𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
19.7K subscribers
1.27K photos
166 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍43
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥7👏2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥83
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥76
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14🔥3
Yopiq guruhimga oxirida 20 ga yaqin odam to‘lov qilib qo‘shildi. Ular natija qilsa ham, bu menga tegishli bo‘lmaydi, ya’ni ular mening o‘quvchim hisoblanmaydi. 20 kishi qo‘shilishi bilan qabulni to‘xtatdim. Guruhdagi qolganlar esa boshidan beri o‘qiyotgan o‘quvchilar. Ulardan hech qachon kurs to‘lovidan tashqari ortiqcha to‘lov olinmaydi.

Shundan so‘ng (20 ga yaqin odam qo‘shilgach) ehtimoliy savollarni ochiq manbaga – @TESTLIDER kanaliga joylay boshladim. “Ularning yarmi tushyapti-ku”, deysiz. Xo‘p, qolgan yarmi-chi?

Masalan, “Ramzey Makdonald” haqidagi savolni dekabrdagi imtihondan bir kun oldin kanalda e’lon qilgan edim. Aslida bu ma’lumot yopiq guruhlarimda o‘sha mavzuga kelganimizda doim o‘rgatiladi. YouTube’dagi diagnostik testlarimni ko‘rganlar ham biladi: “Ramzey Makdonald – Makdonald degan fastfud bor, shunaqa eslab qoling”, deb mnemonik usulda o‘rgatib ketganman.

Natija hech qachon “oxirgi hafta”ga bog‘liq bo‘lmagan. Natija – tizimli o‘zlashtirish mahsuli. Aynan shuning uchun har bir darslik bo‘yicha 2000+ test tuzaman. Chunki mavzulashtirilgan testlarsiz “oldin o‘qilmagan” kitobni chuqur o‘zlashtirish deyarli imkonsiz.

Kim nima desa ham, yuqoridagi savollar – O‘ZIM TUZGAN SAVOLLAR. Albatta, yana kimdir ham shunga o‘xshash savol tuzgan bo‘lishi mumkin (aytaylik, DTMdagilar). Lekin men haqimda “nimaningdir ortidan soqqa qildi”, deb o‘ylayotganlar qattiq adashadi. Ochig‘ini aytsam, shu paytgacha menga kimdir 1000 dollar tutqazgan emas. Va shunisi aniqki, men shu paytgacha hech qachon “tushirib beraman”, “bir kunda natija qildiraman” degan va’dalar bilan bir so‘m topmaganman. Qariyb o‘n yillik repetitorlik faoliyatim davomida kurs to‘lovidan tashqari bir tiyin ham talab qilmaganman.

Men odamlar orasida “oxirida natija qildirib beradigan repetitor” degan profil yaratishni istamayman. Chunki haqiqatan bunday qilolmayman. Faqatgina ehtimoliy savollarni yoki kurs oxiridagi diagnostik testlarni yodlab imtihonga kirib ko‘ring – qaysi darajaga yetishingizni o‘zingiz ko‘rasiz (va yaxshiroq o‘qish kerak ekan, deb kursga qayta kirasiz).

Men har bir kitob bo‘yicha kamida 2000+ ta test tuzaman. Oflaynda bu majburiy, onlaynda esa jiddiy tavsiya o‘laroq uyga vazifa sifatida beriladi. Onlaynda ham imkon qadar ishlattirishga harakat qilaman: o‘quvchini “majburlayman”, o‘qituvchini esa sharoitini (oila, maktab) inobatga olib “tavsiya” qilaman. Aksariyat ishlaydi, ayrim o‘qituvchilar “Forms test” yoki “Quiz test” bilan cheklanadi. Lekin men testsiz natija qildira olmayman. Ayniqsa, boshlang‘ich darajadan mavzulashtirilgan testsiz o‘zlashtirishning imkoni yo‘q, deb hisoblayman.

Shu sabab o‘quvchilarim “zo‘r, kechagi ehtimoliylardan ko‘p savol tushdi” deb yozganida, “hali xulosa qilishga shoshilmang”, deb ko‘p yozdim. Natija oxirdagi harakatga bog‘liq, degan xayol – xato. Boshidayam, o‘rtasidayam, oxiridayam sifatli materiallar bilan tizimli o‘qish kerak.

Kursimga kirmoqchi bo‘lganlar shuni oldindan bilib kirsin: bu yerda har bir kitob bo‘yicha minglab testlar ishlanadi. Bu yo‘l oson emas, lekin real natija faqat shu yo‘l bilan keladi.

Men har bir kitob bo‘yicha 2000+ test tuzaman, har bir ma’lumotni tahlil qilib tuzaman. AYNAN SHUNING UCHUN HAM menga natija qildirish uchun ortiqcha narsalar umuman kerak emas.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯6140👏13👍12🔥7👎3😎3
Birinchi kuni tushgan savolning ikkinchi kuni ham tushishi bilan mening kanalim o‘rtasida qanday bog‘liqlik bo‘lishi mumkin, rostini aytsam, hayronman.

Vijdonim toza. Hech kimdan pul olganim ham, berganim ham yo‘q. Buni o‘quvchilarim juda yaxshi biladi. Qariyb 10 yillik faoliyatim davomida o‘quv kursi to‘lovidan tashqari bir so‘m ham ortiqcha talab qilmaganman.

“Kimdir” shunchaki nimagadir chidolmayapti, xolos. Agar kimdir “sir” qidirayotgan bo‘lsa, o‘quv kursimga kirib ko‘rsin: test qanday tuzilishini, savol qanday pishitilishini amalda ko‘radi, o‘rgataman.

Yoki o‘zi birgina darslik bo‘yicha 2000 ta talabga javob beradigan test tuzib ko‘rsin. Shunda bu ishning ortida “mo‘jiza” emas, faqat mehnat va shuning ortidan yig‘ilgan tajriba borligini tushunardi.
77👍23🔥18👀2👏1👌1💯1
So‘nggi 5 ta imtihonda eng yuqori natijalar Jalol BOLTAYEV kursida

📌 E’tibor bering! So‘nggi 5 ta imtihonda eng yuqori natijalar aynan Jalol BOLTAYEV kursida qayd etildi. Kurs doirasida eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchilarga noutbuk berilishi ham va’da qilingan. Yaqinda YANGI NOUTBUK keladi!

12-oktyabr – REKORD (“Milliy sertifikat”) – Durdona (11-sinf, samarqandlik) – 83,87 ball (A+)

1-dekabr – REKORD (“Milliy sertifikat”) – Oyjamol (10-sinf, andijonlik) – 85,21 ball (A+) – birinchi urinish

22-fevral – REKORD (“Milliy sertifikat”) – Sevinch (10-sinf, xorazmlik) – 87,22 ball (A+) – birinchi urinish

23, 24-may – TOP (“Milliy sertifikat”) – Dildora Jumaniyozova (xorazmlik, o‘qituvchi, repetitor emas) – 90,00 ball (A+) – birinchi urinish

5, 6-dekabr – TOP (“Milliy sertifikat”) – Saboxat Atamuradova (xorazmlik, o‘qituvchi, repetitor emas) – 90,21 ball (A+) – birinchi urinish

Bu natijalar xamir uchidan patir. So‘nggi “MS” imtihonidagi 3 ta 90+ natija, olimpiadada eng yuqori natijalar, 189 ballar qaysi kursda ekanligini bilasiz-a? :)

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4819💯15👍7😁1
Forwarded from Diyora Madrahimova
Ustoz tog'risini aytaman dekabr oyidagi tashlagan 13 ta savolizdan 9 tasi tushganda o'ylanib qolgandim qande qilib 9 ta tahmin tog'ri chiqishi mumkin dib keyin turbo guruhizda qatnashdim hicham shubham qolamdi dars materiallarini sifatini sizni tizimingizni ko'rib ishonmayotganlar ham bir martda kursizda qatnashib ko'rsin keyin ko'ramiz ..😁
60💯18🔥9👍7🤝3😍1
Bugungi imtihonlar qalay bo‘ldi? Savollar qanday?
33🔥9👍1
Yomon gap bo‘ldi-yu 😁

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁14626💯16🔥12👎9🤝1
400 ming so‘m evaziga aprelgacha o‘qiysiz!

Kurs bo‘yicha @jalolboltayev_kurs'ga yozing. Hozirda 2 ta guruhim mavjud. Biri 7-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2022) darsligini, yana biri 8-sinf “O‘zbekiston tarixi” darsligini o‘qimoqda.

• Oylik to‘lov: 200 ming so‘m
• Oldindan to‘liq to‘lov: 400 ming so‘m (5-aprelgacha to‘lov qilinmaydi)
• Karta: 9860010133910371

Kartaga to‘lovni o‘tkazib, chekni @JalolBOLTAYEV_kurs'ga yuboring. Sizni guruhga qo‘shib qo‘yaman.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
26👍18🔥2👏1
Quddus qirolligining birinchi hukmdori kim? Gotfrid Bulonskiy.

Kanalda bepul turgan “ehtimoliy qo‘llanma”. E’tibor bersangiz, Gotfrid so‘zi boshqalardan ajralib turibdi (qalinlashtirib qo‘yganman). Ya’ni aynan shu savolni tushishini DTM testlarini tahlil qilgan holda anglay olganman. Xullas, 1000 $ sarflash shartmas :)

200 ming so‘mlik kursga kiring. Boshidayam, oxiridayam siz uchun eng yaxshisini ulashamiz.
50👍9💯6🔥5👏1
“Ehtimoliy qo‘llanma”lar sirasiga kiradigan “Arab xalifalari” qo‘llanmasini BEJIZ joylamagandim :)

Bu savol kecha tushibdi.


G‘urak qo‘zg‘olonini shafqatsizlarcha bostirgan Xuroson noibi kim edi? Said Xaroshiy

(c) Jalol BOLTAYEV

P. S. Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q deb bejiz aytishmagan :)

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
35👍15👌3🔥2👏1
Do‘stlar, kurs bo‘yicha @jalolboltayev_kurs'ga yozsangiz, tezroq javob olasiz. Qabul davom etmoqda.
23👍10
Tanlang!

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁8627💯7👀7👍5👎3🔥2🏆1
Otdan tushsayam egardan tushmaydi. O‘zbek xalq maqoli

O‘zbek xalq maqollari jamlangan kitob bo‘lsa, tavsiya etinglar. O‘qib chiqmoqchi edim
:)
36👍10👀5😁4🔥2
Hurmatli do‘stlar, anonim botimga ko‘plab xabarlar kelyapti. Ularning ta’kidlashicha, o‘qituvchilardan kimdir katta pul yig‘ib olgan. Kanallardagi ehtimoliylarni yig‘ib, o‘z o‘quvchilariga katta summaga sotgan. Juda ko‘p o‘qituvchilar aldanib qolgan. Ularning noroziligi shundaki, kanallarda bepul tarzda ulashilgan materiallar “nimadir” deb turib, 1000 $ ga, 6 mln so‘mga sotilgan. Ayrim o‘qituvchilarning aytishicha, bu pullarni kimdandir qarz olib bergan.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯37👀1915🔥7😁1👌1
Yana bir bor ta’kidlayman: men kanalga, guruhlarimga joylagan savollar 100 % o‘zim tuzgan testlardir. Bu testlarni, aytaylik, boshqa kimdir (masalan, DTMdagilar) tuzgan bo‘lishi ham mumkin.

Hatto “Kundalik-optimal”larimda ham turibdi aksariyati.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4116👏10💯10🔥8🏆1
🔥3713💯12👍9
🔥2812👍3👌1