𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
20.2K subscribers
1.27K photos
167 videos
418 files
1.38K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
Ilk salib yurishlari boshlangan davrda Angliyada qaysi sulola hukmronlik qilgan?

(c) @TESTLIDER – Jalol BOLTAYEV
Anonymous Quiz
33%
A) normandlar
37%
B) plantagenetlar
21%
C) kapetinglar
9%
D) shtaufenlar
👍4722🔥12👏3💯2🤝1
Ming marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi!

Bugun “Turbo guruh”da 10-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2022) darsligini o‘rganish boshlanadi. Siz haqiqatan sifatli bo‘lgan testlar orqali o‘rganishni xohlasangiz, murojaat qiling.

Eslatma: 8, 9-sinf darsliklari hali endi o‘qiladi.

• To‘lov: 300 ming so‘m (bir martalik).
• Karta: 9860010133910371

To‘lovni o‘tkazib, chekni @jalolboltayev_kurs’ga yuboring. Men sizni yopiq guruhga qo‘shib qo‘yaman.
🔥1712👏4👍1
10-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2022) QUIZ testlar mundarijasi
✅️ Jalol Boltayev
👉 10 o‘zbek (2022). 1–3-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022). 4–9-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022). 10–13-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022). 14–17-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022). 18–20-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022). 21–24-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022). 25–28-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022). 29–32-mavzular

10-sinf «O‘zbekiston tarixi» (2022) darsligi boʻyicha «savol-javob»lar
✅️ “Savol-javob”lar Jalol Boltayev tomonidan olib borilgan!
Oldingi «Savol-javob darslari»mizda yozib olingan audiofayllar. 1,2x yoki 1,5x tezlikda eshitib, darsga tayyorgarlik koʻrishingizni tavsiya etaman!
👉 10 o‘zbek (2022), 1–6-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022), 7–13-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022), 14–17-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022), 18–20-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022), 21–24-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022), 25–28-mavzular
👉 10 o‘zbek (2022), 29–32-mavzular

10-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2022) darsligini o‘rganishning eng maqbul yo‘li (bitta dars misolida):

I. ASOSIY O‘RGANISH JARAYONI:
1-qadam: darslikni bir marta o‘qing, bunda faktlarni eslab qolishga emas, mavzuning umumiy mohiyatini anglab olish, o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha tushuncha hosil qilish maqsadida o‘qing.
2-qadam: endi 2 marta mavzuni yaxshiroq o‘zlashtirish maqsadida o‘qing. Sekinroq o‘qisangiz ham bo‘ladi.
3-qadam: “KUNDALIK-OPTIMAL” test to‘plamidagi o‘rganilayotgan mavzularning testlarini kitobchaning o‘ziga ishlab chiqing. Bunda ikkilangan, bilmagan savollaringizni darslikdan qarang. Bu qaytangga yaxshi.
4-qadam: darslikni yana bir marta o‘qing.

II. QO‘SHIMCHA MUSTAHKAMLASH JARAYONI:
5-qadam: Oldingi darslarimizda yozib olingan “savol-javob”ni eshiting (tegishli mavzular bo‘yicha).
6-qadam: “Quiz test”ni ishlang. Xatolaringizni tahlil qiling. To 2–3 xato yo xatosiz chiqqunga qadar ishlang.
7-qadam: “FORMS TEST”ni ishlang. 4 variantli testlardan tashqari yozma savollarga ham alohida e’tibor bering. Ishlab bo‘lgach, xatolarni birma-bir tahlil qiling.

III. SINOV JARAYONI
Yana bir marta o‘qib olib, yopiq guruhda kechqurun bo‘ladigan “savol-javob”da qatnashing.


(c) Jalol BOLTAYEV – testolog, repetitor

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
26🔥13👍8
2025 йилги аттестация жараёнидан сўнг Мактаб вазирлигини судга бериб, унда ютқазган тарих ўқитувчиларининг масаласи бўйича президент порталига мурожаат йўлланди. Мазкур масалани ўрганиб чиқиш ПА раҳбарининг таълимни ислоҳ қилиш бўйича ўринбосари котибиятига юклатилган. Батафсил.

https://www.gazeta.uz/uz/2026/02/23/attestatsiya/

Telegram | Instagram | YouTube
🔥4616👍7💯1
Shu vaqtgacha ayrim tarixchilar tomonidan menga bildirilgan e’tirozlarga munosabat bildirishni lozim deb hisoblayman. Aniqrog‘i, “langobardlar” javobini himoya qilish maqsadida ilgari surilgan bir qator da’volar bor. Aslida ular na tarixiy manbalarga, na elementar mantiqqa tayanadi.

Shu bois eng ko‘p takrorlangan e’tirozlarni birma-bir ko‘rib chiqamiz. Zero mazkur masala ayni paytda Prezident administratsiyasi tomonidan o‘rganilayotgan ekan, balki, kanalimni o‘qishar...


Demak, boshladik, asta-sekin e’lon qilaman.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
35🔥10👀4
1. Neandertalcha mantiq yoxud o‘z mantig‘i bilan o‘zini mot qilish

Ayrim tarixchilar vestgotlar varianti xato ekanini isbotlash uchun: “vestgotlar Ispaniyani to‘liq ravishda 624-yilda to‘liq egallagan, darslikda esa Yustinian vafotidan (565) keyingi davr so‘ralmoqda, shuning uchun vestgotlar tushmaydi” degan da’voni ilgari surishmoqda. Ya’ni vaqt jihatidan to‘g‘ri kelmasmish.

Keling, ushbu mantiqni langobardlarga qo‘llab ko‘raylik.

Qiziq, agar biz shu mantiq bilan o‘lchaydigan bo‘lsak, langobardlar Italiyadagi so‘nggi hududni (Ravennani) 751-yilda egallagan-ku? Ya’ni Yustiniandan so‘ng langobardlarning butun Italiyani egallashi bir emas, kerak bo‘lsa, ikki asr o‘tib ro‘y bergan. Bu da’voni ilgari surayotganlar langobardlar tarixini yaxshi o‘qimagan ko‘rinadi :)

O‘zingizning tuzog‘ingizga o‘zingiz tushyapsiz.

Eslab qoling: vestgotlar 570–585-yillarda Ispaniyaning 90 % hududini qaytarib olgan.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥40😁2011👍5
2. Neandertalcha mantiq-2 yoxud “deyarli butun” iborasi kimga ko‘proq mos: 90% gami yoki 40% ga?

Ba’zi tarixchilar «kitobda “Yustiniandan so‘ng... deyarli butun Ispaniyani langobardlar tortib oladilar” deb yozilgan. Vestgotlar javobi hudud qamrovi jihatidan tushmaydi, deyarli butun degan so‘z to‘g‘ri kelmaydi», deyishmoqda. Bu ham o‘ta kulgili va asossiz.

“Sulaymon o‘lib devlar qutildi” degan gap bor. Bu vaziyatdan vestgotlar yetakchisi Leovigild va langobardlar yetakchisi Albion foydalanib qolgan. Yustinian I vafotidan so‘ng vestgotlar qiroli Leovigild 570–585-yillarda Ispaniyaning taxminan 90 % dan ortiq hududini egallagan. O‘sha davr nuqtayi nazaridan “Ispaniya” deganda Pireney yarimoroli tushuniladi, agar zamonaviy chegaralarni hisobga olsak, bu ko‘rsatkich 90 % dan ham yuqoriroq bo‘ladi. 90 % ga esa “deyarli butun” iborasini ishlatish mutlaqo o‘rinli.

Qaytangga Albion bilan vaziyat boshqacharoq: Yustinian vafotidan so‘ng u faqat shimoliy va o‘rta Italiyani egallagan, janubiy Italiya va Sitsiliya kabi katta hududlar esa Vizantiya nazoratida qolgan. Bu har qanday manbada, jumladan, Tursunboy Salimovning kitobida ham ochiq-oydin yozilgan. Ya’ni Albion Italiya hududining 30–40 % ini egallagan. Shu sababli “deyarli butun Italiyani” deyish qaytangga biroz xavfliroq.

Shu sababli keyingi nashrda matnni quyidagicha tuzatsa bo‘ladi:
– “Yustinianning vafotidan so‘ng... vestgotlar deyarli butun Ispaniyani tortib oladilar”. Ya’ni “langobardlar” so‘zi o‘rniga shunchaki “vestgotlar” so‘zini qo‘yib qo‘yish. Bu tarixiy manbalar va matematik hisob-kitoblar bilan mutlaqo mos.
– “Yustinianning vafotidan so‘ng... langobardlar Italiyaning katta qismini tortib oladilar”. Ya’ni langobard qiroli Albion o‘sha davrda Italiyaning 30–40 % i egallangan ekan, “deyarli butun Italiyani” jumlasini qo‘llashda ehtiyot bo‘lish kerak. Buning o‘rniga “katta qismini”, “ayrim hududlarini” jumlasini qo‘llash kerak.
– Umuman olganda, ikkalasini ham yozsa bo‘ladi: “Yustinianning vafotidan so‘ng... Vestgotlar deyarli butun Ispaniyani, langobardlar esa Italiyaning katta hududlarini tortib oladilar”.

Qisqacha aytganda, agar 90 foiz hududni egallagan vestgotlarga nisbatan “deyarli butun” iborasini ishlatish “xato” bo‘lsa, u holda 30–40 foizni egallagan langobardlarga nisbatan bu iborani qo‘llash – to‘g‘ri ekan-da :)

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
33🔥10👍1
3. “Qo‘lyozma”da shunday edi deb marhum olim ustozimizning nomini bulg‘amang!

“Langobardlar” javobini xaspo‘shlash uchun xatolikni “Tursunboy Salimovning qo‘lyozmasida shunday yozilgan edi” deb oqlashga urinish – bu marhum ustozimizning ilmiy merosiga va xotirasiga nisbatan qilingan eng katta hurmatsizlikdir.

Ushbu vajni keltirayotganlarga quyidagi mantiqiy raddiyalarni taqdim etaman:

• Olimning haqiqiy ilmiy pozitsiyasi qanday edi? Ustoz Tursunboy Salimov professional va vijdonli tarixchi olim edi. U o‘zining boshqa nashr etilgan va rasmiy tasdiqlangan asarlarida Yustiniandan so‘ng langobardlar Italiyaning faqat Shimoliy va Markaziy qisminigina egallaganini yozib qoldirgan. Ustoz professional olim sifatida “Yustinian I vafotidan so‘ng” degan jumla o‘quvchi ongida darhol VI asr kontekstini uyg‘otishini (565-yildan 600-yilgacha) juda yaxshi anglardi. VI asrda esa langobardlar Italiya hududining atigi 30–40 foizini nazorat qilgan bir paytda ularga nisbatan “deyarli butun” iborasi o‘quvchida chalkashlik uyg‘otishini konkret bilgan bo‘lardi.

Mabodo, aytaylik, haqiqatan qo‘lyozmada shunday bo‘lsa-chi?! Mabodo qo‘lyozmada shunday bo‘lganida ham buni “texnik xatolik” sifatida qabul qilish kerak, olimning ilmiy pozitsiyasi shunday edi, deb emas. Umuman olganda, qo‘lyozmani taqrizchilar o‘qib, muammoni payqab, “Ustoz, mana bu joyida chalkashlik ketibdi, “deyarli butun” so‘zi VI asr kontekstida langobardlarga tushmaydi” deganida katta ehtimol bilan “Ha, baraka topkur, to‘g‘rilab qo‘yinglar” degan bo‘lar edi. “Ma’rifat” gazetasida bir gal suhbat bo‘lganida darslikdagi ba’zi chalkashliklar savol bergan edim. Ustoz esa ochiqchasiga: “Ha, bu yerda xato bor ekan, keyingi nashrda to‘g‘rilaymiz” degan mazmunda javob bergan edilar.

• Qo‘lyozma – bu hali davlat standarti darajasidagi rasmiy darslik emas. Unda har doim texnik xatoliklar, imlo xatolari bo‘lishi tabiiy. Taqrizchilarning vazifasi aynan o‘sha qo‘lyozmani o‘qib, xatosini tuzatishdan iborat emasmidi? Ustoz vafot etganidan so‘ng tasdiqlanmagan qo‘lyozmani xohlagancha talqin qilish (yoki o‘zgartirish) butun bir fanni kulgi ostiga qo‘yish yoxud ustozga nisbatan hurmatsizlik bo‘ladi va bu ilmiy etikaga zid.

• Aytaylik, qo‘lyozmada shunday yozilgan bo‘lsin va uni na shogirdlar, na taqrizchilar sezgan bo‘lsin. Bu o‘sha jumlani “tarixiy haqiqat”ga aylantirib qo‘ymaydi. Aksincha, bu darslik tayyorlash jarayonidagi xatolikdan dalolat beradi. Marhum olimni “shunday hisoblagan” deb ayblash (u kishini geografiya va tarixdan bexabar qilib ko‘rsatish) olimga nisbatan o‘ta darajada hurmatsizlik aslida.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
42🔥17💯3👍2
Rahmat! Bu yerda men haqimda gapirishibdi :)

Ha, 2018-yilda kanal ochganman. Respublikada tarix faniga ixtisoslashgan ilk repetitor kanali bu. O‘sha payti yoshimni katta deb o‘ylashgan (so‘raganlarga aytganman).

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4134🔥38👍25🏆6😎4👏2😁2💯1
Forwarded from Shavqiyeva Dinora Bobosherovna
Kuchli ustozlar albatta kuchli guruhni tanlaydi bu. Son boʻyicha emas sifat va tizim boʻyicha kuchli
💯8527🔥18👍10😁2🏆2
Eslatma! Yopiq guruhimdagilarga, o‘quvchilarimga “Ehtimoliy materiallar” bepul beriladi. Umuman olganda, chalg‘imasdan men aytgan topshiriqlarni bajarish yetarli!

Chalg‘imang! Chalg‘iganlar afsus qilgan :)
👍11026🔥13🤝12💯8👏4🏆2👎1😍1
Ispaniyadagi olimlardan 1 haftada kelgan javob O‘zbekistondagi Respublika ta’lim markazidan hanuz kelmadi.

Qonunchilik bo‘yicha 3-mart so‘nggi muhlat. Agar qonunga amal qilinsa, endi cho‘zishning imkoni yo‘q. Ko‘raylik-chi...

Birinchi rasmiy javob xatini yozlaring.
👍105😁4529🔥21💯5
28-fevral kuni Toshkentga boraman. Darslik mualliflari – Laziz Nasrullayev, Sanjar Kushbekov, Bahodir Mahmudboyevlar bilan “Tanaffus” podkastda suhbat bo‘ladi. Ko‘ramiz, nima deyishar ekan. Balki, o‘qituvchilarning huquqlari tiklanishi uchun o‘z hissalarini qo‘shishmoqchidirlar, balki...

Biroq men yonimda bitta odam ovolmoqchi edim. Aytaylik, tarixchi Mardonbek Rajabov yoki ustoz Komil Jalilov. Darslik mualliflari bunga ko‘nishmabdi. Negaligini tushunmadim.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍93🔥2421👏9
ASLIDA...

Aslida podkast uch tomonlama formatda tashkil etilishi kerak edi: Baholash markazi, RTM, da’vogar o‘qituvchilar vakillari.

Chunki masalaning markazida test turibdi. Testni tuzgan va unga bevosita javobgar bo‘lgan tashkilot – Baholash markazi. Shuning uchun asosiy savollar ham tabiiy ravishda BA vakillariga qaratilishi kerak.

Men ilgari ham aytganman: bizning asosiy masalamiz RTM yoki darslik mualliflari bilan emas, aynan Baholash markazi bilan. Chunki testni aynan ular tuzgan va javobgarlik ham shular zimmasida.

Podkast quyidagi shaklda bo‘lishi mantiqan to‘g‘ri bo‘lardi:
Biz tomondan: Komil Jalilov va men.
RTM tomondan: Nurhayot Hakimov va yana bir darslik muallifi (Nurhayot Hakimov – darslik hammuallifi va RTMda bosh tarixchi. E’tiborli jihati, hozir podkastga kelishi kutilayotgan darslik mualliflarining birortasi RTMda faoliyat yuritmaydi, menimcha).
Baholash markazi tomondan: Dilrabo Davidova va Ro‘zigul opa.

Bu o‘ta darajada mantiqli bo‘lardi. Agar shunaqa podkast qila olishga ko‘zingiz yetsa, Ulug‘bek akaga aloqa chiqinglar, biz bundan xursand bo‘lar edik.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6634💯11👍10👏2
Tez orada “Maxsus dars”lar doirasida “Sulolalar” qo‘llanmasini tizimli o‘rganish boshlanadi. “Sulolalar” rukni ostidagi barcha qo‘llanmalar “ehtimoliy” tipiga kiradi.

Masalan, al-Muqtadi, al-Qodir bilan bog‘liq, darslikda uchramaydigan ma’lumotlar asosida ko‘pchilikni esankiratib qo‘ygan savollar tushganida o‘quvchilarim qo‘llanmadagi “Arab xalifaligi” mavzusini o‘zlashtirgani sababli ularni bemalol ishlay olishgan.

Natijada ketma-ket 6 marotaba eng yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi. Bu shunchaki da’vo emas, tasdiqlangan natija (ISBOT).

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3727👏7💯7🔥5👎2
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Mana bu "konsilium" xorijgacha va Prezident Administratsiyasigacha yetib borgan "langobardlar - vestgotlar" yuzasidan oʻtgan koʻrinadi. Shuncha gap yozib, chiroyli rasmlar qoʻyib, asosiy narsani yozishmabdi: "Konsilium" nima qarorga keldi? Sunʼiy intellekt, oliy taʼlim darsliklari, hatto dunyoning yetakchi universitetlari olimlari Baholash markazining javobi notoʻgʻri deb turganda, bizning mutaxassislarimiz markaz javobi toʻgʻriligini qanday asoslab berishdi?
17🔥2
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Men baribir bir narsani haligacha tushuna olmayapman. Tushunganlar - tushunishga yordam berishsa, minnatdor bo'lardim.

Shuncha ovoragarchilik - sud, xorijiy olimlar munosabati, Prezident Administratsiyasi aralashuvi, mana bunday "konsilium"lar - qilmasdan, tinchgina to'g'ri javobni belgilagan o'qituvchilarga o'sha 2 ballini qo'shib bersa bo'lmaydimi? Yoki kimdir "xatoni tan olsangiz, otuvga hukm qilaman" deb qo'rqitganmi?
38🔥11👍9
Jalilov. Qaydlar
Mana bu "konsilium" xorijgacha va Prezident Administratsiyasigacha yetib borgan "langobardlar - vestgotlar" yuzasidan oʻtgan koʻrinadi. Shuncha gap yozib, chiroyli rasmlar qoʻyib, asosiy narsani yozishmabdi: "Konsilium" nima qarorga keldi? Sunʼiy intellekt…
Rasmlarga e’tibor bersak, darslik hammualliflaridan biri Nurhayot Hakimov ham shu yerda. Mening Nurhayot Hakimovga shaxsiy g‘arazligim yo‘q umuman. Biroq Nurhayot Hakimovga ushbu masala yuzasidan bergan savollarimga negadir javob yozmagan.

Umuman olganda, men har qanday ilm bilan shug‘ullanadigan insonni hurmat qilaman. Shu kungacha izohlarda “rasvo darslik” deb yozganlarga “unaqa demanglar, kamchiliklar har qanday davlat darsligida bo‘ladi, bitta maqola yozish qiyin kerak bo‘lsa”, deb kelganman.

Biroq ilm bilan shug‘ullanadigan odam (ya’ni yaltoqlik evaziga ko‘tarilmagan, haqiqiy ilm orqali ko‘tarilgan odam) unga hech qachon xiyonat qilmaydi. Ko‘ramiz...
37💯11🔥4
“Biz adolat istaymiz, biz 2 ball uchun kurashmayapmiz” — vazirlikni sudga bergan o‘qituvchi bilan suhbat

Xabaringiz bor, to‘rt nafar tarix fani o‘qituvchisi attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ustidan sudga da’vo arizasi kiritgandi.

Bu masala bilan bog‘liq mojaro hatto xorijga ham yetib bordi. Maktab darsligidagi tarixiy xatolik va shu xato fakt asosida tuzilgan attestatsiya testi ortidan AQShning Pensilvaniya universiteti tarixchi-pedagogi, shuningdek, ispaniyalik olimlar hamda bir qator xorijiy ommaviy axborot vositalari ham mazkur masalani muhokama qilmoqchi.

2026-yil 11-fevral kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida da’vogarlar kiritgan apellyatsiya shikoyati ko‘rilmasdan qoldirilgach, tarixchi-pedagog Jalol Boltayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga rasmiy murojaat yo‘lladi.

Ushbu voqealar fonida aynan shu jarayonlarni boshidan o‘tkazgan, malaka toifasi uchun o‘tkazilgan natijalaridan norozi bo‘lib kelayotgan andijonlik pedagog, Nuriddin Ergashov bilan suhbatlashib, unga bir nechta savollar bilan yuzlandik.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1534

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
🔥3718👍4😍1
Sahna orti…

Do‘stlar, ayrimlar – ayniqsa, rasmiy doiralardagi ba’zi kishilar – bu masala faqat Jalol Boltayevga qiziq, deb o‘ylashi mumkin. “Nega da’vogar o‘qituvchilar o‘zlari chiqib gapirmayapti?” degan kinoyalar ham bo‘lgan.

Aslida esa ular bundan oldin ham gapirgan. Xalqta’limiinfo’ga ochiq intervyu berishgan, qo‘rqmasdan gapirishgan edi o‘shanda. O‘sha suhbatda sudga murojaat qilgan o‘qituvchilarga bosim o‘tkazilgani masalasi ko‘tarilgan edi. Bugun yana bir ustoz chiqib gapiribdi. Bu chiqishlar adolatsizlik bo‘layotgani faqat menga qiziq emasligining isboti.

11-fevral kuni sud avvalgi qarorni o‘z kuchida qoldirgani, sodda qilib aytganda, yutqazganimizni e’lon qilganimdan so‘ng telefonim tinmadi. Juda ko‘p o‘qituvchilar qo‘ng‘iroq qildi, shaxsiy xabarlarda yozishdi. Ispaniyadan kelgan, “langobardlarning Ispaniya bilan hech qanday aloqasi yo‘q” degan rasmiy javobdan keyin ko‘pchilik “endi albatta yutamiz” deb umid qilgan ekan.

O‘sha kuni qo‘ng‘iroq qilgan ayollardan biri hanuz yodimdan chiqmaydi. U ham “vestgotlar” javobini belgilagan ekan. Agar shu javob to‘g‘ri deb tan olinganida, 86 ball bo‘lardi. Birgina adolatli qaror uning natijasini, ehtimol, butun kayfiyatini, hayotini o‘zgartirardi.

Xabarni ko‘rgach, xomush bo‘lib qolganini aytdi. Ovozida siniq bir ohang bor edi – odam gapiradi, lekin ichida nimadir cho‘kib ketgan bo‘ladi-ku, xuddi shunday. O‘zi sog‘lig‘i tufayli ishga ham chiqa olmayotgan ekan. Shundoq ham og‘ir ahvolda turgan inson uchun bu natija oddiy ball emas, bir tayanch edi.

Gap orasida jim qolib ketdi. Men ham birzum sukut saqladim. Telefonning narigi tomonida og‘ir nafas eshitiladi, xolos. O‘sha payt bo‘g‘zimga nimadir tiqilgandek bo‘ldi. Ba’zan insonning dardi faktlardan ham og‘irroq bo‘ladi. Bu yerda gap shunchaki bitta savol haqida emas edi. Gap umid haqida edi.


Yana bir o‘qituvchi esa 2025-yilgi attestatsiyada “vestgotlar” savoli tufayli, keyingi attestatsiyada esa noto‘g‘ri tuzilgan “okruglar” savoli sabab 86 ballga yetolmay, 70 foizlik ustamadan quruq qolgan. Ikki marta. Ikki safar ham o‘z xatosi emas, boshqalarning mas’uliyatsizligi evaziga.

Bu yerda gap faqat ustama haqida emas. Gap – qadr haqida. O‘qituvchiga bo‘lgan munosabat haqida. Sen 100 % haq bo‘lib, dalillar bilan borasan. Ammo javob bir xil: tizim o‘z yo‘lidan qaytmaydi.

Eng og‘iri ham shu – o‘zingni devorga gapirayotgandek his qilish.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6136👍5💯4