𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
19.5K subscribers
1.26K photos
164 videos
418 files
1.36K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
Qaysi muqova yaxshiroq?
Anonymous Poll
54%
Ritsar (1)
46%
Chingizxon (2)
24🔥16🤝4👍1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Ritsarmi (1), Chingizxonmi (2)? 👉 @TESTLIDER
Sizda har doim 2 variant bo‘lsin. Bittasi o‘xshamasa, boshqasini o‘xshatasiz. Shu qoidaga har doim amal qilish kerak ekan.
53🔥23🤝17💯11👍4😁1
Pireney yarimorolidagi Kastiliya va Aragon nikoh orqali birlashgan davrda ushbu har ikki davlatda ham qaysi sulola hukm surar edi?

@TESTLIDER – (c) Jalol BOLTAYEV
Anonymous Quiz
21%
A) avislar sulolasi
28%
B) burgundlar sulolasi
29%
C) trastamara sulolasi
22%
D) plantagenetlar sulolasi
🔥2916👌15👍4💯3👀3👎2🤝1
“Kundalik-optimal” test to‘plamlarimni rus va qoraqalpoq tillarida ham nashr etish taklifi bildirilmoqda. To‘plamlarni professional darajada tarjima qila oladigan tarjimonlar ham tayyor.

Nima deb o‘ylaysiz, qoraqalpoq va rus tilidagi test to‘plamlari ko‘pchilikka kerak bo‘larmikan, o‘zini oqlarmikan?

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
101🔥30👏14👎12😁6💯4👍1😎1
“Vestgot-langobardlar ishi” bo‘yicha tarixchilarning sudi 11-fevralga tayinlandi

Tarmoqda o‘z sahifasiga ega tarixchilardan bu masalaga befarq bo‘lmasligini, kanalda yozgan postlarimni ulashib borishini bu gal iltimos qilaman. Bu juda-juda muhim, siz o‘ylagandan ko‘ra muhimroq.

Tarafingizni belgilab oladigan vaqt keldi.

RTMdan javob xati kelmadi. Bilgichlar tomonidan tarixchi deyilgan Zuhayriddin Bozorov advokatga “chorshanba kuni yuboramiz”, degan ekan. Biroq bu gap ustidan chiqilmadi.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝5423🔥21👍10👀2😍1💯1
Natija qilaman degan odam baribir bir kun keladi! Vaqtida keling :)

“TEZKOR GURUH”da darslar 5-fevralda boshlanadi.
• To‘lov 300 ming so‘m (bir martalik)
• Karta: 9860010133910371

To‘lovni amalga oshirib, chekni @jalolboltayev_kurs'ga jo‘nating.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
39😁23🔥8🏆8👍1😍1
8-sinf «Jahon tarixi» (2024)…

7-sinf «Jahon tarixi» (2022) darsligi asosida tayyorlangan «KUNDALIK-OPTIMAL» test to‘plamim shu hafta nashrdan chiqadi. Undan keyingi navbat, Xudo xohlasa, 8-sinf kitoblariga.

Namunaga diqqat qiling. Imkoniyatlarimning maksimal chegarasiga yaqin darajada ishlayapman (lekin bu hali eng yuqori chegarasi emas. Agar maksimal imkoniyatlarimni ishga solsam, Yer ko‘tara olmay qoladi 😁).

Navbatdagi kitoblar tezroq chiqishini xohlasangiz, chiqqanlarini sotib oling, yaqinlaringizga tavsiya qiling. :)

Aslida ayni paytda ham bu kitoblar “Spectrum” nashriyotidan eng ko‘p so‘ralayotgan va tez sotilayotgan to‘plamlar qatoriga kirib bo‘ldi.

Bu to‘plamlar yillar davomida qadrini yo‘qotmaydi, nasib.

Shu o‘quv yilida barcha yangi darsliklar uchun “Kundalik-optimal”lar nashrdan chiqadi. Shundan keyin ko‘p narsaga ehtiyoj qolmaydi (shu sababli ham ayrimlar, iloji bo‘lsa, bu kitoblardan foydalanmasligingizni istaydi. Chunki haqiqatni anglab yetishingizni xohlashmaydi 🙂).

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
46👍18🔥14👏2😍1
Xumortegin

Men ilgari tarix darsliklariga xoinlar, sotqinlar, qo‘rqoqlar nomlari nega kiritilarkan, deb o‘ylardim. “Axir eng og‘ir pallada mo‘g‘ullarga taslim bo‘lgan Qoracha Hojib, Jaloliddinga dushmanlik kayfiyati bilan qaragan, Gurganch mudofaasida qo‘rqoqlik qilgan Xumortegin kabi shaxslarni eslab nima qilamiz?” derdim ichimda.

Vaqt o‘tib shuni angladimki, o‘shanda xato o‘ylagan ekanman. Xoinlarning nomi darsliklarda bo‘lishi kerak. Chunki tarix faqat qahramonlarni ulug‘lash uchun xizmat qilmasligi kerak. U kim sadoqat ko‘rsatganini ham, kim sotqinlik, qo‘rqoqlik qilganini ham aniq ko‘rsatib berishi lozim.

Muhim pallalarda kim qo‘rqoqlik qilganligini avlodlar unutmasligi kerak.

Boshqacha aytganda, xalq nafaqat o‘z jaloliddinlarini, balki o‘z xumorteginlarini ham tanib olishi kerak.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
54👍35🔥15💯12👌1
“Vestgot–langobard” ishi bilan bog‘liq shaxslar

j. alijonov – vazirlikning ishonchli vakili. Sudda “langobardlar to‘g‘ri” degan, da’vo arizasini tan olmagan, ya’ni vestgotlarni noto‘g‘ri deb hisoblagan.

i. timoshev – Baholash markazi yuristi. To‘g‘ri javob “Langobardlar” bo‘lishini, da’vogar o‘qituvchilarning javobi to‘g‘ri ekanini tasdiqlovchi dalil mavjud emasligini bayon qilgan. Shuningdek, shaxsan men bilan gaplashgan paytda izoh berishdan bosh tortgan.

sabirov azizjon rahmonovich – boshidan beri “vestgotlar emas, langobardlar to‘g‘ri” deb kelgan tarixchi. Uning da’vo qilishicha, da’vogar tarixchilarda to‘g‘ri javob “vestgot” ekanligi haqida hech qanday asos mavjud emas.

Ro‘zigul opa – Baholash markazi rahbariyatidagi xodimlardan biri. Yustinian I vafotidan so‘ng Ispaniya vestgotlar emas, langobardlar tomonidan egallaganligi “germaniyalik professor” asari bilan tasdiqlandi, deya aytgan. Biroq qaysi olim, qaysi asarida, nechanchi betida – bular ko‘rsatilmagan.

G. Jumayeva – dastlabki sud majlislarida ishni ko‘rib chiqqan sudya.

Zuhayriddin Bozorov
– Respublika ta’lim markazi xodimi. Advokatga “chorshanba kuni javob yo‘llaymiz” degan. Biroq bu gapning ustidan chiqilmagan.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
34🔥20👍10👏2💯1
Naq 42 ta kitobga yozib, imzo qo‘yib chiqdim. Qo‘lim uzilib tushmoqchi edi.

Sabr qiling! Tez orada yetib boradi.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
130👍57🔥31😍8👏6🏆6👎3😁3💯2😎2
Qancha vaqtda A+ olsa bo‘ladi?

Bugungi kunda repetitorlikdagi eng muhim vazifalardan biri o‘rganishni o‘rgatishdir. Ya’ni o‘quvchiga tarixni o‘rgatishdan oldin, uni qanday o‘rganish kerakligini singdirish zarur. Chunki bugun aksariyat “haftalik kurs”, “1,5 oyda natija” kabi asoslanmagan va havoyi va’dalarga, marketing uchun aytiladigan gaplarga ishonib yuradi.

A+ natija uchun “mutlaq 0”dan odatda 6 oy kerak bo‘ladi. Agar o‘quvchining mas’uliyati juda yuqori bo‘lsa, bu muddat 3 oyga tushishi mumkin. Ya’ni o‘quv kursimda mana shu ikkala holat amalda bir necha bor isbotlangan.

To‘g‘ri, nazariy jihatdan “mutlaq 0”dan 2 oyda ham bo‘lishi mumkin, deganman. Lekin bu hali kursimda amalga oshirilmagan.

Gap faqat “3 oy” yoki “6 oy” degan raqamlarda emas. Gap shundaki, o‘sha muddat ichida natija qilish uchun tizimli va sifatli materiallar (ya’ni minglab puxta testlar), tizimli metodika shart. Natija o‘qituvchining qosh-qovog‘iga qarab kelmaydi, u faqat tizim, sifatli material, mehnat orqali keladi. Agar bu materiallar bo‘lmasa, 3–6 oy tugul 1 yil ham yetmaydi.

Aslida ko‘plab repetitorlar bilan gaplashganimda ham shu haqiqatni tasdiqlagan, lekin hamma ham buni ochiq ayta olmaydi. Chunki bunday deyish o‘quvchini yo‘qotishga olib kelishi mumkin.

Demak, Jalol BOLTAYEV onlayn kursida:
1. “Mutlaq nol”dan – standart holatda 6 oy;
2. “Mutlaq nol”dan o‘ta mas’uliyati o‘quvchi bilan – 3 oy;
3. Agar o‘quvchida baza (haqiqiy) bo‘lsa, bu vaqt bazaga qarab individual bo‘ladi (aytaylik, kimgadir 30 kun yo 55 kun yetishi ham mumkin).

Bu yerda “mutlaq nol” degani – tarixni ilgari maxsus tarzda umuman o‘rganmagan odam.

(c) Jalol BOLTAYEV – testolog, repetitor

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
48👍18🔥9💯3🤝1
Uchta guruhga qabul davom etmoqda!

3-guruh (martchilar) – “TEZKOR GURUH”: 5-fevralda darslar boshlanadi.
Bir martalik to‘lov: 300 ming so‘m (1-aprelgacha)

***

1-guruh (martchilar): 8-sinf “Jahon tarixi” (2024) darsligini o‘qimoqda. Hali yaqinda boshlandi.
Bir martalik to‘lov: 300 ming so‘m (1-aprelgacha)

2-guruh (martchilar): 7-sinf “Jahon tarixi” (2022) darsligini o‘rganmoqda.
Bir martalik to‘lov: 300 ming so‘m (1-aprelgacha)

Karta: 9860010133910371
Bitta to‘lov evaziga barcha guruhga qo‘shilish mumkin. Biroq ikki guruhda o‘qish tavsiya etiladi, chunki topshiriqlarni ham bajarish lozim. Uchta guruhning topshirig‘i og‘irlik qilishi mumkin.

To‘lovni amalga oshirib, chekni @jalolboltayev_kurs'ga yuboring. Sizni guruhga qo‘shib qo‘yaman.

O‘qituvchilar: Jalol BOLTAYEV, Mardon SHUKUROV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1917🔥8😍2🤝1
G‘ALIZ SAVOLLAR

Tarixni, xususan, 6-sinf darsligini endi o‘rganishni boshlagan o‘quvchilar orasida g‘aliz savollar ko‘p uchrab turadi. Shunday g‘aliz savollarga ba’zi misollar keltiraman:

1. So‘nggi paleolit davrining eng muhim ixtirosi nima?
2. Neolit davrining eng KATTA ixtirosi nima-yu, eng MUHIM ixtirosi nima?


Birinchi savolning muammosi shundaki, “eng muhim ixtiro” degan iboraning o‘zi ilmiy jihatdan aniq mezonga ega emas. Darslikda “muhim ixtiro” deb yozilgani uning ahamiyatini ko‘rsatadi, xolos. Bu “barcha ixtirolardan ustun” degan qat’iy ilmiy hukmni anglatmaydi.

Fanda konsensus degan tushuncha bor. Konsensus – olimlarning ko‘pchiligi tomonidan qabul qilingan, bahsli bo‘lmagan umumiy fikr degani. So‘nggi paleolitda “eng muhim ixtiro aynan turarjoylar” degan umumiy kelishuv yo‘q. Kimdir san’atni, yana kimdir turarjoylarni, kimdir toshga ishlov berishning yangi usullarini muhim deb hisoblaydi. Shu bois “so‘nggi paleolitning eng muhim ixtirosi qaysi?” tarzidagi yopiq test topshirig‘i testologik jihatdan o‘ta muammoli hisoblanadi. U bitta, muhokamasiz javobga ega emas (ochiq savol sifatida qo‘llansa, bu boshqa masala).

Ikkinchi savolda esa vaziyat boshqacha. Neolit davriga kelganda “eng katta” desa ham, “eng muhim” desa ham, to‘g‘ri javob “dehqonchilik va chorvachilik” bo‘ladi.

Chunki fanda Gordon Chayld kiritgan “neolit inqilobi” degan atama bor. Bu atama aynan ovchilik va termachilikdan ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka, ya’ni dehqonchilik va chorvachilikka o‘tishni anglatadi (bu atama 8-sinf “Jahon tarixi” (2024) darsligida ham yozilgan).

Bu o‘zgarish oddiy yangilik emas, balki butun insoniyat hayotini o‘zgartirib yuborgan inqilob darajasidagi burilish sifatida baholanadi. Ko‘pchilik olimlar ham shu fikrni qo‘llab-quvvatlaydi. Buni konsensus desa bo‘ladi.

Shuning uchun neolit davrida “eng katta ixtiro” bilan “eng muhim ixtiro”ni ajratib, ularni turli-tuman javoblarga bog‘lash ilmiy jihatdan to‘g‘ri emas. Bu yerda “eng katta ixtiro”, “eng muhim ixtiro” bir ma’noni anglatadi va “dehqonchilik va chorvachilik”ka olib boradi.

(c) Jalol BOLTAYEV – repetitor, testolog

P. S. Yana bir narsa: zamonaviy tadqiqotlar “neolit inqilobi” atamasining o‘zini ham muhokama qilmoqda...

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3820🔥13💯4👀4👏1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Fanda konsensus degan tushuncha bor. Konsensus – olimlarning ko‘pchiligi tomonidan qabul qilingan, bahsli bo‘lmagan umumiy fikr degani.
O‘zbekistonda pedagoglar malakasini baholaydigan tashkilot butun dunyo ilm-faniga qarshi...

Yustinian I vafotidan so‘ng Ispaniyada vestgotlar egallab olganligi – tarixshunoslikdagi to‘la shakllangan konsensusdir. Odatda bir qarashni 90+ % olim ma’qullasa, u konsensus hisoblanadi. Ya’ni konsensusda ham bir necha foiz muxolif topilishi tabiiy holat.

Ammo “vestgotlar” masalasi “90 % lik” emas, “95 % lik” ham emas, “100 % lik” konsensusdir. Ya’ni bittayam nufuzli tarixchi bu fikrni rad etmagan.

Faqatgina O‘zbekiston degan diyorda, Baholash markazi nomli bir tashkilot borki, u butun dunyo tarixchilaridan o‘zini aqlliroq hisoblab, “hamma adashgan, biz to‘g‘rimiz” degan pozitsiyada turibdi.

Ha, aytgancha, Baholash markazi xodimining aytishicha, bir “germaniyalik professor” ham tasdiqlagan, lekin uning kimligini, qaysi asarining nechanchi betida yozilganligini hali ko‘rsatishmadi :)

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁4318💯15🔥5👍3👀2🏆1
RTMning oltin raqami! :)

12-345-67-89 degan raqamga qo‘ng‘iroq qilyapman, bunday raqam yo‘q deyaveradi-da... Qarasam, shunchaki 1 dan 9 gacha yozib qo‘yishgan ekan :)

Chorshanba kelmadimi, deb so‘ramoqchi edim.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁157👍1310🔥7👏3👀2
😁3510🔥8👍6💯3👏2