π—§π—˜π—¦π—§ π—Ÿπ—œπ——π—˜π—₯ | JALOL BOLTAYEV
20.1K subscribers
1.27K photos
167 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❀26πŸ”₯16πŸ‘8πŸ‘8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯21πŸ‘20❀11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯23πŸ‘14❀7😍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯27❀10πŸ‘5😍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❀23πŸ”₯14πŸ‘4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯37❀9πŸ‘4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯28❀7πŸ‘4πŸ†1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯26❀7πŸ‘2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯27❀5πŸ’―5🀝1
Suhbat yakunida Laziz Nasrullayev tomonidan aytilgan gaplar (jumlama-jumla):

1. β€œOβ€˜sha test xato” – bu yozib olindi.

2. Baholash markazi Yustiniandan keyingi tarixiy konteksda β€œlangobardlar Ispaniyada qisqa muddat hukmronlik qilgan” degan ilmiy va rasmiy xulosa berdi. Shunga tarixchi sifatida fikringiz qanday, deganda β€œLangobardlar Yustiniandan soβ€˜ng Ispaniyada hukmronlik qilMAgan” deyishga majbur boβ€˜ldi oxir-oqibat (shunga olib bora oldim :) – bu yozib olindi.

3. β€œOβ€˜sha testda langobardlargayam, vestgotlargayam ball berish kerak” – syomkadan soβ€˜ng. Yozib olinmadi.

4. β€œOβ€˜sha testni tuzmaslik kerak edi” – syomkadan soβ€˜ng. Yozib olinmadi.

Agarda, Laziz Nasrullayev, mana shu gaplardan birontasini aytmagan boβ€˜lsangiz, kommentga yozishingiz mumkin.

Laziz Nasrullayev juda qattiq senzurada gapirdi, ochigβ€˜i. Buniyam tushunib turibmiz. Zoβ€˜rgβ€˜a ayttirdim ba’zi gaplarni.

πŸ‘‰ @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❀40πŸ”₯19πŸ‘16
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯37❀8πŸ‘7πŸ‘Ž2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ’―24πŸ‘10πŸ”₯8❀4πŸ‘Ž2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯34πŸ‘10❀8πŸ’―3πŸ‘Ž2😍1πŸ†1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘43❀10πŸ”₯10πŸ‘Ž4πŸ’―3
π—§π—˜π—¦π—§ π—Ÿπ—œπ——π—˜π—₯ | JALOL BOLTAYEV pinned Β«Suhbat yakunida Laziz Nasrullayev tomonidan aytilgan gaplar (jumlama-jumla): 1. β€œOβ€˜sha test xato” – bu yozib olindi. 2. Baholash markazi Yustiniandan keyingi tarixiy konteksda β€œlangobardlar Ispaniyada qisqa muddat hukmronlik qilgan” degan ilmiy va rasmiy…»
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
XORAZM SERTIFIKAT
Davlat nomining Ispaniya tarzida berilishi esa texnik xato natijasidir. Inson omili aralashgan jarayonda bunday kamchiliklar uchrab turishi mumkin.
Xatolik tan olindi. Endi attestatsiyada to'g'ri javobni belgilagan o'qituvchilar uchun adolat tiklanadimi?

7-sinf "Jahon tarixi" darsligi mualliflaridan biri Laziz Nasrullayevning yozishicha, darslikda texnik xatolik ketgan. Yustinian I vafotidan keyin Vizantiya zaiflashib, vestgotlar - Ispaniya hududlarini, langobardlar - Italiya hududlarini tortib olgani haqida oliy ta'lim uchun tasdiqlangan darsliklar va qo'llanmalarda aytilgan, tarix o'qituvchilari murojaat qilgan xorijiy olimlar ham tasdiqlashdi. Masalan, jahon reytingida top-100likka kiradigan Pensilvaniya universiteti professori, Ispaniya tarixi boβ€˜yicha yirik asarlar yozgan olim Mixail Kulikovski o'z javob xatida yozgan: "Mavjud barcha dalillar va ilmiy doiralarda qaror topgan umumiy xulosalarga koβ€˜ra, soβ€˜nggi antik davr hamda ilk oβ€˜rta asrlarda Iberiya yarimoroli (hozirgi Ispaniya va Portugaliya, ya’ni Rimning Hispaniya viloyatlari) vestgot qirollari tomonidan boshqarilgan. Milodiy 568 yildan keyingi davrda Italiyaning ayrim hududlari esa lombard qirollari va mustaqil lombard gersoglari hukmronligi ostida boβ€˜lgan". Hatto sun'iy intellekt ham aniq-tiniq qilib "Ispaniyada - vestgotlar, Italiyada - langobardlar" deyapti.

E'tibor bering: darslik mualliflaridan biri "langobardlar - bu Ispaniya emas, darslikda texnik xato ketgan", deyapti. Bizdagi darsliklar yaratish tizimi (darsliklarni yaratish uchun ajratiladigan muddatning qisqaligi va boshqa omillar) shundayki, faktologik yoki boshqa turdagi xatolar bo'lishini istisno qilib bo'lmaydi. Bu haqida oldin ham yozgandim, "Tanaffus" podkastining kecha e'lon qilingan sonida ham muhokama qilgandik.

Endi o'tgan yili o'tkazilgan attestatsiyadan keyin tarix o'qituvchilari nima uchun vazirlikni sudga berganini eslaylik. Attestatsiyada o'qituvchilarga savol (test topshirig'i) berilgan: "Yustinian I vafotidan keyin Vizantiyadan Ispaniyani tortib olgan qabila nomini belgilang". E'tibor bering: savolda Ispaniya haqida gap ketyapti. Tabiiyki, test topshiruvchi aynan Ispaniyani tortib olgan olgan qabula nomini qidiradi va shuni to'g'ri javob sifatida belgilaydi. "Xalq ta'limi info" suhbatlashgan tarix o'qituvchilaridan biri aytganidek: β€œVestgotlar javobini biz ongli ravishda belgilaganmiz, chunki biz bu savolning javobini bilamiz".

Imtihonda bunday vaziyatda har qanday aqli raso va fanni, so'ralayotgan sohani biladigan test topshiruvchi savolda nima so'ralayotgan bo'lsa, shuning javobini belgilaydi. Hech kim "e to'xta, bular testda (savolda) Ispaniyani emas, Italiyani nazarda tutayotgan bo'lishi mumkin" deb o'ylamaydi. Test topshiruvchilardan bunday fikrlashni kutish - baholashning, testologiyaning eng bazaviy, eng fundamental tamoyillarini buzishdir.

Tasavvur qiling: imtihonda test tushdi. "Boburnoma"ni kim yozgan? Siz "Bobur" degan javobni belgilandingiz. Test olayotgan tashkilot esa javobingizni xato deyapti: "Bz bu savolda "Xamsa"ni nazarda tutgandik, savolda "Boburnoma" so'zi o'rniga "Xamsa" so'zi bo'lishi kerakligini fahmlab, "Navoiy" javobini olishing kerak edi". Absurd-ku bu. Shuning uchun ham Baholash markazi bu absurdni sudgacha, xorijiy olimlargacha, Prezident Administratsiyasigacha olib bormasdan, shunchaki o'z xatosini tan olishi va test savoliga ilmiy nuqtayi nazardan to'g'ri javob bergan o'qituvchilar natijalarini qayta hisoblashi kerak edi.

Hali ham o'qituvchilar uchun adolat tiklanishi kerak. Va yana bir narsa jiddiy ko'rib chiqilishi kerak: sudda "o'qituvchilarning javobi to'g'ri ekanligini isbotlaydigan dalil yo'q" deb bayonot bergan, o'qituvchilarning 60%ini bilimsizga chiqargan, har safargi attestatsiyadan keyin mojarolar markazida bo'ladigan Baholash markazi o'z ishini qay darajada to'g'ri bajaryapti?
❀48πŸ”₯24πŸ‘6πŸ‘5πŸ’―1
Jalilov. Qaydlar
Photo
Ustozim yana yomon yediribdi bu yerda. 😁 Menam kechqurunroq yozaman bir nimalar. Ya’ni kechqurun yana yediraman.
😁69❀9πŸ”₯5πŸ’―3πŸ‘2
Tupikka kirding Baholash markazi, Tupikka 😁
😁121πŸ‘21πŸ”₯11πŸ’―8❀3πŸ‘€3
Mana, Baholash markazining rasmiy xulosasi. Unda tarixiy-ilmiy da’vo ilgari surilgan: Langobardlar Ispaniyada oβ€˜z davlatiga asos solmagan boβ€˜lsa-da, qisqa muddat davomda egalik qilgan.

Darslik muallifining yuqoridagi fikrini oβ€˜qisak, langobardlar Italiyada hukmronlik qilgan, Ispaniyada emas. Buni podkastda ham β€œBaholash markazining shu xulosasi toβ€˜gβ€˜rimi?” deganda β€œyoβ€˜q” dedi (podkastning birinchi savoli ham, oxirgi savoli ham shu boβ€˜ldi 😁).

Kechqurun yozaman, hozir ketyapman 😁
πŸ”₯56😁28❀16πŸ‘11πŸ‘Ž1πŸ’―1