𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
20K subscribers
1.27K photos
167 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
Forwarded from Javohir Baxriddinov
Oliy toifa + yana bir karra 70% lik ustama.
🔥11
Forwarded from Javohir Baxriddinov
Rahmat Jaloljon Ustoz!
🔥51
Forwarded from Javohir Baxriddinov
Sogʻ boʻling. Test nima ekanligini sizning testlaringizdan oʻrganganman. Umuman koʻp narsani sizdan oʻrganganman.
Endi atayin past ishlasam, oʻzimning ham haqiqatimga toʻgʻri kelmaydi.
🔥51
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Sogʻ boʻling. Test nima ekanligini sizning testlaringizdan oʻrganganman. Umuman koʻp narsani sizdan oʻrganganman. Endi atayin past ishlasam, oʻzimning ham haqiqatimga toʻgʻri kelmaydi.
Oldin 70 % lik ustamaga erishgan ba’zi ustozlar “qonunchilikdagi bo‘shliq” tufayli atay past ishlab chiqishni reja qilishgan ekan. Menga shu masalada murojaat qilganlarga bunday qilmaslikni tavsiya bergan edim.

O‘sha bo‘shliq tufayli vujudga kelgan tushunmovchilikka hozircha izoh berilmadi.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🔥2
Forwarded from Shahlo Husenova
Assalomu alaykum ustoz yaxshimisiz?Sizga juda katta minnatdorchilik bildirmoqchiman.Bugun atestatsiyadan 70%ni oldim.Savol-javob darslaringizda muntazam qatnasha olmaganman,lekin muallifligingizdagi testlar shunchaki super,uni ortida katta mehnat,salohiyat yotgani bilinib turibdi.Shu testlar yutug'imga sababch bo'ldi deb o'yliyman.Pedagogik faoliyatingizga zafarlar tiliyman,yana bir bor rahmat
4🔥3
Forwarded from Shahlo Husenova
🔥153🏆1
“HAQ OLINUR, BERILMAS”

Xullas, bugun kursimda imtihon topshirganlarning katta ko‘pchiligi xursand: ko‘pchilik 70 foizlik ustama oldi, katta ko‘pchilik toifaga o‘tdi.

O‘tgan attestatsiya imtihonida tarixchilarning o‘z haq-huquqini talab qilishi, Baholash markazining xatosini (xatolarini) ochiq-oydin ko‘rsatib, isbotlab berishi o‘z ta’sirini kuchli tarzda o‘tkazdi.

Menga “kimdir” “o‘qituvchilarimiz asli xalqaro testologiyaga tayyormas, shoshqaloq” degandi (garchand “xalqaro testologiya” aslida boshqacha bo‘lsa-da)...

P. S. Lekin bu yechimmi? Yo‘q, hali bu ham yechim emas. “Oson” degani valid (yaroqli, sifatli) degani emas, bu boradagi batafsil fikrlarimni noyabr oyida bo‘ladigan podkastda eshitasiz.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
30🔥12👏1
Xato qilmasanglar bo‘lmaydi-da sizlarni-a, ko‘ngillaring joyingga tushmaydi...

Ko‘rgan savollarim ichida muammoli savollar bor. Lekin bittasi rad etib bo‘lmas darajada xato tuzilgan ekan.
Mayli, keyinroq aytaman, 29-oktyabrdan keyin.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁20👀132🔥2🤝1
Baholash markazining yana bir yondashuvdagi xatosi

O‘qituvchilarning aytishicha, “Janubi-g‘arbiy harbiy okrugga kiruvchi hududlarni aniqlang”, degan mazmundagi savol tushibdi. Variantlar quyidagicha: 1) Farg‘ona, Andijon; 2) Surxondaryo, Navoiy; 3) Buxoro, Qashqadaryo; 4) Jizzax, Samarqand.

To‘g‘ri javob sifatida noilojlikdan aksariyat o‘qituvchilar “2, 3” ko‘rsatilgan variantni belgilashgan.
Ammo bu yerda muhim jihat bor: Navoiy viloyati bugungi kunda Janubi-g‘arbiy okrug tarkibiga kirmaydi, u Markaziy harbiy okrugga kiradi. Manba: https://lex.uz/mact/-4763701

Ha, kitobda boshqacha yozilgan. Savolda “2018-yil holatiga ko‘ra” degan joyi ham yo‘q, aytaylik. Agar shunday deb yozilgan taqdirda ham baribir testologiya qoidalariga zid bo‘lardi. Chunki xalqaro testologiya me’yorlariga ko‘ra, eskirgan ma’lumotlar test mazmuniga kiritilmasligi kerak (bu mening shaxsiy fikrim emas, bu testologiyadagi mezon). Lekin hech bo‘lmasa (o‘zini oqlashlari uchun), shunday joyi ham yo‘q.

Xuddi shunday mazmundagi savollar “Milliy sertifikat” imtihonlarida ham qo‘llangan. Ammo u yerda kitobdagi eskirgan ma’lumot emas, amaldagi holat to‘g‘ri javob sifatida qabul qilingan. Bu BMBAning shaxsiy tashabbusi emas, balki testologiyaning tamoyiliga mos yondashuv hisoblanadi.

Nimayam derdik...
Test topshiruvchilarning katta qismi Baholash markazi belgilagan “to‘g‘ri javob”ni “topishgan”. Ya’ni noilojlikdan yaqin javobni olishgan. Qisqasi, 99 % “topgan”, lekin Baholash markazi yondashuvda yana xato qilgan.

Testologiya va mantiq qoidalariga rioya qilishmoqchi bo‘lishsa, mana shu savol bo‘yicha apellyatsiya berganlarga istisnosiz ball berilishi kerak, deb o‘ylayman (garchi 1 ta odam bo‘lsa ham, yuqorida aytganimdek, bu savolni ko‘pchilik noilojlikdan “topishgan”. Lekin noto‘g‘ri savolning to‘g‘ri javobi bo‘lmaydi aslida).

Assalomu alaykum!

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2615🏆2
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Baholash markazining yana bir yondashuvdagi xatosi O‘qituvchilarning aytishicha, “Janubi-g‘arbiy harbiy okrugga kiruvchi hududlarni aniqlang”, degan mazmundagi savol tushibdi. Variantlar quyidagicha: 1) Farg‘ona, Andijon; 2) Surxondaryo, Navoiy; 3) Buxoro…
Bir guruhda ustozlardan biri “A) Buxoro, Qashqadaryo“ va “B) Surxondaryo, Navoiy” javoblari bor edi, debdi. Agar shunday bo‘lsa, A javobi to‘g‘ri hisoblanadi. Lekin A javobi “to‘g‘ri javob” sifatida olinmagan, deyishyapti.

Lekin viloyatlar raqamlar bilan berilgan bo‘lishi kerak, biroq buyam baribir xato. Navoiy baribir kirmaydi. Shunday ekan, testda to‘g‘ri javob yo‘q aslida.
🔥74
O‘tgan gal “vestgot-langobard”lar bilan bog‘liq “xato savol” tushib, 84 ball bo‘lib qolgan bitta ustozni bilaman. Bu galam “okrug” bo‘yicha “xato savol” tushib, yana 84 ball bo‘lib qolibdi. Omadni qarang!

P. S. Agar ustozlar aytgandek tushgan bo‘lsa, savol haqiqatan xato.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁13🔥43
Forwarded from Sardorbek Usmonov
Assalomu alaykum Jalolbek. Yaxshimisiz raxmat bugun 88 ball oldim. Siz bilan rejim qilib yangi darsliklarni ko'rib oldim. 8,9 yangi darslikka hech vaqt ajrta olmayotgan edim. Katta raxmat. Savollarga kelsak bu safar( 12:30 da Andijonda kirdim ) xatolik ko'rmadim. Aniqlikka e'tibor ko'proq
🔥73
Forwarded from Sardorbek Usmonov
👍84🔥1
@TESTLIDER kanalida bugungi attestatsiya munosabati yuzasidan 19:00 da chat ochiladi. Hamma qatnashishi, o‘z fikrlarini erkin bayon qilishi mumkin. Shuningdek, YANGI GURUH bo‘yicha ham gapiramiz.
🔥102👏1
Live stream scheduled for
Karta: 9860010133910371
Shaxsiy: @JalolBOLTAYEV
🔥105👍1🏆1