Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydimi?
“Vestgotlar ishi” hali yopilgani yo‘q. Apellyatsiya shikoyatida ancha muddat o‘tib ketgandan so‘ng “texnik kamchilik” topilib, rad etilgan bo‘lsa-da, advokat ushbu kamchilikni bartaraf etib, arizani qayta kiritdi. Biroq hozir gap bu jarayon haqida emas.
Biz test savollarini tuzgan tashkilot yakuniy javobgar ekanini juda yaxshi tushunamiz. Masalan, agar men o‘z kitobimda “Stalin Gitlerning kulini Vena daryosiga oqizib yuborgan” degan uydirma gapni yozsam va kimdir shu asosda test savoli tuzsa, bu o‘sha odamning ikki karra axmoqligi bo‘ladi. Yoki ovqatdan zaharlangan odam, birinchi navbatda, oshpazni javobgar qiladi. Oshpaz esa “bor, sotuvchini aybla, masalliq zaxarlanganini bilmagandim” deyishga haqli emas. Chunki masalliqlarni tekshirib ishlatish uning majburiyati. Ammo hozir gap hatto bu haqida ham emas.
Biz hatto xorijdagi tarix bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar va mutaxassislargacha murojaat qildik. Hatto ular javob bermoqda. Ayni paytda “ayrimlar” aybni RTMga to‘nkab, suvdan quruq chiqishga urinayotgan bir vaziyatda biz RTMning bevosita aybdor emasligini ham anglaymiz. Shunga qaramay, “ayrimlar” qo‘yarda qo‘ymayotganligi uchun RTMga ham advokatlik so‘rovi yuborilgan edi. Holbuki, RTMsiz ham bitta tarixiy haqiqat o‘zgarmaydi: Ispaniyani langobardlar emas, vestgotlar bosib olgan.
Xat 20-dekabr kuni yetib borgan. Bugun 8-yanvar. Oradan 18 kun o‘tdi. Qonunchilikka ko‘ra, advokatlik so‘roviga 15 kun ichida javob berilishi lozim. Agar masala qo‘shimcha o‘rganishni talab qilsa, muddat 1 oygacha uzaytirilishi mumkin. Biroq bu holatda murojaatchi, albatta, xabardor qilinishi shart.
Respublika ta’lim markazi esa hozircha “Jimjitlik” romanini o‘qimoqda.
(c) Jalol BOLTAYEV
👉 @TESTLIDER

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥58❤18👍18😁13💯5👏2😍2😎2
Advokatning aytishicha, u hozircha yana 15 kun kutib turmoqchi. Holbuki, agar masala qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan bo‘lsa, bu haqda advokat oldindan ogohlantirilishi SHART edi.
Agar ushbu 15 kun ichida ham javob kelmasa, qonunchilikda nazarda tutilgan muddat to‘liq tugagan hisoblanadi va advokat huquqiy choralar ko‘rish uchun tegishli idoralarga murojaat qiladi.
***
P. S. Aslida biz tarixiy haqiqatni inkor etgan, ma’lumotni tekshirmasdan test tuzgan, testologiyaning fundamental asoslarini rad etgan Baholash markaziga qarshimiz. Kurash siz bilan emas, hurmatli RTM.
Shuning uchun haqiqat tarafda turing. Biz sizga dushman emasmiz.
👉 @TESTLIDER
Agar ushbu 15 kun ichida ham javob kelmasa, qonunchilikda nazarda tutilgan muddat to‘liq tugagan hisoblanadi va advokat huquqiy choralar ko‘rish uchun tegishli idoralarga murojaat qiladi.
***
P. S. Aslida biz tarixiy haqiqatni inkor etgan, ma’lumotni tekshirmasdan test tuzgan, testologiyaning fundamental asoslarini rad etgan Baholash markaziga qarshimiz. Kurash siz bilan emas, hurmatli RTM.
Shuning uchun haqiqat tarafda turing. Biz sizga dushman emasmiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥35❤13💯8👍5
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydimi? “Vestgotlar ishi” hali yopilgani yo‘q. Apellyatsiya shikoyatida ancha muddat o‘tib ketgandan so‘ng “texnik kamchilik” topilib, rad etilgan bo‘lsa-da, advokat ushbu kamchilikni bartaraf etib, arizani qayta kiritdi.…
Mana shu postni kanali bor tarixchilar o‘z sahifalarida ulashsa, yaxshi bo‘lardi. Zero qanday mantiqsizliklar ketayotgani, o‘qituvchilarning huquqlari poymol qilinayotgani mas’ullarga yetib borsin.
Befarq bo‘lmang. Bu hammamizning masalamiz.

👍52❤20💯14🔥6👌2🤝2👏1😎1
7-sinf “Jahon tarixi” (2022) darsligidagi “NOMLI JANGLAR”
1. Puate jangi – Karl Martell
732-yil – Franklar qo‘shini Karl Martell boshchiligida umaviylar qo‘shinini mag‘lub etdi. Arablarning Yevropaga yurishlariga chek qo‘yildi.
2. Lex jangi – Otton I
955-yil – Germaniya qiroli, saksoniyaliklar sulolasi vakili Otton I vengrerlar ustidan g‘alaba qozondi. Vengerlarning tajovuziga chek qo‘yildi.
3. Gastings jangi – Vilgelm I vs Garold
1066-yil – normandiyaliklar Vilgelm I boshchiligida anglsaks ingliz qiroli Garold ustidan g‘alaba qozondi. Natijada Angliya normandlar tomonidan bosib olinib, yangi sulola hukmronligi o‘rnatildi.
4. Mansikert jangi – Alp Arslon vs Roman IV Diogen
1071-yil – Saljuqiylar sultoni Alp Arslon Vizantiya imperatori Roman IV Diogenni tor-mor etdi. Bu jang Anatoliyaning turklar tomonidan egallanishiga sabab bo‘ldi.
5. Antioxiya jangi — Kerbog‘a vs Bogemond I
1097-yil – saljuqiy sarkarda Kerbog‘a Antioxiyani salibchilardan qaytarib olishga urindi, biroq Bogemond I boshchiligidagi salibchilar g‘alaba qozondi. Natijada Antioxiya knyazligi tashkil topdi.
6. Lenyano jangi – Fridrix I Barbarossa
1176-yil – shtaufenlardan bo‘lgan Fridrix I qo‘shini italiyaliklardan mag‘lubiyatga uchraydi. Shimoliy Italiya shaharlariga erkinlik huquqini berishga va mustaqilligini tan olishga majbur bo‘ldi.
7. Ayn Jalut jangi – Sayfiddin Qutuz
1260-yil – Misr mamluklari Sayfiddin Qutuz boshchiligida mo‘g‘ullar qo‘shinini mag‘lub etdi. Bu g‘alaba mo‘g‘ullarning Yaqin Sharq va Afrikaga yurishlarini to‘xtatdi. Qutuz “Mo‘g‘ullar g‘olibi” degan nomga sazovor bo‘ldi.

👍57❤33🔥11👏5😎3💯1
Bahorgi 2-guruhda darslar ertaga “6 TARIX”dan boshlanadi! Kursga kirish uchun @JalolBOLTAYEV_kurs'ga yozing.
🔥22❤12👍9💯2👌1
SHUNCHAKI FAOLLIK EMAS, REAL NATIJA – MENING TANLOVIM
“Nega siz kam audiochat o‘tkazasiz?” – degan savol onda-sonda beriladi. Qisqacha javob shuki: men vaqtimni shunchaki faollik uchun emas, haqiqatan natija beradigan testlar va muhim qo‘llanmalar yaratishga sarflayman. Har bir darslik bo‘yicha 2000+ test tuzaman.
Test tuzmasam, ko‘p “pereslat” bo‘ladigan kichik qo‘llanmalar bilan cheklansam, nomi ulug‘, suprasi quruq materiallar yaratsam, albatta, har kuni audiochat ham o‘tkazardim. Va bu ko‘proq obunachi, ko‘proq o‘quvchi, ko‘proq pul degani.
Lekin mening asosiy maqsadim son emas. Maqsad – haqiqiy ilm talabidagi odamlarga aynan ularga kerak bo‘lgan, real foyda beradigan materialni yetkazish.
Har qanday sohada shunday: juda sifatli mahsulotdan ommaviy auditoriya emas, balki o‘sha sohaning eng intellektual, talabchan qatlami foydalanadi.
Haqiqatan qisqa muddatda natija qilish (1), rekord natija qilish (2) yoki “0”dan boshlab yuqori natijaga chiqish (3) uchun bunday materiallar havodek zarur, ularsiz iloji yo‘q.
Menda auditoriya va o‘quvchilar kamroq bo‘lishi mumkin, biroq bu – haqiqiy ilmtalab o‘quvchilar. Ketma-ket 5 marotaba eng yuqori natijalar qayd etilgani ham bu gaplarimni tasdiqlaydi.

❤56💯18🔥17👏7👍4😎3
Ma’lum sabablarga ko‘ra, Respublika ta’lim markaziga shaxsan o‘zim, hammamizniki bo‘lgan Konstitutsiyada belgilangan murojaat qilish huquqimdan foydalangan holda murojaat yo‘llayapman. Amaldagi tartibga muvofiq, mazkur murojaatga 15 kun muddatda rasmiy javob berilishi lozim.
Murojaat matni bilan tanishib chiqishingizni so‘rayman. Respublika ta’lim markazining ushbu murojaat yuzasidan beradigan rasmiy javobi ochiq tarzda yoritib boriladi. Shuningdek, boshqa tarixiy yo‘nalishdagi sahifa va kanallar ham bu jarayonlarni, RTMning javobini jamoatchilikka yetkazishda o‘z hissasini qo‘shishi ZARUR, deb hisoblayman.
BATAFSIL:
https://telegra.ph/RTMga-murojaat-01-09
👉 @TESTLIDER
Murojaat matni bilan tanishib chiqishingizni so‘rayman. Respublika ta’lim markazining ushbu murojaat yuzasidan beradigan rasmiy javobi ochiq tarzda yoritib boriladi. Shuningdek, boshqa tarixiy yo‘nalishdagi sahifa va kanallar ham bu jarayonlarni, RTMning javobini jamoatchilikka yetkazishda o‘z hissasini qo‘shishi ZARUR, deb hisoblayman.
BATAFSIL:
https://telegra.ph/RTMga-murojaat-01-09
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegraph
RTMga murojaat
Ma’lum sabablarga ko‘ra, Respublika ta’lim markaziga shaxsan o‘zim konstitutsion huquqimdan foydalangan holda murojaat yo‘llayapman, 15 kun ichida javob kelishi kerak. Murojaat matni bilan tanishing. RTMning mazkur murojaatga pozitsiyasini ham yoritib boraman.…
🔥33❤17💯6🏆3👍2🤝2
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZIDA HAMMA TIRIKMI?
To‘g‘ri, 7-sinf “Jahon tarixi” (2022) darsligining mualliflaridan biri, ustoz Tursunboy Salimov vafot etgan. Biroq qolgan mualliflar – Laziz Nasrullayev, Nurhayot Hakimov, Sanjar Kushbekov, Bahodir Mahmudboyev tirik (menimcha).
O‘ylashimcha, agar ustoz Tursunboy Salimov hayot bo‘lganlarida shartta chiqib, konkret gapni aytgan bo‘lar edilar. U kishi shunaqa mard inson edi.
Hozir Respublika ta’lim markazidan hech qanday sudga bog‘lamagan holda rasmiy javob so‘rayapman. Hatto mualliflarning barchasi hayot bo‘lmagan taqdirda ham, RTM mutaxassislarni yig‘ib, ilmiy javob berishi kerak. Chunki darslikning o‘zida mualliflik belgisi (©) aynan RTMga nisbatan qo‘yilgan.
Yoki nomida “ta’lim” so‘zi bo‘lgan bu tashkilot o‘zi chiqargan kitob bo‘yicha ilmiy xulosa berish imkoniyatiga ega emasmi? Bu tashkilotda tarixchilar yo‘qmi? Bu tashkilotda olimlar yo‘qmi?
Biz Baholash markaziga qanchadan qancha manba ko‘rsatdik, mantiqiy asosladik. Ammo baribir ishonishmayapti: go‘yoki Yustiniandan so‘ng Ispaniyani vestgotlar emas, langobardlar tortib olgan emish, buni “germaniyalik professor” tasdiqlagan emish (biroq qaysi professor, qaysi asarida, nechanchi betida – hammasi noma’lum. Bizga ko‘rsatilmadi). Mayli, murojaatda aytilganidek, sud o‘z yo‘liga.
Lekin menda hozir bitta oddiy savol bor: men ertaga maktabda bolalarga nimani o‘rgatay, RTM? Langobardlarnimi, vestgotlarnimi? Shuni aniq ayting.
(c) Jalol BOLTAYEV
Biriktirilgan rasmning postga aloqasi yo‘q. Telegramda postga rasm joylashtirish imkoni ishlayaptimi-yo‘qmi, sinab ko‘ryapman.

😁51❤25🔥21👍11💯10👀2👎1
Shunday yuksak natijalarga shunday chiroyli dizayn qildim :)
Bahorda, Xudo xohlasa, yanada yaxshi natijalarni yanada chiroyliroq dizayn qilamiz! Yaxshi o‘qing.
👉 @TESTLIDER
Bahorda, Xudo xohlasa, yanada yaxshi natijalarni yanada chiroyliroq dizayn qilamiz! Yaxshi o‘qing.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤39👍17🔥11🏆3👏1😍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14🔥12👍3🤝2🏆1
Haqiqatan sifatli materiallar va tizimli kurs kerak bo‘lsa, tezroq qo‘shilib oling! Darslar ertaga boshlanadi.
Kurs narxi:
• Oylik: 200 ming so‘m (yanvar, fevral, mart oyi uchun to‘lanadi)
• To‘liq to‘lov: 420 ming so‘m (5-aprelgacha to‘lov qilinmaydi)
Karta: 9860010133910371
To‘lovni amalga oshirib, chekni @JalolBoltayev_kurs'ga yuboring. Men sizni guruhga qo‘shib qo‘yaman.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤46🔥6😍3👍2👌1
MUHIM!
• Guruhga kimlar qo‘shilishi mumkin? 00:00
• Eski darsliklar o‘qilmaydimi, imtihonda ulardan endi umuman savol tushmaydimi? 00:24
• Pedagogik mahorat bo‘yicha darslar bo‘ladimi? 01:25
• Kursga qo‘shilish uchun nima qilish kerak? 03:09

❤38🔥10👍3👏1🏆1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
@jalolboltayev_testbot_200-test_25-12-30 21-05-12.pdf
Bu yerda kitob yutib olgan obunachilarimizga dushanba va seshanba kunlari chiqarib yuboriladi. Xavotir olmang.
🔥30❤12😍6👍1😁1👀1
KIM OLADIYO SHUGINANIYO?
Bahorgi guruhlarimda “ALOHIDA REJIM” deb nomlangan maxsus bo‘lim borligini, unda asosiy dars jadvalidan tashqari qo‘shimcha topshiriqlar berilishini avvalroq ham aytgan edim.
Bu topshiriqlarni 1) yuqori natija ko‘rsatishni xohlovchilar, 2) noutbuk yutib olishni istaydiganlar, 3) o‘ziga juda katta ishonch bilan imtihonga kirishni ko‘zlaganlar bajarishi kerak.
“Alohida rejim” topshiriqlarini to‘liq bajarganlar uchun jami 3 000 000 so‘m pul mukofoti belgilangan.
Ya’ni, alohida rejimdagi vazifalarni belgilangan muddatda to‘liq yakunlaganlar o‘rtasida ushbu 3 mln so‘m taqsimlanadi. Masalan, agar 6 nafar o‘quvchi barcha topshiriqlarni bajarsa, har biriga 500 ming so‘mdan o‘sha kunning o‘zida kartasiga o‘tkazib beraman.
Kursimda o‘z ustida jiddiy ishlagan odamning mehnati e’tiborsiz qolmaydi. Yakunda esa noutbuk ham yutib olishingiz mumkin. Pul ko‘p, bosingiz shuning uchun :)

❤54🔥28👍15
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Photo
Bugun “Bahorgi 2-guruh”da darslar BOSHLANADI! Qo‘shilishingiz mumkin!
👏24❤18👍9🔥6🏆2
“Bahorgi 2-guruh”da dars boshlanishiga 1 soat qoldi. @jalolboltayev_kurs’ga yozing.
❤18🔥8👍7