π—§π—˜π—¦π—§ π—Ÿπ—œπ——π—˜π—₯ | JALOL BOLTAYEV
19.3K subscribers
1.25K photos
164 videos
418 files
1.35K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯22πŸ’―13❀10πŸ‘3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ’―19πŸ”₯16❀12πŸ‘5
Hamma natija qachon chiqishini kutyapti, men RTMning javobi kelishini kutyapman. 16-fevralda kelishi kerak.
❀53😁22πŸ‘16πŸ”₯11πŸ‘Ž2πŸ’―2πŸ‘€1
Xalq taβ€˜limi Info | Ulugβ€˜bek Poβ€˜latov
Pedagoglar attestatsiyasi bilan bogβ€˜liq mojaro xorijga ham yetib bordi
Birgina shu vazirlikning injiqliklari deb, butun dunyoga sharmanda bo'lmasak bo'ldi-da

Yirik tarixchi olimlar ham, 7-sinf β€œJahon tarixi” darsligining mualliflari qatorida boβ€˜lgan, marhum olim Tursunboy Salimovning β€œJahon tarixi” darsligida ham, hatto jahon reytingida top-100 roβ€˜yxatiga kiradigan Pensilvaniya universiteti va ispaniyalik olimlarning o'zi ham β€œlangobardlar Ispaniyani bosib olmagan”, deb aytyapti.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi esa, "yo'q, langobardlar Ispaniyani qisqa muddat davomida bo'lsa ham egallagan", deb oyoq tirab turib olgan. Vazirlik bunga manba sifatida faqatgina 7-sinf β€œJahon tarixi” darsligini ko'rsatyapti. Boshqa katta-katta ilmiy adabiyotlar esa bu xato fakt ekanligini aytib turibdi.

Maktab darsligida texnik xatolik ketib qolishini-ku tushunsa bo'ladi, bu tabiiy jarayon. Lekin darslikning aynan shu xato joyidan test tuzib olib, buni to'g'ri deb turib olishlarini sira ham kechirib bo'lmaydi.

Butun dunyo, tarixchi olimlar bir tomon, bizning ta'lim vazirligimiz bir tomon. Ajoyib, yangi tarix yozamiz shekilli.

@u_pulatoff
❀47πŸ‘24πŸ’―12πŸ”₯8😁7πŸ‘Ž3πŸ‘€2πŸ‘Œ1
Tarixni gβ€˜oliblar yozadi! ❌
Tarixni Baholash markazidagilar yozadi βœ…
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁251πŸ’―24❀16πŸ‘14πŸ‘7πŸ‘Ž5πŸ†3πŸ‘€3
HAZIL ORTIDAGI INQIROZ

Sotsiologiyaga doir kitobda bir ma’lumot oβ€˜qigandim: jamiyatdagi eng ogβ€˜riqli ijtimoiy-siyosiy muammolar hazilga aylana boshlasa, bu sogβ€˜lomlik belgisi emas, balki ichki inqiroz alomatidir. Nega? Chunki aslida tizimli va adolatli yechim talab qiladigan masalalar hazil bilan hal boβ€˜lmaydi. Ular davlat va fuqaro oβ€˜rtasidagi konstruktiv muloqot, dalil va mantiqqa asoslangan yondashuv, mustaqil hamda adolatli sud qarorlari orqali yechilishi kerak.

Ammo bu yoβ€˜llar samara bermasa-chi? Soβ€˜zimiz devorga urilib qaytsa, dalillarimiz eshitilmasa-chi? Shunda jamiyat himoya mexanizmini ishga tushiradi – hazil. Sotsiologiyada bu β€œkompensatorlik funksiyasi” (β€œoβ€˜rnini qoplash”) deb yuritilar ekan. Inson real hayotda yenga olmagan toβ€˜siqni kulgi orqali kichraytiradi va shu yoβ€˜l bilan ichki ogβ€˜riqni yengillashtirishga urinadi.

Men ham β€œLangobardlar qirolini tiriltirib kelmasak boβ€˜lmaydi chogβ€˜i” yoki β€œTarixni Baholash markazi yozadi” deya hazil qildim. Tashqaridan bu intellektual kinoyadek koβ€˜rinadi. Aslida bu – ojizlikning jilmaygan shakli.

Kulgi ba’zan ogβ€˜riqsizlantiruvchi dori kabidir. Ichamiz – ogβ€˜riq vaqtincha susayadi. Lekin muammo ildizi bilan qoladi, hatto chuqurlashadi. Bugun langobardlar haqidagi hazilga kulamiz, ertaga boshqa bir adolatsizlikni memga aylantiramiz. Bora-bora eng jiddiy inqirozlar ham oddiy trend darajasiga tushib qoladi.

Qisqasi, qaysidir jamiyatda ogβ€˜riqli masalalar faqatgina hazil ostiga olinyaptimi, u jamiyat inqiroz arafasida. Chunki u yerda davlat va fuqaro oβ€˜rtasida suhbat boβ€˜lmayapti, davlat oβ€˜z fuqarolari bilan konstruktiv muloqot olib borishni istamaydi, sud tizimi abgor ahvolda.

(c) Jalol BOLTAYEV

πŸ‘‰ @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯43❀17πŸ‘12πŸ’―7
Mana isboti. Bugun turli vaqtlarda 8 marta qoβ€˜ngβ€˜iroq qildim.

Ba’zi qadamlarni bosishdan oldin Dilrabo Davidovaga konstruktiv muloqot taklif qilmoqchi edim. Keyin xafa boβ€˜lmanglar.
❀42πŸ”₯17πŸ’―14πŸ‘6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯56❀11πŸ’―6πŸ‘2πŸ™2🀝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯53❀11πŸ‘6πŸ’―6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯56❀10🀝7πŸ‘6πŸ’―1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯44❀18πŸ‘14πŸ’―6πŸ‘5🀝2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯42❀18πŸ‘8
Respublika ta’lim markazi mutaxassisi, tarixchi Zuhayriddin Bozorovning tarixchi sifatidagi fikri Baholash markazining Yustinian I vafotidan soβ€˜ng β€œVizantiyadan Ispaniyani tortib olgan qabilani belgilang” degan savoliga toβ€˜gβ€˜ri javob LANGOBARDLAR ekan. Bu uning TARIXCHI sifatidagi gapi ekan.

Ming afsus, ming afsus. Minglab odamlar adolatsizlikka uchragan yerda, kerak boβ€˜lsa, ishdan ketardim. Lekin HAQIQATni aytardim.

Rahmat sizga, Zuhayriddin Bozorov. Zoβ€˜r tarixchi ekansiz.

(c) Jalol BOLTAYEV

πŸ‘‰ @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❀45πŸ”₯22πŸ’―10😁8πŸ‘5🀝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯53❀12πŸ‘12
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯51πŸ‘19πŸ’―11❀6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❀24πŸ”₯20πŸ’―12πŸ†7πŸ‘2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘28πŸ”₯19πŸ’―11❀1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ’―48πŸ”₯19πŸ‘13❀7πŸ‘5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯44❀11πŸ‘5πŸ’―4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯40❀12πŸ’―7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯62❀21πŸ’―13😁5🀝2