𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
19.7K subscribers
1.27K photos
166 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
“Ilm kelmaydi, ilmga boriladi”

Bugun vodiydan (Andijondan) bir domla o‘z o‘quvchisini olib keldi. Botirali aka.

Botirali akaning o‘zi ham repetitorlik sohasida 10 yildan ortiq faoliyat yuritib kelmoqda. Maktabda direktor, direktor o‘rinbosari kabi lavozimlarda ham ishlagan ta’lim odami. Xullas, mutaxassis.

Mutaxassis odam oq va qorani yaxshi ajrata oladi )

Nasib, maks. harakat qilamiz.
👍5924🔥5👏3👀2😍1
Onlayn kurs bo‘yicha murojaat qilganlarga 23:00 dan so‘ng javob beraman. Hozir darsga kirib ketyapman. Yozib qo‘yavering, albatta, yozaman!

@JalolBOLTAYEV
👍107🔥6
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
YURISTKADR
Бир гуруҳ ўқитувчилар аттестация натижасидан норози бўлиб, фуқаролик судига даъво киритган. Фуқаролик суди судьяси эса, ариза фуқаролик судига эмас, маъмурий суд судловига тааллуқли деган фикрга келиб, ФПКнинг 194-моддасини қўллаган ҳолда, даъво аризасини қабул қилишни рад этиш ҳақида ажрим чиқарган. Ва ажрим якунида даъвогарларга маъмурий судга мурожаат қилиш ҳуқуқини тушунтирган. Энди, бечора ўқитувчилар овора бўлиб қайтадан маъмурий судга ариза беришлари керак.
Tushunishimcha, bu yerda tarix oʻqituvchilari vazirlik ustidan sudga murojaat qilgan - oʻqituvchilarning aytishicha, attestatsiya jarayonida test topshiriqlarida notoʻgʻri maʼlumot toʻgʻri javob sifatida olingan (Ispaniyani oʻrta asrlarda qaysi german qabilasi bosib olgani haqidagi maʼlumot).

Yuristkadr telegram kanali sudyaning ajrimni oʻz kuchini yoʻqotgan norma asosida chiqarganiga hayron boʻlmoqda. Bu yoqda pedagog Shokir Tursun taʼlim haqida yozadigan OAVga bosim kuchayganidan hayron va "nima boʻlyapti, qora tush davriga qaytdikmi?" degan savol qoʻymoqda.

Fikri ojizimcha, bular hammasi - bitta zanjir halqalari. OAVga qoʻngʻiroq qil(dir)gan(lar) sudyaga ham qoʻngʻiroq qil(dir)ishga uyalishadi deb oʻylaysizmi? Nazarimda, oxirgi ikki-uch yilda olib borilgan "islohotlar", Ilyos Safarov aytmoqchi, har yoqqa yoʻrgʻalash va shishirilgan pufak ekanligini "past" allaqachon tushunib yetgan. Endi "islohotchilar" bu haqiqatning "tepa"ga yetib bormasligi uchun bor kuchlarini ishga solishmoqda.
10🔥6💯5
“QISHKI guruh” uchun qabul ochilmoqda!

Bugun 20:00 QISHDA (taxminan, dekabr) topshiradiganlarga mo‘ljallangan, sekinlashtirilgan, kamroq mavzudan o‘rganiladigan YANGI GURUH uchun qabul boshlanadi.

Bilasiz, yangi guruh ochgan paytim to dars jadvali chiqqunga qadar “Ishonch” chegirmasi e’lon qilaman. Ya’ni menga va mening strategiyamga ishongan holda so‘zsiz guruhga qo‘shilmoqchi bo‘lganlar uchun chegirma bu.
👍188💯2🔥1
Ha, menga ham o‘quvchining boshlang‘ich holati muhim emas. Mas’uliyatli bo‘lsa, bo‘ldi. Oldin o‘qiganmi, o‘qinaganmi – ahamiyatsiz.

Qaytangga ba’zida “oldin tayyorlanmagan bo‘lsa yaxshi edi” deb qolaman. Chunki 1 yil davomida miyasi buzilib bo‘lgan bo‘ladi. Bunday holatda oldin yondashuvini to‘g‘rilab, keyin o‘rgatishga to‘g‘ri keladi.
27🔥14💯9😍5👍2
“QISHKI GURUH” uchun qabul boshlandi!

“Ishonch chegirmasi” – bu qanday chegirma?
Yangi guruh ochilishi arafasida dars jadvali va ba’zi qo‘shimcha tafsilotlar e’lon qilinmasidan oldin menga va mening tizimimga to‘liq ishongan holda kursga kirish istagini bildirganlar uchun beriladigan katta chegirma hisoblanadi.
AYNI DAMDA “ISHONCH CHEGIRMASI” AMALDA!

“QISHKI GURUH”da darslarda sentyabr oyida boshlanadi! Dars jadvali chiqqach, narxlar oshadi! Ungacha “Ishonch chegirmasi”dan foydalanib qo‘shilish mumkin!
• 1-oy – 130 ming so‘m
• To‘liq – 400 ming so‘m

Karta: 9860010133910371

To‘lovni amalga oshirib, chekni menga (@JalolBOLTAYEV) yuborasiz. So‘ngra men sizni yopiq guruhga qo‘shib qo‘yaman!
🔥2012🏆3
8-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2023) darsligi SHANBA kuni 6:00 da @TARIX_OMBOR'da guruhida BEPUL DARS bo‘lib o‘tadi.

Shanba kuni ko‘pchilik “murakkab” deb hisoblaydigan 6-mavzu: “Chig‘atoy ulusi” mavzusini o‘tib beraman. 52–63-sahifalarni o‘qib turing. Juda sifatli dars bo‘lishiga kafolat beraman!

• 6:00 – mavzu tushuntirish
• 7:00 – “savol-javob”

O‘qituvchi: Jalol BOLTAYEV

Rasmni bejiz joylamadim. Turk kinoijodkorlari “Chuqur” serialiga tarixga jo qilib yuborishgan, darsda aytaman :)

@TESTLIDER
😁19👍166🔥5
“Dlya interes” savol: “Chuqur” serialidagi Chingizning o‘g‘li Kulkan kim? Kulkan tarixiy shaxsmi yo shunchaki ismmi?

“Chuqur” serialini ko‘rganlar yaxshi eslasa kerak: Yamach Ko‘chavalining eng murakkab, eng xavfli raqiblaridan biri – Chingiz edi. Yamach birinchi bor uning huzuriga kirganida Chingiz mashhur tarixiy voqeani o‘z talqinida eslatadi. Go‘yoki Chingizxon Alouddin Muhammadga “Kel, suyukli o‘g‘illarim qatorida bo‘l”, degan, Xorazmshoh bu taklifni rad etgan. Natijada butun bir imperiya xarob bo‘lgan (bu gap bilan Chingiz Yamachga “agar menga xizmat qilmasang, seni ham Xorazmshoh taqdiri kutadi” demoqchi bo‘ladi).
Yamach esa “mening otam bor” deb chiqib ketadi.

Xo‘p, asosiy mavzuga qaytamiz :)

Serialning yana bir qiziq jihati serialdagi Chingiz o‘z o‘g‘illariga ham chingiziylar nomini qo‘ygan. Uning 4 o‘g‘li bo‘ladi: Chig‘atoy, O‘qtoy, Arik-Bo‘ke va Kulkan.
⚫️Chig‘atoy – Chingizxonning ikkinchi o‘g‘li. Serialda ham bu nomdagi obraz Chig‘atoy kabi og‘ir xarakterli qilib ko‘rsatilgan.
⚫️O‘qtoy – Chingizxonning vorisi. Serialda bu nomdagi personaj juda aql-zakovatli obraz sifatida gavdalangan. Tarixiy manbalarga ko‘ra, “haqiqiiy” O‘qtoy ham dono, aqlli bo‘lgan. Aynan shu jihatlari uning voris sifatida tanlanishiga ta’sir qilgan.
⚫️Arik-Bo‘ke – 8-sinf darsligida “Olg‘uxon Mo‘g‘uliston va Xitoy
o‘lkasidagi chingiziy xonlar Xubilayxon va Oriqbuqa o‘rtasidagi o‘zaro urushlardan foydalanib... o‘zini mustaqil deb e’lon qildi” deb yozilgan. Tarixda u Chingizxonning nevarasi, Tuluning o‘g‘li bo‘lgan. Munke xoqon vafotidan so‘ng Arik-Bo‘ke Mo‘g‘ulistonda o‘zini “ulug‘ xoqon” deb e’lon qiladi. Biroq ayni vaqtda Xitoyda uning akasi Xubilay ham xuddi shunday da’vo bilan chiqadi. Ulug‘ xoqonlik uchun kechgan bu ichki kurashda Xubilay g‘alaba qozonadi. Serialda Arik-Bo‘ke obrazi ham aynan shu tarixiy taqdirni eslatgandek “erta o‘lim” topadi.

Serialda Chingizning o‘g‘illariga Chingizxonning qonuniy to‘rt o‘g‘lidan Chig‘atoy, O‘qtoy ismlari berilgan bo‘lsa-da, Jo‘chi va Tulu ismlari “qolib ketgan”.
• Ehtimol, ijodkorlar Jo‘chi ismini ataylab chetlab o‘tishgan. Chunki Chingizxon Jo‘chining o‘z o‘g‘li ekanligiga jiddiy shubha bilan qaragan.
• Tulu ismini nega tanlashmaganiga bir nechta ehtimoliy versiyalarim bor, albatta, bular faqat taxmin, xolos. Lekin bir narsa aniqki, turk ijodkorlari odatda hech narsani shunchaki qilmaydi.


⚫️Serialdagi Chingizning to‘rtinchi o‘g‘li – Kulkan bo‘ladi.

Demak, savolga qaytamiz. Kulkan kim? Yoki ijodkorlar shunchaki bir o‘g‘lining ismini chingiziylarga aloqador bo‘lmagandan qo‘yishganmi?

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15🔥9👍2👎1
“Xotiram sust” – rostmi, bahonami? Balki metodika sustdir?

Ba’zida darsda “chala” o‘qib yurgan o‘quvchilarimdan biron-bir film haqida so‘rab ko‘raman (qani, nima der ekan deb), shunday paytda ba’zi o‘quvchilarim filmni ipidan ignasigacha aytib beradi, hattoki kichik bir epizodda qatnashgan obrazning ham ismini unutmagan bo‘ladi :) Kamelotning tabibi – Gayus ham, Jinevraning akasi – Elian ham esdan chiqmaydi.

Tarixga kelganda esa... “Xotiram sustroq-da”...

Faqat kinoni emas, tarixni ham zavq bilan, voqealarni xayolingizda jonlantirib, tasavvur qilib o‘qish kerak.

Albatta, bu bilan ish bitmaydi :) Repetitor tomonidan beriladigan sifatli materiallar, metodika, tizim ham juda muhim. Ba’zan “xotirasi yaxshi” ba’zi o‘quvchilar noto‘g‘ri sistemaga tushib qolganligi uchun ham natija ko‘rsata olmaydi. Amaliyotda ko‘p bo‘lgan bunday holatlar.

(c) Jalol BOLTAYEV – repetitor, testolog

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
42🔥18👍12💯9👏4👎1👀1
Hozirgina deyarli ONLAYN KURS bo‘yicha yozgan hammaga javob yozib chiqdim!

Demak, quyidagi guruhlarga qo‘shilish mumkin:

“TEZKOR GURUH”
• Darslar 10-avgustda boshlanadi.
• 6-sinfdan boshlanadi.
• Oylik to‘lov: 200 ming so‘m
• To‘liq to‘lov: 350 ming so‘m – imtihongacha boshqa to‘lov yo‘q
Eslatma: aslida 1 ta to‘lov evaziga uchta guruhga ham qo‘shilib, o‘qish imkoniyatingiz bor. Faqat uyga vazifalarni bajara olishingiz kerak (Kuzgi-1, Kuzgi-2, Tezkor guruh).

“QISHKI GURUH”
• Darslar sentyabrda boshlanadi.
• 6-sinfdan boshlanadi.
Hozircha “Ishonch chegirmasi” asosida qo‘shilish mumkin.
• 1-oy – 130 ming so‘m
• To‘liq – 400 ming so‘m

Qisqasi, bu haqiqiy kurs. Haqiqiy ustoz bo‘lishga maksimal harakat qilaman. Kursimda o‘zingiz uchun “YANGI DUNYO” ochasiz. Balki, mening kursimga kirib, onlayn kurslar haqidagi fikringiz tubdan o‘zgarar :)

Kursga qo‘shilish uchun @JalolBOLTAYEV'ga yozing.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15👍5🔥4😍1
“Tezkor guruh” haqida (1)
🔥134
“Tezkor guruh” haqida (2)
🏆8🔥63
“Tezkor guruh” haqida (3)
🏆10🔥54
“Tezkor guruh” haqida (4)
🔥144
1. Abituriyent edi. “Konkurs test”larda ham qatnashardi. Nasib qildi – universitetga kirdi.
2. O‘qituvchi bo‘ldi. Kursimga yozildi. Sertifikat oldi.
3. Endi navbat 70 % lik ustamaga!


Eldor ASADOV bir gal Jalol BOLTAYEV “eski bo‘ri”lardan degan edi. Shuning uchun aytaman-da, qanchalik chiranmang-urinmang, meni yaxshi taniydiganlar, ancha-ancha yillardan beri biladiganlar yetarlicha.

Bu gap kimgadir (ayniqsa, yoshlarga) g‘aliz tuyilar. Lekin men haqimda sizni tayyorlagan repetitordan so‘rab ko‘ring
:)

Kalit so‘zlar: 2018–2019, Ehtimoliy qo‘llanma, ehtimoliy test, Jalol Boltayev

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1110👍8🔥3💯1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
118👍11🔥8
Forwarded from Jalol BOLTAYEV
#anons

📆 8-avgust, juma
📖 10-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2022)
Mavzu: 1–6-mavzular

***

📍Dars tartibi va vaqti:
1. Quiz test – 20:00
2. “Savol-javob” boshlanishi – 21:00* (quiz yakunlangach)

***

📍Uyga vazifalar:
Ushbu topshiriqlarning barchasi 20:00 ga qadar bajarilishi kerak.

I. “KUNDALIK-OPTIMAL” (JIDDIY TAVSIYA)
Toʻplamdagi (10 o‘zbek) 1–6-mavzularning testini ishlash (qog‘oz kitobchaning o‘ziga ishlanadi. Masalan, to‘g‘ri javoblar aylanaga olib ketish mumkin. Ishlab boʻlganlar
@jalolboltayev_tlbot'ga videoga yoki rasmga olib yuborsin). Ushbu testni ishlash jiddiy tavsiya etiladi. Ushbu testni ishlash majburiy bo‘lmasa-da, uni ishlaganlar mening “sevimli o‘quvchim”ga aylanadi.

II. FORMS TEST (MAJBURIY)
https://t.me/c/2591090142/6/12612

III. TMS TESTI (IXTIYORIY)
https://t.me/c/2182762033/5/2231

***

Sizlardan faollik kutib qolaman! Darsga jiddiy tayyorlaning!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14🔥1