𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
19.5K subscribers
1.26K photos
165 videos
418 files
1.36K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
Ma’lum sabablarga ko‘ra, Respublika ta’lim markaziga shaxsan o‘zim, hammamizniki bo‘lgan Konstitutsiyada belgilangan murojaat qilish huquqimdan foydalangan holda murojaat yo‘llayapman. Amaldagi tartibga muvofiq, mazkur murojaatga 15 kun muddatda rasmiy javob berilishi lozim.

Murojaat matni bilan tanishib chiqishingizni so‘rayman. Respublika ta’lim markazining ushbu murojaat yuzasidan beradigan rasmiy javobi ochiq tarzda yoritib boriladi. Shuningdek, boshqa tarixiy yo‘nalishdagi sahifa va kanallar ham bu jarayonlarni, RTMning javobini jamoatchilikka yetkazishda o‘z hissasini qo‘shishi ZARUR, deb hisoblayman.

BATAFSIL:
https://telegra.ph/RTMga-murojaat-01-09

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3317💯6🏆3👍2🤝2
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZIDA HAMMA TIRIKMI?

To‘g‘ri, 7-sinf “Jahon tarixi” (2022) darsligining mualliflaridan biri, ustoz Tursunboy Salimov vafot etgan. Biroq qolgan mualliflar – Laziz Nasrullayev, Nurhayot Hakimov, Sanjar Kushbekov, Bahodir Mahmudboyev tirik (menimcha).

O‘ylashimcha, agar ustoz Tursunboy Salimov hayot bo‘lganlarida shartta chiqib, konkret gapni aytgan bo‘lar edilar. U kishi shunaqa mard inson edi.

Hozir Respublika ta’lim markazidan hech qanday sudga bog‘lamagan holda rasmiy javob so‘rayapman. Hatto mualliflarning barchasi hayot bo‘lmagan taqdirda ham, RTM mutaxassislarni yig‘ib, ilmiy javob berishi kerak. Chunki darslikning o‘zida mualliflik belgisi (©) aynan RTMga nisbatan qo‘yilgan.

Yoki nomida “ta’lim” so‘zi bo‘lgan bu tashkilot o‘zi chiqargan kitob bo‘yicha ilmiy xulosa berish imkoniyatiga ega emasmi? Bu tashkilotda tarixchilar yo‘qmi? Bu tashkilotda olimlar yo‘qmi?

Biz Baholash markaziga qanchadan qancha manba ko‘rsatdik, mantiqiy asosladik. Ammo baribir ishonishmayapti: go‘yoki Yustiniandan so‘ng Ispaniyani vestgotlar emas, langobardlar tortib olgan emish, buni “germaniyalik professor” tasdiqlagan emish (biroq qaysi professor, qaysi asarida, nechanchi betida – hammasi noma’lum. Bizga ko‘rsatilmadi). Mayli, murojaatda aytilganidek, sud o‘z yo‘liga.

Lekin menda hozir bitta oddiy savol bor: men ertaga maktabda bolalarga nimani o‘rgatay, RTM? Langobardlarnimi, vestgotlarnimi? Shuni aniq ayting.

(c) Jalol BOLTAYEV

Biriktirilgan rasmning postga aloqasi yo‘q. Telegramda postga rasm joylashtirish imkoni ishlayaptimi-yo‘qmi, sinab ko‘ryapman.

👉 @TESTLIDER
😁5125🔥21👍11💯10👀2👎1
Shunday yuksak natijalarga shunday chiroyli dizayn qildim :)

Bahorda, Xudo xohlasa, yanada yaxshi natijalarni yanada chiroyliroq dizayn qilamiz! Yaxshi o‘qing.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
139👍17🔥11🏆3👏1😍1
Dars jadvali (3 oylik).pdf
1.3 MB
Yangi – “Bahorgi 2-guruh”ning DARS JADVALI. Dars ertadan boshlanadi!

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14🔥12👍3🤝2🏆1
⚡️“2-BAHORGI GURUH”ning DARS JADVALI!

Haqiqatan sifatli materiallar va tizimli kurs kerak bo‘lsa, tezroq qo‘shilib oling! Darslar ertaga boshlanadi.


Kurs narxi:
• Oylik: 200 ming so‘m (yanvar, fevral, mart oyi uchun to‘lanadi)
• To‘liq to‘lov: 420 ming so‘m (5-aprelgacha to‘lov qilinmaydi)

Karta: 9860010133910371

To‘lovni amalga oshirib, chekni @JalolBoltayev_kurs'ga yuboring. Men sizni guruhga qo‘shib qo‘yaman.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
46🔥6😍3👍2👌1
MUHIM!

• Guruhga kimlar qo‘shilishi mumkin?
00:00
• Eski darsliklar o‘qilmaydimi, imtihonda ulardan endi umuman savol tushmaydimi?
00:24
• Pedagogik mahorat bo‘yicha darslar bo‘ladimi?
01:25
• Kursga qo‘shilish uchun nima qilish kerak? 03:09

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
38🔥10👍3👏1🏆1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
@jalolboltayev_testbot_200-test_25-12-30 21-05-12.pdf
Bu yerda kitob yutib olgan obunachilarimizga dushanba va seshanba kunlari chiqarib yuboriladi. Xavotir olmang.
🔥3012😍6👍1😁1👀1
KIM OLADIYO SHUGINANIYO?

Bahorgi guruhlarimda “ALOHIDA REJIM” deb nomlangan maxsus bo‘lim borligini, unda asosiy dars jadvalidan tashqari qo‘shimcha topshiriqlar berilishini avvalroq ham aytgan edim.

Bu topshiriqlarni 1) yuqori natija ko‘rsatishni xohlovchilar, 2) noutbuk yutib olishni istaydiganlar, 3) o‘ziga juda katta ishonch bilan imtihonga kirishni ko‘zlaganlar bajarishi kerak.

“Alohida rejim” topshiriqlarini to‘liq bajarganlar uchun jami 3 000 000 so‘m pul mukofoti belgilangan.

Ya’ni, alohida rejimdagi vazifalarni belgilangan muddatda to‘liq yakunlaganlar o‘rtasida ushbu 3 mln so‘m taqsimlanadi. Masalan, agar 6 nafar o‘quvchi barcha topshiriqlarni bajarsa, har biriga 500 ming so‘mdan o‘sha kunning o‘zida kartasiga o‘tkazib beraman.

Kursimda o‘z ustida jiddiy ishlagan odamning mehnati e’tiborsiz qolmaydi. Yakunda esa noutbuk ham yutib olishingiz mumkin. Pul ko‘p, bosingiz shuning uchun :)

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
54🔥28👍15
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Photo
Bugun “Bahorgi 2-guruh”da darslar BOSHLANADI! Qo‘shilishingiz mumkin!
👏2418👍9🔥6🏆2
“Bahorgi 2-guruh”da dars boshlanishiga 1 soat qoldi. @jalolboltayev_kurs’ga yozing.
18🔥8👍7
Bu yerda ayniqsa “Ehtimoliy qo‘llanma” (10 o‘zbek) degani muhim. Har imtihonda 4–5 savol shu qo‘llanmadan tushyapti, atigi 200+ ma’lumotdan iborat. Aytish mendan...

@TESTLIDER
67🔥17👍8
Forwarded from Ирода_
Ustoz bu safar ham ehtimoliy savollar tashlang
😁5926🔥10💯10👍5🙏5