𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
19.4K subscribers
1.26K photos
164 videos
418 files
1.35K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
5-fevraldan boshlanadigan “TURBO GURUH”da:

1.
Yangi, tesha tegmagan “Milliy sertifikat” testlari ishlanadi.
2. Mavzular tezkor tartibda o‘rganib chiqiladi.
3. Ehtimoliy materiallar beriladi.

va boshqalar...

Kursga kirish uchun 9860010133910371 kartasiga 300 ming so‘m to‘lovni o‘tkazib, @jalolboltayev_kurs'ga chekni jo‘nating. Sizni qo‘shib qo‘yaman.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
30😁5🔥4
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Yangi, tesha tegmagan “Milliy sertifikat” testlari ishlanadi.
Aslida yillar oldin kanalda e’lon qilgan “MS” testlarim ham aktual. Ular ham turli “Milliy sertifikat” imtihonlarida hozirgacha tushib kelmoqda. “Bolaligimda” tuzganlarimni hozir “tuzib” yurishadi. 😁

O‘sha testlarni o‘sha paytlarda ishlaganlar “juda murakkab” deb baholagan. Ya’ni ancha yillar oldin darslikda aynan yozilmagan yoki xulosa asosida topish mumkin bo‘lgan ehtimoliy testlarni shakllantirar edim. Masalan, Yevrotunnel qurilgan vaqtdagi rahbarlar, barakzaylar sulolasi vakillari, qaysidir urush bo‘lgan paytdagi hukmdor yoki sulola – bular hozir tushib yuribdi. Shuning uchun “oldingi testlarim” ham muhim.
😁67👍2514💯8🔥4
TOPINGLAR-CHI!

1233. “Loy jangi”da yuz bergan shiddatli jalani akademik fan vakillari bo‘lgan zamonaviy tarixchilar ko‘proq qanday talqin qilishadi?

1) qadimgiy turkiy va mo‘g‘ul xalqlarining mifologik tarixiga xos “Yada” toshining sehrli kuchi natijasida yuzaga kelgan mo‘jiza sifatida;
2) Amir Husaynning strategik xatosi tufayli daryo o‘zanlarining jang maydoniga burib yuborilishi natijasida yuzaga kelgan sun’iy ofat sifatida;
3) mintaqaning iqlimiy xususiyatiga ko‘ra may oyi seryog‘in kelishi natijasida yuz bergan tabiiy hodisa sifatida;
4) jangda mo‘g‘ul jangchilari tomonidan qo‘llangan poroxli vositalarning atmosferaga ta’siri natijasida kelib chiqqan hodisa sifatida;
5) Ilyosxo‘janing ob-havo o‘zgarishini oldindan sezib, “ilohiy kuchlar biz tarafda” degan iddao bilan askarlar ruhini ko‘tarishga qaratilgan harakati sifatida.

(c) Jalol BOLTAYEV

8-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2023) bo‘yicha kelasi oyda nashr qilinishi kutilayotgan “KUNDALIK-OPTIMAL” test to‘plamidan...

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
33👍14
Yuqoridagi savolni diqqat bilan o‘qing va o‘z variantingizni tanlang (1 yoki undan ortiq javob belgilash mumkin).
Final Results
45%
1
24%
2
49%
3
17%
4
28%
5
🔥2411👍4💯2😎1
Vanga bilan bitta maktabda o‘qiganimni bilishmaydi bular :)

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁28228👏15💯7👎6👀5👍3🔥3😎3
“LOY JANGI” VA YADA MAROSIMI

Bu savolni men bejiz joylamagandim.
“Loy jangi”da yuz bergan shiddatli jala zamonaviy tarixchilar tomonidan ko‘proq qanday talqin qilinadi?

Bu savol ortida real bir voqea turibdi:
Bir necha yil oldin bir tanishim meni maktabdagi ochiq darsiga taklif qilgan edi. 7-sinf o‘quvchilari, “Amir Temur” mavzusi. Dars davomida o‘qituvchi “Loy jangi”ni tushuntirar ekan, yada marosimi haqida gapira boshladi va buni qadimgi e’tiqod sifatida emas, balki hukm o‘laroq, ya’ni haqiqat sifatida bayon qildi.

Kutilganidek, o‘quvchilardan biri “ustoz, shunda yada toshi haqiqatan ham shunday sehrli kuchga ega bo‘lganmi?” deb savol berdi. O‘qituvchi esa “ha” deb javob berdi.

O‘sha o‘qituvchi bilan shaxsiy adovatim yo‘q. Aytaylik, bo‘lganida, darsiga chaqirmasdi ham. Dars tugagach, bu masalani o‘sha o‘qituvchiga tushuntirdim. Tushundi. Biroq keyinroq angladimki, bu yondashuv boshqa o‘qituvchilar orasida ham bor. Hatto bu yerda ham 300 dan ortiq odam 1-variantni belgilagan.

Fan nima degani?
Fan – real voqelikka asoslangan, tekshirish mumkin bo‘lgan, tajriba va kuzatuv bilan tasdiqlanadigan bilimlar tizimi. Fan afsona, rivoyatni madaniy hodisa sifatida o‘rganishi mumkin, ammo ularni real sabab-oqibat mexanizmi sifatida qabul qilmaydi.

Shu sabab savolda ataylab yanada aniqlik kiritib, “akademik fan vakillari bo‘lgan zamonaviy tarixchilar” degan ibora ishlatganman. Ha, biz Nizomiddin Shomiy, Sharafiddin Ali Yazdiy asarlarini o‘qir ekanmiz ular yada marosimining chinligiga chin dildan ishonganini ko‘ramiz. Bu tabiiy. Bu o‘sha davr odamining dunyoqarashi. XIV–XV asr uchun bu normal holat.

Lekin zamonaviy ilm-fan har qanday sehr-joduni inkor qiladi. Yomg‘irning yog‘ishi iqlimiy, atmosfera va geografik omillar bilan izohlanadi. “Loy jangi”dagi jala ham aynan shunday talqin qilinadi: mintaqaning iqlimiy xususiyatiga ko‘ra may oyining seryog‘in kelishi natijasida yuz bergan tabiiy hodisa sifatida.

Bundan tashqari Ilyosxo‘ja ob-havo o‘zgarishini, aytaylik, bulutlarga qarab turib ilg‘agan bo‘lishi mumkin va shu asosda “ilohiy kuchlar biz tarafda” degan iddao bilan askarlar ruhini ko‘tarishga muvaffaq bo‘lgan. Ya’ni u go‘yoki “marosim o‘tkazyapti”, oradan ko‘p o‘tmay yomg‘ir yog‘yapti. Askarlar esa buni “ilohiy ishora” deb qabul qilib, ruhiy ustunlik bilan jangga kiryapti. Bu yerda sehr emas, psixologiya va harbiy taktika ishlayapti.

Yada marosimini haqiqat sifatida tasdiqlash, mantiqan olganda, xuddi: “Atlant Yerni yelkasida ko‘tarib turgan”, “Zilzilalar Poseydonning g‘azabi tufayli bo‘lgan” degan gapni ilmiy haqiqat sifatida qabul qilish bilan barobar.

Bu mavzuni o‘tayotganda o‘quvchiga “Turkiy xalqlarda yomg‘ir chaqirish maqsadida yada marosimi bo‘lgan. Sizningcha, bu real hodisa bo‘lishi mumkinmi?” deb savol bergan ma’qulroq. Mana shu yondashuv o‘quvchining tanqidiy fikrlashini sinaydi, rivojlantiradi va fan bilan afsona o‘rtasidagi farqni anglatadi.

Fan, jumladan, tarix fani ham, afsonalarni ilmiy haqiqat sifatida tasdiqlamaydi. Ularni tushuntiradi.

Oxirigacha o‘qiganlar, sog‘ bo‘lasla :)

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7132👍25👏9👎2😁1
Yada marosimi bo‘yicha
😁27🔥4
FAN NIMA?

Oxford English Dictionary (Oksford ingliz tili lug‘ati)

Fan – bu fizik va tabiiy olamning tuzilishi hamda xulq-atvorini kuzatish va tajriba (eksperiment) o‘tkazish orqali tizimli o‘rganishni qamrab oluvchi intellektual va amaliy faoliyatdir.

Merriam-Webster Dictionary (Merriam-Vebster lug‘ati)
Fan – bu umumiy haqiqatlarni yoki umumiy qonuniyatlarning ishlashini qamrab oluvchi bilimlar tizimidir; bu bilimlar, ayniqsa, ilmiy metod yordamida olingan va tekshirilgan (testdan o‘tkazilgan) bo‘lishi shart.

Cambridge Dictionary (Kembrij lug‘ati)
Fan – fizik olamning tuzilishi va xulq-atvorini sinchiklab o‘rganishdir, bu jarayon kuzatish, o‘lchash va tajribalar o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

Encyclopedia Britannica (Britannika ensiklopediyasi)
Fan – bu fizik olam va undagi hodisalarga tegishli bo‘lgan har qanday bilimlar tizimi bo‘lib, u xolis (subyektiv bo‘lmagan) kuzatuvlarni va tizimli eksperimentlarni talab qiladi.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1711
O‘quvchingiz “ustoz, bir kitobda zilzilalarga Poseydonning g‘azablanishi sabab bo‘ladi, deb yozilgan, shu to‘g‘rimi?” deb savol bersa, nima deb javob berasiz?
😁8311🔥8👍4💯2👏1
Yada toshi haqida
😁309🔥5👍3👎2👏1👀1
Darslar boshlanmoqda...

2 oylik to‘lov 300 ming so‘m.

Karta: 9860010133910371

To‘lovni amalga oshirib, chekni @jalolboltayev_kurs'ga yuboring.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
37😎13😁8👍2
O‘zbekistonda adolat tiklanishiga AQSH va Ispaniya olimlari yordam bermoqda

Respublika ta’lim markazidan hanuz rasmiy javob yo‘q. Ammo javob qayerdan keldi, deng. Jahon reytingida top-100 ro‘yxatiga kiradigan Pensilvaniya universitetidan. Ha, aynan o‘sha bahsli “langobardlar-vestgotlar” masalasi bo‘yicha.

Universitetning o‘rta asrlar tarixi bilan shug‘ullanuvchi, bu yo‘nalishda yirik ilmiy asarlar yozgan olimi javobni konkret aytyapti: langobardlarning Ispaniyani bosib olgani haqida hech qanday ilmiy ma’lumot yo‘q. Nuqta.

Vazirlik huzuridagi baholash markazida “o‘qituvchilarning javobi to‘g‘ri ekanini tasdiqlovchi dalil mavjud emas”, deb bayonot bergan vakil bunga nima deydi? Yoki jahon miqyosida tan olingan, top-100 universitet olimining fikri biz uchun “yetarli dalil” emasmi? Rostdan ham bizning qorako‘zlar ulardan aqlliroqmi?

Ispaniyaning o‘zidan ham javob keldi. Ispan olimlari ham hayratda: bizning tariximizda bunaqa narsa bo‘lmagan-ku, deyishmoqda.

O‘zbekistonda bo‘la turib, O‘zbekiston davlat idoralari sarson qilayotgan masalada ispaniyalik va amerikalik olimlar “Dear Jaloliddin, we are ready to help you” deb turibdi. Shunisi alam qiladi.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥57👍23😁1510😍2
Mana nima uchun ko‘p chat o‘tkazavermayman... Bunaqa 2000 talab testlarni tuzish uchun kunni va tunni bag‘ishlash kerak.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71🔥2019💯3👏2🏆2👎1😁1
7 jahon (2022), KUNDALIK-OPTIMAL.pdf
2.3 MB
Fakt bilan aytganda bunday sifatdagi testni boshqa joydan topa olmaysiz! 💯

• 7-sinf «Jahon tarixi» (2022)
• “KUNDALIK-OPTIMAL”
• Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
34👍15👎2🔥2👏1💯1
Dushanba kuni o‘zim pochtaga boraman. 40 ta kitobga oldindan buyurtma berilgan edi. Agar orangizda 7-sinf «Jahon tarixi» bo‘yicha «Kundalik-optimal» test to‘plamimni xarid qilmoqchi bo‘lganlar bo‘lsa, dushanba kuni chiqarib yuboraman.

📘 1 dona kitob narxi – 35 000 so‘m
📦 Pochta puli – 20 000 so‘m
📚 3 donadan ortiq kitob olinsa, pochta puli – 50 000 so‘m

Ishni soddalashtiramiz:
1. 9860010133910371 kartasiga to‘lovni amalga oshiring.
2. Ism, telefon raqam, qo‘shimcha raqam (agar bo‘lsa) va to‘liq manzilingiz va nechta kitob kerakligini bitta xabarda @jalolboltayev_tlbot’ga yuboring, chek ham esdan chiqmasin.
3. Men dushanba kuni jo‘natib yuboraman.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18🔥7👍4💯2🏆1
Forwarded from TARIX TILSIMI | Husanboy Xoldorov.uz (Husanboy Xoldorov)
🔥Mart oyida tushishi mumkin boʻlgan savollarni joylashni boshladik!

Videoni koʻrib, izohiga + qoldiring va doʻstlaringizga ulashing.
👉 https://www.instagram.com/reel/DUOIhnajIQi/?igsh=aWpqdnA3dGJ1OHRk
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18🔥9👎5👍3👏2
👉 @TESTLIDER – repetitor sifatida ochgan kanalim. Anaqissa, tarix sohasi bo‘yicha repetitorlikka ixtisoslashgan respublikadagi ILK kanal!

👉 @TARIX_OMBOR – faqat materiallar joylangan maxsus guruh

👉 @TARIXCHI_QARASHLARI – shaxsiy kanal. Xohlaganimni yozadigan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
31😁21👍7🔥6
9-fevralda “TEZKOR GURUH”da darslar boshlanadi!

Mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda ENG TO‘G‘RI yo‘ldan olib borishga harakat qilaman.

“Tezkor guruh”ga sertifikatchilar va attestatsiyachilar qo‘shilishi mumkin.

9860010133910371 kartasiga 2 oy uchun 300 ming so‘m to‘lovni o‘tkazib, chekni @jalolboltayev_kurs'ga jo‘nating.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22👍4🔥4
Forwarded from 61/27LOLA RO‘ZIYEVA
eng ishonchli kurs. haqiqiy mehnat qilib ishlangan materiallar. kursda tayyorlanib ko'rmaganlar un havoiy bo'rtirilgan gaplardek tuyilishi mumkin. lekin adashasiz. bu kursda o'qiganlari ustozni naqadar jonkuyarlik va samimiy dars o'tishlarini juda yaxshi biladi. Jalol Boltayev o'z kasbining haqiqiy fidoiy ustozi. rahmat sizga ustoz.
🔥6319👎7🏆7😎3🤝2💯1