𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
19.5K subscribers
1.26K photos
164 videos
418 files
1.36K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Texnik xatolikni absurd darajasiga chiqarish?

2025-yil bahorgi attestatsiya natijlaridan norozi bir guruh tarix o'qituvchilari Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligini sudga bergan edi. Ularning noroziligiga sabab bo'lgan test topshiriqlaridan biri - Vizantiya imperatori Yustinian I vafotidan keyin qaysi qabila butun Ispaniyani egallagani haqidagi savol edi. Tarix o'qituvchilari "vestgotlar" variantini belgilagan, vazirlik esa "langobardlar"ni to'g'ri javob sifatida olgan. Sud o'qituvchilarning da'vo arizasini qondirmagan. O'qituvchilar huquqini himoya qilgan advokatning fikricha, sudya hujjatlar bilan tanishib chiqmay, jarayonning ichiga to‘liq kirmasdan xulosa chiqargan. Da'vogarlar sud qaroridan norozi bo'lib apellyatsiya shikoyati kiritishgan va ish endi yuqori instansiya sudida ko'rib chiqilishi kerak. Jarayondan xabardor manbalarning aytishicha, advokat Respublika ta'lim markaziga rasmiy so'rov yuborgan, lekin RTMdan javob sifatida bo'sh varaq kelgan.

O'zi "Ispaniyani o'rta asrlarda qaysi qabila bosib olgan?" degan masalaning XXI asrda O'zbekiston sudida ko'rilishi - absurd hodisa. Normal holatda, agar bu (ya'ni Ispaniyani o'rta asrlarda qaysi qabila bosib olgani) bahsli masala bo'lsa, u asosida test tuzilmasligi kerak edi. Bahsli masala bo'lmasa - agar vazirlik haq bo'lsa, apellyatsiyada o'zining dalil-manbalarini keltirib, o'qituvchilarni tinchlantirishi, agar o'qituvchilar haq bo'lsa, vazirlik o'qituvchilardan uzr so'rab, aynan shu savol tushgan o'qituvchilar natijalarini qayta hisoblashi kerak edi.

Lekin masalaning boshqa qiziq joyi bor. Vazirlik 7-sinf "Jahon tarixi" darsligiga tayanib, o'zining javobini to'g'ri deyapti. Vazirlikning xulosasi: "Langobardlar Ispaniyada o'z davlatiga asos solmagan bo'lsa-da, qisqa muddat davomida egalik qilgan". Gazeta.uz'ning o'quvchilar arizasi ko'rib chiqilgan sud majlisidan e'lon qilgan maqolasida aytilishicha, markaz vakili (yuristi) da’vogar o‘qituvchilarning javobi to‘g‘ri ekanini tasdiqlovchi dalil mavjud emasligini bayon qilgan. Lekin:

- B. Mirkomilov, F. Aqchayev, O. Mamirov muallifligida, tarix fanlari doktori, professor F. A. Axmedshina mas’ul muharrirligida tarix fakulteti talabalari uchun chop qilingan “O‘rta asrlar tarixi” qo'llanmasining 64-betida "vestgotlar Ispaniyani Vizantiyadan qayta tortib oldi" deb yozilgan.

- T. Salimovning tarix fakulteti talabalari uchun chop qilingan "Jahon tarixi" darsligining 52-betida o'qiymiz: "Istilochili urushlarida o'zining ichki zahiralarini sarflab bo'lgan Vizantiya na bosib olingan va na o'z yerlarini saqlab qolishga qodir edi. Vestgotlar Ispaniyadagi Vizantiya yerlarini tortib oladi". Bu kitob Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan bo'lajak tarixchilar uchun darslik sifatida tasdiqlangan. Salimovning o'zi esa vazirlik o'z javobining to'g'ri ekanligiga asos sifatida keltirayotgan 7-sinf maktab darsligining asosiy mualliflaridan biri, lekin uning familiyasi darslikda ramkaga olinganiga qaraganda, bu kitob (maktab darsligi) chop qilingan paytda u vafot etgan.

Ya'ni, vazirlik yuristi sudda "pedagoglar javobi to'g'riligini isbotlaydigan biron bir manba yo'q" deyapti, lekin bo'lajak tarixchilar OTMda o'qiydigan kamida ikkita kitob esa aynan o'qituvchilar javobini to'g'ri deyapti. Undan ham qizig'i, vazirlik "langobardlar Ispaniyaga qisqa muddat egalik qilgan" deyapti, o'qituvchilar vakili murojaat qilgan xorijiy tarixchi olimlar esa "langobardlarning Ispaniyaga hech qanday aloqasi yo'q" deyapti. Hatto uchta SI modeli ham (Gemini, Copilot, chatGPT) "langobardlar Ispaniyani qachondir bosib olganmi o'zi?" degan savolga bir ovozdan "langobardlar Ispaniyani hech qachon bosib olmagan" deyapti.

Ayrim mutaxassislarning fikricha, 7-sinf darsligida shunchaki texnik xatolik ketgan. Bo'lishi mumkin - inson faktori. Agar shunday bo'lsa, agar vazirlikning qo'lida o'qituvchilar javobi noto'g'ri ekanini isbotlaydigan (7-sinf darsligidan tashqari) boshqa manba bo'lmasa, shunchaki xatoni tan olish kerak. Vaziyatni battar absurdlashtirmasdan va O'zbekiston sudi qanday ishlashini yana bir bor hammaga ko'rsatmasdan. Menimcha.
🔥4022👍16👏5
QODIRIY O‘RGATGAN O‘GITLAR...

Kanali mavjud
tarixchi ustozlar, agar imkon bo‘lsa, qo‘rqmasangiz, yuqorida ustoz Komil JALILOV yozgan postni o‘z kanallaringizda ulashing. Zero ajdodimiz Abdulla Qodiriy “men to‘g‘rilik orqasida bosh ketsa ham ‘eh’ deydigan yigit emasman”, deya yigit kishi qanday bo‘lishi kerakligini o‘rgatib ketgan.

Bitta postni ulashishdan qo‘rqmang. Hech kim Alloh bergan rizqni qisqartira olmaydi, hech kim Alloh bergan jonni Uning ruxsatisiz ola olmaydi.

Yuqoridagi postda (umuman, mening kanalimdagi bu mavzuga oid postlarda ham) hech kim haqorat qilinmagan. Bular – argumentlarga asoslangan, tahliliy va mutlaqo mantiqiy fikrlar. Bu masalani imkon qadar ko‘proq odam ko‘rishi kerak.

Ehtimol, qaysidir vakolatli shaxs o‘qib qolib, sog‘lom fikr bilan: “Iya, nimalar bo‘lyapti o‘zi? Bu absurdlarga barham berish kerak”, deb, tegishli tashkilotlarga tushuntirish berarmidi, bilmadim...

Aks holda, Baholash markazi ortga qaytmayapti va butun dunyo olimlari fikriga qarshi chiqishda qat’iyat bilan davom etmoqda.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2816👍8😁6
Hisob-e. “RTMning oltin raqami” haqidagi post qo‘ygandim kecha. Bugundan saytda “texnik ishlar” olib borilmoqda ekan. Tuzatiladi degan umiddamiz...
😁65👍128🔥4👀2
Jalilov. Qaydlar
Photo
Tarix kanallaridan bu masalani yoritib borishini yana bir bor so‘rayman. Da’vogar tarixchi o‘qituvchilar tarafida turing, demayapman, adolat tarafida turing deyapman.

11-fevralda sud. Shungacha shaxsiy manfaatlaringizni jamiyat manfaatlaridan pastroq qo‘yib turing.
155🔥17🤝7👌5👍4💯4
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Photo
“Yangi yil sovg‘alari” egalariga yetib boryaptimi? Izohga yozing.

Ha, aytgancha, pochtaga pul to‘lab o‘tirmanglar, puli to‘langan.
38👍11🔥8👏1
TA’LIMNI QANDAY QILIB GO‘RGA TIQISH MUMKIN?

Bu yerda uchta juda jiddiy xavf bor. Uchinchisi esa – eng yomoni.
Birinchi.
Kamida 100 nafar o‘qituvchi aynan shu savol sababli 70 foizlik ustamadan quruq qolgan bo‘lishi mumkin. O‘tgan yili shu masalada audiochat o‘tkazganimda, 100 nafardan ortiq o‘qituvchi izohlarda va shaxsiy xabarlarda yozgan edi. Bir so‘rovnoma o‘tkazganimda esa 1000 nafardan ortiq odam “vestgot” javobini belgilaganini bildirgan.
Xullas, gap aslida bitta-ikkita odam haqida ham emas, bu yerda ko‘plab o‘qituvchilarga adolatsizlik qilinmoqda. Juda katta moliyaviy oqibatlar.

Ikkinchi.
Minglab o‘qituvchilar bu jarayonni chetdan kuzatyapti va asosan bitta xulosani chiqaryapti. “Agar 100 foiz haq bo‘lsang ham, baribir adolat tiklanmas ekan”. Natijada o‘qituvchi endi hech qachon haqqini talab qilmaydigan bo‘ladi. Mute o‘qituvchi esa mute avlodni tarbiyalaydi. Yoki “kimlargadir” aynan shunday avlod, shunday odamlar kerakmi?

Uchinchi. Eng yomoni tarix o‘qitish metodikasiga zarba berilyapti. O‘qituvchilar orasida “kitobda xato bo‘lsa ham, baribir yodlatish kerak” degan qarash tez sur’atda yoyilyapti. Hatto bundan keyin faktologik xato qilinmasa ham, bu zahar allaqachon aksar o‘qituvchilarning ongiga singib bo‘ldi. Onlayn darslarda ham “Domla, kitobda xato bo‘lsa ham shunday o‘rgatyapmiz, shunday davom etaveraylikmi?” deb savol berishyapti. Agar “yo‘q, to‘g‘risini o‘rgating” desam – o‘ta darajada “qiziq o‘tayotgan” sud jarayonlari, Baholash markazi direktori Dilrabo Davidovaning mujmal (“kitobda xato bo‘lsa ham shuni to‘g‘ri javob deymiz” degan signal beradigan) rasmiy izohi turibdi. Agar “ha, xato bo‘lsa ham o‘rgatavering” desam – bu pedagogikaga ham, testologiyaga ham, mantiqqa ham zid. Asosiysi, vijdonimga ham to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun men baribir “to‘g‘risini o‘rgating” deyman.

Ammo achinarlisi, hozir juda ko‘p o‘qituvchilar boshqa xulosaga kelib bo‘lgan: xato bo‘lsa ham o‘rgatish kerak ekan. Bu yo‘l bilan biz nafaqat tarix o‘qitish metodikasini, balki butun ta’lim tizimini ko‘mib boryapmiz.

Biz tahlil qiladigan, savol beradigan, ijod qiladigan o‘quvchilarni yetishtirmoqchimizmi yoki faqat yodlashga urinadigan to‘tiqushlarni? Xullas, “Kitobda xato bo‘lsa ham yodla” degan signal bilan ta’limni go‘rga tiqishyapti.

P. S. Ha, aytgancha, aslida bunday faktologik xato savollar bitta emas, juda ko‘p edi. Shuningdek, savolning javobi “to‘g‘ri” bo‘lishi hali testning validligini anglatmaydi. Shaxsan, Baholash markazining aksariyat savollarini o‘qituvchilar bilimini va malakasini baholash uchun yaroqsiz deb hisoblayman. Juda primitiv.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
43👍17💯14😁8🔥7👏3👌2🏆1
RTMdan sas-sado chiqmagach, vazirlikning o‘ziga rasmiy so‘rov yubordim. 15 kun ichida javob berilishi kerakligini ham eslatib qo‘ydim. Agar vazirlik ham paysalga solsa, hammani o‘g‘zi bir.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
45👍16🔥8💯6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Mutlaq nol”dan onlaynda natija qilish (A+) mumkinmi?

Shahrizoda haqida eng birinchi marta
bu yerda yozganman. Uning pastida turgan postni ham o‘qing.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
25🔥5826👍14😍2
“Vestgot-langobard” masalasida yozilgan postlardan so‘ng bir obunachimiz qiziq izoh yozibdi:

“...nimaga bunchalik maydalashiyapmiz... shu xatosidan keyin ataylab keyingi attesttatsiyada savollarni oson qilib quydiku qancha o'qituvchi yuqori ball oldi shuni o'zi ham ular xatosi uchun bergan uzuri emasmikan”
.

Shu izohdan so‘ng oldinroq yozgan “adolat o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi” sarlavhali postim esimga tushib ketdi. Unda quyidagi jumlalar ham qayd etilgan edi:

“Hayotda ko‘pincha shunday: hamma adolat va yaxshilik bo‘lishini xohlaydi, ammo ko‘pchilik bularni boshqa kimdir olib kelishini kutadi. Eng qizig‘i – o‘sha adolat va yaxshilik kurash va kimlarningdir jur’ati natijasida kelganini unutib, go‘yo u o‘z-o‘zidan paydo bo‘lganday his qilishadi. Va eng og‘ir paytda, malomat toshlari yog‘ilganda – uni olib kelganlarni yoki u uchun kurashganlarni qo‘llashni bilishmaydi...

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
43👏19💯10🔥8👍4
Kafeda ovqat yeb zaharlansangiz, o‘zingiz aybdor bo‘lasizmi?

Ikkinchidan,
“uzr” aytildimi-yo‘qmi, bilmadim-u, lekin bu masala ko‘tarilganda menga: “bu o‘qituvchilarning aybi”, “eplab topish mumkin edi”, “o‘qituvchilar xalqaro testologiyaga tayyor emas ekan” degan gaplar aytilgan ayrimlar tomonidan (bu eng yaxshilari hali).

Uchinchidan, hali Baholash markazi buni hech qanaqa “xatolik” deb tan olmadi. Tarixiy ilmiy haqiqat sifatida da’vo qilmoqda.

To‘rtinchidan, bu savolda “vestgot” javobini belgilab, 84 ball bo‘lib qolganlarning o‘zini ayblash – xuddi ovqatdan zaharlangan odamni – kafe ma’muriyati, oshpaz qola turib – o‘zini ayblab ketishga o‘xshaydi. Bechoraning aybi kafening “Biz xalqaro oshpazlik mezonlari asosida ovqat pishiramiz”, degan gapiga ishonib, kafega kirganimi endi?

Beshinchidan, gap faqat da’vogar bo‘lgan 4 nafar o‘qituvchida ham emas. Aytaylik, men bu ishda umuman bevosita manfaatdor shaxs emasman (attestatsiya topshirmaganman). Hatto 100 nafar o‘qituvchining haqqi poymol bo‘lgan bo‘lsa ham, muammo faqatgina shunda emas. Eng katta xavf – jamiyatga “xato bo‘lsa ham baribir shuni yodlash kerak” degan signalning berilayotganida. Bu esa tarix fanini fikrlash fani emas, quruq yodlash faniga aylantiradi. Nahotki bu yondashuv tarix fanining jamiyatdagi qadrini tushirib yuborishini, oxir-oqibat butun ta’lim tizimini go‘rga tiqishini tushunmaslik mumkin?

Oltinchidan, yuqorida aytilganidek, gap “vestgot” javobini belgilagan 100 nafar o‘qituvchida emas. Gap – vazirlikning o‘qituvchiga bo‘lgan munosabatida. Qadimgi Misrda qullar piramidalarni qurgan, kunlik ovqatini olgan. Ammo ularning gapirish huquqi deyarli bo‘lmagan, gapirgan taqdirda ham fikri inobatga olinmagan, hech kim izoh ham berib o‘tirmagan. Biz esa hozir Qadimgi Misrda emas, demokratik O‘zbekistonda yashayapmiz-ku, menimcha.

Yettinchidan,
bu jarayonlar sud tizimining haqiqiy qiyofasini ham ko‘rsatib beradi. Ko‘ramiz. Agar adolat qaror topmasa, umidlar so‘nadi.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3715👏7🔥5💯2🤝1
Pedagogning qul bo‘lgan zamonlari

Pedagog so‘zi bizgacha Qadimgi Yunonistondan kelgan. O‘sha vaqtlarda bu atama bolani maktabga olib borib-olib keladigan qulga nisbatan qo‘llangan. Ya’ni pedagog bugungi ma’nodagi o‘qituvchi bo‘lmagan, u aristokrat qatlamning QULI bo‘lgan.

Vaqt o‘tishi bilan pedagog tushunchasi kengaydi: Rim davlati davridan boshlab u bilim beruvchi shaxs ma’nosini ola boshladi, Yevropa ta’lim tizimi shakllanishi bilan esa bu mazmun mustahkamlandi.

Zamonaviy dunyoda esa ayrim davlatlar bu so‘zning qadimgi “qul” ma’nosini butunlay unutishga jur’at topdi.

Masalan, Finlandiyada pedagogga hukumat tomonidan katta ishonch bildirilgan. Darsni qanday o‘tishni uning o‘zi hal qiladi. Deyarli tekshiruvsiz ishlaydi. Chunki u qul emas – u mutaxassis.

Singapurda pedagoglarni “millat quruvchilari” deb atashadi. Qizig‘i, bu gap faqat bayram tabrigida aytilmaydi. Amalda ham shunday: o‘qituvchi maoshi hech qanday ustama-yu, imtiyozlarsiz IT mutaxassisi maoshi bilan bemalol bellasha oladi.

Germaniyada esa o‘qituvchini hatto kansler ham ishdan bo‘shata olmaydi. Ya’ni Germaniyadagi pedagoglarga “arizangni qaytarib olmasang ishdan bo‘shatamiz” deb hech kim tahdid sola olmaydi.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
47👍36🔥12👏6🏆3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi guruhda darslar boshlanmoqda...

Natija qilaman degan odam baribir bir kun keladi! Vaqtida keling :)

“TEZKOR GURUH”da darslar 5-fevralda boshlanadi.
• To‘lov 300 ming so‘m (bir martalik)
• Karta: 9860010133910371

To‘lovni amalga oshirib, chekni @jalolboltayev_kurs'ga jo‘nating.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥37😁2113😍4👍1👌1
Do‘stlar, kurs bo‘yicha @jalolboltayev_kurs'ga yozing. Bu akkauntdan ham asosan o‘zim, ba’zida shogirdim yozadi. Agar «o‘» harfi «ó» tarzida yozilsa, bu men emas, shogirdim bo‘ladi.
😁18012👍9🔥7💯1😎1
Chiqdi!

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯388🔥6👀2👎1
7-sinf “Jahon tarixi” (2022) darsligi bo‘yicha “KUNDALIK-OPTIMAL” test to‘plamim nashrdan chiqdi.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁5240👍28🔥8👀3👎2🏆1
5-fevraldan boshlanadigan “TURBO GURUH”da:

1.
Yangi, tesha tegmagan “Milliy sertifikat” testlari ishlanadi.
2. Mavzular tezkor tartibda o‘rganib chiqiladi.
3. Ehtimoliy materiallar beriladi.

va boshqalar...

Kursga kirish uchun 9860010133910371 kartasiga 300 ming so‘m to‘lovni o‘tkazib, @jalolboltayev_kurs'ga chekni jo‘nating. Sizni qo‘shib qo‘yaman.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
30😁5🔥4
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Yangi, tesha tegmagan “Milliy sertifikat” testlari ishlanadi.
Aslida yillar oldin kanalda e’lon qilgan “MS” testlarim ham aktual. Ular ham turli “Milliy sertifikat” imtihonlarida hozirgacha tushib kelmoqda. “Bolaligimda” tuzganlarimni hozir “tuzib” yurishadi. 😁

O‘sha testlarni o‘sha paytlarda ishlaganlar “juda murakkab” deb baholagan. Ya’ni ancha yillar oldin darslikda aynan yozilmagan yoki xulosa asosida topish mumkin bo‘lgan ehtimoliy testlarni shakllantirar edim. Masalan, Yevrotunnel qurilgan vaqtdagi rahbarlar, barakzaylar sulolasi vakillari, qaysidir urush bo‘lgan paytdagi hukmdor yoki sulola – bular hozir tushib yuribdi. Shuning uchun “oldingi testlarim” ham muhim.
😁67👍2514💯8🔥4
TOPINGLAR-CHI!

1233. “Loy jangi”da yuz bergan shiddatli jalani akademik fan vakillari bo‘lgan zamonaviy tarixchilar ko‘proq qanday talqin qilishadi?

1) qadimgiy turkiy va mo‘g‘ul xalqlarining mifologik tarixiga xos “Yada” toshining sehrli kuchi natijasida yuzaga kelgan mo‘jiza sifatida;
2) Amir Husaynning strategik xatosi tufayli daryo o‘zanlarining jang maydoniga burib yuborilishi natijasida yuzaga kelgan sun’iy ofat sifatida;
3) mintaqaning iqlimiy xususiyatiga ko‘ra may oyi seryog‘in kelishi natijasida yuz bergan tabiiy hodisa sifatida;
4) jangda mo‘g‘ul jangchilari tomonidan qo‘llangan poroxli vositalarning atmosferaga ta’siri natijasida kelib chiqqan hodisa sifatida;
5) Ilyosxo‘janing ob-havo o‘zgarishini oldindan sezib, “ilohiy kuchlar biz tarafda” degan iddao bilan askarlar ruhini ko‘tarishga qaratilgan harakati sifatida.

(c) Jalol BOLTAYEV

8-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2023) bo‘yicha kelasi oyda nashr qilinishi kutilayotgan “KUNDALIK-OPTIMAL” test to‘plamidan...

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
33👍14
Yuqoridagi savolni diqqat bilan o‘qing va o‘z variantingizni tanlang (1 yoki undan ortiq javob belgilash mumkin).
Final Results
45%
1
24%
2
49%
3
17%
4
28%
5
🔥2411👍4💯2😎1