9-fevralda “TEZKOR GURUH”da darslar boshlanadi!
Mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda ENG TO‘G‘RI yo‘ldan olib borishga harakat qilaman.
“Tezkor guruh”ga sertifikatchilar va attestatsiyachilar qo‘shilishi mumkin.
9860010133910371 kartasiga 2 oy uchun 300 ming so‘m to‘lovni o‘tkazib, chekni @jalolboltayev_kurs'ga jo‘nating.
👉 @TESTLIDER

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤22👍4🔥4
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
9-fevralda “TEZKOR GURUH”da darslar boshlanadi! Mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda ENG TO‘G‘RI yo‘ldan olib borishga harakat qilaman. “Tezkor guruh”ga sertifikatchilar va attestatsiyachilar qo‘shilishi mumkin. 9860010133910371 kartasiga 2 oy uchun 300…
1000 lab o‘quvchilarni o‘qitmasa-da, so‘nggi 5 ta (!) “Milliy sertifikat” imtihonida ENG YUQORI (!) natijalarni qayd etgan kurs bu. BU FAKT (ISBOT).
👍38❤23🔥3
Forwarded from 61/27LOLA RO‘ZIYEVA
eng ishonchli kurs. haqiqiy mehnat qilib ishlangan materiallar. kursda tayyorlanib ko'rmaganlar un havoiy bo'rtirilgan gaplardek tuyilishi mumkin. lekin adashasiz. bu kursda o'qiganlari ustozni naqadar jonkuyarlik va samimiy dars o'tishlarini juda yaxshi biladi. Jalol Boltayev o'z kasbining haqiqiy fidoiy ustozi. rahmat sizga ustoz.
🔥63❤19👎7🏆7😎3🤝2💯1
TO‘RTINCHI HOKIMIYAT KUCHI
Fransiya tarixidagi “Dreyfus ishi” shuni ko‘rsatdiki, ayrim vaziyatlarda uchala rasmiy hokimiyat – parlament, hukumat va sud bir vaqtning o‘zida adolatsizlik qilishi, “kar, ko‘r, gung” rolini o‘ynashi mumkin.
Asl josus davlat tizimida yuqori lavozim egallagan Estergazi bo‘lsa-da, oddiy kapitan Alfred Dreyfus “qurbon qilindi”. Sud soxta ayblov bilan hukm chiqardi, hukumat va parlament esa bu adolatsizlikni to‘xtatish o‘rniga uni qo‘llab-quvvatladi. Chunki muammo bitta shaxsda emas, balki tizimning o‘zida edi. Shu sabab qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari adolatni emas, aynan tizimni himoya qildi. “Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi” degan maqol faqat Gonduras davlatigagina xos emas (biroq Gondurasda bu maqol “qonun” darajasiga ko‘tarilgan deyishadi gondurasliklar).
“Dreyfus” muammosini esa aynan to‘rtinchi hokimiyat hal qildi. Matbuot va jamoatchilik bosimi, xususan, yozuvchi Emil Zolyaning prezidentga yo‘llagan ochiq xati jamiyatni uyg‘otdi va uchala hokimiyatni ham orqaga chekinishga majbur qildi. Natijada ish qayta ko‘rib chiqildi va Dreyfus oqlanadi. Bu voqea to‘rtinchi hokimiyat rasmiy vakolatlarsiz ham real kuchga aylanishi, uchala hokimiyat ishlamagan joyda adolatni tiklay olishini isbotlab berdi.
Agar to‘rtinchi hokimiyat, ya’ni OAV va jamoatchilik bo‘lmaganida, bitta begunoh inson tizim xatosi tufayli umri qamoqda chirirdi, tarix esa yangi-yangi “dreyfuslar” bilan to‘lib borardi.
Mana nima uchun jamoatchilik faol bo‘lishi kerak. “To‘q qornim, tinch qulog‘im” degan pozitsiyadan chiqib ketish zarur. Ha, maqolning originalida “och qornim” deyiladi. Ammo bizda ko‘pincha “to‘q yurish” uchun ko‘z yumishadi, jim turishadi, qo‘rqishadi.
(c) Jalol BOLTAYEV

🔥35❤13👍7👌1
Ustoz Komil Jalilov yozgan postni ulashgan tarixchilarga alohida rahmat.
Afsuski, men “joylasa kerak” deb o‘ylagan ayrim odamlar postni ulashmadi. Mayli...
Do‘stlar, aynan hozir “O‘zbekistonda adolat tiklanishiga AQSH va Ispaniya olimlari yordam bermoqda” sarlavhali postni ulashish muhim. Sababi Pensilvaniya universitetidan rasmiy javob keldi. Bu “shunchaki chet el universiteti” emas, dunyoning top-100 ro‘yxatiga kirgan oliygohlardan biri. Bilasiz, top-1000 ga kirishning o‘zi juda katta nufuz sanaladi, bu esa mutlaqo boshqa daraja.
Bu ma’lumot keng tarqalishi kerak. Balki sizning kanalingiz orqali vakolatli bir shaxs o‘qib qolib, “nimalar bo‘lyapti o‘zi?” degan savol bilan ayrim tashkilotlarga tushuntirish olib borar. Chunki agar Baholash markazi 11-fevraldagi sudda ham Pensilvaniya universiteti, amerikalik va ispaniyalik olimlar bergan ilmiy xulosalarga ham qarshi chiqsa, bu butun ta’lim tizimi uchun sharmandalik bo‘ladi.
Ispaniyaliklar va amerikaliklar bu holatni “juda katta adolatsizlik” deb baholayapti. Nahotki biz o‘zbekistonlik bo‘la turib, jamiyat manfaatiga daxldor bunday masalalarda bir-birimizni qo‘llab-quvvatlay olmasak?
Men bu masalada uchta jiddiy xavf borligini yozdim. Gap faqat “vestgot” javobini belgilagan 100 dan ortiq o‘qituvchining huquqlarida ham emas. Muammo bundan ham chuqurroq.
Shaxsan men Baholash markazi testlari (faqat bitta savol emas, umuman ularning yondashuvi) juda salbiy washback effektiga ega deb hisoblayman. Bunga asos bor: ayrim o‘qituvchilar allaqachon “kitobda xato bo‘lsa ham, yodlash kerak” degan pozitsiyada o‘qiy boshlaganini, bolalarga ham aynan shunday qarash bilan dars o‘tayotganini bildirishgan.

🔥56❤24👏6👍4💯3🏆2😍1🤝1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV pinned «9-fevralda “TEZKOR GURUH”da darslar boshlanadi! Mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda ENG TO‘G‘RI yo‘ldan olib borishga harakat qilaman. “Tezkor guruh”ga sertifikatchilar va attestatsiyachilar qo‘shilishi mumkin. 9860010133910371 kartasiga 2 oy uchun 300…»
Odamlar orasida may oyida yana imtihon bo‘ladi, degan gaplar yuribdi. Qani edi, shunday bo‘lsa... Biroq bu ehtimoldan yiroq. 99 % may oyida imtihon o‘tkazilmaydi. Martda oxirgisi.
❤58😁31🔥16💯7👀3👍1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Do‘stlar, kanalda reklama xizmati mavjud emas. Hech qachon mavjud bo‘lmagan. 9 yildan beri. Bu turdagi reklamalarni men cheklay olmayman. Bunday reklamalar Telegram tomonidan qo‘yiladi.
Shu yerdayam 6 mln-e 😁
2 oyi 300 ming so‘m bo‘lgan kursimda qo‘shimcha to‘lov undirilmaydi! Ehtimoliy materiallar shu to‘lovning ichida :)
+ Ular mualliflik (o‘g‘irlanmagan) materiallar bo‘ladi :)
9-fevraldan boshlanadi. Kursga qabul davom etmoqda. Murojaat uchun: @jalolboltayev_kurs
2 oyi 300 ming so‘m bo‘lgan kursimda qo‘shimcha to‘lov undirilmaydi! Ehtimoliy materiallar shu to‘lovning ichida :)
+ Ular mualliflik (o‘g‘irlanmagan) materiallar bo‘ladi :)
9-fevraldan boshlanadi. Kursga qabul davom etmoqda. Murojaat uchun: @jalolboltayev_kurs
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁79❤26🔥11👍6👎2💯1👀1
Forwarded from Tarixologiya|Ilyosxo'ja Bekmirzayev (Ilyosxo'ja Bekmirzayev)
Yaxshilar, tarix fanidan metodik guruhimizda 20 ta joy bor.
Dars emas, tayyor materiallar ombori. Xuddiki dasturxonga suzilgan oshdek: har bir mavzu bo'yicha slaydlar, video rolik, metodlar. Olasiz darslarda mazza qilib foydalanasiz
20 ta odam uchun bonus - mavzulashgan testlar + ommalashtirish ishi uchun tavsiya
Murojaat: @slaydxona_admin

🔥21😁15💯7❤6👍3
TURBO GURUH (DARS JADVALI).pdf
381.4 KB
«TURBO GURUH»ning DARS JADVALI
QABUL DAVOM ETMOQDA! 9-fevraldan darslar boshlanadi.
To‘lov: 2 oylik 300 ming so‘m
Karta: 9860010133910371
To‘lovni o‘tkazib, chekni @jalolboltayev_kurs'ga jo‘nating. Sizni guruhga qo‘shib qo‘yaman.
👉 @TESTLIDER
QABUL DAVOM ETMOQDA! 9-fevraldan darslar boshlanadi.
To‘lov: 2 oylik 300 ming so‘m
Karta: 9860010133910371
To‘lovni o‘tkazib, chekni @jalolboltayev_kurs'ga jo‘nating. Sizni guruhga qo‘shib qo‘yaman.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁26❤23👍13🔥6💯2
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Motivatsiya men uchun!
Gap bu yerda aynan “KUNDALIK-OPTIMAL” haqida ketmoqda
Albatta, har kim 30 talik yoki 50 talik test tuzishi mumkin. Ammo KIM har bir darslikdagi har bir satrni tekshirib, kun-u tunini bag‘ishlab, testologiya talablari doirasida har bir darslik bo‘yicha 2000+ test tuza oladi?
Bundaylar juda kam. Bir qo‘l bilan sanoqli. Shaxsan men biladigan repetitorlar orasida bu darajada ishlaydigan atigi 1–2 nafar oflayn repetitor bor, xolos.
Ochig‘ini aytganda, mavzuni chuqur o‘zlashtirish uchun aynan shunday testlar shart va zarur. Aks holda, faqat deyarli tayyor o‘qituvchi yoki kuchli bazaga ega o‘quvchigina natija qila oladi.
Noldan boshlaganlar uchun ham, yangi darsliklarni o‘rganayotganlar uchun ham bunday testlar suv va havodek zarur. Yana bir eng muhim jihatlardan biri – vaqt tejaladi. Masalan, darslikni shunchaki “eshitib” yoki boshqa usulda o‘rganishga nisbatan kamida 50 % kamroq vaqt sarflanadi va samaradorlik bir necha baravar yuqori bo‘ladi. Ya’ni “kundalik-optimal”siz natijaga 1–2 yilda yetilsa, bunday to‘plam bilan 6 oy ham kifoya qilishi mumkin.
“Kundalik-optimal” testlar noldan boshlaganlar uchun qisqaroq vaqt ichida natija qilish imkonini beradi. Aks holda, bu jarayon yillarga cho‘zilishi mumkin. Potensial ilg‘or o‘quvchilarni esa aynan shu tizim rekord natijalar sari yetaklaydi. “Majburiy fan” uchun tayyorlagan o‘quvchilar esa 83+ ball olib qo‘yishi mumkin :)
Kursimda 80+ natija qayd etgan o‘quvchilarning ko‘pchiligi aynan noldan “Kundalik-optimal”lar orqali shunday darajaga chiqqan.
Bunday testlarni tuzish o‘ta daraja O‘G‘IR (ko‘p energiya, ko‘p mehnat, mahorat talab etadi). Lekin natijasini ko‘rish – maroqli.

💯38❤24👍10🔥7🏆1
“Bolaligimda” tuzgan testlarim. O‘sha payti “darslikda yo‘q bo‘lsa, tushmaydi” deyishardi :)
Kanalda ancha oldin joylagan “MS” testlarim ham juda muhim.
👉 @TESTLIDER
Kanalda ancha oldin joylagan “MS” testlarim ham juda muhim.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥35❤15👍7👏5💯2🏆2
• Narx: 2 oylik 300 ming so‘m (bo‘lib ham to‘lash mumkin)
• Karta: 9860010133910371
Qo‘shimcha TONGGI darslaram olib boriladi, “MILLIY SERTIFIKAT” testlar ham ko‘riladi, EHTIMOLIY materiallar bilan ham ishlanadi. Xullas, mavjud vaziyatdan kelib chiqib, professional yondashamiz.
To‘lovni amalga oshirib, @jalolboltayev_kurs'ga chekni yuborsangiz, darhol sizni qo‘shib qo‘yaman!
👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21🔥17👍3👏1
• Marketing sxemalari ustiga qurilgan kurs ❌
• Mehnat va materiallar ustiga qurilgan kurs✅
• Millionta o‘quvchi yuzta natija❌
• Individual natija✅
👉 @TESTLIDER
• Mehnat va materiallar ustiga qurilgan kurs
• Millionta o‘quvchi yuzta natija
• Individual natija
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯64🔥15❤12👍8🏆2👀2😎2🤝1
“Ehtimoliy materiallaringizdan aniq tushadimi?”, degan savolga oldin metodik, pedagogik jihatdan javob berganman.
Hozir boshqa nuqtayi nazardan javob beraman.
Men o‘zimga huquqiy oqibat yuklaydigan jumlalarni odatda ishlatmayman. Aytaylik, agar “ha” desam, “qanday qilib?”, “nega?” degan savollar tug‘iladi.
“Yo‘q” desam, 9 yildan beri bu gap real amaliyotga to‘g‘ri kelmaydi.
Shunchun meni qiynamanglar. 😁
👉 @TESTLIDER
Hozir boshqa nuqtayi nazardan javob beraman.
Men o‘zimga huquqiy oqibat yuklaydigan jumlalarni odatda ishlatmayman. Aytaylik, agar “ha” desam, “qanday qilib?”, “nega?” degan savollar tug‘iladi.
“Yo‘q” desam, 9 yildan beri bu gap real amaliyotga to‘g‘ri kelmaydi.
Shunchun meni qiynamanglar. 😁
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁104❤26👍17💯13🔥3👏2
#EHTIMOLIY
QADIMGI DUNYO TARIXIDA YUZ BERGAN JANGLAR
1. Qadimgi Sharq
• Megiddo jangi (mil. avv. XV asr): Misr firavni Tutmos III va Suriya o‘rtasidagi jang.
• Kadesh jangi (mil. avv. XIII asr): Misr firavni Ramzes II va Xett podsholigi I o‘rtasida
• Nineviya jangi (mil. avv. 612-yil): Midiya podshosi Kiaksar va Bobil podshosi Nabopolassar ittifoqining Ossuriyaga qarshi jangi.
2. Yunon-fors urushlari
• Marafon jangi (mil. avv. 490-yil): Yunonlar (Miltiad) va forslar.
• Fermopil jangi (mil. avv. 480-yil): Leonid (Sparta) va Kserks (Fors).
• Salamin jangi (mil. avv. 480-yil): Hal qiluvchi dengiz jangi. Femistokl boshchiligidagi yunon triyeralari Kserks flotini tor-mor etgan.
• Plateya jangi (mil. avv. 479-yil): Yunonlarning quruqlikdagi hal qiluvchi g‘alabasi. Fors sarkardasi Mardoniy mag‘lub bo‘lgan.
3. Makedoniyalik Aleksandr yurishlari
• Granik jangi (mil. avv. 334-yil): Kichik Osiyodagi birinchi yirik g‘alaba.
• Iss jangi (mil. avv. 333-yil): Iskandar va Doro III ning ilk to‘qnashuvi.
• Gavgamela jangi (mil. avv. 331-yil): Ahamoniylar imperiyasining qulashi.
• Gidasp jangi (mil. avv. 326-yil): Aleksandr va Hindiston o‘rtasida.
4. Rim bilan bog‘liq urushlar
• Kann yaqinidagi jang (mil. avv. 216-yil): Gannibalning Rim qo‘shinlarini qurshovga olib, qaqshatqich zarba berishi.
• Zama jangi (mil. avv. 202-yil): Rim sarkardasi Ssipionning Karfagen sarkardasi Gannibal ustidan g‘alabasi.
• Magneziya jangi (mil. avv. II asr): Rimning Salavkiylar podshosi Antiox III ustidan g‘alabasi.
• Aleziya qamali (mil. avv. I asr): Yuliy Sezar va gallar o‘rtasida.
• Katalaun dalalaridagi jang (451-yil): Atilla boshchiligidagi xunlar va Rim o‘rtasida.
(c) Jalol BOLTAYEV
P. S. “Majburiychilar” eslab qolishga qiynalsa, faqat jang nomlarini bilib qo‘ysa bo‘ladi. “Asosiychilar”ga esa to‘liq o‘qish tavsiya etiladi.
“Qadimgi sivilizatsiyalar tarixi” (Sh. Ergashev) kitobi asosida.

❤35👏14👍6🔥6💯2
#EHTIMOLIY
QADIMGI DUNYO TARIXIDA HUKM SURGAN BA’ZI HUKMDORLAR
• Nabopolassar – Yangi Bobil podsholigi asoschisi. Midiya (Kiaksar) bilan ittifoq tuzib, Ossuriyaga qarshi kurashgan.
• Navuxodonosor II – Yangi Bobil hukmdori. Misrni qo‘shib olgan, Quddus (Iyerusalim)ni vayron qilgan. Dunyoning yetti mo‘jizasidan biri Bobil osma bog‘larini qurdirgan. Turarjoy binolari va mudofaa devorlari qurilishida pishgan g‘isht ishlatish to‘g‘risida farmon bergan. Bobilni imperiya darajasiga ko‘targan.
• Nabonid – Yangi Bobilning so‘nggi hukmdori.
• Kiaksar – Midiya podshosi. Bobil (Nabopalassar) bilan ittifoq tuzib, Ossuriya davlatini yo‘q qilgan.
• Astiag – Midiyaning so‘nggi hukmdori. Kir II tomonidan mag‘lub etilgan.
• Krez – Lidiya podshosi. Kir II tomonidan ag‘darilgan. Lidiya Fors podsholigi tarkibiga qo‘shib olingan.
• Odissey – Gomer qahramoni. Itaka hukmdori.
• In Chjen – Sin Shixuandining asl ismi. Mil. avv. III asrda Xitoyni yagona davlatga birlashtirgan.
(c) Jalol BOLTAYEV
P. S. Darslikda ko‘rsatilmagan bo‘lsa ham, ayrim hukmdorlar testlarda uchrashi mumkin; quyidagilar shular orasida tushish ehtimoli yuqori bo‘lganlari.

❤42👍15🔥10