𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
19.8K subscribers
1.27K photos
166 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
Eshitishimizcha, apellyatsiya berganlarga qo‘ng‘iroq qilib, ekspert bir narsalarni tushuntirmoqda ekan :)

Okrug bo‘yicha savolga rasmiy YOZMA izoh yoza olasizlarmi? Yo bu galam menga Pushkin bir jahon-u, menga Bayron bir jahon deb o‘tirmoqchimisizlar?

Yoki odatdagidek, telefon qilib, o‘qituvchilarga “tushuntirib” (qo‘shtirnoq ichida ekanligiga ahamiyat bering) qo‘ymoqchimisizlar?


👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍6
“Kunimiz kinnachilarga qoldi” degan gap qaysi filmda aytilgan edi?
😁24👀6🔥51
Argumentlar, okrug bo‘yicha
6
Argumentlar, okrug bo‘yicha
7
Argumentlar, okrug bo‘yicha
7
Argumentlar, okrug bo‘yicha
7😁1
Yuqorida argumentlar keltirdim, ekspertlar telefon qilsa, o‘sha argumentlarni aytsangiz ham bo‘ladi.

Shuningdek, yozma xulosa berishini so‘rang. Og‘zaki gap boshqa, yozma muhim har doim.

Va qonunchilik nuqtayi nazaridan yozma ravishda izoh berishi shart (elektron bo‘lsa-da).

Va o‘sha izohda konkret argumentlar keltirishini so‘rang.
8
YAKUNLANDI!

“Spectrum” nashriyoti 10-sinf “Jahon tarixi” (2022) bo‘yicha tuzgan “Kundalik-optimal” test to‘plamimni vyorstka qilish ishlarini yakunlabdi bugun. Vyorstka deganda kitob holiga keltirish, nashriyot printerlariga moslash va hokozo tushuniladi.

Endi tez orada nashrdan chiqadi. Uzog‘i 5–10 kun.

Testlarga bir baho bering!

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
31🔥9👍4
Advokatning aytishicha, sud ishi endi boshlanibdi.

Alloh guvoh, qo‘lgan kelgancha hamma harakat qildi. Advokat ishni ikir-chikirigacha o‘rganib chiqdi. Natija qanday bo‘lmasin, haqiqat ayon.
😁245🔥5💯3
Bitta qandli diabet kasali bor ustoz ham shu savol tufayli 84 ball bo‘lib qolgan, u ongli ravishda vestgotlarni belgilagan. O‘sha ustozning o‘rniga o‘zingizni qo‘yib ko‘ring. Mana, nima uchun haqiqat muhim.
21💯10🔥8
Tarixchilar sudda yutqazdi. Advokat apellyatsiya kiritmoqchi.

@TESTLIDER
👎199👀4
💯117🔥1
💯107🔥2
“SAYLANMA” TEST TO‘PLAMLARI

“Yangi guruh”imga kirganlar ushbu kitoblarning elektron (PDF) variantiga ega bo‘lishadi. Navbatma-navbat joylanadi!

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
23💯8🔥6👍3
Kecha teatrga bordim

“Teatr bu – ibratxonadir” degan edi Behbudiy. “Axborot asri”da ijtimoiy tarmoqlar tufayli bo‘lsa kerak, teatrning qadrini tushirdik.

Kecha teatr eshigi oldida kiraymi-kirmaymi deb juda ikkilanib turdim. Lekin qarasam vaqtim yo‘q ekan. Kelasi oy – noyabrda teatrga yana boraman.

Toshkentdagi teatrlarga ham borishni reja qilganman. O‘z rolini vijdonan, juda mahorat bilan o‘ynaydigan san’atkorlardan iborat teatr topmagunimcha ko‘p teatrlarga kirib chiqsam kerak.

Siz ham tarmoqlardan sal chekinib, teatrlarga borib turing.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥37👍98😁5🏆3
Bu safar ham attestatsiya bo‘yicha sud ishida vazirlik yutib chiqdi

To‘rt nafar tarix fani o‘qituvchilari attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini sudga bergandi.

Kecha, 29-oktyabr kuni bo'lib o'tgan sud majlisida tarix fani o‘qituvchilarining da’vo arizasi asossiz deb topilib, vazirlik foydasiga qaror chiqarildi.

Sud jarayoniga oid batafsil tafsilotlar bilan saytimizda to'liq tanishib chiqishingiz mumkin.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1388

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
👎493🔥2👍1
Bu ishda befarq bo‘lmagan barchaga rahmat!

Umar Jumaniyozov – tarixchilar manfaatini sudda himoya qilgan advokat. Qo‘lidan keladigan bor ishni qildi.

Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Mardonbek Rajabov 20 dan ortiq manbaga tayanib, ilmiy xulosa yozib berdi.

OAVlar ichida “xalqta’limiinfo” nomidan Ulug‘bek Po‘latov xolis yoritib bordi.

Tarixga ixtisoslashgan kanallar ichida Husanboy Xoldorov ham bu ishga befarq bo‘lmadi. Imkon qadar barcha ma’lumotlarni o‘z kanalida ulashib bordi. Zero bu ko‘pga kelgan to‘y edi. Va ulashib borish ham katta gap edi.

Yustinian I vafotidan so‘ng Ispaniyani vestgotlar tortib olgan, degan gapga qarshi chiqib, “aslida langobardlar tortib olgan” degan mazmunda gapirgan Baholash markazi eksperti, sirdaryolik sabirov azizjon rahmonovich, sizga ham rahmat. Bizga yangi tarixiy ma’lumot ulashganingiz uchun. Lekin negadir manbalarni hali yubormadingiz.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍39😁15🔥75
Markazning “darslikda qanday bo‘lsa, shunday olamiz” degan pozitsiyasi sudda RASMAN yemirildi

Dastlabki sud ishlarida vazirlik “darslikda qanday yozilgan bo‘lsa, shunday olamiz” degan pozitsiyani ilgari surgan edi. Bu yondashuv aslida “darslikda xato bo‘lsa ham, u to‘g‘ri hisoblanadi” degan ma’noni anglatardi. Baholash markazi xodimlaridan biri ham xuddi shu mazmunda menga fikr bildirgan, ammo o‘sha zahotiyoq unga bu pozitsiya huquqiy, mantiqiy va testologik jihatdan asossiz ekanini dalillar bilan isbotlab bergan edim.

Keyingi sud majlislarida Baholash markazi o‘z pozitsiyasini o‘zgartirdi. Ya’ni “darslikda qanday bo‘lsa, shunday olamiz” degan fikrdan asta-sekin voz kechib, Yustiniandan so‘ng Ispaniyani vestgotlar egallagan degan faktga qarshi o‘laroq “Ispaniyani Yustiniandan so‘ng langobardlar bosib olgan, bu ilmiy va tarixiy haqiqat” degan qarashni ilgari surdi.

JUDA MUHIM: spetsifikatsiya, sodda aytganda, imtihon talabgordan qaysi bilim va ko‘nikmalarni o‘lchashi kerakligini belgilovchi hujjatdir (bu mening shaxsiy ta’rifim emas). Unga ilova qilingan darsliklar ro‘yxati esa tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lib, u hech qachon “xato ma’lumot asosida test tuz” degan talabni o‘z ichiga olmaydi. Spetsifikatsiya va unga ilova qilingan tavsiyaviy darsliklar ro‘yxati umuman BOSHQA-BOSHQA NARSALAR.

Bundan tashqari, 572-sonli hukumat qarorining 43-bandida: “attestatsiya jarayoni... testologiyaning xalqaro talablari asosida shakllantiriladi” – deb aniq ko‘rsatib o‘tilgan.

YUNESKO tomonidan tayyorlangan testologiya bo‘yicha qo‘llanmalarda test topshiriqlari faqat obyektiv, faktologik jihatdan to‘g‘ri va dalillanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarga asoslanishi kerakligi haqida keltirib o‘tilgan.

Sud jarayonida, advokatning aytishicha, Baholash markazi vakili “biz testlarni YUNESKO qo‘llanmalari tamoyillariga muvofiq tuzamiz” degan fikrni bildirgan. Agar ular bu qo‘llanmani o‘qishgan bo‘lsa, albatta, o‘sha tamoyilni ko‘rishgan.

Xullas, vazirlikning “kitobda qanday bo‘lsa, shunday olamiz” degan pozitsiyasi biz tomonimizdan huquqiy, mantiqiy va testologik dalillar orqali, shuningdek hukumat qarori hamda o‘zlari ta’kidlaydigan “xalqaro testologiya talablari”ga tayangan holda butunlay sindirildi. Ya’ni ular bunday qila olishmasligini, bu pozitsiyani sudda ilgari sura olmasligini tushunib yetdi.

Natijada Baholash markazi “Yustiniandan so‘ng vestgotlar Ispaniyani tortib olgan” degan tarixiy faktni inkor qilib, “langobardlar tortib olgan” degan da’voni “ILMIY HAQIQAT” sifatida himoya qila boshladi. Bu o‘zgarishni Xalqta’limiinfo’da e’lon qilingan maqolalarni bir boshidan kuzatib borgan odam bemalol sezadi.

Sud jarayonida Tarix institutidan olimlar kelishiga umid bor edi, ammo sudya G.K.Djumayeva buni qanoatlantirmadi. Hatto BMBA vakillari ham kelmadi.

Shunga qaramay, bu holat ular uchun “katta saboq” bo‘ldi, deb o‘ylayman. 27-oktyabr kuni o‘tkazilgan attestatsiya imtihonida, ayniqsa tarix yo‘nalishida, o‘tganlarning soni avvalgilariga nisbatan sezilarli darajada ko‘paygani ham bejiz emas (savollarni “oson” qilib qo‘yishgan).


Davomi bu yerda...

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
💯139👍7
Davomi.. (boshi bu yerda)

P. S. Shu bilan birga “vestgot-langobard” masalasidan so‘ng “darslikda xato bo‘lsa ham, aynan shuni o‘qitish kerak” deb aytayotganlarni ham bir jihatdan tushunish mumkin. Bu holat testologiyada “washback effekti” deb ataladi, ya’ni imtihon o‘qitish tizimiga bevosita ta’sir o‘tkazadi (lekin buni “huquqiy jihatdan ham shunday” demaslik kerak, chunki bundaymas).

Masalan, agar imtihon sifatsiz tashkillansa, o‘qitish tizimi (metodika) undan ham ko‘proq zarar ko‘radi. Ya’ni odatda “sharmanda imtihon”, aytaylik, repetitorlarning “yanada sharmanda metodika” shakllantirishiga olib keladi (masalan, imtihonda sifatsizroq savol qo‘llansa, undanam sifatsiz savol bera boshlashadi va buni “imtihonda shunday tushyapti-ku” degan gap bilan oqlashadi. Bu “washback effekti” deyiladi va bu mening shaxsiy qarashlarim emas. Bu yerda aybni faqatgina saviyasizlikka bog‘lash ham noo‘rin, u bilan birga test o‘tkazuvchi tashkilotning aybi ham bo‘ladi.

Qisqasi, huquqiy jihatdan rasman “xato ma’lumot asosida” test tuzib bo‘lmaydi, ammo amalda shunday bo‘lib qoldi (biroq ular “bu to‘g‘ri ma’lumot” deb turib olishdi). Shunga qaramay, endi Baholash markazi faktlarni tekshirib, xalqaro testologiya talablari doirasida testlarni tuzishga niyat qilishi shubhasiz (niyatning o‘zi kamlik qiladi lekin :)

👉 @TESTLIDER
🔥217👍7