𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
19.6K subscribers
1.26K photos
165 videos
418 files
1.36K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
KIM OLADIYO SHUGINANIYO?

Bahorgi guruhlarimda “ALOHIDA REJIM” deb nomlangan maxsus bo‘lim borligini, unda asosiy dars jadvalidan tashqari qo‘shimcha topshiriqlar berilishini avvalroq ham aytgan edim.

Bu topshiriqlarni 1) yuqori natija ko‘rsatishni xohlovchilar, 2) noutbuk yutib olishni istaydiganlar, 3) o‘ziga juda katta ishonch bilan imtihonga kirishni ko‘zlaganlar bajarishi kerak.

“Alohida rejim” topshiriqlarini to‘liq bajarganlar uchun jami 3 000 000 so‘m pul mukofoti belgilangan.

Ya’ni, alohida rejimdagi vazifalarni belgilangan muddatda to‘liq yakunlaganlar o‘rtasida ushbu 3 mln so‘m taqsimlanadi. Masalan, agar 6 nafar o‘quvchi barcha topshiriqlarni bajarsa, har biriga 500 ming so‘mdan o‘sha kunning o‘zida kartasiga o‘tkazib beraman.

Kursimda o‘z ustida jiddiy ishlagan odamning mehnati e’tiborsiz qolmaydi. Yakunda esa noutbuk ham yutib olishingiz mumkin. Pul ko‘p, bosingiz shuning uchun :)

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
54🔥28👍15
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Photo
Bugun “Bahorgi 2-guruh”da darslar BOSHLANADI! Qo‘shilishingiz mumkin!
👏2418👍9🔥6🏆2
“Bahorgi 2-guruh”da dars boshlanishiga 1 soat qoldi. @jalolboltayev_kurs’ga yozing.
18🔥8👍7
Bu yerda ayniqsa “Ehtimoliy qo‘llanma” (10 o‘zbek) degani muhim. Har imtihonda 4–5 savol shu qo‘llanmadan tushyapti, atigi 200+ ma’lumotdan iborat. Aytish mendan...

@TESTLIDER
67🔥17👍8
Forwarded from Ирода_
Ustoz bu safar ham ehtimoliy savollar tashlang
😁5926🔥10💯10👍5🙏5
O‘tgan gal imtihondan oldin 13–14 tacha savol joylagan edim. Shundan 9 tasi to‘g‘ri kelgan edi. Lekin bu keyinchalik o‘zimga ortiqcha boshogʻrig‘i bo‘ldi, ba’zi odamlar notoʻgʻri tushundi shekilli.

Aslida o‘tgan gal shunchaki linklab ro‘yxat qilgandim. Har doim aytaman: o‘qing degan narsamni shunchaki o‘qing, piar qilish unchalik qo‘limdan kelmaydi. Lekin materiallarim muhim, sifatli. Shularning o‘zi ehtimoliy.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1122😁35👍24🙏22🔥9💯2
🎲OʻzSSRdagi rahbarlik lavozimlari (1-qism). Ehtimoliy
@TESTLIDER kanali asoschisi, testolog Jalol Boltayev testi
🖊 50 ta savol · 30 soniya
12🔥2
O‘zbekiston SSR rahbarlari bilan bog‘liq savollar har doim tushib kelmoqda. Yuqoridagi quizni ishlash shart!

Quizni ishlashdan oldin mana bu qo‘llanmani yod oling. Shuningdek, quyidagi maqolani ham o‘qib qo‘yish kerak.

“OʻzSSR XKS, OʻzSSR MIQ, Ministrlar Soveti, Oliy Sovet Prezidiumi, Oliy Sovet... Chalkashib ketyapsizmi?”

Demak:
Qo‘llanma
Quiz
Qo‘shimcha ma’lumot

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2216👍2
Sulolalar (Arab xalifaligi).pdf
4.6 MB
#Milliy_sertifikat #muhim

Qo‘llanma: “SULOLALAR”
Mavzu: “Arab xalifaligi”
Muallif: Jalol BOLTAYEV


❗️O‘tgan gal «Mahmud Qo‘shg‘ariy “Devoni lug‘otit-turk” asarini qaysi xalifaga bag‘ishlagan?” degan savolni mana shu qo‘llanmam asosida tuzgan edim. Bunday savol imtihonda tushishini hech kim kutmagandi! Biroq tushdi :)

Chunki tarix darsliklarida bu ma’lumotga hatto ishora qiluvchi bironta ma’lumot ham mavjud emas (adabiyot darsligida bor). Biroq mavzu shunaqa chuqur tahlil qilinsa, bunday ma’lumotlar ochilishi mumkin bo‘ladi.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
39👍17🔥16💯4
Xorazmlik o‘qituvchilarni oflayn kurslarga taklif etaman. Mart oyida sertifikat olishi KAFOLATLANADI. Ololmasa, to‘lov 100 % qaytariladi.

• Manzil: Urganch sh., “Arastu” o‘quv markazi, 3-qavat, 3-xona
• Mo‘ljal: “Data” ta’lim stansiyasi ro‘parasi
Geolokatsiya

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
43🔥18👍8🏆7
706-yilda Damashq shahrida islom olamidagi birinchi shifoxonaga asos solgan xalifani aniqlang.

(c) @TESTLIDER – Jalol BOLTAYEV
Anonymous Quiz
32%
A) Abdumalik ibn Marvon
31%
B) al-Volid
29%
C) Umar ibn Abdulaziz
8%
D) Yazid I
🔥229👍4
DIQQAT, Bugun @TESTLIDER kanalida «SULOLALAR» (ARAB XALIFALIGI) qo‘llanmasi asosida «MAXSUS DARS» bo‘lib o‘tadi. Imtihondan so‘ng “EX, @TESTLIDER’ni qaramabman, deb o‘tirmang.

Dars shakli:
Qo‘llanma o‘qiladi.
“Savol-javob” bo‘ladi.
Quiz test ishlanadi.
18:00 da boshlanadi.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3620🔥7💯2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏43😁3211👍4🔥4🏆1👀1
36. XIV asr o‘rtalarida Sharqda boshlangan dahshatli vabo epidemiyasi savdo yo‘llari orqali G‘arbga keng yoyildi va qisqa vaqt ichida Yevropani ham qamrab oldi. Yevropada “Qora o‘lim” nomi bilan tanilgan bu ofat qit’a aholisining 30–40 foizini hayotdan olib ketdi.

a) Chig‘atoy xonligining qaysi hukmdori bu ofatning sababini g‘ayridinlarning turmush tarzi deb hisoblab, vabodan ularga qarshi kurashda qurol sifatida foydalangan va ko‘plab buddaviy hamda nasroniy ruhoniylarni quvg‘in qilgan?
Javob:
Ali Sulton

b) bu epidemiya tarqalgan davrda Angliyada qaysi sulola hukm surgan?
Javob:
plantagenetlar

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆3519🔥9👍2
Dekabrda bo‘lib o‘tgan “Milliy sertifikat” imtihonida 4 ta variantda ham “YANGI TIP”dagi savol qo‘llandi. U savolni juda ko‘pchilik xato qilib chiqqan. O‘sha savolni ishlash bo‘yicha yo‘riqnoma quyida berilgan.

Ushbu tipdagi testlarning aslida 3 xil shakli bor. Oldinroq bunday shaklda yozganim uchunmi, bilmadim, ko‘pchilik aynan shu qolipda tushgan, deb o‘ylab, shunaqa qolipda test tuzishyapti. Aslida imtihonda aynan (deyarli) 3-shakldagi kabi qo‘llangan (o‘zimga 1 va 2-shakllar yoqadi).

1-SHAKL
Quyidagi variantlardan qay birida tarixiy hukm TO‘G‘RI baholangan?

+A) Jalol Boltayev xorazmlik – to’g‘ri
B) Jalol Boltayev 35 yosh – to‘g‘ri
C) Jalol Boltayev repetitor – noto‘g‘ri
D) Jalol Boltayev “Arastu”da ishlaydi – noto‘g‘ri

Yoki bunday holatlarda to‘g‘ri xulosa (to‘g‘ri baholangan) bo‘ladi va shu javobni tanlashimiz kerak.
+A) Jalol Boltayev samarqandlik – noto‘g‘ri
B) Jalol Boltayev 35 yosh – noto‘g‘ri
C) Jalol Boltayev repetitor – to‘g‘ri
D) Jalol Boltayev “Arastu”da ishlaydi – to‘g‘ri

2-SHAKL
Quyidagi variantlardan qay birida tarixiy hukm NOTO‘G‘RI baholangan?

+A) Jalol Boltayev xorazmlik – noto’g‘ri
B) Jalol Boltayev 35 yosh – noto‘g‘ri
C) Jalol Boltayev repetitor – to‘g‘ri
D) Jalol Boltayev “Arastu”da ishlaydi – to‘g‘ri

Yoki bunday holatlarda noto‘g‘ri xulosa (noto‘g‘ri baholangan) bo‘ladi va shu javobni tanlashimiz kerak.
+A) Jalol Boltayev samarqandlik – to‘g‘ri
B) Jalol Boltayev 35 yosh – to‘g‘ri
C) Jalol Boltayev repetitor – noto‘g‘ri
D) Jalol Boltayev “Arastu”da ishlaydi – noto‘g‘ri

3-SHAKL
⚠️ “Milliy sertifikat” imtihonida AYNAN shunday shaklda tushgan.
Quyida berilgan ma’lumotga mos yakuniy xulosa (to‘g‘ri/noto‘g‘ri) keltirilgan javobni toping.

+A) Jalol Boltayev xorazmlik – to‘g‘ri
B) Jalol Boltayev 35 yosh – to‘g‘ri
C) Jalol Boltayev repetitor – noto‘g‘ri
D) Jalol Boltayev “Arastu”da ishlaydi – noto‘g‘ri

A) Jalol Boltayev 35 yosh – noto‘g‘ri
+B) Jalol Boltayev xorazmlik – noto’g‘ri
C) Jalol Boltayev oshpaz – to‘g‘ri
D) Jalol Boltayev “Erudit”da ishlaydi – to‘g‘ri

Yoki bunday holatlarda yakuniy xulosa – to‘g‘ri bo‘lsin, noto‘g‘ri bo‘lsin – mos ravishda qo‘yilgan bo‘ladi va shu javobni tanlashimiz kerak.
+A) Jalol Boltayev “Arastu”da ishlaydi – to‘g‘ri
+A) Jalol Boltayev repetitor – to‘g‘ri
+A) Jalol Boltayev 27 yosh – to‘g‘ri
+A) Jalol Boltayev xorazmlik – to‘g‘ri

+A) Jalol Boltayev “Erudit”da ishlaydi – noto‘g‘ri
+A) Jalol Boltayev oshpaz – noto‘g‘ri
+A) Jalol Boltayev 35 yosh – noto‘g‘ri
+A) Jalol Boltayev samarqandlik – noto‘g‘ri

(c) Jalol BOLTAYEV – repetitor, testolog

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
59😁22👏14🔥5👍4👎4👌1😎1
18⁰⁰ da bugun dars borligini esdan chiqarmang!

Yangi qolipdagi testni ishlashni ham batafsil tushuntiraman.

https://t.me/TESTLIDER/6442
35👍10🔥9🤝8💯4