Kurslarga qabul davom etmoqda!
Bugun 1-guruhda 8-sinf “Jahon tarixi” (2023) boshlanadi. 2-guruh yaqinda 7-sinf “Jahon tarixi” (2022) darsligini o‘rganishni boshlaydi.
Kurs narxi: 200 ming so‘m
To‘liq to‘lov chegirma bilan: 400 ming (5-aprelgacha)
Karta: 9860010133910371
To‘lovni amalga oshirib, chekni @jalolboltayev_kurs’ga yuboring.

❤16🔥6👍4
Kursda beriladigan barcha ehtimoliy materiallar shu narxning ichida :)
🔥47❤14😁8💯8
6 mln so‘mga...
Bu materiallar yopiq guruhlarimda BEPUL berilgandi.
Biroq shuni yodda tuting: ehtimoliy o‘z yo‘liga.
Har bir darsda qatnashish, uyga vazifalarni tayyorlash kerak. Odatiy darslarda ham muhim ma’lumotlarni aytib ketamiz.
👉 @TESTLIDER

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁47💯20❤9👍7🏆4🔥1👏1👀1
Ha, aytgancha, shuningdek, 1 ta to‘lov evaziga 2 guruhimga ham qo‘shilsangiz bo‘ladi!
👍33❤11🔥6💯5
Yangi “TEZKOR GURUH” ham ochiladi. Tafsilotlarni keyinroq e’lon qilaman. Maksimal kuch bilan bosamiz!
👏44❤17👍14🔥3💯2
RTMda CHORSHANBA KUNI QACHON KELADI?
Xullas, Baholash markazi Yustinian I vafotidan so‘ng Ispaniyani vestgotlar emas, langobardlar bosib olgan, degan pozitsiyaga yopishib olgach, advokat darsliklarni ishlab chiqishga mas’ul tashkilot – RTMga advokatlik so‘rovi yuborgan edi (Baholash markazi xodimi “germaniyalik professor” bu ma’lumotni tasdiqladi, degandi. Shuning kimligini hali bilmadik-da).
Javob keldimi? Keldi. Qanday javob deb o‘ylaysiz? Hech qanday.
Deyarli bo‘m-bo‘sh varaq desa ham bo‘ladi. Advokat ham “qandaydir xatolik bo‘ldimi?” deb hayron bo‘lgan. Chunki javob xatining ikkinchi betida shunchaki sud qarori ilova qilingan, xolos. Holbuki, advokat aynan RTMning rasmiy va ilmiy izohini so‘ragan edi.
Javob xatini RTM direktori Dilshoda Norboyeva tasdiqlagan. Ijrochi sifatida esa Zuhayriddin Bozorov ko‘rsatilgan.
Shundan so‘ng advokat ijrochiga qo‘ng‘iroq qiladi:
– Nega javob xati bo‘m-bo‘sh? Qani RTMning ilmiy manbalarga asoslangan izohi?
Zuhayriddin Bozorov esa gapni uyoqdan-buyoqqa olib qochadi. Xullas, o‘sha eski gap: qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi. Advokat “qonunchilik bo‘yicha chora ko‘raman” degach, “chorshanba kuni qayta javob yo‘llaymiz” deydi.
Mana, ikkinchi chorshanba ham o‘tdi. Hali javob yo‘q.
Men ham masalani hech qanday sud bilan bog‘lamay, tarixchi-pedagog sifatida RTMning rasmiy veb sayti orqali murojaat yuborgan edim. Menga ham javob kelmadi.
Shunda yana eski savolga qaytamiz:
RTMda olimlar bormi?
Tarixchilar bormi?
Umuman, ilm bilan shug‘ullanadigan biror mas’ul shaxs bormi?
Nega o‘zingiz chiqargan darslik bo‘yicha izoh bera olmaysiz?
Nega bitta tarixiy masalaga ilmiy javob berish bu qadar mushkul?
Zuhayriddin Bozorov, “chorshanba kuni” deganda siz nechanchi yilning chorshanbasini nazarda tutgandingiz?
Bilgichlar Zuhayriddin Bozorovning o‘zini ham mutaxassisligiga ko‘ra tarixchi demoqda. Agar bu rost bo‘lsa, Zuhayriddin Bozorov, yuzlab (balki, minglab) tarixchi ustozlarning huquqlari poymol qilingan bo‘lishi mumkin bo‘lgan bir masalada siz nega jimsiz?
Sud ishi hali davom etmoqda...
(c) Jalol BOLTAYEV

❤53👀10🔥8💯5🙏4👍3👏2
• O‘qituvchilar: Jalol BOLTAYEV, Mardon SHUKUROV
• O‘qish muddati: 2 oy
• Darslar 5-fevralda boshlanadi.
• Attestatsiya va “Milliy sertifikat” imtihoni topshiruvchilar uchun.
• To‘lov: 300 ming so‘m (bir martalik)
Yuqoridagi kartaga to‘lovni amalga oshirib, chekni @jalolboltayev_kurs'ga yuboring. Men sizni guruhga qo‘shib qo‘yaman.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤29👍7🔥2
Avvalroq onlayn kursimda asosiy dars jadvalidan tashqari “ALOHIDA REJIM” mavjudligi haqida aytgandim. Kecha shu bo‘limdagi topshiriqlarni to‘liq bajargan o‘quvchilarim orasida 3 000 000 so‘m pul mukofoti taqsimlandi.
Quyidagi 12 nafar o‘quvchim yutuqqa erishdi:
1. Mazmuna Kadirova
2. Ilhomiddinov Islombek
3. Temirova Maftuna
4. Aliqulov Samandar
5. Tuyliyeva Shukrona
6. Tuyliyeva Amina
7. Totliyeva Nodira
8. Ro‘ziboyeva Gulmira
9. Obloqulova Dilnura
10. Husanova Umida
11. Ismatullayeva Lola
12. Ikramov Shohjahon
Barakalla! O‘quvchilarimning mas’uliyati meni yanada qattiqroq ishlashga undaydi! Bahorda ham rekord qo‘yish an’anasini uzmasligimiz kerak!
“ALOHIDA REJIM”, bu – asosiy dars jadvalidan tashqari qo‘shimcha topshiriqlar beriladigan bo‘lim. Bu bo‘limdagi topshiriqlarni o‘ta yuqori natija ko‘rsatishni xohlovchilar, mendan noutbuk yutib olishni istaganlar, imtihonga o‘ziga juda katta ishonch bilan kirishni ko‘zlaganlar bajaradi.
(c) Jalol BOLTAYEV
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍33❤25🔥10💯2
image_2026-01-22_13-00-09.png
62.7 KB
“Yangi yil” testida kitob yutib olganlar ro‘yxati.
Do‘stlar, boshida ro‘yxatdagi 37 nafar odamga kitob yuborilishini aytgandim. Biroq quyi o‘rinlarda bo‘lganlarning aksariyati ham botga raqam va manzil qoldiribdi. Hatto testda umuman qatnashmaganlar ham ma’lumot yuborgan holatlar bor ekan.
Shu sabab barcha javoblarni tekshirib chiqdim. Bu biroz vaqt oldi. Xullas, mana shu 36 nafar ishtirokchiga kitoblarimiz tez orada yetib boradi.

❤32👀19👍7👎3🔥3👏3
“6 mln voqeasi” bo‘yicha murojaat qilayotganlar diqqatiga!
Do‘stlar, dardingizni tushunaman. Lekin ochiq aytishim kerak: bu yerda o‘zingiz ham xato qilgansiz. Nega 6 mln so‘m berasiz? Nega ruxsatnomangizni tashladingiz? Nega ishonasiz?
Axir bot-bot takrorlab kelyapmiz-ku: tizimli ravishda sifatli materiallar bilan 3 oy o‘qing, tamom. “Sehrli yo‘l” qidirmang, firibgarlarga ishonmang.
Men advokat emasman. Prokuraturaga qanday yoziladi, nima deb yoziladi – men bularni bilmayman. Berish-bermaslik ham o‘z ixtiyoringizda. Lekin shuni biling: bunday odamlar odatda tutqich bermaydi, ustasifarang bo‘ladi.
Yopiq guruhlarimizda o‘quvchilarimizga bepul berilgan materiallarni 6 mln so‘mga sotib olganingiz – achchiq bo‘lsa ham – o‘zingizning ham aybingiz.
Ikkinchidan, nega ruxsatnomani tashlab berasiz? Ba’zilaringizga “ichkaridan o‘zgartirib beraman” deyilgandir. Lekin bu amalda imkonsiz (qiziq, bu mohiyatan DTMni obro‘sizlantirish degani emasmi?).
Menimcha, ruxsatnomalarning olinishi boshqa narsaga borib taqaladi:
– agar sizda B+ yoki A chiqib qolsa, pulingiz kuyadi, qaytarib ololmaysiz (faqat “B+ chiqdi” deb o‘zingizni ovutasiz);
– agar B chiqsa, ehtimol, qo‘rqqanidan qaytarib berishar. Yana bilmadim.
Xullas, keyingi gal aldanib qolmang.

❤65💯19👍5🏆4👏3👌3🔥1😎1
Men oflayn yoki onlayn kursimda o‘qib, “Milliy sertifikat” imtihonida eng yuqori natija ko‘rsatgan kursim a’zosiga 6 mln so‘mlik noutbuk sovg‘a qilaman!
Kurslarga marhamat: @jalolboltayev_kurs
Kurslarga marhamat: @jalolboltayev_kurs
❤74😁55🔥14😍9👏5👍3
Kimning ichida menga aytolmay yurgan gapi bo‘lsa, anonim tarzda yozishi mumkin:
Anonim gaplashgim kelib qoldi:
http://t.me/anonaskbot?start=comg2
Anonim gaplashgim kelib qoldi:
http://t.me/anonaskbot?start=comg2
❤35😁17👀8👍7🔥4
Qancha muddatda +A sertifikatini olsa bo‘ladi?
Jalol BOLTAYEV | repetitor
O‘sha mashhur savolga javob berdim.
Qancha muddatda A+ sertifikatini olsa bo‘ladi?
(c) Jalol BOLTAYEV – repetitor, testolog
@TESTLIDER

❤24🔥21👎5👏4👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
NOLDAN 3 oyda olish mumkin, desam ishonmaysizlar-a :)
To‘g‘ri, bu hammada ham o‘xshayvermaydi, hamma repetitor ham buni o‘xshata olmaydi.
Chunki real samara bera oladigan material va tizim yaratish vaqt, sabr, mahorat talab etadi.
👉 @TESTLIDER
To‘g‘ri, bu hammada ham o‘xshayvermaydi, hamma repetitor ham buni o‘xshata olmaydi.
Chunki real samara bera oladigan material va tizim yaratish vaqt, sabr, mahorat talab etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤37👍13🔥4👎1🤝1
Qurigan olmaning tagiga qurigan olma tushadi
Sen umring davomida tarix o‘qiysan, o‘zingni “zo‘rman” deb yurasan, lekin ikki kunlab “SSSR davlat emas” deb oyoq tirab olasan. Eng achinarlisi – bu xato faqatgina shogirtniki emas, ustozniki ham. Katta bir audiochatda “ustozim” deb yuradigan odaming (ha, o‘sha plastik tashlab, qo‘shimcha pul so‘rab yalinadigan ustozing) jiddiy ohangda “SSSR hech qachon davlat bo‘lmagan” deb tortishib yotadi. Ikkalangda ham tarixiy tafakkur “0”ga teng.
Shunaqa sharmandalikdan keyin odam yerga kirib ketadi. Ammo bular “otdan tushsa ham egardan tushmaydigan” toifadandir. Haqiqat ularni to‘xtatmaydi, uyaltirmaydi.
Ochig‘i, bundaylar bilan bir safda turishni istamayman. Izohlarga trollari, gumashtalari yopirilib keladi. Trolligini aniq bo‘lsa, ular bilan yozishib o‘tirishdan, qimmatli vaqtimni sarflashdan mantiq yo‘q aslida.
Men troll bo‘lmagan, haqoratli so‘z ishlatmagan, maqsadi haqiqiy bo‘lgan har kimga doimo javob berib kelganman. Alamzada trollar bunga chiday olmaydi.
Maqtanishni yomon ko‘raman. Lekin “sen yurgan joying qayda-yu, mening turgan joyim qayda” degan fikr miyamda aylanadi gohida.
Testologiyaga kelsak, kimnidir gapirish huquqidan mahrum qilishga mening haqqim yog‘-u, bu borada gapirishga men eng haqliroqman. Chunki baholash nazariyasi (testologiya) bilan ilmiy doirada shug‘ullanaman (to‘g‘ri, hozir validlik, distraktor kabi oddiy tushunchalarni bilmaydiganlar ham gapirib yuribdi. Ba’zilarga o‘xshab).

👍40❤26🔥10😁3👎2💯2
NATIJALAR
So‘nggi besh imtihonda haqiqatan eng yuqori natijalar aynan mening kursimda qayd etilganini ayrimlar ko‘tara olmayapti, shekilli. Bunday natija o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Bu – tizimli o‘qitish mahsuli. O‘zgalarning materialini olib, ustiga o‘z nomini yozib qo‘yish bilan emas. 2000 tadan ortiq talab darajasidagi test tuzish bilan. “Yosh bolacha” fikrlash bilan emas, professional testologiya bilan.
“Boshqa kurslar” degan degan iborani birinchi marta ishlatyapman. Chunki, birinchidan, bu o‘zimga yoqmaydi. Ikkinchidan, bu maydonda qo‘lidan kelganicha harakat, mehnat qilayotganlar ham bor. Uchinchidan, o‘zimni maqtashni yoqtiravermayman.
Ammo fakt faktligicha qoladi. Onlayn ta’lim maydonida eng yuqori real natijalar – mana shu yerda. Bu gap hissiyot yoki yolg‘on bilan emas, aniq raqamlarga asoslangan holda aytilyapti.

❤31🔥9👍5👎2🏆1
Shaxsni muhokama qilish bilan fikrni muhokama qilish o‘rtasida ulkan farq bor
Birinchi holat. Do‘stim Mardonbek Rajabovning ilmiy tadqiqot ishida bir ustozimizning asari argumentlar asosida tanqid qilingan. Ya’ni ustozimizning asarida Yevropa manbalaridan kamroq foydalanilgani qayd etilgan. Bu – shaxsga hujum emas, fikrga tanqid. Ilm shunday bo‘ladi.
Endi boshqa holatga qaranglar. Kimdir yozadi: “Ustoz, imtihonda GFR va GDR o‘rtasidagi shartnoma qaysi davlatda imzolangan, degan savol tushdi. Men SSSR deb yozdim, kimdir RSFSR deb yozdi. Qaysi biri to‘g‘ri?” Bu savollar ko‘paygach, sen dalillarga asoslangan post yozasan: “ikkalasi ham to‘g‘ri”, degan mazmunda.
Shundan keyin esa kimdir chiqib: “SSSRni davlat deganlar axmoq, SSSR davlat emas”, deydi. Chatingga ham kirib, “SSSR davlat emas, ustozlaring ham mening oldimda ip esholmaydi”, deb gapiradi (aslida esa o‘zini sharmanda qiladi). Sen bilan ikki kunlab tortishadi. Sen argument keltirsang, u shaxsiyatga o‘tishga, provokatsiya qilishga urinadi. Axiyri, shuncha asosdan keyin ham tushunmagach, uning tarixiy tafakkuri nol darajada ekanini aytishga majbur bo‘lasan (shundayam argumentlar bilan).
Ikkinchi holat. Kimdir sening materiallaringni olib, ustiga o‘z nomini yozib qo‘yadi. Axiyri o‘z og‘zi bilan tan oladi (odamlar oldida): “bilmagandim, shuning uchun yozgandim, keyin bildim seniki ekanini”, deydi. Vaholanki, har bir materialda nomim yozilgan holatda turadi. Biroq uning mantig‘i bo‘yicha ham baribir bu o‘g‘rilik ekanini tushuntirasan. Endi savol: bundaylarni himoya qilayotganlar aslida nimani himoya qilyapti? O‘g‘rilikni oqlashyaptimi?
Uchinchi holat. Senga va do‘stlaringga yuzlab odamlar yozadi: “Sizning bepul materiallaringizni bizga 6 mln so‘mga taklif qilishdi. Qarab ko‘rsak, sizlarniki ekan”. “Prokuraturaga beraylikmi?” deydi. “Bu o‘zingizning ishingiz, o‘zingiz hal qilasiz”, deysan. Lekin keyingi imtihonlarda odamlar firibgarlarga aldanib qolmasligi uchun ogohlantirasan.
Mana shu uch holatda ham shaxs emas, muammo muhokama qilingan.
Xullas, masalaga vijdonli yondashing.

🔥29❤17👎3
12 o‘quvchim o‘rtasida 3 mln so‘m taqsimlandi
“Alohida rejim” topshiriqlari davom etadi. Yana 3 mln so‘m pul mukofot sifatida qo‘yildi.
Qisqacha aytganda, asosiy dars jadvalidan tashqari “alohida” topshiriqlarni bajargan o‘quvchilarimni rag‘lantirib boraman.

❤33👍3🔥2