MANTIQSIZLIKNING OLIY KO‘RINISHI
“Yustinian I vafotidan so‘ng qaysi qabila Ispaniyani bosib olgan?”
To‘g‘ri javob “vestgotlar” bo‘lishi kerak. Biroq Baholash markazi bu savolda “langobardlar” javobini to‘g‘ri deb belgilagan.
Endi tasavvur qilaylik: “qaysidir germaniyalik professor” “Yustinian vafotidan so‘ng langobardlar ham Ispaniya hududlarini egallagan”, degan yangi ilmiy farazni ilgari surdi. Bu holatni tushuntirish uchun oddiy, lekin juda o‘rinli bir misol keltiraman.
Chingizxoning Kulkan degan o‘g‘li ham bo‘lgan. Bu “ilmiy yangilik” sifatida paydo bo‘ldi. Shunga asoslanib, quyidagi test tuzildi:
Quyidagilardan qay biri Mo‘g‘ullar imperiyasi asoschisi Chingizxoning o‘g‘li hisoblanadi?
A) Kulkan
B) Botu
C) Huloku
D) O‘qtoy
Nimadir noto‘g‘ri ko‘rinmayaptimi? Albatta! Agar “Kulkan” haqidagi ma’lumot “ilmiy yangilik” bo‘lsa ham, O‘qtoy – Chingizxoning o‘g‘li ekanligi, uning vorisi bo‘lganligi konkret tarixiy fakt va barcha tarixiy manbalarda qayd etilgan. Natijada bu testda ikki to‘g‘ri javob paydo bo‘ladi, bu esa bir javobli test formati uchun mutlaqo yaroqsiz.
Nima demoqchiman?
“Yustinian I vafotidan keyin Ispaniyani qaysi qabila egallagan?” degan savolga vestgotlar deb javob berish to‘g‘ri, chunki bu – konkret tarixiy fakt. Vestgotlar hukmdori Leovigild 568-yilda qirol sifatida taxtga o‘tirib, Ispaniyaga yurishlarni kuchaytirgan. 573-yilda Kordobani, 576-yilda esa Suevilar qirolligini egallagan. Bu hududlar Ispaniya yarimorolida joylashgan. Bu voqealar nufuzli tarixiy manbalarda ochiq-oydin, aniq tarzda bayon qilingan. Hech bir nufuzli manba bu ma’lumotni shubha ostiga olmaydi. Tarixchiman degan odam bu ma’lumotni inkor etolmaydi, chunki bunda eng-eng nufuzli manbalarga, tadqiqotlarga (umuman olganda, tarix faniga) qarshi chiqqan bo‘ladi.
Agar endi “qaysidir germaniyalik olim” “Yustiniandan so‘ng langobardlar ham Ispaniyaning hududlarini egallagan” degan fikrni ilgari surgan bo‘lsa, bu testga asos qilib olingan bo‘lsa, variantlarda vestgotlar javobi ham berilgan bo‘lsa – demak, testda ikkita to‘g‘ri javob bo‘lib qoladi-ku!
Holbuki, “xalqaro testologiya”ni da’vo qilayotgan tashkilot bir javobli testda faqat bitta to‘g‘ri javob bo‘lishi kerakligini, agar bir nechta variant to‘g‘ri bo‘lib qolsa, hammasi uchun ball berilishi shartligini anglamasligi – FOJIA.
(c) Jalol BOLTAYEV
P. S. Yana bir muhim nuqta: testga faqat va faqat testni tuzgan odam javobgar bo‘ladi. Tasavvur qilaylik, darslikda 5 % kamchiliklar bor, 95 % esa to‘g‘ri ma’lumot, hech kim testtuzarga kitobdagi xato joydan tuz demaydi!
👉 @TESTLIDER

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯44❤15🔥6👍5
Yana bir muhim nuqta: testga faqat va faqat testni tuzgan javobgar bo‘ladi. Tasavvur qilaylik, darslikda 5 % kamchiliklar bor, 95 % esa to‘g‘ri ma’lumot, hech kim testtuzarga kitobdagi xato joydan tuz demaydi!
💯49👍6❤5
Bizda o‘qituvchilar juda qadrlanadi, agar ular kerak bo‘lsa, uyiga kelib bo‘lsa-da, olib ketishadi. Maza, ovora bo‘lib yurmaysiz.
Bundan ortiq hurmat va qadr bormi?
Bundan ortiq hurmat va qadr bormi?
👀43❤21😁20👍14🔥5😎3
Hurmatli Baholash markazi
Biz ikki oy davomida murosa yo‘lini izladik. Sardor Rahimboyevga ham bu masalada bir necha bor yozildi, biroq javob kelmadi. Ommaviy kanalda ushbu savolni ikki tomon vakillari yopiq guruhda muhokama qilaylik, deb ham taklif qilindi – izoh bo‘lmadi. Sudga murojaat qilishdan oldin shaxsiy xabarda ham ogohlantirildi, “farqi yo‘q” degan mazmunda javob olindi.
Endi esa, sud jarayoni boshlanganidan so‘ng, nega “arizangizni qaytarib oling” deb chaqirtiryapsizlar?
Shuningdek, “tumandagi boshqarmaga bor, shahardagi boshqarmaga bor, viloyatdagi boshqarmaga bor” deb o‘qituvchini halak qilayotganingizni qanday tushunish mumkin? O‘qituvchi bekorchimi, vaqtini faqat idoralar osha yurishga sarflashi kerakmi?
Endi kech. Qaytanga, sizning yuzingizga oyna tutayotganimizdan xursand bo‘ling.

👏73❤32💯5
Kelajakda o‘qituvchi bo‘laman, degan shogirdlarim, men bu gapni aytganingizda yuzingizga qarab turib, “ha, zo‘r bo‘ladi, barakalla, shu kasbni egalla” deyishga ENDI vijdonim yo‘l qo‘ymaydi.
😁50💯13👀10❤9👍6🙏3👎1
Sudga bergan o‘qituvchilarning 60 yoshli ota-onalari orqali bosim qilishgan, ishdan bo‘shatish orqali tahdid qilishgan. “Agar bizga qarshi chiqsang, ishdan bo‘shaysan” deyishgan. Eng-eng achinarlisi, keksa ota-onalar orqali bosim...
👎75❤7👀6👍4😎3🔥2
Forwarded from Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
Yana 4 nafar o'qituvchi vazirlikni sudga bergani uchun bosimga uchragani aytilmoqda
Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm hamda Andijon viloyatidagi maktablarda tarix fanidan dars beruvchi to‘rt nafar o'qituvchi attestatsiya natijalaridan norozi bo'lib, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligini sudga berdi.
Joriy yilning 14-avgust kuni birinchi sud majlisi o‘tkazilganidan so‘ng, pedagoglarga qo‘ng‘iroqlar bo‘la boshlagan. Ularning ba'zilari hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga chaqirtirilgan, ayrim o‘qituvchilarga hatto oila a’zolari orqali bosim o‘tkazilib, da’vo arizasini qaytarib olish so‘ralgan.
Bu haqda bosimga uchragan pedagoglardan biri xalqtaliminfo.uz'ga bo‘lgan voqealar haqida so‘zlab berdi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1289
Telegram l Instagram l YouTube

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
🔥26❤10👍7
8-sinf O'zbekiston tarixi (2019) 32-35-mavzular
KUZGI 2-GURUH
10 dan 9,5!
Tug‘ilgan kunimda (29-iyul) “Kuzgi 2-guruh”da o‘zim dars o‘ta olmagandim. O‘sha kuni Mardon ustoz dars o‘tgandilar. Mardon ustoz “Fevralchilar” guruhimda o‘qib, qisqa muddatda 83+ ball bilan A+ sertifikatini qo‘lga kiritgan, qiziq joyi – huquq sferasidan tarix sferasiga endi o‘tgan va ijtimoiy tarmoqni ancha kuzatib, ancha tekshirib, oxir-oqibat shu kursni tanlaganini aytgandilar. Hozir ham yana o‘qiyapti guruhlarimda.
Xullas, savol-javobga shaxsiy baholash shkalam bo‘yicha 10 dan 9,5 ball.
Ikkalamizning uslubimiz deyarli o‘xshash bo‘lgan.
👉 @TESTLIDER
Tug‘ilgan kunimda (29-iyul) “Kuzgi 2-guruh”da o‘zim dars o‘ta olmagandim. O‘sha kuni Mardon ustoz dars o‘tgandilar. Mardon ustoz “Fevralchilar” guruhimda o‘qib, qisqa muddatda 83+ ball bilan A+ sertifikatini qo‘lga kiritgan, qiziq joyi – huquq sferasidan tarix sferasiga endi o‘tgan va ijtimoiy tarmoqni ancha kuzatib, ancha tekshirib, oxir-oqibat shu kursni tanlaganini aytgandilar. Hozir ham yana o‘qiyapti guruhlarimda.
Xullas, savol-javobga shaxsiy baholash shkalam bo‘yicha 10 dan 9,5 ball.
Ikkalamizning uslubimiz deyarli o‘xshash bo‘lgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤31👍19🤝2
Tarmoqda ijtimoiy-siyosiy masalaga doir postga komment yozmoqchisiz, lekin ikkilandingiz, yozmadingiz, “nimadir” sizni tutib qoldi – hech qachon “men erkinman” demang.
Men-chi? “Erkin”manmi, “chala erkin”mi – aniq bilmayman...

👌24❤11👀7👏3💯3🔥2
Adolat o‘z-o‘zidan kelib qolmaydi
Universitetda bir domla bor edi, u katak tashlatmay, ikki betlab konspekt yozdirardi. Tasavvur qiling, qo‘lda to‘rt sahifa yozish kerak! Qo‘l og‘rib, uzilib tushadiganday bo‘lardi. Eng yomoni, bundan biror foyda ham yo‘q bo‘lsa... Bu “mashg‘ulot” talabalar uchun ham jismoniy, ham psixologik azobga aylanib qolgandi.
Tabiiyki, hech kim konspekt yozishni yoqtirmasdi, lekin ochiq gapiradiganlar juda kam edi. Bir gal bu masalada “qattiq urush” boshlandi. Men ham o‘sha bahsning ichida edim. Natijada domla konspekt yozdirmay qo‘ydi. Qolaversa, boshqa ko‘plab domlalar ham bu odatdan voz kechishdi.
Hamma talabalar xursand bo‘ldi, hammaning ko‘ngli joyiga tushdi. Lekin shu o‘zgarish uchun kurashgan, ochiq gapirgan talabalar uchun keyingi oylar oson kechmadi. Turli bahonalar bilan “ayb topish” avj oldi.
Hayotda ko‘pincha shunday: hamma adolat va yaxshilik bo‘lishini xohlaydi, ammo ko‘pchilik bularni boshqa kimdir olib kelishini kutadi. Eng qizig‘i – o‘sha adolat va yaxshilik kurash va kimlarningdir jur’ati natijasida kelganini unutib, go‘yo u o‘z-o‘zidan paydo bo‘lganday his qilishadi. Va eng og‘ir paytda, malomat toshlari yog‘ilganda – uni olib kelganlarni yoki u uchun kurashganlarni qo‘llashni bilishmaydi...
Bizga adolat “begona” emas, u uchun kurashadiganlar, qo‘llaydiganlar va oxirigacha bora oladiganlar kam shunchaki.

❤58👍40🔥7👏7
O‘tgan gal bo‘lib o‘tgan attestatsiya imtihonida «Yustinian vafotidan so‘ng Ispaniyani egallagan qabila» haqidagi savolda VESTGOT qabilasini tanlagan o‘qituvchilarning taxminiy sonini chiqarmoqchimiz...
Final Results
48%
Ha, “vestgot” javobini belgilaganman!
52%
Statistikani ko‘rmoqchiman, xolos!
❤12💯5
Diqqat! BUGUN “TEZKOR GURUH”imda 7-sinf “O‘zbekiston tarixi” bo‘yicha BIRINCHI DARS!
• To‘lov: 350 ming so‘m (bir martalik)
• Karta: 9860010133910371
To‘lovni amalga oshirib, @JalolBOLTAYEV'ga yozing!
Gʻalabaga erishish uchun barcha magʻlubiyat yoʻllarini bosib oʻtish kerakmi? Yoʻq, vaqtida to‘g‘ri tanlov qila olish kerak...
➖ “FORMS” testlar haqiqatan EHTIMOLIY testlardir! Attestatsiyaga ham, “Milliy sertifikat”ga ham!➖ Bitta to‘lov evaziga 3 ta guruhda (“Kuzgi 1”, “Kuzgi 2”, “Tezkor”) o‘qiy olasiz.➖ Imtihongacha (kuzgi) boshqa to‘lov qilmaysiz!
• To‘lov: 350 ming so‘m (bir martalik)
• Karta: 9860010133910371
To‘lovni amalga oshirib, @JalolBOLTAYEV'ga yozing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👏4🔥2🏆1
Ertaga 16:00 da Urganch shahrida “Bek restoran”da Jalol BOLTAYEV o‘quvchilari (ustozlar, o‘quvchilar) uchun YIG‘ILISH bo‘lib o‘tadi. “Party” deyishga tilim bormayapti :)
12-oktyabr – REKORD (“Milliy sertifikat”) – Durdona (11-sinf) – 83,87 ball (A+)
1-dekabr – REKORD (“Milliy sertifikat”) – Oyjamol (10-sinf) – 85,21 ball (A+)
22-fevral – REKORD (“Milliy sertifikat”) – Sevinch (10-sinf) – 87,22 ball (A+)
23, 24-may – TOP (“Milliy sertifikat”) – Dildora ustoz (o‘qituvchi, repetitor emas) – 90,00 ball (A+)
Barcha o‘quvchilar va ustozlar taklif etiladi!
Keling, birga faxrlanaylik, birga quvonaylik, birga eslab qolaylik.
• Manzil: Urganch sh., “Bek” restorani
• Mo‘ljal: “Gastronom” supermarketi
• Vaqt: 16:00
• Lokatsiya: https://maps.app.goo.gl/hDH98ERAauXJa2Vh6
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏43❤18👍5🔥5😍1
TARIX fanidan “Milliy sertifikat” imtihoni 29–30-noyabr kunlarida bo‘lib o‘tishi belgilandi!
• Ro‘yxatga olish: 7-noyabrgacha
• To‘lov qilish: 8-noyabrgacha
• Test sinovlari: 29–30-noyabrgacha
• Natijani e’lon qilish: 30-dekabr
1 oy qo‘shib berishibdi. Bu imkoniyat!
👉 @TESTLIDER
• Ro‘yxatga olish: 7-noyabrgacha
• To‘lov qilish: 8-noyabrgacha
• Test sinovlari: 29–30-noyabrgacha
• Natijani e’lon qilish: 30-dekabr
1 oy qo‘shib berishibdi. Bu imkoniyat!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥51❤14👍10💯9🏆3
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
TARIX fanidan “Milliy sertifikat” imtihoni 29–30-noyabr kunlarida bo‘lib o‘tishi belgilandi! • Ro‘yxatga olish: 7-noyabrgacha • To‘lov qilish: 8-noyabrgacha • Test sinovlari: 29–30-noyabrgacha • Natijani e’lon qilish: 30-dekabr 1 oy qo‘shib berishibdi. Bu…
Rekord o‘rnatish uchun sizlarga yana 1 oy qo‘shib berildi, unumli foydalaning ))
❤58🔥9👍7🙏6💯4🏆1