𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
19.5K subscribers
1.26K photos
164 videos
418 files
1.36K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV pinned «Rasman Jalol Boltayev logotipidagi TOJ 5 shoxli tojga aylanadi! 📌 E’tibor bering! So‘nggi 5 ta imtihonda eng yuqori natijalar aynan Jalol BOLTAYEV kursida qayd etildi. Kurs doirasida eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchilarga noutbuk berilishi ham va’da qilingan.…»
Rekordlar, statistika va o‘tmish haqida

Men professional tarixchi yoki professional pedagogman, deb ayta olmayman va bu aniq. Biroq shuni bilaman: men doim yaxshi testlar tuzganman, bu bilan ilmiy doirada shug‘ullanaman. Minglab testlarni sabr bilan tuzib chiqaman, metodikalarni, baholash mexanizmlarini tahlil qilaman. Ya’ni o‘zimni yaxshi repetitor va yaxshi testolog deb bemalol ayta olaman.

Onlayn ta’limni ilk bor 2019-yilda boshlagan edim. Ammo o‘sha paytda ayrim sabablar tufayli onlayn ta’limni to‘xtatdim. Oradan yillar o‘tib yana onlayn ta’limga qaytdim. Bu safar jamoa bilan “Quadro” nomi ostida ishladik. Vaqt o‘tib, ma’lum sabablarga ko‘ra, jamoa tarqaldi. Bu jarayonda aytarlik gina-qudrat bo‘lmadi, aksincha, hammamiz uchun to‘g‘ri qaror bo‘ldi, deb o‘ylayman. Hozir ham do‘stmiz, masalan.

Shundan so‘ng alohida, to‘laqonli ravishda o‘zimning yondashuvim va metodikam bilan ishlash imkoniyati paydo bo‘ldi. Asosan materiallar bilan ishlaganim sababli jamoa bo‘lib ishlagan davrimizda ham meni “ko‘p” o‘quvchi tanimasdi, men ham ularni unchalik tanimasdim. Biroq intellektuallik darajasi yuqoriroq, chuqurroq o‘rganishga intiladigan o‘quvchilar aynan menga va mening yondashuvimga nisbatan moyilligi kuchliroq ekanligi ham bor gap edi. Buni yakka ishlay boshlaganimda yanada his qildim.

“O‘qituvchi o‘quvchi taqdiriga ta’sir qiladi”, deyishadi. Ammo ba’zan buning aksi ham bo‘lar ekan. Durdona (o‘quvchi), Shabnam (o‘quvchi), Azizaxon Baxtiyorovna (ustoz) kabi o‘quvchilarim barcha topshiriqlarni qunt bilan bajarishardi, mas’uliyatli edilar (2019-yilda onlayn kursni to‘xtatishimga sabab bo‘lgan asosiy omil – o‘quvchilarning topshiriqlarga nisbatan sust munosabati edi). Shunda ichimda bir fikr paydo bo‘ldi: “demak, topshiriqlarni bajaradigan, mehnatning qadriga yetadiganlar bor ekan”. Shu nuqtadan boshlab onlayn ta’limga yanada puxtaroq yondasha boshladim.

Yakka tartibda ishlay boshlaganimdan keyin kurslar ichida eng yuqori natijalar aynan mening tizimimda qayd etila boshlandi. Samarqandlik eng qadrli o‘quvchilarimdan biri DURDONA oktyabr imtihonida 83+ ball bilan o‘sha davr uchun eng yuqori natijalardan birini ko‘rsatdi. Bu natija maktab o‘quvchisi tomonidan, faqat onlayn tayyorgarlik orqali qayd etilgani bilan yanada ahamiyatli edi.

Keyingi imtihonda andijonlik OYJAMOL10-sinf o‘quvchisi85+ ball bilan A+ sertifikatini oldi. Uni kursimga maktabdagi tarix fani ustozi qo‘shgan edi. Ishonch, menimcha, oqlandi. O‘sha paytda ham bu natija eng yuqorilardan biri edi. Yana 10-sinf, yana birinchi urinish. Oyjamol ham bironta darsni kanda qilmas edi.

SHUNDAN SO‘NG ISHTAHA OCHILDI :)

Uchinchi gal ham eng yuqori natija mening kursimda qayd etilishini istadim. Maksimal darajada ishladik va bunga erishdik. Xorazmlik SEVINCH10-sinf o‘quvchisi – 87+ ball bilan A+ sertifikatini birinchi urinishda qo‘lga kiritdi. Bu natija o‘sha davrda chinakam rekordlardan biri bo‘ldi.

To‘rtinchi gal xorazmlik DILDORA JUMANIYOZOVA birinchi urinishda 90 ball, beshinchi gal esa xorazmlik SABOXAT ATAMURADOVA birinchi urinishda 90,21 ball bilan mening tizimim shohsupadan tushmasligini ta’minlashdi :)

Albatta, bular yakka misollar. Ammo ENG ASOSIYSI, o‘quvchilar soni va umumiy natijalar nisbatini olsak ham, ko‘rsatkichlar doim yuqori bo‘lib kelgan. Shuningdek, o‘tgan imtihonda majburiy fan bo‘yicha tayyorgarlikni boshlagan o‘quvchim 83+ ball bilan A+ sertifikatini oldi. Kurs doirasida 3 ta 90+ natija qayd etildi. Juda ko‘plab o‘quvchi, ustozlar o‘z murod-maqsadlariga yetishdi. Buni ortiqcha xarajatlarsiz, tizimli va sifatli kursda 3–6 oy o‘qib uddalashdi.

Yuqorida aytganimdek, professional pedagoglikka da’vo qilmayman. Tom ma’noda o‘qituvchi bo‘lish juda murakkab. Biroq yaxshi testolog va yaxshi repetitor ekanligimni anglayman. Chunki tizimli va sifatli mehnat qilaman. Masalan, hozir ham test tuzish bilan band edim, atigi 10 daqiqani mana shu postni yozishga ajratdim.

Onlayn ta’lim va “Milliy sertifikat” tizimi esa o‘z imkoniyatlarini namoyon qilish uchun keng maydon ochib bermoqda.

(c) Jalol BOLTAYEV – testolog, repetitor

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
62🔥21👍14💯8👎1🤝1😎1
“MILLIY SERTIFIKAT” TESTLARI VA ULARNING TAHLILLARI

1-variant
PDF (javobsiz)
PDF (javobli)
📼 TEST TAHLILI (video)

2-variant
PDF (javobsiz)
PDF (javobli)
📼 TEST TAHLILI (video)

3-variant
PDF (javobsiz)
PDF (javobli)
📼 TEST TAHLILI (video)

4-variant
PDF (javobsiz)
PDF (javobli)
📼 TEST TAHLILI (video)

5-variant
PDF (javobsiz)
PDF (javobli)
📼 TEST TAHLILI (video)

6-variant
PDF (javobsiz)
PDF (javobli)
📼 TEST TAHLILI (video)

7-variant
PDF (javobsiz)
PDF (javobli)
📼 TEST TAHLILI (video)

8-variant
PDF (javobsiz)
PDF (javobli)
📼 TEST TAHLILI (video)

(c) Jalol BOLTAYEV – repetitor, testolog

“Miliy sertfikat” test tahlillari davom etadi!

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2617🔥11👏4💯2👎1🏆1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
“MILLIY SERTIFIKAT” TESTLARI VA ULARNING TAHLILLARI 1-variant • PDF (javobsiz) • PDF (javobli) 📼 TEST TAHLILI (video) 2-variant • PDF (javobsiz) • PDF (javobli) 📼 TEST TAHLILI (video) 3-variant • PDF (javobsiz) • PDF (javobli) 📼 TEST TAHLILI (video) 4…
Yuqorida professional darajadagi TEST TAHLILLARI. Bugun esa yakshanba. Barchasini, boring ana, bugun 4 tasini ko‘rib chiqishga bemalol vaqt yetadi. Har bir savol ehtimoliy, har bir test ishlash texnikasi muhim.

Birinchi urinishdayoq rekord natijalarni qayd etgan o‘quvchilarim test tahlillarini doimo ko‘rishgan.
52👍20🔥6👎3💯3🏆1
Mukammal material kerakmi? Unda biroz sabr

7-sinf “Jahon tarixi” (2022) darsligi asosida tuzilgan “Kundalik-optimal” test to‘plamim biroz “ushlanadi”. Taxminan 15–20 kun ichida nashrdan chiqadi.

Aslida bu to‘plamni 2022-yilda tuzgan edim. Shu sababli ichki qismi yana bir bor jiddiy tahrirdan o‘tdi. Ochig‘i, 2022-yilgi Jalol Boltayev bilan 2025/26-yilgi Jalol Boltayev o‘rtasida sezilarli farq bor ekan :)

Yakuniy variant 2000+ test topshirig‘idan iborat bo‘ldi. Odatdagidek, har bir yangi to‘plamimni avval eng sinchkov, salohiyatli, bilgir o‘quvchilarimdan biriga sinov tariqasida beraman. Shogirdlar ham ustoziga o‘xshab perfektsionist bo‘lib ketishgan :)

Ba’zan yo‘q joydan ham muammo, kamchilik topishadi 🙃 (lekin bu juda yaxshi. Muammo topilsagina, uni tuzatish mumkin bo‘ladi. Mavjud va potensial muammolar, turli ehtimollarni ko‘ra bilish esa hammaga ham emas – salohiyatlilarga. Pitekantrop esa bitta narsaga yopishib oladi, ehtimollarni anglolmaydi).

Hozirgina olimpiadaning respublika bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgan shogirdim Sevinch bilan testlarni yana bir bor ko‘zdan kechirdik. Mazmuniy, uslubiy, imloviy jihatlarigacha tekshirildi. Qariyb 3 soat vaqt ketdi, 3 gacha tahlil qildik.

Xullas, biroz sabr. Mukammallik tez orada qo‘lingizda bo‘ladi.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
59👍23🔥10💯7😎2👏1
Ertadan OFLAYN kurslar boshlanadi.

• Manzil: Urganch sh., “Arastu” o‘quv markazi, 3-qavat, 3-xona
• Mo‘ljal: “Data” ta’lim stansiyasi ro‘parasi
Geolokatsiya

O‘qituvchilar, o‘quvchilar uchun yangi guruhlar ochiladi. Soat 10 dan boshlab, ro‘yxatdan o‘tib ketishingiz mumkin. O‘zim bo‘laman.
🔥2615👍6👎1😎1
DABBOBAT – arabcha so‘z bo‘lib, “asta sudralmoq” degan ma’noni anglatadi. Bu moslamaning nomi dabbaba – “sudraluvchi jonzot” so‘zidan kelib chiqqan. Qamal qurilmasi usti toshbaqa kosasiga o‘xshash qalin himoya qobig‘i bilan yopilgan bo‘lib, askarlar uni ichkaridan sekin surib harakatlantirgan. Shu sababli uning harakati toshbaqaning sudralishiga o‘xshagan va qurilma dabbaba deb atalgan. Xalq orasida “toshbaqa” nomi bilan mashhur bo‘lgan.

Dabbobat qal’alarni qamal qilishda askarlarni dushman devori ostiga o‘q, tosh va yonuvchi moddalar zarbasidan himoyalangan holda yetkazib beruvchi “qamal mashinasi” bo‘lgan.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3413👍4👏2😍1
Jamoluqot – qal’a qamali jarayonida devorlar yaxlitligiga shikast yetkazish va ularni teshish uchun mo‘ljallangan maxsus “devorteshar mashina”.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21🔥9👍7
Mataris – qamal jarayonida qo‘llangan odimlovchi minora bo‘lgan. U baland, bir necha qavatli inshoot bo‘lib, balandligi qal’a devori balandligiga teng yoki undan balandroq qilib qurilgan. Mataris orqali kamonchilar yuqoridan turib himoyalangan holda jang qilgan, shuningdek askarlar shu minora yordamida to‘g‘ridan to‘g‘ri qal’a devori ustiga chiqish imkoniga ega bo‘lgan.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥147👍6👏3
Salolim – arabcha so‘z bo‘lib, “narvonlar” degan ma’noni anglatadi. Bu vosita qal’alarni qamal qilishning yakuniy bosqichida ishlatilgan va askarlarning devor ustiga bevosita tirmashib chiqishini ta’minlagan. O‘rta asr tarixiy manbalarida arab tili ustun bo‘lgani uchun qal’a qamalida ishlatilgan narvon, shotilar ko‘pincha “salolim” atamasi bilan tilga olingan.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19🔥7👏5👍2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁378🔥4👍3
8-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2023) bo‘yicha, nasib qilsa, shu oyda chiqadigan “Kundalik-optimal” test to‘plamimga mana bu savolni qo‘shib qo‘ydim. Mohiyatan to‘plamning vazifasi o‘rgatishdir.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥36👍93👏3🏆1
Shunda qaysi jang qurilmasi “toshbaqa” deb atalgan?

8-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2023) darsligining 11-sahifasida “toshbaqa” atamasi keltirilgan bo‘lsa-da, u aniq qaysi qamal qurilmasiga tegishli ekani ko‘rsatilmagan. Natijada bu atama o‘quvchida xuddi alohida “toshbaqa” nomli jang qurilmasi mavjud degan tasavvur uyg‘otadi.

Biroq darslikning 34-sahifasida mazkur noaniqlik qisman bartaraf etiladi. Unda mataris va dabbobat qurilmalari “toshbaqa” sifati bilan izohlanganini ko‘rish mumkin.

Tarixchi olim Fahriddin Hasanovning “Turon xalqlari harbiy san’ati” asarida “toshbaqa” atamasi aynan mataris qurilmasiga nisbatan qo‘llangan. Bu yerda muallif, ehtimol, matarisning baland, usti yopiq va himoyalangan inshoot ekaniga e’tibor qaratgan. Biroq matarisning umumiy ko‘rinishi va harakatlanish usuli “toshbaqa” timsoliga to‘liq mos kelmaydi.

Masalaga so‘zning kelib chiqishi, qurilmaning vazifasi va tashqi ko‘rinishi nuqtayi nazaridan qaralganda “toshbaqa” nomiga eng mos keladigan qamal moslamasi dabbobat ekani ayon bo‘ladi.

“Dabbaba” arab tilida “sudraluvchi jonzot” degan ma’noni anglatadi, toshbaqa ham aynan shunday jonzotdir. Dabbobat past bo‘yli, usti toshbaqa kosasiga o‘xshash qalin himoya qobig‘i bilan yopilgan va sekin harakatlanadigan qurilma bo‘lgan. U askarlarni dushman zarbalaridan himoyalagan holda devor ostiga olib borishga xizmat qilgan. Ya’ni dabbobatning harakati ham, tashqi ko‘rinishi bilan toshbaqani eslatadi.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3016🔥5👏3💯1😎1
QANI, TOPINGLAR-CHI...

Abulg‘oziy Bahodirxonning “Shajarayi turk” asarida keltirilishicha, O‘tror hokimi G‘oyirxon (Inolchiq) tomonidan Chingizxon savdogarlarining josuslikda ayblanib, qirib tashlanishiga qanday holat sabab bo‘lgan?

A) savdo karvoni tarkibidagi ayrim mo‘g‘ullarning tantanali qabul chog‘ida qurol-aslaha bilan kelgani G‘oyirxon tomonidan xavfli holat sifatida baholanganligi

B) savdogarlardan birining G‘oyirxonni faqat yaqin doiradagi kishilargina biladigan eski ismi – “Inolchiq” nomi bilan atashi G‘oyirxonda shubha uyg‘otgani

C) savdogarlarning O‘tror hokimi tomonidan belgilangan savdo tartib-qoidalariga amal qilmay, boj va soliq to‘lashgan bosh tortganligi

D) G‘oyirxonning eski tanishi bo‘lgan savdogarlardan biri uni sharafli unvoni “G‘oyirxon” o‘rniga eski ismi bilan “Inolchiq” deb atashi natijasida G‘oyirxonning qattiq g‘azablanishi

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19👍3🔥3👏2
Savol yuqorida...
Final Results
10%
A
37%
B
19%
C
34%
D
👍34🏆167🔥3😎3👏1😍1💯1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Savol yuqorida...
🅰️ vs 🅰️

12 da to‘g‘ri javobni aytaman. Ungacha testni tanishlarga yuboring, ular nima deb o‘ylashar ekan? Yoki ”A”dir yoki “C”...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
29😎6🔥1👏1🏆1🤝1
Inolchiq (G‘oyirxon)ning Chingizxon savdogarlarini o‘ldirishiga nima sabab yoki bahona bo‘lgan?

Abulg‘oziy Bahodirxonning “Shajarayi turk” asarida quyidagicha yoziladi:
“…bozirgonlar ani ko‘ra bordi. Onlarning orasinda bir kishi bor erdi, Inolchiqning (eski) oshnosi erdi. Ul G‘oyirxon demay, Inolchiq dedi. Uning ul so‘zi yomon kelib, savdogarlarni tutub, Sulton Muhammadga bir guruh kishi josuslikka kelibdi, deb xabarchi yubordi.”


Bu parchada tarixiy fojianing nozik nuqtasi ochiladi. “Inolchiq” so‘zi G‘oyirxonga shunchalik yomon ta’sir qiladi va natijada yuzlab odamlar hayotdan ko‘z yumadi, minglab voqealar zanjiri boshlandi. Har holda “Shajarayi turk”da shunaqa yozilgan.

“Inol” – bu so‘z qadimgi turkiy tilga oid bo‘lib, shahzoda, ya’ni hukmdor naslidan bo‘lgan kishi degan ma’noni bildiradi. “-chiq” esa kichraytiruvchi qo‘shimcha bo‘lib, Inolchiq – “kichik shahzoda” degani. G‘oyirxonni yoshligidan yaqinlari, do‘st-u birodarlari “Inolchiq” deb atashgan. Ya’ni bu bolalikdagi ism (aniqrog‘i, laqab) bo‘lgan.

“G‘oyirxon” nomi esa tarixiy manbalarga ko‘ra, Inolchiqqa Sulton Muhammad Xorazmshohning o‘zi tomonidan berilgan va bu unvon G‘oyirxonning saroydagi yuqori maqomini bildirgan. “G‘oyirxon” “qudratli hokim” degan ma’noni bildiradi.

Demak, “Inolchiq” – G‘oyirxonning yoshlikdagi yoki oddiy insonlikdagi ismi bo‘lsa, “G‘oyirxon” – bu uning hukmronlik maqomidagi rasmiy va sharafli unvoni bo‘lgan.

Nega G‘oyirxon g‘azablandi?
G‘oyirxon (Inolchiq) – bu vaqtda yirik shahar O‘trorning hokimi, harbiy boshliq va sultonning eng ishonchli amaldorlaridan biri edi. U o‘zini katta unvon bilan “G‘oyirxon” deb atashga o‘rgangan va bu ixtiyoriy emas, ijtimoiy-marosimiy talab edi («Orqadog‘», «muhtaram» deyish “dress-kod” bo‘lib qolgan-ku, shunga o‘xshagan gap-da buyam...)

Uchrashuvda savdogarlardan biri uni oldingi ismi bilan “Inolchiq” deb ataydi (“Shajarayi turk”da ushbu savdogar hind savdogari bo‘lib, Inolchiqni azaldan taniganligi yozilgan). Bu oddiy hol kabi ko‘rinsa-da, tarixiy kontekstda bu – hurmatsizlik, protokolga zid murojaat, G‘oyirxonning siyosiy sha’nini mensimaslik, hatto tahqir deb tushunilgan.

Abulg‘oziy “uning bu so‘zi yomon keldi” deb aynan shuni anglatadi: so‘z tanlovi – bu yerda siyosiy muammoga aylangan.

Masalani yanada chuqurroq tahlil qilish mumkin. Ba’zi tarixchilar (masalan, Rashididdin va Juvayniy) G‘oyirxon bu so‘zdan ranjibgina qolmay, bu holatni bahona qilib, savdogarlarni josuslikda ayblab, qirib tashlaganligiga ishora qilgan.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
25👍9🔥4👏2
“Inolchiq” bo‘yicha

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13👍2👏2🔥1👀1🤝1
“Inolchiq” bo‘yicha

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍3🔥3👏2👀2💯1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
QANI, TOPINGLAR-CHI... Abulg‘oziy Bahodirxonning “Shajarayi turk” asarida keltirilishicha, O‘tror hokimi G‘oyirxon (Inolchiq) tomonidan Chingizxon savdogarlarining josuslikda ayblanib, qirib tashlanishiga qanday holat sabab bo‘lgan? A) savdo karvoni tarkibidagi…
Ushbu savolning javobini ishtirokchilarning 60 % dan ortig‘i topa olmadi. Ko‘pchilik B variantni tanladi, ya’ni savdogarlardan biri G‘oyirxonni “Inolchiq” deb atagani, G‘oyirxon esa “Iya, bu eski ismimni qayerdan bildi? Demak, bu josus”, degan xulosaga kelgani haqidagi talqinni. Biroq bu mutlaq noto‘g‘ri.

To‘g‘ri javob esa Abulg‘oziy Bahodirxon yozishicha, G‘oyirxonning eski tanishi bo‘lgan savdogarlardan biri uni sharafli unvoni bilan “G‘oyirxon” deb emas, balki eski ismi – “Inolchiq” deb atagan. Aynan shu holat G‘oyirxonning g‘azablanishiga sabab bo‘lgan. Nega meni “sharafli unvonim bilan atamayapti” deb.

Bugun “BAHORGI 1-GURUH”da 8-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2023) darsligi bo‘yicha darslar boshlanadi (birinchi dars). Agar siz haqiqatan sifatli materiallar asosida tizimli va chuqur o‘rganishni istasangiz, bugunoq qo‘shilishni maslahat beraman.

Kursga kirish uchun @jalolboltayev_kurs'ga yozing.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
25🔥7👍3🏆2