𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
19.7K subscribers
1.27K photos
166 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
#esga_olamiz #Telegram

TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLARI VA ULAR DAVRIDA SODIR BO‘LGAN BA’ZI VOQEALAR


Izoh: ro‘yxatga vaqtinchalik maqomda general-gubernator bo‘lgan, general-gubernator o‘rinbosari sifatida o‘lkani idora etgan shaxs nomlari kiritilmadi. Chunki bu ortiqcha.
darslikda kelgan |darslikda kelmagan

1. K. Kaufman – 1867–1881
• «Tуркестанские ведомости»va uning o‘zbek tilidagi ilovasi «Turkiston viloyatining gazeti» nashr etila boshlandi (1870).
• Toshkentda Turkiston xalq kutubxonasi ochildi (1870).
• Kaufman taklifi bilan Samara teatri o‘lkada namoyish o‘tkazdi (1870)
• O‘rta Osiyo Olimlar jamiyati ish boshladi (1871)
• Avliyootada birinchi rus manzilgohi paydo bo‘ldi.
• Po‘latxon qo‘zg‘oloni (1873–1876)
• Toshkentda Turkiston muzeyi ochildi (1876)
• Toshkentda “Shahar nizomi” joriy etildi (1877).
• Yetimxon qo‘zg‘oloni (Mingtepa, Andijon)
• O‘rta Osiyoni bosib olishning uchinchi bosqichi (1873–1879)
• O‘rta Osiyoni bosib olishning uchinchi bosqichi 4-bosqichi boshlanishi (1881)

2. M. Chernyayev – 1882–1884

3. N. Rozenbax – 1884–1889
• Birinchi rus-tuzem maktabi tashkil etildi (1884)
• O‘rta Osiyoni bosib olishning to‘rtinchi bosqichi yakunlanishi (1885)
• Turkmaniston yerlari ruslar tomonidan to‘liq egallandi (1885)
Andijonda Darvishxon boshliq isyon ko‘tarildi (1885)
• Buxoroda Rossiya imperatorining siyosiy agentligi tuzildi (1885)
• Baljuvon bekligida Vose boshliq isyon boshlandi (1885)
• Kaspiyorti temiryo‘li qurildi (1885)
• Turkiston general-gubernatorlik kengashi tuzildi (1886)

• Turkiston yerlari, o‘rmonlari va yerosti qazilma boyliklari davlat mulki deb e’lon qilindi (1886)
• Yangi vaqf hujjatlarini tasdiqlash faqat general-gubernator roziligi bilan bu yerlarni davlat soliqlari va majburiyatlaridan ozod qilmasdan amalga oshiriladigan bo‘ldi (1886)
• Rossiyadan ko‘chib kelganlar uchun Yer fondi tashkil etldi (1886)
• uyezd sudlari bekor qilinib,ularning o‘rniga uchastka mirovoy sudyalari tuzildi (1886)
• Amudaryo flotiliyasi tasis etildi (1887)
• Samarqandga dastlabki poyezd keldi (1888)
• Buxoro amirlig hududida rus qishloqlari vujudga kela boshladi (1888)
• Kalif bekligida isyon (1889)

4. A. Vrevskiy – 1889–1898
• Rossiyadan o‘zboshimchalik bilan ko‘chib kelgan kishilar ham mamuriyat ruxsati bilan ko‘chirilganlarga berilgan imkoniyatlardan foydalanishi mumkinligi elon qilindi (1892)
• Oddiy fuqarolarni mamurlarga qarshilik ko‘rsatgan taqdirda bevosita harbiy dala sudiga bera boshladilar
• «Vabo isyoni» (1892)
• «Harbiy holatda deb elon qilingan joylar haqida Qoida» kuchga kirdi (1892)
• Ismoil G’aspirali ilk marta O’rta Osiyoga keldi (1893)
• Buxoro amirligida birinchi jadid maktabi ochildi (1893)
• Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garagi ochildi (1895)
• Namangan uyezdining Oqsuv-Shahrixon volostidagi Naymanchi, Ko‘hna mozor, Langarbob qishloqlarida aholi isyon ko‘tardi (1896)
• Toshkentda birinchi gimnaziya ochildi (1896)
• Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni ko‘tarildi (1898)

5. S. Duxovskoy – 1898–1901
• Temiryo‘l Toshkent orqali Andijongacha qurib bitkazildi (1899)
• Farg‘ona vodiysida qo‘zg‘olon ko‘tarildi (1899)
• Andijonda Shamsiddin domla va Toshkentda Mannon qori jadid maktabiga asos soldi (1899)

6. N. Ivanov – 1901–1904
7. N. Tevyashev – 1904–1905
8. D. Subbotich – 1905–1906
9. N. Grodekov – 1906–1908
10. P. Mishenko – 1908–1909
11. A. Samsonov – 1909–1914
12. F. Martson – 1914–1916

13. A. Kuropatkin – 1916–1917
• Jizzax qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tgan (1916)

(c) Jalol BOLTAYEV

@TARIX_OMBOR guruhida TARIX faniga oid barcha kerakli materiallar joylangan. Qoʻshiling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
34👏12👍3
Tahlil ma’qul keldimi? Reaksiya va izoh!

Doimiy bo‘ladi endi imtihongacha!
1🔥81👍27💯1210👎5🏆3
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥167
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15🔥7🤝4
Imtihon bir kun (faqat 6-dekabrda) EMAS, ikki kun – 5–6-dekabr bo‘ladi.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
30👍8👏4🔥3
@TARIX_TILSIMI kanalida “Milliy sertifikat” imtihonlari yuzasidan 21:30 da ovozli suhbat bo‘ladi. Unda men – Jalol Boltayev va Husanboy Xoldorovlar spikerlik qilamiz. Ishtirokchilar o‘z qiziqtirgan savollarini berishlari mumkin bo‘ladi.

Izohlarga o‘z savollaringizni yozishingiz mumkin.
🔥278👌3👍1👎1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1411👎3👏2
ERTAGA (25-noyabr, seshanba)

❗️05:00 – 11-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2018), 10–14-mavzular @tarix_ombor’da savol-javob qilinadi.

❗️18:00 – imtihonga qadar har kuni “Milliy sertifikat” andazasidagi testlar tahlil qilinadi. Ertaga 7-variant! Tahlillarni YouTube’ga joylab boraman.

❗️20:00 – yopiq guruhda 10-sinf “Jahon tarixi” (2022) darsligi 6–10-mavzular savol-javob qilinadi. “KUNDALIK-OPTIMAL” test ishlanishi kerak.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
24👍8🔥2💯2👌1🤝1
11 o‘zbek (2018), 10–14 (savol-javob)
TARIX OMBOR | JALOL BOLTAYEV
• 11 o‘zbek (2018), 10–14
• “Milliy sertifikat”da qo‘llanishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy savollar alohida ta’kidlab o‘tilgan

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥149
IMTIHONGACHA NIMA QILAY? OQILONA REJA TUZAMIZ!

1-reja:
“Milliy sertifikat”chilar uchun qisqa muddat qolganda eng samarali yondashuvlardan biri har kuni bitta darslikning “Optimal xronologiya”sini o‘qib o‘zlashtirish.

Agar yuqori sinf darsliklari sizga biroz og‘irlik qilsa, ikki kunda bittadan o‘qish ham mumkin.

Bu xronologiyalarni puxta, yuqori sifatli qilib tuzganman. Shuning uchun “xronologiya metodi” tanlanganda aynan shu “Optimal xronologiya”larni o‘qish kerak.

❗️Bitta muhim qoida: darslikdan uzilmay o‘qing (ya’ni faqat “xronologiya yodlash”ga o‘tib ketmang).

Xronologiya o‘qish faqat sanalarni yodlash emas. Agar u to‘g‘ri va sifatli tuzilgan bo‘lsa, butun darslikning mazmuni ongda jonlanadi, voqealar o‘rtasidagi bog‘lanishlar tiklanadi va miyada test yechishda kerak bo‘ladigan kontekst faollashadi.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3922💯1
TEZ ORADA YANGI KITOB NASHRDAN CHIQADI!

7-sinf «Kundalik-optimal» test to‘plamida 2200+ test, “Saylanma” test to‘plamida 500+.


Attestatsiya va “Milliy sertifikat” imtihonlariga tayyorlanuvchilar uchun eng yaxchi yechim shu.

Ayniqsa, 70 % likni real olishni maqsad qilganla turli fantazyorlarning gapiga ishonib yurmasdan samarador material bilan o‘zlashtirishni boshlashi kerak.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
24🔥5👍1
“10-sinf “Jahon tarixi” (2022) bo‘yicha 2300+ test chiqarildi… 10 kun o‘tmay yana 2100+? Qanday qilib?!” – deb o‘ylayotganlar uchun qisqa izoh

Bu testlar bugun tuzilgani yo‘q. Ularni 2022-yilda tayyorlaganman. O‘sha paytda bu darsliklar aktual bo‘lmagani uchun ular bo‘yicha tuzgan testlarim ham aktual emas edi – shuning uchun kutib turgan.

Oradan 3 yil o‘tdi. Shu davr mobaynida testologik qobiliyatlarim, tahlil darajam, variant qo‘yish texnikam sezilarli darajada takomillashdi. Shu sababli nashriyotga topshirishdan oldin har bir testni tekshirib chiqyapman.

7-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2022) 10 kunlarda nashr qilinadi, undan so‘ng yana 10 kunlarda 7-sinf “Jahon tarixi” (2022) nashr qilinadi.

(c) Jalol BOLTAYEV – testolog, repetitor

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
42🔥17👍3
TARIX. MILLIY SERTIFIKAT (@TESTLIDER. JALOL BOLTAYEV. 7-v.).pdf
1.7 MB
❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️

🔥Test boshlandi!

• Test: «MILLIY SERTIFIKAT»
• Muallif: JALOL BOLTAYEV✅️
7-variant
• Maxsus kod: 180 (@jalolboltayev_testbot)
• Namuna: 180*1a2b3c...35a
• Tahlil vaqti: bugun, 18:00
Javoblar varaqasi (titul)

❗️❗️❗️❗️❗️❗️

Bugun 18:00 gacha ishlab, tayyor bo‘lib turing. Tahlil jarayonida savol-javob ham olib borishimiz mumkin.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🔥7
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
TARIX. MILLIY SERTIFIKAT (@TESTLIDER. JALOL BOLTAYEV. 7-v.).pdf
Bu variant juda muhim! Tahlilga kirsangiz, o‘zingizga foyda! Test ishlash texnikasining imtihonda eng qo‘l keladigan jihatlarini o‘rganib olasiz.
17👍3🔥1
Live stream scheduled for
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
TARIX. MILLIY SERTIFIKAT (@TESTLIDER. JALOL BOLTAYEV. 7-v.).pdf
Yopiq kursim ishtirokchilari diqqatiga, titulga bo‘yang. Ko‘zingiz o‘rganadi, qo‘lingiz tushadi.

Titul bu yerda:
https://t.me/TESTLIDER/5691
10🔥7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Onlayndagi o‘quvchilarimning ijodidan :)

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥4712👍6😁3😍3💯2
Yana kim sevimli shogirdim bo‘lishni xohlaydi?

Buning yo‘li bitta: topshiriqlarni bajaring, mas’uliyatli bo‘ling.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
170🔥11💯7👏6😍2👎1🙏1