𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
18.8K subscribers
1.25K photos
164 videos
412 files
1.35K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
👑 Demak, ketma-ket 6 galdan beri ENG YUQORI natija Jalol BOLTAYEV kursida qayd etildi (xususan, onlayn kurslar doirasida).

1. 83,87 – 12-oktyabr (2024)
2. 85,21 – 1-dekabr (2024)
3. 87,22 – 22-fevral (2025)
4. 90 – 23, 24-may (2025)
5. 90,21 – 5, 6-dekabr (2025)
6. 90,12 – 17-yanvar (2026)

Bu FAKT!


Noutbuk o‘z egasiga topshiriladi!

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
78🔥21👍18👏10
Langobardlar masalasi aslida haqiqatan DXX-MXX, sud, vulkanizatsiya tashkilotlarining masalasi emas, bu ODDIY TARIXIY MASALA edi. Afsus.
👍7518🔥12💯8😁4
Qachondir men haqda “pora oldi” yoki shunga o‘xshash ayblovlar chiqsa, ishonmanglar.
1🤝11734🔥21💯15😁5👌4👍1👀1
TEZ NATIJA QILISH ILLUZIYASI

Kecha kanalda natijalarni ulashdim. Hali joylanmaganlari ham bor. “Majburiy fan uchun 0 dan 10 kunda natija qildim”, “mutlaq noldan 1 oyda majburiy uchun A oldim” degan o‘quvchilarimning izohlarini ham ko‘rdingiz. Bu gaplar haqiqatmi? Ha, rost. Shunday natija qilgan o‘quvchilarim bor. Oldinam bo‘lgan, aytaylik, keyinam bo‘ladi.

Lekin tanganing ikkinchi tomoni ham bor.

Men jamiyatda noto‘g‘ri tasavvur shakllanishini istamayman, jamiyatga noto‘g‘ri fidbek berishni istamayman. To‘rt-besh o‘quvchi 10 kunda “katta sakrash” qilgan bo‘lsa, bu hammada ham shunday bo‘ladi degani emas. Statistik ishonchlilik boshqa mezon. Qachonki o‘quvchilarimning kamida 90 foizi 10 kunda C+ yoki A darajani olsa, shundagina buni tizimli model deb ayta olgan bo‘lar edim.

Amaliy tajribam shuni ko‘rsatadi:
- majburiy fan bo‘yicha 1–1,5 oy mas’uliyat bilan yondashgan o‘quvchilarning aksariyati kerakli darajaga chiqadi;
- asosiy fan bo‘yicha 3 oy mas’uliyat bilan tayyorgarlik qilgan, hatto mutlaq noldan boshlagan o‘quvchilarning katta qismi A yoki A+ darajaga chiqadi.

Bu – tendensiya. Ya’ni takrorlanuvchi natija.

Endi 10 kunlik yoki 1 oylik “katta sakrash”lar haqida.
- Birinchidan, ular umumiy o‘quvchilarimning ko‘pchilik qismini tashkil qilmaydi.
- Ikkinchidan, 1 oyda A olgan o‘quvchi odatda maksimal yuklama bilan ishlaydi: barcha topshiriqlar bajariladi, darslarda to‘liq qatnashadi, intizom o‘ta yuqori bo‘ladi. Ko‘pchilik bir soatda yeya oladigan oshni u 10 daqiqada yegandek. Bunday energiya va konsentratsiya hammada ham bo‘lmaydi.
- Uchinchidan, qisqa muddatli natijalarga boshqa omillar ham ta’sir qiladi. Masalan, 10 kunda C yoki C+ olgan o‘quvchining variantida men bergan ehtimoliy savollar ko‘proq tushgan bo‘lishi mumkin (ammo 10 kun tayyorlanib, A yoki A+ darajani olish nazariy jihatdan ham deyarli imkonsiz).

Xulosa qilib aytganda mening kursimda:
- majburiy uchun 1–1,5 oyda mas’uliyat bilan yondashgan o‘quvchilarim kerakli darajani olishi odatiy holga aylangan;
- asosiy uchun 3 oyda mas’uliyat bilan yondashgan o‘quvchilarim, mutlaq noldan bo‘lsa ham A yoki A+ darajani olishi odatiy holga aylangan.

Bu gapni tadqiqotchi-testolog, shu paytgacha minglab testlarni tuzgan, qariyb 10 yildan beri repetitorlik qilib kelayotgan odam sifatida aytyapman. Shu bois ba’zi repetitorlar “2 kunda hammaga natija qildiramiz” degan mazmundagi da’volarni aytishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘rishi kerak.

(c) Jalol BOLTAYEV

@TESTLIDER
💯6837🔥16👍4🏆4👏1😁1👌1
Forwarded from .
Har bir darsda qatnashdim har bir testni ishladim, boshidan oxirigacha faqat ustozga diqqatli boldim, chalğimadim boshqa narsalarga. Shunaqa qilib haqqatta 1 oyda haqqatdan noldan A oldim. Lekin endi juda charchadim, endi faqat dam olaman. Filologiyaga topshirmoqchi edim. Majburiy edi, endi ózgardi
😍33😁1513🔥4👍2🏆1
Oldingi imtihonda mutlaq noldan A+ olgan o‘quvchim Mushtariyning amakivachchasi yozyapti.

Mushtariyning o‘z izohini esa bu yerda o‘qishingiz mumkin.
https://t.me/TESTLIDER/6248

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯5021👍11👎4😁3🔥2🏆1
❗️❗️❗️❗️❗️❗️

«TURBO GURUH» hali faqatgina 6-sinf darsligini o‘qib tugalladi. Ya’ni deyarli YANGI GURUH. Shunga qo‘shilishni tavsiya etaman!


Guruhga qo‘shilish uchun 9860010133910371 kartasiga bir martalik 300 ming so‘m to‘lovni amalga oshirasiz va chekni @jalolboltayev_kurs'ga yuborasiz. So‘ngra darhol sizga guruh linkini taqdim etaman!

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥137👍5👎2
Makedoniyalik Aleksandr hujumlari davrida Xorazmda hukmronlik qilgan Farasman qaysi suloladan bo‘lgan?

👉 @TESTLIDER – (c) Jalol BOLTAYEV
Anonymous Quiz
24%
A) afrig‘iylar
48%
B) siyovushlar
18%
C) oltintoshiylar
10%
D) anushteginiylar
28👍8💯6🔥5👏2👀2
Misrning so‘nggi fir’avni Kleopatra qaysi sulolaning oxirgi vakili bo‘lgan?
Anonymous Quiz
15%
A) komninlar
25%
B) argeadlar
21%
C) saisslar
39%
D) ptolomeylar
👍259😎6👏4👎3🔥3🏆3
Misr tarixi 5 davrga bo‘lib o‘rganiladi. Ilk, qadimgi, o‘rta, yangi, so‘nggi podsholiklar davri.

So‘nggi podsholik davri kim tomonidan tugatilgan? (c) Jalol BOLTAYEV
Anonymous Quiz
21%
A) Oktavian Avgust
40%
B) Kambiz II
26%
C) Makedoniyalik Aleksandr
13%
D) Navuxodonosor II
👍3515👎8🔥7🏆3
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV pinned «❗️❗️❗️❗️❗️❗️ «TURBO GURUH» hali faqatgina 6-sinf darsligini o‘qib tugalladi. Ya’ni deyarli YANGI GURUH. Shunga qo‘shilishni tavsiya etaman! Guruhga qo‘shilish uchun 9860010133910371 kartasiga bir martalik 300 ming so‘m to‘lovni amalga oshirasiz va chekni…»
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jovi Xasanov – inson sun’iy intellektdan hozircha ustun ekanini amalda ko‘rsatib kelayotgan rassomlardan. Bu rassomni doim kuzatib boraman. 14-fevral munosabati bilan Bobur Mirzo siymosini shunday tasvirlabdiki, surat sun’iy generatsiyadan ko‘ra jonliroq chiqqan.

Men ham rassomchilikka ixtisoslashgan maktabda o‘qiganman. Professional rassom bo‘lib ketmadim, ammo o‘sha ta’lim va muhit har sohada kreativ fikrlashimga zamin yaratgan. Hozir ham ijodkorlarni kuzatib boraman.

Ha, aytgancha, mana 14-fevralni odamlar qanday o‘tkazyapti, senlar (2009 lar) esa gul ko‘tarib yuribsan :)

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁104🔥45👍2519👏8😍1
Langobardlar masalasi

Exxe, aslida javob 16-fevralgacha yuborilishi kerak edi. Bugun Prezident portalini tekshirib ko‘rsam, muddat 3-martgacha uzaytirilgan. Bu haqda esa hech qanday rasmiy ogohlantirish berilmadi.

RTM tarixchisi Zuhayriddin Bozorov Telegram orqali yozgan xabarlarimni o‘chirib tashlagan.

Qizig‘i va achinarlisi, AQSH va Ispaniyaga yuborilgan murojaatlarga qisqa muddat ichida javob olgan edim.

Dastlab masala bo‘yicha Baholash markazi direktori Dilrabo Davidova bilan bog‘lanishga harakat qildim. Uni bu adolatsizliklardan bexabar deb o‘ylagan edim. Keyinchalik masaladan xabardor ekaniga ishonch hosil qildim.

Shundan so‘ng MMTV vaziri E’zoza Karimova bilan bog‘lanishga urinib ko‘rdim. Avvaliga u ham vaziyatdan bexabar deb taxmin qilgandim. Ammo hozir bunday emas, degan fikrga kelyapman. Chunki ta’lim sohasiga umuman aloqasi bo‘lmagan ayrim idoralar ham masaladan xabardor ekan, vazir bexabar bo‘lishi mantiqan ishonchsiz tuyilyapti.

Hozircha Prezidentning o‘qituvchilarga va tarix ilmiga qilinayotgan bu adolatsizlikdan xabari yo‘q, degan taxminda turibman.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
80🔥27💯22👍15👏2👀1
🔥299👍5💯3👏2
🔥1610💯4👍2👏2🤝1
11👍168🔥6💯3
🔥177👍3💯3👏2
Xaspo‘shlashga urinmang!

Yustinian I vafot etgach, Leovigild 568-yilda qirol sifatida taxtga o‘tirib, Ispaniya yerlarini qaytarib olish jarayonini boshlagan. 570–572-yillarda Vizantiya nazoratidagi Ispaniya hududlariga hujum qilib, Medina-Sidoniya va Kordova kabi muhim shaharlarni qaytarib oldi. 573-yilda Pireney yarimorolining shimoliy va shimoli-g‘arbiy qismlariga e’tiborini qaratib, Sabariya va Kantabriya hududlarini bo‘ysundirdi. 585-yilda yarimorolning shimoli-g‘arbidagi Svevlar qirolligini tugatib, ularning yerlarini Vestgotlar davlatiga qo‘shib olishi bo‘ldi.

Xullas, Leovigild davrida deyarli butun Ispaniya tortib olindi va vestgotlar hukmronligiga bo‘ysundirildi. Leovigild davrida yarimorolning taxminan 90% i birlashtirildi, ammo Vizantiyaning janubiy qirg‘oqlardagi anklavi Kartaxena shahri saqlanib qoldi. 624-yilda qirol Svintila davrida vizantiyaliklar Piriney yarimorolini butunlay tark etishgan. Ya’ni endi to‘liq desa bo‘ladi (deyarli so‘zini ishlatish ham shartmas).

LANGOBARDLAR-CHI?

Yustinian I vafotidan so‘ng, Vizantiya imperiyasi Italiyani saqlab qolishda qiyinchiliklarga duch keldi. 568-yilda qirol Alboin boshchiligidagi langobardlar Alp tog‘lari orqali Italiyaga bostirib kirdilar.

569-yilda ular Shimoliy Italiyaning markazi – Milanni egalladilar.

572-yilda uch yillik qamaldan so‘ng Paviya shahri taslim bo‘ldi va u keyinchalik qirollikning poytaxtiga aylandi. Alboin davrida Italiyaning taxminan 30-40 % qismi (asosan shimoliy va markaziy qismlari) egallandi.

751-yilda langobardlar Vizantiyaning Italiyadagi so‘nggi yirik tayanchi Ravenna shahrini egalladi. Ya’ni endi to‘liq desa bo‘ladi (deyarli so‘zini ishlatish ham shartmas).

1. https://en.wikipedia.org/wiki/Liuvigild
2. https://www.britannica.com/biography/Leovigild
3. https://en.wikipedia.org/wiki/Alboin
4. https://www.britannica.com/topic/Lombard-people

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
28👍9🔥8💯5
🔥10👍54