𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
19.7K subscribers
1.27K photos
166 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
Markazning “darslikda qanday bo‘lsa, shunday olamiz” degan pozitsiyasi sudda RASMAN yemirildi

Dastlabki sud ishlarida vazirlik “darslikda qanday yozilgan bo‘lsa, shunday olamiz” degan pozitsiyani ilgari surgan edi. Bu yondashuv aslida “darslikda xato bo‘lsa ham, u to‘g‘ri hisoblanadi” degan ma’noni anglatardi. Baholash markazi xodimlaridan biri ham xuddi shu mazmunda menga fikr bildirgan, ammo o‘sha zahotiyoq unga bu pozitsiya huquqiy, mantiqiy va testologik jihatdan asossiz ekanini dalillar bilan isbotlab bergan edim.

Keyingi sud majlislarida Baholash markazi o‘z pozitsiyasini o‘zgartirdi. Ya’ni “darslikda qanday bo‘lsa, shunday olamiz” degan fikrdan asta-sekin voz kechib, Yustiniandan so‘ng Ispaniyani vestgotlar egallagan degan faktga qarshi o‘laroq “Ispaniyani Yustiniandan so‘ng langobardlar bosib olgan, bu ilmiy va tarixiy haqiqat” degan qarashni ilgari surdi.

JUDA MUHIM: spetsifikatsiya, sodda aytganda, imtihon talabgordan qaysi bilim va ko‘nikmalarni o‘lchashi kerakligini belgilovchi hujjatdir (bu mening shaxsiy ta’rifim emas). Unga ilova qilingan darsliklar ro‘yxati esa tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lib, u hech qachon “xato ma’lumot asosida test tuz” degan talabni o‘z ichiga olmaydi. Spetsifikatsiya va unga ilova qilingan tavsiyaviy darsliklar ro‘yxati umuman BOSHQA-BOSHQA NARSALAR.

Bundan tashqari, 572-sonli hukumat qarorining 43-bandida: “attestatsiya jarayoni... testologiyaning xalqaro talablari asosida shakllantiriladi” – deb aniq ko‘rsatib o‘tilgan.

YUNESKO tomonidan tayyorlangan testologiya bo‘yicha qo‘llanmalarda test topshiriqlari faqat obyektiv, faktologik jihatdan to‘g‘ri va dalillanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarga asoslanishi kerakligi haqida keltirib o‘tilgan.

Sud jarayonida, advokatning aytishicha, Baholash markazi vakili “biz testlarni YUNESKO qo‘llanmalari tamoyillariga muvofiq tuzamiz” degan fikrni bildirgan. Agar ular bu qo‘llanmani o‘qishgan bo‘lsa, albatta, o‘sha tamoyilni ko‘rishgan.

Xullas, vazirlikning “kitobda qanday bo‘lsa, shunday olamiz” degan pozitsiyasi biz tomonimizdan huquqiy, mantiqiy va testologik dalillar orqali, shuningdek hukumat qarori hamda o‘zlari ta’kidlaydigan “xalqaro testologiya talablari”ga tayangan holda butunlay sindirildi. Ya’ni ular bunday qila olishmasligini, bu pozitsiyani sudda ilgari sura olmasligini tushunib yetdi.

Natijada Baholash markazi “Yustiniandan so‘ng vestgotlar Ispaniyani tortib olgan” degan tarixiy faktni inkor qilib, “langobardlar tortib olgan” degan da’voni “ILMIY HAQIQAT” sifatida himoya qila boshladi. Bu o‘zgarishni Xalqta’limiinfo’da e’lon qilingan maqolalarni bir boshidan kuzatib borgan odam bemalol sezadi.

Sud jarayonida Tarix institutidan olimlar kelishiga umid bor edi, ammo sudya G.K.Djumayeva buni qanoatlantirmadi. Hatto BMBA vakillari ham kelmadi.

Shunga qaramay, bu holat ular uchun “katta saboq” bo‘ldi, deb o‘ylayman. 27-oktyabr kuni o‘tkazilgan attestatsiya imtihonida, ayniqsa tarix yo‘nalishida, o‘tganlarning soni avvalgilariga nisbatan sezilarli darajada ko‘paygani ham bejiz emas (savollarni “oson” qilib qo‘yishgan).


Davomi bu yerda...

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
💯139👍7
Davomi.. (boshi bu yerda)

P. S. Shu bilan birga “vestgot-langobard” masalasidan so‘ng “darslikda xato bo‘lsa ham, aynan shuni o‘qitish kerak” deb aytayotganlarni ham bir jihatdan tushunish mumkin. Bu holat testologiyada “washback effekti” deb ataladi, ya’ni imtihon o‘qitish tizimiga bevosita ta’sir o‘tkazadi (lekin buni “huquqiy jihatdan ham shunday” demaslik kerak, chunki bundaymas).

Masalan, agar imtihon sifatsiz tashkillansa, o‘qitish tizimi (metodika) undan ham ko‘proq zarar ko‘radi. Ya’ni odatda “sharmanda imtihon”, aytaylik, repetitorlarning “yanada sharmanda metodika” shakllantirishiga olib keladi (masalan, imtihonda sifatsizroq savol qo‘llansa, undanam sifatsiz savol bera boshlashadi va buni “imtihonda shunday tushyapti-ku” degan gap bilan oqlashadi. Bu “washback effekti” deyiladi va bu mening shaxsiy qarashlarim emas. Bu yerda aybni faqatgina saviyasizlikka bog‘lash ham noo‘rin, u bilan birga test o‘tkazuvchi tashkilotning aybi ham bo‘ladi.

Qisqasi, huquqiy jihatdan rasman “xato ma’lumot asosida” test tuzib bo‘lmaydi, ammo amalda shunday bo‘lib qoldi (biroq ular “bu to‘g‘ri ma’lumot” deb turib olishdi). Shunga qaramay, endi Baholash markazi faktlarni tekshirib, xalqaro testologiya talablari doirasida testlarni tuzishga niyat qilishi shubhasiz (niyatning o‘zi kamlik qiladi lekin :)

👉 @TESTLIDER
🔥217👍7
Qisqacha:
Negativ washback effekti – “sharmanda imtihon” undanam “sharmanda repetitorlar”ni yaratadi. “Imtihonda shunday-ku” deb har narsa, har qanday saviyasizlik “oqlanadi”.

P. S. ikkinchidan, aslida qonunchilikda ham UNDAY EMAS, hukumat qarori bilan belgilab qo‘yilgan normalarga ko‘ra, xato ma’lumot asosida tuzish mumkinmas (ular keyinchalik shuning uchun ham “ilmiy haqiqat” degan pozitsiyani ilgari surishdi).

Uchinchidan, hamma imtihondayam undaymas. Masalan, noto‘g‘ri o‘rganib, so‘ngra BMBA imtihonida okruglar bo‘yicha savol tushganda “apellyatsiya berganlar” ball ololmagan.

Biz BMBAda va qonunchilikda undayligi uchungina emas, shunday o‘rgatish (ya’ni to‘g‘ri ma’lumotni o‘rgatish) to‘g‘riligi uchun shunday o‘rgatganmiz.

To‘rtinchidan, okruglar bo‘yicha 99 % odam “xato qilmagan”. Lekin 1 ta odam bo‘lsayam uyam odam!

Beshinchidan, sudga berganlar yo meni o‘quvchimmas, yo tanishimmas edi. Va ular ONGLI ravishda vestgot javobini belgilashgan. Vaholanki, Baholash markazida bunday ma’lumotlardan qochish imkoni ham bor edi asli (agar tekshirsa).

Oltinchidan, to‘g‘ri biz “yutqazgan” bo‘lishimiz mumkin. Lekin yaxshigina dars berib qo‘ydik. Natijalarning oldingi imtihondan bir necha marotaba ko‘p bo‘lishiga “sud ishi” juda kuchli ta’sir ko‘rsatdi (Xorazm misolida taxminan 7–8 baravar ko‘p tarixchi toifa imtihonidan o‘tdi).

Yettinchidan, agar biz gapirmasak, har qanday saviyasi past na ilmda, na mantiqda, na testologiyada, na qonunchilikda bor bo‘lgan narsani haqiqat deb gapiradi.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1512🔥4💯2
Tasavvur qilaylik

Aytaylik, hatto sharmanda imtihonga tayyorlash uchun repetitordan tahlil qilish, baholash, yaratish ko‘nikmalari talab etiladi. Chunki u baribir metodika va material yaratishi kerak. Buning uchun tahlil va baholash ko‘nikmalari kerak.

“Tushunish”ni endi aytish shartmas edi-yu, lekin tarixdagi fundamental narsalarni tushuna olmay turibam gapirib yurganlar ancha.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍135🔥4
Okruglar haqidagi savolga agar 1 ta odam apellyatsiya bergan bo‘lsa ham nima uchun unga ball berish kerakligi va hozir sizga aytilishi mumkin bo‘lgan qo‘shtirnoq ichidagi “argumentlar”ga qanday javob berish kerakligi haqida!

Avvalo shuni ta’kidlab o‘tay: okruglar haqidagi savolning noto‘g‘riligi, apellyatsiya berishganini o‘qituvchilar aytishdi, keyin men ham yozdim. Shundan so‘ng Baholash markazi xodimi menga aloqaga chiqib, “argumentlashib” ko‘rmoqchi bo‘ldi. Hech bir “argumenti” yemagach, “siz nima desangiz ham savol to‘g‘ri tuzilgan” deb javob berdi. Shuning uchun ham batafsil tarzda bunday maqola yozishga majbur bo‘ldim.

Eslatma: ushbu maqolada keltirilganlar mening shaxsiy talablarim yoki shaxsiy fikrlarim emas.

(c) Jalol BOLTAYEV

BATAFSIL:
https://telegra.ph/Okrug-boyicha-savolda-apellyatsiyada-ball-berilishi-shart-Nimaga-10-31

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🔥7💯2
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Okruglar haqidagi savolga agar 1 ta odam apellyatsiya bergan bo‘lsa ham nima uchun unga ball berish kerakligi va hozir sizga aytilishi mumkin bo‘lgan qo‘shtirnoq ichidagi “argumentlar”ga qanday javob berish kerakligi haqida! Avvalo shuni ta’kidlab o‘tay:…
Adashmasam, 10 tacha bo‘lib qoldi shu savol bo‘yicha apellyatsiya bergan o‘qituvchilar (menda o‘qishmaydi).

Kimda kanal bo‘lsa, shu postni joylasa, yana +1 ta odamga yordami tegishi mumkindir balki.

Tasavvur etaylik, 5000 ta odamdan 50 ta odam apellyatsiya bergan bo‘lsa, o‘sha 50 o‘qituvchi ham odam-ku!
🔥116👍3
Okruglar bo‘yicha (1)
🔥7👍1
Okruglar bo‘yicha (2)

Muhim
🔥62👍2
Baholash markazida svet ham yo‘qmi shunda? 😁

Ja unaqa obro‘sini to‘kib tashlamanglar :)
👍18👎73💯2
Har qachon va har qanday ezgu faoliyating yo‘lida oyog‘ing tagida o‘ralashib, seni orqaga tortishga harakat qiladigan tirranchalar bo‘ladi. Na qo‘lidan bir ish keladi, na nimanidir o‘zgartirishga harakat qiladi. Siz qilsangiz, osiladi, osilib katta bo‘lganlar.

BMBAni hozir yaxshi ishlaydi deymiz. Haqiqatan. Kamchiliklari bor, lekin oldingidan yaxshi ancha. Bir narsa aniqki, bunga, albatta, jamiyatning ziyoli qatlami tomonidan bildirilgan konstruktiv tanqidlar ham juda katta ta’sir o‘tkazgan.

Unutmang, konstruktiv tanqid qilgan odam sizga dushman emas.

Mana, masalan, bu yil Baholash markazi juda chuqur ravishda “subyektiv fikr”ga asoslangan testlar qo‘ymabdi. O‘tgan yil ko‘p edi bunday testlar. Bu testologiya qoidalariga zid hisoblanardi. Va ishtirokchilarga ham “noqulay” edi. Umuman olganda, “subyektiv” fikrga asoslangan testlarda “noto‘g‘ri” javobni belgilashni “bilimsizlik” deb ham bo‘lmasdi.

Endi testologiya qoidalariga ko‘ra, haqiqatga to‘g‘ri keladigan, dalillanishi mumkin bo‘lgan, inkor qilib bo‘lmaydigan darajada to‘g‘ri ma’lumotlargina test mazmuniga kiritilishi lozimligini tushunib yetishi kerak.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19🔥127🏆1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shuning uchun tezroq kursga qo‘shiling! 😄

“QISHKI-BAHORGI” guruhim 7-noyabrdan boshlanadi. Noldan Attestatsiya va “Milliy sertifikat”ga tayyorlanuvchilar uchun.

• Narx: 1-oyi 150 ming so‘m
• Karta:
9860010133910371

To‘lovni amalga oshirib, menga (@JalolBOLTAYEV) chekni yuborasiz, so‘ngra men sizga yopiq guruhning linkini beraman.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁2619🔥7💯3
Biz hali charchamadik! 😁
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏53😎1210😁8👍5🔥2👌2🏆1
Bu inson kim? Kommentga yozing.
🔥246
Qay biri yaxshiroq? Fikringiz juda muhim!
21👍17🔥5👀2
21👏3🔥2🏆1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Okruglar haqidagi savolga agar 1 ta odam apellyatsiya bergan bo‘lsa ham nima uchun unga ball berish kerakligi va hozir sizga aytilishi mumkin bo‘lgan qo‘shtirnoq ichidagi “argumentlar”ga qanday javob berish kerakligi haqida! Avvalo shuni ta’kidlab o‘tay:…
Eshitishimcha, “Okruglar” savoli bo‘yicha apellyatsiya berganlarga qo‘ng‘iroqlar bo‘la boshlagan

Xullas, Baholash markazi «savol xato bo‘lsa ham, ball qo‘shib bera olmaymiz. Chunki bu masala juda jiddiy: davlat byudjetidan qo‘shimcha mablag‘ chiqib ketadi. “Bizga yuqoridan shunday buyruq berilgan”» degan mazmundagi gaplarni ham hech qachon aytmaydi, deb o‘ylayman. Savolni to‘g‘ri desa, konstruktiv yo‘l bilan isbotlab bera olsa kerak. ☺️

Nega?
Birinchidan, bunday izoh yuqoriga nisbatan ayblov bo‘lib qoladi.
Ikkinchidan, aslida holat unchalik emas, menimcha.

Aslida qanday, mening taxminimcha?
Menimcha, “xato savol tuzib bo‘lsa-da, yiqit” degan buyruq yo‘q. Balki “munosiblar olsin” degan ko‘rsatma bo‘lishi mumkin. Bu testologiyada ham mavjud tamoyil: test shunday darajada valid bo‘lishi kerakki, u haqiqatan bilim va tayyorgarligi yetarli bo‘lganlarni ajrata olsin – ya’ni, munosiblarni.

Bu savol “murakkab” emas, bu savol xato. “Murakkablashtirish” – boshqacha jarayon. Shuningdek, BSB va CHSB testlarini ham aynan shu tashkilot tuzadi va u yerda ham “sal noto‘g‘riroq” savollarni uchratish mumkin. Hech kim 7-sinf o‘quvchisini “atayin yiqitish” uchun topshiriq bermasa kerak. :) Gap aslida testologning o‘zida, menimcha. Hech qanday “yiqit” degan hukumat talabi yo‘q. Kimdir bu gapni aytayotgan bo‘lsa, aldayapti, qaranglar lekin :)

Endi-chi?
Agar Baholash markazi bu savolni “to‘g‘ri tuzilgan” deb himoya qilmoqchi bo‘lsa, bunga qonunchilik, spetsifikatsiya va tarixchilar bilan bo‘lgan sudda o‘zlari ham aytgan YUNESKO testologiya qo‘llanmasi asosida dalil keltirishi kerak, xolos.

“Boshqacha gaplar”ni ular aytishmaydi. Chunki “boshqacha gaplar” UMUMIY IMIJGA putur yetkazadi. Ular esa buni yaxshi anglaydigan, TIZIMNING obro‘sini saqlay oladigan darajada idrokli, deb o‘ylayman. 🙃

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19🔥10
Shokir Tursun ustoz yozyapti: “Attestatsiya testlari sifatida yaxshilanish koʻrmadim. Oʻtgan safar sudga berilgan fanlar biroz osonlashtirib qoʻyilibdi xolos”.

Pedagogik mahoratdan tuzilgan testlar esa hamon oʻqituvchilik mahoratini aniqlashga qaratilmagan.


@birgap

***

Ha, aslida shunday.

“Oson” degani “sifatli” va “to‘g‘ri”, xulosani to‘g‘ri chiqarib beradi, deganimas-da...

Keyin ba’zi izohlarda yozilyapti: pedagogik mahorat test bilan o‘lchanmaydi, deb. Aslida bu gapda biroz muammo bor. Pedagogik mahorat unday testlar bilan o‘lchanmaydi, deyilsa to‘g‘riroq. Chunki biz baribir qanday usul bilan bo‘lsa-da, o‘lchamoqchimizmi – bu yerda baholash nazariyasi (testologiya) qonuniyatlaridan kelib chiqiladi. Ya’ni baribir u ham test.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥174👍4
#haftalik_reja

🎯 “A+ sari Jalol BOLTAYEV bilan” marafoniga start!

@TESTLIDER kanalida 30-noyabrgacha
• Har haftada kamida 4 ta test tahlili bo‘lib o‘tadi.
• Testlar, muhim qo‘llanmalar, foydali tavsiyalar berib boriladi.

🗓 Haftalik anons:
4-noyabr | 18:00 | “Milliy sertifikat” testi tahlili
6-noyabr | 18:00 | “Milliy sertifikat” testi tahlili
8-noyabr | 18:00 | “Milliy sertifikat” testi tahlili
9-noyabr | 18:00 | “Milliy sertifikat” testi tahlili


Tahlillarda doimiy qatnashganlar imtihonda tushadigan “kutilmagan savol”larga tayyor bo‘lishadi, test ishlash texnikasining sir-asrorini o‘rganishadi, Xudo xohlasa! Loyihaning sizga manfaatli bo‘lishi uchun maksimal harakat qilaman!


So‘nggi 4 ta imtihonda o‘quvchilarim eng yuqori natijalarni qayd etishgan. REKORD uzilmasdan kelmoqda!
83+, 85+, 87+, 90+ kabi natijalarning ortida Jalol BOLTAYEV test tahlillari muhim o‘rin tutadi!

O‘zimning testlarimni shaxsan o‘zim tahlil qilaman!😉

(c) Jalol BOLTAYEV – testolog, repetitor

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4818👏5👎1💯1
BAHOLASH MARKAZI JAMOATCHILIK BILAN ISHLASHNI QACHON O‘RGANADI?

Avvalroq Xushnudbek Xudoyberdiyev fizika fani repetitorlarini Baholash markazi ekspertlari bilan yuzlashtirgandi. Ehtimol, bu uchrashuvga o‘sha ekspertlarning o‘zlari “dabro” bergani sabab bo‘lgan.

Men shanbadan beri ularga bog‘lanib, bugun, hozirgina aniqroq javob oldim: tushunishimcha, ularning jamoatchilik bilan ishlash istagi yo‘q ekan. Ularning eksperti bilan “okruglar” haqidagi savolni yanada batafsil muhokama qilib olmoqchi edim.

“Siz attestatsiyada qatnashmagansiz” deyapti. Xo‘p, lekin jamoatchilik nazorati o‘zi shu narsa – ijtimoiy ahamiyatga molik narsalarni ochiq muhokama qilish fundamental ijtimoiy huquqlarimizga kiradi (shuningdek, fiziklarga mumkin-u, tarixchilarga mumkinmasmi?).

Bilganlarim orasida “okruglar” savoliga bir qancha pedagoglar norozilik bildirdi. “Vestgotlar” masalasida o‘sha paytda yuzdan ortiq o‘qituvchi “sudga beramiz, ommaviy guruh oching” degan. Men esa bu ishni ommaviylashtirishni XOHLAMAGANMAN (o‘zi apellyatsiyada ball berilsa kerak, hech qanday muammo bo‘lmasa kerak deb o‘ylagandim boshida). Aslida sudga berishdan oldin 2 oydan ortiq ziyod vaqt davomida faqat va faqat murosa yo‘li izlandi, lekin o‘sha payt hech kim qoshini ham qimirlatmagandi.

Keyin faqat dastlabki 4 nafar o‘qituvchiga manbalar va advokat topishlari uchun yordam berganman, xolos. Chunki, avvalo, test xatoligi aniqlansa, baribir hamma uchun ball beriladi, deb hisoblagandim va yuzlab pedagoglar sudga bersa, Baholash markazidagilarga ortiqcha ovoragarchilik bo‘lmasin, deb ularni ham o‘ylagandim :)

Xulosa shuki, Baholash markazi jamoatchilik bilan ochiq va tizimli muloqot o‘rnatmasa, bunday sud ishlari yana ko‘payadi. Natijada, na tizimga bo‘lgan ishonch, na ular haqidagi ijobiy tasavvur mustahkamlanadi.

(c) Jalol BOLTAYEV

P. S. Keling, BM ekspertlari, “okruglar” haqidagi savolni muhokama qilaylik. Balki, keyin “vestgotlar”ga ham navbat qoldirarmiz. Kanalimni muntazam kuzatishingizni ham bilaman, telefon raqamim sizlarda bor, shundayam eslatib o‘taman: 97-299-00-66

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
23🔥3