𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
19.5K subscribers
1.26K photos
165 videos
418 files
1.36K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
Qay biri yaxshiroq? Fikringiz juda muhim!
21👍17🔥5👀2
21👏3🔥2🏆1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Okruglar haqidagi savolga agar 1 ta odam apellyatsiya bergan bo‘lsa ham nima uchun unga ball berish kerakligi va hozir sizga aytilishi mumkin bo‘lgan qo‘shtirnoq ichidagi “argumentlar”ga qanday javob berish kerakligi haqida! Avvalo shuni ta’kidlab o‘tay:…
Eshitishimcha, “Okruglar” savoli bo‘yicha apellyatsiya berganlarga qo‘ng‘iroqlar bo‘la boshlagan

Xullas, Baholash markazi «savol xato bo‘lsa ham, ball qo‘shib bera olmaymiz. Chunki bu masala juda jiddiy: davlat byudjetidan qo‘shimcha mablag‘ chiqib ketadi. “Bizga yuqoridan shunday buyruq berilgan”» degan mazmundagi gaplarni ham hech qachon aytmaydi, deb o‘ylayman. Savolni to‘g‘ri desa, konstruktiv yo‘l bilan isbotlab bera olsa kerak. ☺️

Nega?
Birinchidan, bunday izoh yuqoriga nisbatan ayblov bo‘lib qoladi.
Ikkinchidan, aslida holat unchalik emas, menimcha.

Aslida qanday, mening taxminimcha?
Menimcha, “xato savol tuzib bo‘lsa-da, yiqit” degan buyruq yo‘q. Balki “munosiblar olsin” degan ko‘rsatma bo‘lishi mumkin. Bu testologiyada ham mavjud tamoyil: test shunday darajada valid bo‘lishi kerakki, u haqiqatan bilim va tayyorgarligi yetarli bo‘lganlarni ajrata olsin – ya’ni, munosiblarni.

Bu savol “murakkab” emas, bu savol xato. “Murakkablashtirish” – boshqacha jarayon. Shuningdek, BSB va CHSB testlarini ham aynan shu tashkilot tuzadi va u yerda ham “sal noto‘g‘riroq” savollarni uchratish mumkin. Hech kim 7-sinf o‘quvchisini “atayin yiqitish” uchun topshiriq bermasa kerak. :) Gap aslida testologning o‘zida, menimcha. Hech qanday “yiqit” degan hukumat talabi yo‘q. Kimdir bu gapni aytayotgan bo‘lsa, aldayapti, qaranglar lekin :)

Endi-chi?
Agar Baholash markazi bu savolni “to‘g‘ri tuzilgan” deb himoya qilmoqchi bo‘lsa, bunga qonunchilik, spetsifikatsiya va tarixchilar bilan bo‘lgan sudda o‘zlari ham aytgan YUNESKO testologiya qo‘llanmasi asosida dalil keltirishi kerak, xolos.

“Boshqacha gaplar”ni ular aytishmaydi. Chunki “boshqacha gaplar” UMUMIY IMIJGA putur yetkazadi. Ular esa buni yaxshi anglaydigan, TIZIMNING obro‘sini saqlay oladigan darajada idrokli, deb o‘ylayman. 🙃

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19🔥10
Shokir Tursun ustoz yozyapti: “Attestatsiya testlari sifatida yaxshilanish koʻrmadim. Oʻtgan safar sudga berilgan fanlar biroz osonlashtirib qoʻyilibdi xolos”.

Pedagogik mahoratdan tuzilgan testlar esa hamon oʻqituvchilik mahoratini aniqlashga qaratilmagan.


@birgap

***

Ha, aslida shunday.

“Oson” degani “sifatli” va “to‘g‘ri”, xulosani to‘g‘ri chiqarib beradi, deganimas-da...

Keyin ba’zi izohlarda yozilyapti: pedagogik mahorat test bilan o‘lchanmaydi, deb. Aslida bu gapda biroz muammo bor. Pedagogik mahorat unday testlar bilan o‘lchanmaydi, deyilsa to‘g‘riroq. Chunki biz baribir qanday usul bilan bo‘lsa-da, o‘lchamoqchimizmi – bu yerda baholash nazariyasi (testologiya) qonuniyatlaridan kelib chiqiladi. Ya’ni baribir u ham test.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥174👍4
#haftalik_reja

🎯 “A+ sari Jalol BOLTAYEV bilan” marafoniga start!

@TESTLIDER kanalida 30-noyabrgacha
• Har haftada kamida 4 ta test tahlili bo‘lib o‘tadi.
• Testlar, muhim qo‘llanmalar, foydali tavsiyalar berib boriladi.

🗓 Haftalik anons:
4-noyabr | 18:00 | “Milliy sertifikat” testi tahlili
6-noyabr | 18:00 | “Milliy sertifikat” testi tahlili
8-noyabr | 18:00 | “Milliy sertifikat” testi tahlili
9-noyabr | 18:00 | “Milliy sertifikat” testi tahlili


Tahlillarda doimiy qatnashganlar imtihonda tushadigan “kutilmagan savol”larga tayyor bo‘lishadi, test ishlash texnikasining sir-asrorini o‘rganishadi, Xudo xohlasa! Loyihaning sizga manfaatli bo‘lishi uchun maksimal harakat qilaman!


So‘nggi 4 ta imtihonda o‘quvchilarim eng yuqori natijalarni qayd etishgan. REKORD uzilmasdan kelmoqda!
83+, 85+, 87+, 90+ kabi natijalarning ortida Jalol BOLTAYEV test tahlillari muhim o‘rin tutadi!

O‘zimning testlarimni shaxsan o‘zim tahlil qilaman!😉

(c) Jalol BOLTAYEV – testolog, repetitor

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4818👏5👎1💯1
BAHOLASH MARKAZI JAMOATCHILIK BILAN ISHLASHNI QACHON O‘RGANADI?

Avvalroq Xushnudbek Xudoyberdiyev fizika fani repetitorlarini Baholash markazi ekspertlari bilan yuzlashtirgandi. Ehtimol, bu uchrashuvga o‘sha ekspertlarning o‘zlari “dabro” bergani sabab bo‘lgan.

Men shanbadan beri ularga bog‘lanib, bugun, hozirgina aniqroq javob oldim: tushunishimcha, ularning jamoatchilik bilan ishlash istagi yo‘q ekan. Ularning eksperti bilan “okruglar” haqidagi savolni yanada batafsil muhokama qilib olmoqchi edim.

“Siz attestatsiyada qatnashmagansiz” deyapti. Xo‘p, lekin jamoatchilik nazorati o‘zi shu narsa – ijtimoiy ahamiyatga molik narsalarni ochiq muhokama qilish fundamental ijtimoiy huquqlarimizga kiradi (shuningdek, fiziklarga mumkin-u, tarixchilarga mumkinmasmi?).

Bilganlarim orasida “okruglar” savoliga bir qancha pedagoglar norozilik bildirdi. “Vestgotlar” masalasida o‘sha paytda yuzdan ortiq o‘qituvchi “sudga beramiz, ommaviy guruh oching” degan. Men esa bu ishni ommaviylashtirishni XOHLAMAGANMAN (o‘zi apellyatsiyada ball berilsa kerak, hech qanday muammo bo‘lmasa kerak deb o‘ylagandim boshida). Aslida sudga berishdan oldin 2 oydan ortiq ziyod vaqt davomida faqat va faqat murosa yo‘li izlandi, lekin o‘sha payt hech kim qoshini ham qimirlatmagandi.

Keyin faqat dastlabki 4 nafar o‘qituvchiga manbalar va advokat topishlari uchun yordam berganman, xolos. Chunki, avvalo, test xatoligi aniqlansa, baribir hamma uchun ball beriladi, deb hisoblagandim va yuzlab pedagoglar sudga bersa, Baholash markazidagilarga ortiqcha ovoragarchilik bo‘lmasin, deb ularni ham o‘ylagandim :)

Xulosa shuki, Baholash markazi jamoatchilik bilan ochiq va tizimli muloqot o‘rnatmasa, bunday sud ishlari yana ko‘payadi. Natijada, na tizimga bo‘lgan ishonch, na ular haqidagi ijobiy tasavvur mustahkamlanadi.

(c) Jalol BOLTAYEV

P. S. Keling, BM ekspertlari, “okruglar” haqidagi savolni muhokama qilaylik. Balki, keyin “vestgotlar”ga ham navbat qoldirarmiz. Kanalimni muntazam kuzatishingizni ham bilaman, telefon raqamim sizlarda bor, shundayam eslatib o‘taman: 97-299-00-66

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
23🔥3
VAZIRLIKNING RASMIY MUNOSABATIGA JAVOB

❗️“OAV bilan ham hamkorlik, savollarga ochiq javob berishga tayyorligimizni ham ma’lum qilamiz” deyilgan.
Yaxshi. Lekin bugun qo‘ng‘iroq qilganimda biroz tortishuvdan so‘ng “siz attestatsiyada qatnashmagansiz” degan javob bilan suhbat uzildi. Mening postim soat 10:00 da, rasmiy munosabat 12:00 da chiqqan bo‘lsa, men o‘sha munosabatda aytilganlarga ishonib, hozir qayta qo‘ng‘iroq qilib o‘tiribman, qo‘ng‘iroqlarim javobsiz qolmoqda. Demak, amalda ochiqlik ishlayaptimi?

❗️“Vazirlik har bir test topshirig‘i va bildirilgan e’tiroz yuzasidan asosli izoh berishga tayyor ekanligini ma’lum qiladi. Buning uchun (71) 207-79-79 telefon raqamlari ham doimiy ishlab turibdi” deyilgan.
Telefonni hech kim ko‘tarmayapti deyapman. Savol yana shunday: jamoatchilik nazoratiga ochiqmisiz? “Siz qatnashmagansiz” kabi javoblar bilan eshik yopilmaydimi?

❗️“Ayrim test savollarini noto‘g‘ri shaklda, mazmunini o‘zgartirib ijtimoiy tarmoqlarga tarqatish holatlari sodir bo‘lmoqda” deyilgan.
Bu fikrga uch jihatdan e’tirozim bor:
• Xatolik oddiy va aniq. Savol matnidagi bitta element to‘g‘ri javobni chalkashtiradi, natijada to‘g‘ri javobni chiqarib bo‘lmaydi. Buni deyarli hamma o‘qituvchi tasdiqladi. Vestgotlar masalasida “bosib oldi”, “qaytarib oldi” yoki “tortib oldi” deyilsa ham, tarixiy jihatdan javob – vestgotlar. Chunki Yustinian I davrida ular surib chiqarilgan, keyin esa hududni qayta egallagan.
• Savol matnini “ko‘rsating” deganimiz yo‘q. Chunki bu oson darajadagi savol. Mazmuni allaqachon aniq. Aytaylik, murakkab darajadagi savollarni kimdir bir qancha ustozlar eslab qolganidan kelib chiqib yozsa, bir-ikki so‘z o‘zgargani uchun “noto‘g‘ri tarqatilgan” deyish to‘g‘rimi? Axir savollarni sizlar o‘zingiz rasmiy e’lon qilmaysiz-ku. Bu holatda e’tirozni “noto‘g‘ri shaklda tarqatilgan” deb baholash adolatdan yiroq. Lekin yuqorida aytganimdek, biz “noto‘g‘ri mazmunda” bermayapmiz. Biz e’tiroz bildirayotgan savol oddiy. Oddiy savolda xato qilgansiz.
• Oldinroq BM xodimi bilan suhbatda e’tiroz nuqtasi tan olingan. U kishi savoldagi muammo joyini tan oldi, biroq “spetsifikatsiya 2018-yilgacha chegaralaganmiz” degan sabab bilan ball berilmasligini aytgan. Bu yondashuv noto‘g‘ri, chunki o‘sha hujjatlarda bunaqa cheklov yo‘q. Buni qonunchilik asosida va sizlar e’tirof etgan YUNESKO testologiya qo‘llanmasi orqali ham isbotlashga tayyormiz.

***

Ochiqlik – faqat bayonot berib, yana o‘z bilgan yo‘lidan ketish degani emas. Tezkor aloqa, aniq javob, ochiq va samimiy muzokaradir. Telefon ishlasin, savol-javob ochiq o‘tsin, jamoatchilik nazorati real bo‘lsin. Shu holda sizlarga ishonch ortadi, asli siz-biz degan tushuncha yo‘q, “biz” degan tushuncha bor.

Oldinam aytganimdek, bu narsa butun Vazirlik nomidan ketayotgani aslida noto‘g‘ri. Vazirlik tizimida juda samarali faoliyat olib borayotgan kadrlarni bilaman. Bitta Baholash markazi xatti-harakatlari ortidan, mana, hoziram butun boshli vazirlik o‘z nomidan javob (munosabat) bildirishga to‘g‘ri kelmoqda!

Bayonotdagi boshqa e’tirozlarga bizning aloqamiz yo‘q. “Advokat uchun 100 mln so‘m” va shu kabi e’tirozlar biz bilan bog‘liq emas. Aksincha, eng boshida yuzlab tarixchi o‘qituvchilar “sudga beraylik, ommaviy guruh ochaylik” deganida men inkor qilgan edim. Chunki o‘shanda “bitta odam yutsa ham, xato savol tan olinsa, baribir hammaga ball beriladi” deb o‘ylagandim. Va yuqorida aytganimdek, BM uchun butun vazirlik javob berishini ham istamagandim.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13🔥12👏3👍1
Xullas, do‘stlar, ushbu testlarning muallifi men hisoblanaman...

Ushbu testlardan mualliflik huquqini buzmagan holda foydalanishingizga roziman. Lekin hozir uyog‘idan bir test, buyog‘idan bir test olib, o‘zining testi sifatida ko‘rsatib yurganlar ancha. Buyam mayli, o‘zim tuzgan testlarni mendan yaxshiroq tahlil qilaman, deb o‘ylashadi ba’zilar :)

Xullas, ertadan @TESTLIDER kanalida professional darajadagi tahlillar boshlanadi! Testolog bo‘lsa, boz ustiga testning chin muallifi tahlil qilsa – bundan yaxshisi yo‘q!

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
23👍15🔥8
Forwarded from Sevinch
Ustoz sizga kattakon rahmat. Bu natijaga erishishimga siz sababchisiz. Siz tufayli 167 ballga ega boʻldim. Alloh sizdan rozi boʻlsin. Geografiya man uchun juda qiyin fan adi. Ayniqsa, amaliysi, masalalari. Siz masala ishlashni shunnin atib oʻrgatdingizki, hech kim vunnin atib tushuntirib barib bilmidi. Rahmat sizga
Bu natijaga qisqa muddatda erishish asa umuman xayolimga ham kelmagan edi. Mani eng katta muvaffaqiyatim bu toʻgʻri tanlov qilganim, ya'ni ustoz sifatida sizni tanlaganimdir.
Muvaffaqiyatimni ta'minlagan omillar:
-tizimli kurs
-sifatli va mukammal materiallar va eng asosiysi
DUNYODAGI ENG,ENG YAXSHI USTOZ... Sizdin ustozni shogirdi ekanligimdan faxrlanaman.
Minglab tarixchilar qalbini zabt etgan sizdin ustoz hech qayerda yoʻq va hech qachon boʻlmasa ham kerak...
🔥4820👏8💯3😍1
Forwarded from Jalol BOLTAYEV
Endi navbatdagi marra tarix fan olimpiadasi!
19🔥13
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍48🔥189👏5🤝4💯2👀2
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Photo
Kim plagiator? Hamma eshitsin, muhim!

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥3💯21
DIQQAT!
Bugun 18⁰⁰ da “Milliy sertifikat” test tahlillariga start beriladi! @TESTLIDER kanalida, BEPUL.

MUHIM!
7-noyabrda “noldan” boshlanadigan kursga qabul davom etmoqda. Guruhga qo‘shilish uchun
@JalolBOLTAYEV'ga yozing.

TEZKOR!
30-noyabrda bo‘lib o‘tadigan imtihon uchun “Tezkor guruh”ga kirsangiz bo‘ladi. Hozirda 10-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2022) o‘rganilmoqda. “Eski darsliklar” ham imtihonga oz qolganda maxsus qo‘llanmalar bilan ko‘rib chiqiladi.
Guruhga qo‘shilish uchun @JalolBOLTAYEV'ga yozing.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15🔥11
TARIX. MILLIY SERTIFIKAT (@TESTLIDER. JALOL BOLTAYEV. 1-v.).pdf
5.1 MB
🔥Test boshlandi!

🎯 “A+ sari Jalol BOLTAYEV bilan” marafoni
@TESTLIDER kanalida 30-noyabrgacha
• Har haftada kamida 4 ta test tahlili bo‘lib o‘tadi.
• Testlar, muhim qo‘llanmalar, foydali tavsiyalar berib boriladi.


• Test: «MILLIY SERTIFIKAT»
• Muallif: JALOL BOLTAYEV✅️
1-variant
• Maxsus kod: 155 (@jalolboltayev_testbot)
• Namuna: 155*1a2b3c...35a
• Tahlil vaqti: 18:30 (bugun)

18:30 gacha ishlab, tayyor bo‘lib turing. Tahlil jarayonida savol-javob ham olib borishimiz mumkin.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2711👍10
Eldor ASADOV – 30 yosh muborak!

Kanalimning 8 yillik faoliyati davomida ko‘plab yaxshi insonlarni uchratdim, ularning ayrimlari hayotimda alohida o‘rin tutadi. Ana shunday insonlardan biri – huquqshunos Eldor ASADOV.

Eldor aka energiyaga to‘la, hech qachon toliqmaydigan, ishdan qochmaydigan, o‘z ishiga sadoqatli va salohiyatli repetitorlardan biridir.

Eldor aka, 30 yoshingiz muborak bo‘lsin!
Hayotingiz doimo shijoat, baraka va yuksalishlarga to‘la bo‘lsin. Siz qadrlisiz!

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7121👍8💯8👏2