• 167,50 ball
• O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
• Dinshunoslik
• Ramazanova Madinabonu
Tarix o‘qituvchisi: Jalol BOLTAYEV
👉 @TESTLIDER

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2❤30🔥8👍5👀3😍1
• 184,70 ball – GRANT 🔥
• UrDPI
• Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
• Eshimmetov Elbek
Tarix o‘qituvchisi: Jalol BOLTAYEV
👉 @TESTLIDER
• UrDPI
• Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
• Eshimmetov Elbek
Tarix o‘qituvchisi: Jalol BOLTAYEV
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤22🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘tmishni eslab (video)...
• Ko‘rmaganlar – albatta, ko‘rsin.
• Oldinroq ko‘rganlar – qayta ko‘rsin.
• Ko‘rolmaydiganlarning esa ishi shu 😁
2018–2019-yillarda onlayn dars bera boshlaganman. Keyin uni to‘xatganman. Bunga eng katta sabab – o‘quvchilar edi. Balki, o‘sha payt odamlar hali tayyor emasmidi – mas’uliyat hissi yetarli darajada shakllanmagandi.
Ammo keyinchalik onlayn ta’limga qaytishim va, asosiysi, hozirgacha davom etishimning ham sababi – yana o‘quvchilar.
Onlayn ta’limga qayta mehrimni uyg‘otgan shogirdlarimdan biri Durdona bo‘ladi. U doimo mas’uliyatli edi, mehnatni qadrlardi, yuzaki qaramasdi.
Ba’zan bitta insonning yondashuvi ham hayot yo‘lingizga, faoliyatingizga jiddiy ta’sir ko‘rsata oladi.
Tizimli kursimga tizimli yondashadigan bitta o‘quvchi bo‘lsa ham – men kurs o‘tishda davom etaveraman.
(c) Jalol BOLTAYEV

👍45❤28🔥7😁1😍1💯1
20:30 da chat. Sud bo‘yicha. 15 daqiqaning ichida barcha tarixchilarga tarqating! Kim shu masalaga qiziqayotgan bo‘lsa, kirsin. Ko‘pchilik kirgani yaxshi.
Hozir dardimni kimgadir aytmasam, yengil tortolmayman...
Inson qadri uchun!

❤41🔥4
O‘zimni adolatga moyil deb o‘ylayman, advokat bo‘lishni xohlardim bir paytlari, lekin haliyam bo‘lmaganim... Hali o‘qituvchilik sohasida bemantiq gaplarni sabr bilan tinglayman, deyman-u, baribir asabiylashaman. Advokatlar esa bunday bemantiqliklarga eng ko‘p uchrasa kerak.
💯40👍11❤7
Тўрт нафар тарих фани ўқитувчиси Мактаб таълими вазирлигини судга берди. Улар малака тоифаси учун ўтказилган аттестация натижаларидан норози: натижаларни қайта кўриб чиқиш, шунингдек, маънавий зарарни қоплаш талаб қилинмоқда. Бу бўйича бошланган суд ишида Gazeta мухбири ҳам иштирок этди.
https://www.gazeta.uz/uz/2025/08/14/attestatsiya/
Telegram | Instagram | YouTube

🔥30👍10👏6❤3
Rejaga ko‘ra, 22-avgustlarda vodiyga safar qilaman, nasib. Husanboy “siz kelmasangiz, kelinning oldiga chiqmayman”, deyapti. Mayli, yoshlar baxtli bo‘lsin, to‘y to‘yga ulansin. Izidan Toshkentga boraman, ba’zi muhim masalalarni hal qilib kelishim kerak.
(c) Jalol BOLTAYEV
👉 @TESTLIDER
(c) Jalol BOLTAYEV
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥53😁32❤8👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Genius” xalqaro maktabi
Shunday maktab va shunday ilmli insonlar bilan bir safda ekanligimdan faxrlanaman. Maktab direktori Sardor Kuziyev ta’lim odami, ilmiy asosda ta’limni tushunadi. Ura-urachi emas.
👉 @TESTLIDER
Shunday maktab va shunday ilmli insonlar bilan bir safda ekanligimdan faxrlanaman. Maktab direktori Sardor Kuziyev ta’lim odami, ilmiy asosda ta’limni tushunadi. Ura-urachi emas.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥11❤3👍1
“Tezkor guruh”ga qabul davom etmoqda! Bugun 3-dars.
Guruhga qo‘shilish uchun shaxsan o‘zimga (@JalolBOLTAYEV) yozasiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14
MANTIQSIZLIKNING OLIY KO‘RINISHI
“Yustinian I vafotidan so‘ng qaysi qabila Ispaniyani bosib olgan?”
To‘g‘ri javob “vestgotlar” bo‘lishi kerak. Biroq Baholash markazi bu savolda “langobardlar” javobini to‘g‘ri deb belgilagan.
Endi tasavvur qilaylik: “qaysidir germaniyalik professor” “Yustinian vafotidan so‘ng langobardlar ham Ispaniya hududlarini egallagan”, degan yangi ilmiy farazni ilgari surdi. Bu holatni tushuntirish uchun oddiy, lekin juda o‘rinli bir misol keltiraman.
Chingizxoning Kulkan degan o‘g‘li ham bo‘lgan. Bu “ilmiy yangilik” sifatida paydo bo‘ldi. Shunga asoslanib, quyidagi test tuzildi:
Quyidagilardan qay biri Mo‘g‘ullar imperiyasi asoschisi Chingizxoning o‘g‘li hisoblanadi?
A) Kulkan
B) Botu
C) Huloku
D) O‘qtoy
Nimadir noto‘g‘ri ko‘rinmayaptimi? Albatta! Agar “Kulkan” haqidagi ma’lumot “ilmiy yangilik” bo‘lsa ham, O‘qtoy – Chingizxoning o‘g‘li ekanligi, uning vorisi bo‘lganligi konkret tarixiy fakt va barcha tarixiy manbalarda qayd etilgan. Natijada bu testda ikki to‘g‘ri javob paydo bo‘ladi, bu esa bir javobli test formati uchun mutlaqo yaroqsiz.
Nima demoqchiman?
“Yustinian I vafotidan keyin Ispaniyani qaysi qabila egallagan?” degan savolga vestgotlar deb javob berish to‘g‘ri, chunki bu – konkret tarixiy fakt. Vestgotlar hukmdori Leovigild 568-yilda qirol sifatida taxtga o‘tirib, Ispaniyaga yurishlarni kuchaytirgan. 573-yilda Kordobani, 576-yilda esa Suevilar qirolligini egallagan. Bu hududlar Ispaniya yarimorolida joylashgan. Bu voqealar nufuzli tarixiy manbalarda ochiq-oydin, aniq tarzda bayon qilingan. Hech bir nufuzli manba bu ma’lumotni shubha ostiga olmaydi. Tarixchiman degan odam bu ma’lumotni inkor etolmaydi, chunki bunda eng-eng nufuzli manbalarga, tadqiqotlarga (umuman olganda, tarix faniga) qarshi chiqqan bo‘ladi.
Agar endi “qaysidir germaniyalik olim” “Yustiniandan so‘ng langobardlar ham Ispaniyaning hududlarini egallagan” degan fikrni ilgari surgan bo‘lsa, bu testga asos qilib olingan bo‘lsa, variantlarda vestgotlar javobi ham berilgan bo‘lsa – demak, testda ikkita to‘g‘ri javob bo‘lib qoladi-ku!
Holbuki, “xalqaro testologiya”ni da’vo qilayotgan tashkilot bir javobli testda faqat bitta to‘g‘ri javob bo‘lishi kerakligini, agar bir nechta variant to‘g‘ri bo‘lib qolsa, hammasi uchun ball berilishi shartligini anglamasligi – FOJIA.
(c) Jalol BOLTAYEV
P. S. Yana bir muhim nuqta: testga faqat va faqat testni tuzgan odam javobgar bo‘ladi. Tasavvur qilaylik, darslikda 5 % kamchiliklar bor, 95 % esa to‘g‘ri ma’lumot, hech kim testtuzarga kitobdagi xato joydan tuz demaydi!

💯44❤15🔥6👍5
Yana bir muhim nuqta: testga faqat va faqat testni tuzgan javobgar bo‘ladi. Tasavvur qilaylik, darslikda 5 % kamchiliklar bor, 95 % esa to‘g‘ri ma’lumot, hech kim testtuzarga kitobdagi xato joydan tuz demaydi!
💯49👍6❤5
Bizda o‘qituvchilar juda qadrlanadi, agar ular kerak bo‘lsa, uyiga kelib bo‘lsa-da, olib ketishadi. Maza, ovora bo‘lib yurmaysiz.
Bundan ortiq hurmat va qadr bormi?
Bundan ortiq hurmat va qadr bormi?
👀43❤21😁20👍14🔥5😎3
Hurmatli Baholash markazi
Biz ikki oy davomida murosa yo‘lini izladik. Sardor Rahimboyevga ham bu masalada bir necha bor yozildi, biroq javob kelmadi. Ommaviy kanalda ushbu savolni ikki tomon vakillari yopiq guruhda muhokama qilaylik, deb ham taklif qilindi – izoh bo‘lmadi. Sudga murojaat qilishdan oldin shaxsiy xabarda ham ogohlantirildi, “farqi yo‘q” degan mazmunda javob olindi.
Endi esa, sud jarayoni boshlanganidan so‘ng, nega “arizangizni qaytarib oling” deb chaqirtiryapsizlar?
Shuningdek, “tumandagi boshqarmaga bor, shahardagi boshqarmaga bor, viloyatdagi boshqarmaga bor” deb o‘qituvchini halak qilayotganingizni qanday tushunish mumkin? O‘qituvchi bekorchimi, vaqtini faqat idoralar osha yurishga sarflashi kerakmi?
Endi kech. Qaytanga, sizning yuzingizga oyna tutayotganimizdan xursand bo‘ling.

👏73❤32💯5
Kelajakda o‘qituvchi bo‘laman, degan shogirdlarim, men bu gapni aytganingizda yuzingizga qarab turib, “ha, zo‘r bo‘ladi, barakalla, shu kasbni egalla” deyishga ENDI vijdonim yo‘l qo‘ymaydi.
😁50💯13👀10❤9👍6🙏3👎1
Sudga bergan o‘qituvchilarning 60 yoshli ota-onalari orqali bosim qilishgan, ishdan bo‘shatish orqali tahdid qilishgan. “Agar bizga qarshi chiqsang, ishdan bo‘shaysan” deyishgan. Eng-eng achinarlisi, keksa ota-onalar orqali bosim...
👎75❤7👀6👍4😎3🔥2
Forwarded from Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
Yana 4 nafar o'qituvchi vazirlikni sudga bergani uchun bosimga uchragani aytilmoqda
Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm hamda Andijon viloyatidagi maktablarda tarix fanidan dars beruvchi to‘rt nafar o'qituvchi attestatsiya natijalaridan norozi bo'lib, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligini sudga berdi.
Joriy yilning 14-avgust kuni birinchi sud majlisi o‘tkazilganidan so‘ng, pedagoglarga qo‘ng‘iroqlar bo‘la boshlagan. Ularning ba'zilari hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga chaqirtirilgan, ayrim o‘qituvchilarga hatto oila a’zolari orqali bosim o‘tkazilib, da’vo arizasini qaytarib olish so‘ralgan.
Bu haqda bosimga uchragan pedagoglardan biri xalqtaliminfo.uz'ga bo‘lgan voqealar haqida so‘zlab berdi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1289
Telegram l Instagram l YouTube

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
🔥26❤10👍7
8-sinf O'zbekiston tarixi (2019) 32-35-mavzular
KUZGI 2-GURUH
10 dan 9,5!
Tug‘ilgan kunimda (29-iyul) “Kuzgi 2-guruh”da o‘zim dars o‘ta olmagandim. O‘sha kuni Mardon ustoz dars o‘tgandilar. Mardon ustoz “Fevralchilar” guruhimda o‘qib, qisqa muddatda 83+ ball bilan A+ sertifikatini qo‘lga kiritgan, qiziq joyi – huquq sferasidan tarix sferasiga endi o‘tgan va ijtimoiy tarmoqni ancha kuzatib, ancha tekshirib, oxir-oqibat shu kursni tanlaganini aytgandilar. Hozir ham yana o‘qiyapti guruhlarimda.
Xullas, savol-javobga shaxsiy baholash shkalam bo‘yicha 10 dan 9,5 ball.
Ikkalamizning uslubimiz deyarli o‘xshash bo‘lgan.

❤31👍19🤝2