Uchta guruhga qabul davom etmoqda!
✅ 3-guruh (martchilar) – “TEZKOR GURUH”: 5-fevralda darslar boshlanadi.
Bir martalik to‘lov: 300 ming so‘m (1-aprelgacha)
***
✅ 1-guruh (martchilar): 8-sinf “Jahon tarixi” (2024) darsligini o‘qimoqda. Hali yaqinda boshlandi.
Bir martalik to‘lov: 300 ming so‘m (1-aprelgacha)
✅ 2-guruh (martchilar): 7-sinf “Jahon tarixi” (2022) darsligini o‘rganmoqda.
Bir martalik to‘lov: 300 ming so‘m (1-aprelgacha)
Karta: 9860010133910371
Bitta to‘lov evaziga barcha guruhga qo‘shilish mumkin. Biroq ikki guruhda o‘qish tavsiya etiladi, chunki topshiriqlarni ham bajarish lozim. Uchta guruhning topshirig‘i og‘irlik qilishi mumkin.
To‘lovni amalga oshirib, chekni @jalolboltayev_kurs'ga yuboring. Sizni guruhga qo‘shib qo‘yaman.
O‘qituvchilar: Jalol BOLTAYEV, Mardon SHUKUROV
👉 @TESTLIDER

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19❤17🔥8😍2🤝1
G‘ALIZ SAVOLLAR
Tarixni, xususan, 6-sinf darsligini endi o‘rganishni boshlagan o‘quvchilar orasida g‘aliz savollar ko‘p uchrab turadi. Shunday g‘aliz savollarga ba’zi misollar keltiraman:
1. So‘nggi paleolit davrining eng muhim ixtirosi nima?
2. Neolit davrining eng KATTA ixtirosi nima-yu, eng MUHIM ixtirosi nima?
Birinchi savolning muammosi shundaki, “eng muhim ixtiro” degan iboraning o‘zi ilmiy jihatdan aniq mezonga ega emas. Darslikda “muhim ixtiro” deb yozilgani uning ahamiyatini ko‘rsatadi, xolos. Bu “barcha ixtirolardan ustun” degan qat’iy ilmiy hukmni anglatmaydi.
Fanda konsensus degan tushuncha bor. Konsensus – olimlarning ko‘pchiligi tomonidan qabul qilingan, bahsli bo‘lmagan umumiy fikr degani. So‘nggi paleolitda “eng muhim ixtiro aynan turarjoylar” degan umumiy kelishuv yo‘q. Kimdir san’atni, yana kimdir turarjoylarni, kimdir toshga ishlov berishning yangi usullarini muhim deb hisoblaydi. Shu bois “so‘nggi paleolitning eng muhim ixtirosi qaysi?” tarzidagi yopiq test topshirig‘i testologik jihatdan o‘ta muammoli hisoblanadi. U bitta, muhokamasiz javobga ega emas (ochiq savol sifatida qo‘llansa, bu boshqa masala).
Ikkinchi savolda esa vaziyat boshqacha. Neolit davriga kelganda “eng katta” desa ham, “eng muhim” desa ham, to‘g‘ri javob “dehqonchilik va chorvachilik” bo‘ladi.
Chunki fanda Gordon Chayld kiritgan “neolit inqilobi” degan atama bor. Bu atama aynan ovchilik va termachilikdan ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka, ya’ni dehqonchilik va chorvachilikka o‘tishni anglatadi (bu atama 8-sinf “Jahon tarixi” (2024) darsligida ham yozilgan).
Bu o‘zgarish oddiy yangilik emas, balki butun insoniyat hayotini o‘zgartirib yuborgan inqilob darajasidagi burilish sifatida baholanadi. Ko‘pchilik olimlar ham shu fikrni qo‘llab-quvvatlaydi. Buni konsensus desa bo‘ladi.
Shuning uchun neolit davrida “eng katta ixtiro” bilan “eng muhim ixtiro”ni ajratib, ularni turli-tuman javoblarga bog‘lash ilmiy jihatdan to‘g‘ri emas. Bu yerda “eng katta ixtiro”, “eng muhim ixtiro” bir ma’noni anglatadi va “dehqonchilik va chorvachilik”ka olib boradi.
(c) Jalol BOLTAYEV – repetitor, testolog
P. S. Yana bir narsa: zamonaviy tadqiqotlar “neolit inqilobi” atamasining o‘zini ham muhokama qilmoqda...

👍38❤20🔥13💯4👀4👏1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Fanda konsensus degan tushuncha bor. Konsensus – olimlarning ko‘pchiligi tomonidan qabul qilingan, bahsli bo‘lmagan umumiy fikr degani.
O‘zbekistonda pedagoglar malakasini baholaydigan tashkilot butun dunyo ilm-faniga qarshi...
Yustinian I vafotidan so‘ng Ispaniyada vestgotlar egallab olganligi – tarixshunoslikdagi to‘la shakllangan konsensusdir. Odatda bir qarashni 90+ % olim ma’qullasa, u konsensus hisoblanadi. Ya’ni konsensusda ham bir necha foiz muxolif topilishi tabiiy holat.
Ammo “vestgotlar” masalasi “90 % lik” emas, “95 % lik” ham emas, “100 % lik” konsensusdir. Ya’ni bittayam nufuzli tarixchi bu fikrni rad etmagan.
Faqatgina O‘zbekiston degan diyorda, Baholash markazi nomli bir tashkilot borki, u butun dunyo tarixchilaridan o‘zini aqlliroq hisoblab, “hamma adashgan, biz to‘g‘rimiz” degan pozitsiyada turibdi.
Ha, aytgancha, Baholash markazi xodimining aytishicha, bir “germaniyalik professor” ham tasdiqlagan, lekin uning kimligini, qaysi asarining nechanchi betida yozilganligini hali ko‘rsatishmadi :)
(c) Jalol BOLTAYEV

😁43❤18💯15🔥5👍3👀2🏆1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
O‘zbekistonda pedagoglar malakasini baholaydigan tashkilot butun dunyo ilm-faniga qarshi... Yustinian I vafotidan so‘ng Ispaniyada vestgotlar egallab olganligi – tarixshunoslikdagi to‘la shakllangan konsensusdir. Odatda bir qarashni 90+ % olim ma’qullasa…
100 lab o‘qituvchilar mana shu savol tufayli 70 % lik ustamadan qolib ketgan. Shunday sharoitda qanday uyqu kelayotgani ham qiziq...
🔥27👍8❤6💯4🏆3
RTMning oltin raqami! :)
12-345-67-89 degan raqamga qo‘ng‘iroq qilyapman, bunday raqam yo‘q deyaveradi-da... Qarasam, shunchaki 1 dan 9 gacha yozib qo‘yishgan ekan :)
Chorshanba kelmadimi, deb so‘ramoqchi edim.
👉 @TESTLIDER
12-345-67-89 degan raqamga qo‘ng‘iroq qilyapman, bunday raqam yo‘q deyaveradi-da... Qarasam, shunchaki 1 dan 9 gacha yozib qo‘yishgan ekan :)
Chorshanba kelmadimi, deb so‘ramoqchi edim.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁157👍13❤10🔥7👏3👀2
QIZIQ STATISTIKA
a) 5 galdan beri kursimda rekordchilar xotin-qizlar bo‘lib kelyapti. Yigitlar o‘qimay qo‘yyaptimi deyman-da :)
b) 3 galdan beri rekord o‘rnatish xorazmliklarga nasib etmoqda.
• 12-oktyabr – REKORD (“Milliy sertifikat”) – Durdona (11-sinf, samarqandlik) – 83,87 ball (A+)
• 1-dekabr – REKORD (“Milliy sertifikat”) – Oyjamol (10-sinf, andijonlik) – 85,21 ball (A+) – birinchi urinish
• 22-fevral – REKORD (“Milliy sertifikat”) – Sevinch (10-sinf, xorazmlik) – 87,22 ball (A+) – birinchi urinish
• 23, 24-may – TOP (“Milliy sertifikat”) – Dildora Jumaniyozova (xorazmlik, o‘qituvchi, repetitor emas) – 90,00 ball (A+) – birinchi urinish
• 5, 6-dekabr – TOP (“Milliy sertifikat”) – Saboxat Atamuradova (xorazmlik, o‘qituvchi, repetitor emas) – 90,21 ball (A+) – birinchi urinish
AN’ANANI o‘zgartiradigan ALPARSLONLAR bormi yoki TO‘MARISLAR bunga yo‘l qo‘ymaydimi?

🔥62❤22💯14👏11😁4👍3👀3😎2😍1🏆1
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Texnik xatolikni absurd darajasiga chiqarish?
2025-yil bahorgi attestatsiya natijlaridan norozi bir guruh tarix o'qituvchilari Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligini sudga bergan edi. Ularning noroziligiga sabab bo'lgan test topshiriqlaridan biri - Vizantiya imperatori Yustinian I vafotidan keyin qaysi qabila butun Ispaniyani egallagani haqidagi savol edi. Tarix o'qituvchilari "vestgotlar" variantini belgilagan, vazirlik esa "langobardlar"ni to'g'ri javob sifatida olgan. Sud o'qituvchilarning da'vo arizasini qondirmagan. O'qituvchilar huquqini himoya qilgan advokatning fikricha, sudya hujjatlar bilan tanishib chiqmay, jarayonning ichiga to‘liq kirmasdan xulosa chiqargan. Da'vogarlar sud qaroridan norozi bo'lib apellyatsiya shikoyati kiritishgan va ish endi yuqori instansiya sudida ko'rib chiqilishi kerak. Jarayondan xabardor manbalarning aytishicha, advokat Respublika ta'lim markaziga rasmiy so'rov yuborgan, lekin RTMdan javob sifatida bo'sh varaq kelgan.
O'zi "Ispaniyani o'rta asrlarda qaysi qabila bosib olgan?" degan masalaning XXI asrda O'zbekiston sudida ko'rilishi - absurd hodisa. Normal holatda, agar bu (ya'ni Ispaniyani o'rta asrlarda qaysi qabila bosib olgani) bahsli masala bo'lsa, u asosida test tuzilmasligi kerak edi. Bahsli masala bo'lmasa - agar vazirlik haq bo'lsa, apellyatsiyada o'zining dalil-manbalarini keltirib, o'qituvchilarni tinchlantirishi, agar o'qituvchilar haq bo'lsa, vazirlik o'qituvchilardan uzr so'rab, aynan shu savol tushgan o'qituvchilar natijalarini qayta hisoblashi kerak edi.
Lekin masalaning boshqa qiziq joyi bor. Vazirlik 7-sinf "Jahon tarixi" darsligiga tayanib, o'zining javobini to'g'ri deyapti. Vazirlikning xulosasi: "Langobardlar Ispaniyada o'z davlatiga asos solmagan bo'lsa-da, qisqa muddat davomida egalik qilgan". Gazeta.uz'ning o'quvchilar arizasi ko'rib chiqilgan sud majlisidan e'lon qilgan maqolasida aytilishicha, markaz vakili (yuristi) da’vogar o‘qituvchilarning javobi to‘g‘ri ekanini tasdiqlovchi dalil mavjud emasligini bayon qilgan. Lekin:
- B. Mirkomilov, F. Aqchayev, O. Mamirov muallifligida, tarix fanlari doktori, professor F. A. Axmedshina mas’ul muharrirligida tarix fakulteti talabalari uchun chop qilingan “O‘rta asrlar tarixi” qo'llanmasining 64-betida "vestgotlar Ispaniyani Vizantiyadan qayta tortib oldi" deb yozilgan.
- T. Salimovning tarix fakulteti talabalari uchun chop qilingan "Jahon tarixi" darsligining 52-betida o'qiymiz: "Istilochili urushlarida o'zining ichki zahiralarini sarflab bo'lgan Vizantiya na bosib olingan va na o'z yerlarini saqlab qolishga qodir edi. Vestgotlar Ispaniyadagi Vizantiya yerlarini tortib oladi". Bu kitob Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan bo'lajak tarixchilar uchun darslik sifatida tasdiqlangan. Salimovning o'zi esa vazirlik o'z javobining to'g'ri ekanligiga asos sifatida keltirayotgan 7-sinf maktab darsligining asosiy mualliflaridan biri, lekin uning familiyasi darslikda ramkaga olinganiga qaraganda, bu kitob (maktab darsligi) chop qilingan paytda u vafot etgan.
Ya'ni, vazirlik yuristi sudda "pedagoglar javobi to'g'riligini isbotlaydigan biron bir manba yo'q" deyapti, lekin bo'lajak tarixchilar OTMda o'qiydigan kamida ikkita kitob esa aynan o'qituvchilar javobini to'g'ri deyapti. Undan ham qizig'i, vazirlik "langobardlar Ispaniyaga qisqa muddat egalik qilgan" deyapti, o'qituvchilar vakili murojaat qilgan xorijiy tarixchi olimlar esa "langobardlarning Ispaniyaga hech qanday aloqasi yo'q" deyapti. Hatto uchta SI modeli ham (Gemini, Copilot, chatGPT) "langobardlar Ispaniyani qachondir bosib olganmi o'zi?" degan savolga bir ovozdan "langobardlar Ispaniyani hech qachon bosib olmagan" deyapti.
Ayrim mutaxassislarning fikricha, 7-sinf darsligida shunchaki texnik xatolik ketgan. Bo'lishi mumkin - inson faktori. Agar shunday bo'lsa, agar vazirlikning qo'lida o'qituvchilar javobi noto'g'ri ekanini isbotlaydigan (7-sinf darsligidan tashqari) boshqa manba bo'lmasa, shunchaki xatoni tan olish kerak. Vaziyatni battar absurdlashtirmasdan va O'zbekiston sudi qanday ishlashini yana bir bor hammaga ko'rsatmasdan. Menimcha.

🔥40❤22👍16👏5
QODIRIY O‘RGATGAN O‘GITLAR...
Kanali mavjud tarixchi ustozlar, agar imkon bo‘lsa, qo‘rqmasangiz, yuqorida ustoz Komil JALILOV yozgan postni o‘z kanallaringizda ulashing. Zero ajdodimiz Abdulla Qodiriy “men to‘g‘rilik orqasida bosh ketsa ham ‘eh’ deydigan yigit emasman”, deya yigit kishi qanday bo‘lishi kerakligini o‘rgatib ketgan.
Bitta postni ulashishdan qo‘rqmang. Hech kim Alloh bergan rizqni qisqartira olmaydi, hech kim Alloh bergan jonni Uning ruxsatisiz ola olmaydi.
Yuqoridagi postda (umuman, mening kanalimdagi bu mavzuga oid postlarda ham) hech kim haqorat qilinmagan. Bular – argumentlarga asoslangan, tahliliy va mutlaqo mantiqiy fikrlar. Bu masalani imkon qadar ko‘proq odam ko‘rishi kerak.
Ehtimol, qaysidir vakolatli shaxs o‘qib qolib, sog‘lom fikr bilan: “Iya, nimalar bo‘lyapti o‘zi? Bu absurdlarga barham berish kerak”, deb, tegishli tashkilotlarga tushuntirish berarmidi, bilmadim...
Aks holda, Baholash markazi ortga qaytmayapti va butun dunyo olimlari fikriga qarshi chiqishda qat’iyat bilan davom etmoqda.

🔥28❤16👍8😁6
Hisob-e. “RTMning oltin raqami” haqidagi post qo‘ygandim kecha. Bugundan saytda “texnik ishlar” olib borilmoqda ekan. Tuzatiladi degan umiddamiz...
😁65👍12❤8🔥4👀2
Jalilov. Qaydlar
Photo
Tarix kanallaridan bu masalani yoritib borishini yana bir bor so‘rayman. Da’vogar tarixchi o‘qituvchilar tarafida turing, demayapman, adolat tarafida turing deyapman.
11-fevralda sud. Shungacha shaxsiy manfaatlaringizni jamiyat manfaatlaridan pastroq qo‘yib turing.

1❤55🔥17🤝7👌5👍4💯4
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Photo
“Yangi yil sovg‘alari” egalariga yetib boryaptimi? Izohga yozing.
Ha, aytgancha, pochtaga pul to‘lab o‘tirmanglar, puli to‘langan.

❤38👍11🔥8👏1
TA’LIMNI QANDAY QILIB GO‘RGA TIQISH MUMKIN?
Bu yerda uchta juda jiddiy xavf bor. Uchinchisi esa – eng yomoni.
Birinchi. Kamida 100 nafar o‘qituvchi aynan shu savol sababli 70 foizlik ustamadan quruq qolgan bo‘lishi mumkin. O‘tgan yili shu masalada audiochat o‘tkazganimda, 100 nafardan ortiq o‘qituvchi izohlarda va shaxsiy xabarlarda yozgan edi. Bir so‘rovnoma o‘tkazganimda esa 1000 nafardan ortiq odam “vestgot” javobini belgilaganini bildirgan.
Xullas, gap aslida bitta-ikkita odam haqida ham emas, bu yerda ko‘plab o‘qituvchilarga adolatsizlik qilinmoqda. Juda katta moliyaviy oqibatlar.
Ikkinchi. Minglab o‘qituvchilar bu jarayonni chetdan kuzatyapti va asosan bitta xulosani chiqaryapti. “Agar 100 foiz haq bo‘lsang ham, baribir adolat tiklanmas ekan”. Natijada o‘qituvchi endi hech qachon haqqini talab qilmaydigan bo‘ladi. Mute o‘qituvchi esa mute avlodni tarbiyalaydi. Yoki “kimlargadir” aynan shunday avlod, shunday odamlar kerakmi?
Uchinchi. Eng yomoni tarix o‘qitish metodikasiga zarba berilyapti. O‘qituvchilar orasida “kitobda xato bo‘lsa ham, baribir yodlatish kerak” degan qarash tez sur’atda yoyilyapti. Hatto bundan keyin faktologik xato qilinmasa ham, bu zahar allaqachon aksar o‘qituvchilarning ongiga singib bo‘ldi. Onlayn darslarda ham “Domla, kitobda xato bo‘lsa ham shunday o‘rgatyapmiz, shunday davom etaveraylikmi?” deb savol berishyapti. Agar “yo‘q, to‘g‘risini o‘rgating” desam – o‘ta darajada “qiziq o‘tayotgan” sud jarayonlari, Baholash markazi direktori Dilrabo Davidovaning mujmal (“kitobda xato bo‘lsa ham shuni to‘g‘ri javob deymiz” degan signal beradigan) rasmiy izohi turibdi. Agar “ha, xato bo‘lsa ham o‘rgatavering” desam – bu pedagogikaga ham, testologiyaga ham, mantiqqa ham zid. Asosiysi, vijdonimga ham to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun men baribir “to‘g‘risini o‘rgating” deyman.
Ammo achinarlisi, hozir juda ko‘p o‘qituvchilar boshqa xulosaga kelib bo‘lgan: xato bo‘lsa ham o‘rgatish kerak ekan. Bu yo‘l bilan biz nafaqat tarix o‘qitish metodikasini, balki butun ta’lim tizimini ko‘mib boryapmiz.
Biz tahlil qiladigan, savol beradigan, ijod qiladigan o‘quvchilarni yetishtirmoqchimizmi yoki faqat yodlashga urinadigan to‘tiqushlarni? Xullas, “Kitobda xato bo‘lsa ham yodla” degan signal bilan ta’limni go‘rga tiqishyapti.
P. S. Ha, aytgancha, aslida bunday faktologik xato savollar bitta emas, juda ko‘p edi. Shuningdek, savolning javobi “to‘g‘ri” bo‘lishi hali testning validligini anglatmaydi. Shaxsan, Baholash markazining aksariyat savollarini o‘qituvchilar bilimini va malakasini baholash uchun yaroqsiz deb hisoblayman. Juda primitiv.

❤43👍17💯14😁8🔥7👏3👌2🏆1