𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
19.5K subscribers
1.26K photos
164 videos
418 files
1.36K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
Ertadan OFLAYN kurslar boshlanadi.

• Manzil: Urganch sh., “Arastu” o‘quv markazi, 3-qavat, 3-xona
• Mo‘ljal: “Data” ta’lim stansiyasi ro‘parasi
Geolokatsiya

O‘qituvchilar, o‘quvchilar uchun yangi guruhlar ochiladi. Soat 10 dan boshlab, ro‘yxatdan o‘tib ketishingiz mumkin. O‘zim bo‘laman.
🔥2615👍6👎1😎1
DABBOBAT – arabcha so‘z bo‘lib, “asta sudralmoq” degan ma’noni anglatadi. Bu moslamaning nomi dabbaba – “sudraluvchi jonzot” so‘zidan kelib chiqqan. Qamal qurilmasi usti toshbaqa kosasiga o‘xshash qalin himoya qobig‘i bilan yopilgan bo‘lib, askarlar uni ichkaridan sekin surib harakatlantirgan. Shu sababli uning harakati toshbaqaning sudralishiga o‘xshagan va qurilma dabbaba deb atalgan. Xalq orasida “toshbaqa” nomi bilan mashhur bo‘lgan.

Dabbobat qal’alarni qamal qilishda askarlarni dushman devori ostiga o‘q, tosh va yonuvchi moddalar zarbasidan himoyalangan holda yetkazib beruvchi “qamal mashinasi” bo‘lgan.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3413👍4👏2😍1
Jamoluqot – qal’a qamali jarayonida devorlar yaxlitligiga shikast yetkazish va ularni teshish uchun mo‘ljallangan maxsus “devorteshar mashina”.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21🔥9👍7
Mataris – qamal jarayonida qo‘llangan odimlovchi minora bo‘lgan. U baland, bir necha qavatli inshoot bo‘lib, balandligi qal’a devori balandligiga teng yoki undan balandroq qilib qurilgan. Mataris orqali kamonchilar yuqoridan turib himoyalangan holda jang qilgan, shuningdek askarlar shu minora yordamida to‘g‘ridan to‘g‘ri qal’a devori ustiga chiqish imkoniga ega bo‘lgan.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥147👍6👏3
Salolim – arabcha so‘z bo‘lib, “narvonlar” degan ma’noni anglatadi. Bu vosita qal’alarni qamal qilishning yakuniy bosqichida ishlatilgan va askarlarning devor ustiga bevosita tirmashib chiqishini ta’minlagan. O‘rta asr tarixiy manbalarida arab tili ustun bo‘lgani uchun qal’a qamalida ishlatilgan narvon, shotilar ko‘pincha “salolim” atamasi bilan tilga olingan.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19🔥7👏5👍2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁378🔥4👍3
8-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2023) bo‘yicha, nasib qilsa, shu oyda chiqadigan “Kundalik-optimal” test to‘plamimga mana bu savolni qo‘shib qo‘ydim. Mohiyatan to‘plamning vazifasi o‘rgatishdir.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥36👍93👏3🏆1
Shunda qaysi jang qurilmasi “toshbaqa” deb atalgan?

8-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2023) darsligining 11-sahifasida “toshbaqa” atamasi keltirilgan bo‘lsa-da, u aniq qaysi qamal qurilmasiga tegishli ekani ko‘rsatilmagan. Natijada bu atama o‘quvchida xuddi alohida “toshbaqa” nomli jang qurilmasi mavjud degan tasavvur uyg‘otadi.

Biroq darslikning 34-sahifasida mazkur noaniqlik qisman bartaraf etiladi. Unda mataris va dabbobat qurilmalari “toshbaqa” sifati bilan izohlanganini ko‘rish mumkin.

Tarixchi olim Fahriddin Hasanovning “Turon xalqlari harbiy san’ati” asarida “toshbaqa” atamasi aynan mataris qurilmasiga nisbatan qo‘llangan. Bu yerda muallif, ehtimol, matarisning baland, usti yopiq va himoyalangan inshoot ekaniga e’tibor qaratgan. Biroq matarisning umumiy ko‘rinishi va harakatlanish usuli “toshbaqa” timsoliga to‘liq mos kelmaydi.

Masalaga so‘zning kelib chiqishi, qurilmaning vazifasi va tashqi ko‘rinishi nuqtayi nazaridan qaralganda “toshbaqa” nomiga eng mos keladigan qamal moslamasi dabbobat ekani ayon bo‘ladi.

“Dabbaba” arab tilida “sudraluvchi jonzot” degan ma’noni anglatadi, toshbaqa ham aynan shunday jonzotdir. Dabbobat past bo‘yli, usti toshbaqa kosasiga o‘xshash qalin himoya qobig‘i bilan yopilgan va sekin harakatlanadigan qurilma bo‘lgan. U askarlarni dushman zarbalaridan himoyalagan holda devor ostiga olib borishga xizmat qilgan. Ya’ni dabbobatning harakati ham, tashqi ko‘rinishi bilan toshbaqani eslatadi.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3016🔥5👏3💯1😎1
QANI, TOPINGLAR-CHI...

Abulg‘oziy Bahodirxonning “Shajarayi turk” asarida keltirilishicha, O‘tror hokimi G‘oyirxon (Inolchiq) tomonidan Chingizxon savdogarlarining josuslikda ayblanib, qirib tashlanishiga qanday holat sabab bo‘lgan?

A) savdo karvoni tarkibidagi ayrim mo‘g‘ullarning tantanali qabul chog‘ida qurol-aslaha bilan kelgani G‘oyirxon tomonidan xavfli holat sifatida baholanganligi

B) savdogarlardan birining G‘oyirxonni faqat yaqin doiradagi kishilargina biladigan eski ismi – “Inolchiq” nomi bilan atashi G‘oyirxonda shubha uyg‘otgani

C) savdogarlarning O‘tror hokimi tomonidan belgilangan savdo tartib-qoidalariga amal qilmay, boj va soliq to‘lashgan bosh tortganligi

D) G‘oyirxonning eski tanishi bo‘lgan savdogarlardan biri uni sharafli unvoni “G‘oyirxon” o‘rniga eski ismi bilan “Inolchiq” deb atashi natijasida G‘oyirxonning qattiq g‘azablanishi

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19👍3🔥3👏2
Savol yuqorida...
Final Results
10%
A
37%
B
19%
C
34%
D
👍34🏆167🔥3😎3👏1😍1💯1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Savol yuqorida...
🅰️ vs 🅰️

12 da to‘g‘ri javobni aytaman. Ungacha testni tanishlarga yuboring, ular nima deb o‘ylashar ekan? Yoki ”A”dir yoki “C”...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
29😎6🔥1👏1🏆1🤝1
Inolchiq (G‘oyirxon)ning Chingizxon savdogarlarini o‘ldirishiga nima sabab yoki bahona bo‘lgan?

Abulg‘oziy Bahodirxonning “Shajarayi turk” asarida quyidagicha yoziladi:
“…bozirgonlar ani ko‘ra bordi. Onlarning orasinda bir kishi bor erdi, Inolchiqning (eski) oshnosi erdi. Ul G‘oyirxon demay, Inolchiq dedi. Uning ul so‘zi yomon kelib, savdogarlarni tutub, Sulton Muhammadga bir guruh kishi josuslikka kelibdi, deb xabarchi yubordi.”


Bu parchada tarixiy fojianing nozik nuqtasi ochiladi. “Inolchiq” so‘zi G‘oyirxonga shunchalik yomon ta’sir qiladi va natijada yuzlab odamlar hayotdan ko‘z yumadi, minglab voqealar zanjiri boshlandi. Har holda “Shajarayi turk”da shunaqa yozilgan.

“Inol” – bu so‘z qadimgi turkiy tilga oid bo‘lib, shahzoda, ya’ni hukmdor naslidan bo‘lgan kishi degan ma’noni bildiradi. “-chiq” esa kichraytiruvchi qo‘shimcha bo‘lib, Inolchiq – “kichik shahzoda” degani. G‘oyirxonni yoshligidan yaqinlari, do‘st-u birodarlari “Inolchiq” deb atashgan. Ya’ni bu bolalikdagi ism (aniqrog‘i, laqab) bo‘lgan.

“G‘oyirxon” nomi esa tarixiy manbalarga ko‘ra, Inolchiqqa Sulton Muhammad Xorazmshohning o‘zi tomonidan berilgan va bu unvon G‘oyirxonning saroydagi yuqori maqomini bildirgan. “G‘oyirxon” “qudratli hokim” degan ma’noni bildiradi.

Demak, “Inolchiq” – G‘oyirxonning yoshlikdagi yoki oddiy insonlikdagi ismi bo‘lsa, “G‘oyirxon” – bu uning hukmronlik maqomidagi rasmiy va sharafli unvoni bo‘lgan.

Nega G‘oyirxon g‘azablandi?
G‘oyirxon (Inolchiq) – bu vaqtda yirik shahar O‘trorning hokimi, harbiy boshliq va sultonning eng ishonchli amaldorlaridan biri edi. U o‘zini katta unvon bilan “G‘oyirxon” deb atashga o‘rgangan va bu ixtiyoriy emas, ijtimoiy-marosimiy talab edi («Orqadog‘», «muhtaram» deyish “dress-kod” bo‘lib qolgan-ku, shunga o‘xshagan gap-da buyam...)

Uchrashuvda savdogarlardan biri uni oldingi ismi bilan “Inolchiq” deb ataydi (“Shajarayi turk”da ushbu savdogar hind savdogari bo‘lib, Inolchiqni azaldan taniganligi yozilgan). Bu oddiy hol kabi ko‘rinsa-da, tarixiy kontekstda bu – hurmatsizlik, protokolga zid murojaat, G‘oyirxonning siyosiy sha’nini mensimaslik, hatto tahqir deb tushunilgan.

Abulg‘oziy “uning bu so‘zi yomon keldi” deb aynan shuni anglatadi: so‘z tanlovi – bu yerda siyosiy muammoga aylangan.

Masalani yanada chuqurroq tahlil qilish mumkin. Ba’zi tarixchilar (masalan, Rashididdin va Juvayniy) G‘oyirxon bu so‘zdan ranjibgina qolmay, bu holatni bahona qilib, savdogarlarni josuslikda ayblab, qirib tashlaganligiga ishora qilgan.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
25👍9🔥4👏2
“Inolchiq” bo‘yicha

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13👍2👏2🔥1👀1🤝1
“Inolchiq” bo‘yicha

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍3🔥3👏2👀2💯1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
QANI, TOPINGLAR-CHI... Abulg‘oziy Bahodirxonning “Shajarayi turk” asarida keltirilishicha, O‘tror hokimi G‘oyirxon (Inolchiq) tomonidan Chingizxon savdogarlarining josuslikda ayblanib, qirib tashlanishiga qanday holat sabab bo‘lgan? A) savdo karvoni tarkibidagi…
Ushbu savolning javobini ishtirokchilarning 60 % dan ortig‘i topa olmadi. Ko‘pchilik B variantni tanladi, ya’ni savdogarlardan biri G‘oyirxonni “Inolchiq” deb atagani, G‘oyirxon esa “Iya, bu eski ismimni qayerdan bildi? Demak, bu josus”, degan xulosaga kelgani haqidagi talqinni. Biroq bu mutlaq noto‘g‘ri.

To‘g‘ri javob esa Abulg‘oziy Bahodirxon yozishicha, G‘oyirxonning eski tanishi bo‘lgan savdogarlardan biri uni sharafli unvoni bilan “G‘oyirxon” deb emas, balki eski ismi – “Inolchiq” deb atagan. Aynan shu holat G‘oyirxonning g‘azablanishiga sabab bo‘lgan. Nega meni “sharafli unvonim bilan atamayapti” deb.

Bugun “BAHORGI 1-GURUH”da 8-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2023) darsligi bo‘yicha darslar boshlanadi (birinchi dars). Agar siz haqiqatan sifatli materiallar asosida tizimli va chuqur o‘rganishni istasangiz, bugunoq qo‘shilishni maslahat beraman.

Kursga kirish uchun @jalolboltayev_kurs'ga yozing.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
25🔥7👍3🏆2
Bahorgi guruhlarimda (1 yoki 2) “ALOHIDA REJIM” deb nomlangan bo‘lim mavjud. Unda asosiy dars jadvalidan tashqari qo‘shimcha topshiriqlar beriladi.

Bu topshiriqlarni odatda 1) yuqori natija ko‘rsatishni xohlovchilar, 2) noutbuk yutib olishni istaydiganlar, 3) o‘ziga juda katta ishonch bilan imtihonga kirishni ko‘zlaganlar bajaradi, albatta :)

SIZ “alohida rejim”da o‘qishga tayyormisiz?

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥55👍1614💯4
SHOSHILING, 10-yanvardan «BAHORGI 2-GURUH»da darslar start oladi

Ertaga dars jadvali e’lon qilinadi. Jadval chiqqunga qadar “Ishonch chegirmasi” orqali guruhga 160 ming so‘m evaziga qo‘shilish imkoniyati mavjud (keyin 200 ming so‘m).

Yoki “Super chegirma”dan foydalangan holda 420 ming so‘mni oldindan to‘lab, 3 oy davomida darslarda qatnashish ham mumkin.

Karta: 9860010133910371
To‘lovni amalga oshirib, chekni
@JalolBOLTAYEV_kurs'ga jo‘nating.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17💯8👍7🔥3
«Sertifikat uchun Husanboy Xoldorov bepul dars oʻtar ekan» deb tanishlaringizni kanalga qoʻshyapsizlarmi?

Omalay, ishtirokchilar 1.000 dan boʻlsa hisobmas bugun darsda...

Manzil: @tarix_tilsimi
🔥1813
Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydimi?

“Vestgotlar ishi” hali yopilgani yo‘q. Apellyatsiya shikoyatida ancha muddat o‘tib ketgandan so‘ng “texnik kamchilik” topilib, rad etilgan bo‘lsa-da, advokat ushbu kamchilikni bartaraf etib, arizani qayta kiritdi. Biroq hozir gap bu jarayon haqida emas.

Biz test savollarini tuzgan tashkilot yakuniy javobgar ekanini juda yaxshi tushunamiz. Masalan, agar men o‘z kitobimda “Stalin Gitlerning kulini Vena daryosiga oqizib yuborgan” degan uydirma gapni yozsam va kimdir shu asosda test savoli tuzsa, bu o‘sha odamning ikki karra axmoqligi bo‘ladi. Yoki ovqatdan zaharlangan odam, birinchi navbatda, oshpazni javobgar qiladi. Oshpaz esa “bor, sotuvchini aybla, masalliq zaxarlanganini bilmagandim” deyishga haqli emas. Chunki masalliqlarni tekshirib ishlatish uning majburiyati. Ammo hozir gap hatto bu haqida ham emas.

Biz hatto xorijdagi tarix bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar va mutaxassislargacha murojaat qildik. Hatto ular javob bermoqda. Ayni paytda “ayrimlar” aybni RTMga to‘nkab, suvdan quruq chiqishga urinayotgan bir vaziyatda biz RTMning bevosita aybdor emasligini ham anglaymiz. Shunga qaramay, “ayrimlar” qo‘yarda qo‘ymayotganligi uchun RTMga ham advokatlik so‘rovi yuborilgan edi. Holbuki, RTMsiz ham bitta tarixiy haqiqat o‘zgarmaydi: Ispaniyani langobardlar emas, vestgotlar bosib olgan.

Xat 20-dekabr kuni yetib borgan. Bugun 8-yanvar. Oradan 18 kun o‘tdi. Qonunchilikka ko‘ra, advokatlik so‘roviga 15 kun ichida javob berilishi lozim. Agar masala qo‘shimcha o‘rganishni talab qilsa, muddat 1 oygacha uzaytirilishi mumkin. Biroq bu holatda murojaatchi, albatta, xabardor qilinishi shart.

Respublika ta’lim markazi esa hozircha “Jimjitlik” romanini o‘qimoqda.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5818👍18😁13💯5👏2😍2😎2
Advokatning aytishicha, u hozircha yana 15 kun kutib turmoqchi. Holbuki, agar masala qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan bo‘lsa, bu haqda advokat oldindan ogohlantirilishi SHART edi.

Agar ushbu 15 kun ichida ham javob kelmasa, qonunchilikda nazarda tutilgan muddat to‘liq tugagan hisoblanadi va advokat huquqiy choralar ko‘rish uchun tegishli idoralarga murojaat qiladi.

***

P. S. Aslida biz tarixiy haqiqatni inkor etgan, ma’lumotni tekshirmasdan test tuzgan, testologiyaning fundamental asoslarini rad etgan Baholash markaziga qarshimiz. Kurash siz bilan emas, hurmatli RTM.

Shuning uchun haqiqat tarafda turing. Biz sizga dushman emasmiz.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3513💯8👍5