𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
19.7K subscribers
1.27K photos
166 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
#EHTIMOLIY

1973-yilgi Arab–Isroil urushi Yaqin Sharqda keskin vaziyatni yuzaga keltirdi. Urushdan so‘ng mintaqada barqarorlikni tiklash maqsadida AQSH vositachiligida Isroil va Misr o‘rtasida muzokaralar olib borildi. Natijada tinchlik jarayoniga yo‘l ochildi.

a) ushbu urush yakunida Isroil va Misr o‘rtasida tinchlikka asos bo‘lgan qaysi hujjat imzolandi? Kemp-Devid shartnomasi

b) mazkur kelishuvlarning imzolanishida qaysi AQSH prezidenti asosiy vositachi bo‘lgan?
Jimmi Karter

(c) Jalol BOLTAYEV


👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22🔥4👍1
Ustoz siz qanday qilib testlarni aniq aytyapsiz. Siz aytganez 💯 tushyapti ham. Hazil qilmasdan izoh berolasizmi. Shunchaki qiziqdim muxlis sifatida:)

Hozir aytaman
28👀3🔥1
Mana, sun’iy intellektlar sifatli (valid) test tuza olmaydi. Biroq yordam bera oladi (ma’lumotlarni tekshirish, topish). Ayniqsa, pullik varianti.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁3814🔥7👍2
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Mana, sun’iy intellektlar sifatli (valid) test tuza olmaydi. Biroq yordam bera oladi (ma’lumotlarni tekshirish, topish). Ayniqsa, pullik varianti. 👉 @TESTLIDER
Lekin yodda qo‘ying. Sun’iy intellekt hali “TESTOLOG” darajasiga chiqmagan. Sun’iy intellekt sifatli, valid test tuza olmaydi (faqatgina sun’iy intellekt orqali tuzilgan testlar rasvo bo‘ladi). Birinchi navbatda o‘sha mantiqni o‘ylash kerak, jumlalarni to‘g‘rilash kerak.
27👍6🔥5💯3
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV pinned «Kurs bo‘yicha @jalolboltayev_kurs'ga yozing. Hozirda 2 ta guruhim mavjud. Biri 7-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2022) darsligini, yana biri 8-sinf “O‘zbekiston tarixi” darsligini o‘qimoqda. • Oylik to‘lov: 200 ming so‘m • Oldindan to‘liq to‘lov: 420 ming so‘m…»
Men test tuzganimda hech bir ma’lumot qolib ketmaydi

“Satel­lit” atamasi siyosiy ma’noda mustaqil ko‘ringan, biroq amalda kuchli bir davlatga qaram bo‘lgan mamlakatni anglatadi. Lug‘aviy jihatdan “hamroh, yo‘ldosh” degani. Bu xarita 10-sinf “Jahon tarixi” (2022) darsligining 16-mavzusida berilgan.

SSSRga qaram bo‘lgan satellit davlatlar – Polsha, Chexoslavkiya, Ruminiya, Bolgariya, Sharqiy Germaniya.

Yugoslaviya 1948-yilda SSSR bilan siyosiy aloqalarni uzdi. Bunga Iosip Broz Tito bilan Stalin o‘rtasidagi kelishmovchilik sabab bo‘ldi. Bu tarixga “Tito-Stalin ajralishi” deb kirgan. O‘sha davrda hali Varshava shartnomasi ham, O‘IYK ham tuzilmagan, Sharqiy blok to‘liq shakllanib ulgurmagan edi.

1960-yillarga kelib esa vaziyat mutlaqo boshqacha tus oldi. Bu davrga kelib Sharqiy blok allaqachon shakllangan, Varshava shartnomasi va iqtisodiy ittifoqlar faol ishlayotgan edi. Aynan shunday sharoitda Albaniya Sharqiy blokni tark etdi va Varshava shartnomasi tashkilotidan chiqib ketdi.

Xitoy rasmiy jihatdan Sharqiy blok tarkibiga kirmagan bo‘lsa-da, uzoq vaqt SSSR bilan yaqin ittifoqchi bo‘lib kelgan. Biroq 1960-yillarga kelib Xitoy SSSR bilan aloqalarni uzadi.

Bu uzilishning mafkuraviy sababi 1956-yilda o‘tgan KPSSning XX syezdi bilan bog‘liq edi. Unda Stalinning shaxsga sig‘inish siyosati tanqid qilingan. Mao Szedun boshchiligidagi Xitoy rahbariyati esa bu yo‘lni kommunizmdan chekinish deb baholab, SSSR bilan uzoqlasha boshladi.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
36🔥15💯8👍7
Opportunist – vaziyatdan faqat o‘z foydasini ko‘zlab, prinsip va axloqiy me’yorlarni chetga surib foydalanadigan odam.

Opportunist odam odatda pozitsiyaga va prinsiplarga ega bo‘lmaydi, vaziyatga qarab pozitsiyasini o‘zgartirib yuboraveradi.

Soddaroq aytganda, opportunist – o‘z manfaatini ko‘zlab harakat qiladigan, har qanday vaziyatdan foydalanishga, “qahramon” yoki “shiringina qo‘zichoq” bo‘lib chiqib ketishga urinadigan kishi.

@TESTLIDER
39💯20😁19👀4🔥2
“X-variant” mavzusi ketma-ket ikki bor odamlarni vahimaga soldi. Bu holat nafaqat o‘quvchilarga, repetitorlar ishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, test tuzib ishlaydigan ustozlar uchun bu jiddiy to‘siqqa aylanadi. Chunki ong ostida “kimdir faqat x-variantni yodlab (yodlattirib) 80+ qilib qo‘ya qolsa, men shuncha mehnat qilib tuzgan testlar qayerga ketadi?” degan savol paydo bo‘ladi. Hozir aynan shunday o‘y-fikr meni ham bezovta qilmoqda.
💯12325🔥25👎10
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍43
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥7👏2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥83
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥76
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14🔥3
Yopiq guruhimga oxirida 20 ga yaqin odam to‘lov qilib qo‘shildi. Ular natija qilsa ham, bu menga tegishli bo‘lmaydi, ya’ni ular mening o‘quvchim hisoblanmaydi. 20 kishi qo‘shilishi bilan qabulni to‘xtatdim. Guruhdagi qolganlar esa boshidan beri o‘qiyotgan o‘quvchilar. Ulardan hech qachon kurs to‘lovidan tashqari ortiqcha to‘lov olinmaydi.

Shundan so‘ng (20 ga yaqin odam qo‘shilgach) ehtimoliy savollarni ochiq manbaga – @TESTLIDER kanaliga joylay boshladim. “Ularning yarmi tushyapti-ku”, deysiz. Xo‘p, qolgan yarmi-chi?

Masalan, “Ramzey Makdonald” haqidagi savolni dekabrdagi imtihondan bir kun oldin kanalda e’lon qilgan edim. Aslida bu ma’lumot yopiq guruhlarimda o‘sha mavzuga kelganimizda doim o‘rgatiladi. YouTube’dagi diagnostik testlarimni ko‘rganlar ham biladi: “Ramzey Makdonald – Makdonald degan fastfud bor, shunaqa eslab qoling”, deb mnemonik usulda o‘rgatib ketganman.

Natija hech qachon “oxirgi hafta”ga bog‘liq bo‘lmagan. Natija – tizimli o‘zlashtirish mahsuli. Aynan shuning uchun har bir darslik bo‘yicha 2000+ test tuzaman. Chunki mavzulashtirilgan testlarsiz “oldin o‘qilmagan” kitobni chuqur o‘zlashtirish deyarli imkonsiz.

Kim nima desa ham, yuqoridagi savollar – O‘ZIM TUZGAN SAVOLLAR. Albatta, yana kimdir ham shunga o‘xshash savol tuzgan bo‘lishi mumkin (aytaylik, DTMdagilar). Lekin men haqimda “nimaningdir ortidan soqqa qildi”, deb o‘ylayotganlar qattiq adashadi. Ochig‘ini aytsam, shu paytgacha menga kimdir 1000 dollar tutqazgan emas. Va shunisi aniqki, men shu paytgacha hech qachon “tushirib beraman”, “bir kunda natija qildiraman” degan va’dalar bilan bir so‘m topmaganman. Qariyb o‘n yillik repetitorlik faoliyatim davomida kurs to‘lovidan tashqari bir tiyin ham talab qilmaganman.

Men odamlar orasida “oxirida natija qildirib beradigan repetitor” degan profil yaratishni istamayman. Chunki haqiqatan bunday qilolmayman. Faqatgina ehtimoliy savollarni yoki kurs oxiridagi diagnostik testlarni yodlab imtihonga kirib ko‘ring – qaysi darajaga yetishingizni o‘zingiz ko‘rasiz (va yaxshiroq o‘qish kerak ekan, deb kursga qayta kirasiz).

Men har bir kitob bo‘yicha kamida 2000+ ta test tuzaman. Oflaynda bu majburiy, onlaynda esa jiddiy tavsiya o‘laroq uyga vazifa sifatida beriladi. Onlaynda ham imkon qadar ishlattirishga harakat qilaman: o‘quvchini “majburlayman”, o‘qituvchini esa sharoitini (oila, maktab) inobatga olib “tavsiya” qilaman. Aksariyat ishlaydi, ayrim o‘qituvchilar “Forms test” yoki “Quiz test” bilan cheklanadi. Lekin men testsiz natija qildira olmayman. Ayniqsa, boshlang‘ich darajadan mavzulashtirilgan testsiz o‘zlashtirishning imkoni yo‘q, deb hisoblayman.

Shu sabab o‘quvchilarim “zo‘r, kechagi ehtimoliylardan ko‘p savol tushdi” deb yozganida, “hali xulosa qilishga shoshilmang”, deb ko‘p yozdim. Natija oxirdagi harakatga bog‘liq, degan xayol – xato. Boshidayam, o‘rtasidayam, oxiridayam sifatli materiallar bilan tizimli o‘qish kerak.

Kursimga kirmoqchi bo‘lganlar shuni oldindan bilib kirsin: bu yerda har bir kitob bo‘yicha minglab testlar ishlanadi. Bu yo‘l oson emas, lekin real natija faqat shu yo‘l bilan keladi.

Men har bir kitob bo‘yicha 2000+ test tuzaman, har bir ma’lumotni tahlil qilib tuzaman. AYNAN SHUNING UCHUN HAM menga natija qildirish uchun ortiqcha narsalar umuman kerak emas.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯6140👏13👍12🔥7👎3😎3
Birinchi kuni tushgan savolning ikkinchi kuni ham tushishi bilan mening kanalim o‘rtasida qanday bog‘liqlik bo‘lishi mumkin, rostini aytsam, hayronman.

Vijdonim toza. Hech kimdan pul olganim ham, berganim ham yo‘q. Buni o‘quvchilarim juda yaxshi biladi. Qariyb 10 yillik faoliyatim davomida o‘quv kursi to‘lovidan tashqari bir so‘m ham ortiqcha talab qilmaganman.

“Kimdir” shunchaki nimagadir chidolmayapti, xolos. Agar kimdir “sir” qidirayotgan bo‘lsa, o‘quv kursimga kirib ko‘rsin: test qanday tuzilishini, savol qanday pishitilishini amalda ko‘radi, o‘rgataman.

Yoki o‘zi birgina darslik bo‘yicha 2000 ta talabga javob beradigan test tuzib ko‘rsin. Shunda bu ishning ortida “mo‘jiza” emas, faqat mehnat va shuning ortidan yig‘ilgan tajriba borligini tushunardi.
77👍23🔥18👀2👏1👌1💯1
So‘nggi 5 ta imtihonda eng yuqori natijalar Jalol BOLTAYEV kursida

📌 E’tibor bering! So‘nggi 5 ta imtihonda eng yuqori natijalar aynan Jalol BOLTAYEV kursida qayd etildi. Kurs doirasida eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchilarga noutbuk berilishi ham va’da qilingan. Yaqinda YANGI NOUTBUK keladi!

12-oktyabr – REKORD (“Milliy sertifikat”) – Durdona (11-sinf, samarqandlik) – 83,87 ball (A+)

1-dekabr – REKORD (“Milliy sertifikat”) – Oyjamol (10-sinf, andijonlik) – 85,21 ball (A+) – birinchi urinish

22-fevral – REKORD (“Milliy sertifikat”) – Sevinch (10-sinf, xorazmlik) – 87,22 ball (A+) – birinchi urinish

23, 24-may – TOP (“Milliy sertifikat”) – Dildora Jumaniyozova (xorazmlik, o‘qituvchi, repetitor emas) – 90,00 ball (A+) – birinchi urinish

5, 6-dekabr – TOP (“Milliy sertifikat”) – Saboxat Atamuradova (xorazmlik, o‘qituvchi, repetitor emas) – 90,21 ball (A+) – birinchi urinish

Bu natijalar xamir uchidan patir. So‘nggi “MS” imtihonidagi 3 ta 90+ natija, olimpiadada eng yuqori natijalar, 189 ballar qaysi kursda ekanligini bilasiz-a? :)

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4819💯15👍7😁1
Forwarded from Diyora Madrahimova
Ustoz tog'risini aytaman dekabr oyidagi tashlagan 13 ta savolizdan 9 tasi tushganda o'ylanib qolgandim qande qilib 9 ta tahmin tog'ri chiqishi mumkin dib keyin turbo guruhizda qatnashdim hicham shubham qolamdi dars materiallarini sifatini sizni tizimingizni ko'rib ishonmayotganlar ham bir martda kursizda qatnashib ko'rsin keyin ko'ramiz ..😁
60💯18🔥9👍7🤝3😍1
Bugungi imtihonlar qalay bo‘ldi? Savollar qanday?
33🔥9👍1