov
Ta'lim bo'yicha ekspert Komil Jalilov pedagoglar attestatsiyasi borasida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova hamda Baholash markazi direktori Dilrabo Davidovaga ochiq murojaat yo'lladi.
Uning fikricha, "langobardlar - vestgotlar" keysidan keyin Baholash markazining attestatsiya jarayonlaridagi har bir qadami sinchkov nazorat ostida bo'ladi va nafaqat markazning, balki vazirlikning ham reputatsiyasiga jiddiy ta'sir qiladi. Biroq, amaldagi attestatsiya tizimi o‘qituvchining xotirasini va asabini sinaydigan, har safar katta mojarolarga sabab bo‘ladigan jarayonga aylanib qolgan. Komil Jalilov o'qituvchilarni baholashga amaldagi yondashuvni adolatsizlik va shunchaki “lotereya” deb atadi.
Shu sababli, u attestatsiya tizimi testologiyaning fundamental talablariga, standartlariga javob berishiga ishonch hosil qilinmaguncha attestatsiya jarayonlarini to‘xtatib turish taklifini berdi.
Xo'sh, Komil Jalilov E'zoza Karimova hamda Dilrabo Davidovaga qilgan ochiq murojaatida yana qanday takliflarni ilgari surdi? Batafsil saytimizda o'qing.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1540
Telegram l Instagram l YouTube

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
👍25❤13🔥5👎2
Qiziq, hozirgina izohlarda boshqa odamga, aniqrog‘i, darslik mualliflaridan biri Nurhayot Hakimovga yozilgan gapga Laziz Haqqulov tomonidan javob berib yuborildi va darhol o‘chirib tashlandi.
Laziz Haqqulov ancha paytdan beri menga nisbatan antisimpatiya uyg‘otishga harakat qilib keladigandek tuyiladi. Akkauntida ismi va familiyasidan boshqa ma’lumoti ko‘rsatilmagan (agar ism-familiyasi haqiqiy bo‘lsa undayam).
Oldinroq ham shunga o‘xshash voqea yuz bergandi.

👀35❤10😎9👍4🔥1