BUGUN 6:00 da @TARIX_OMBOR'da 8-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2023) darsligi bo‘yicha BEPUL dars bor. Qatnashing!
5-mavzu: “Jaloliddin Manguberdi Xorazmshohlar davlatini tiklash yo‘lida” (41–52-sahifa)
• 6:00 – mavzu tushuntirish
• 7:00 – “savol-javob”
O‘qituvchi: Jalol BOLTAYEV
@TESTLIDER

❤14🔥6🙏2
Tonggi darslarda 8-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2023) darsligi o‘rganilmoqda. Navbatdagi dars ertaga!
O‘zim ham Nasaviyning “Siyrat as-Sulton”ini, anushteginiylar bo‘yicha prezident topshirig‘iga ko‘ra yozilgan xorazmlik olim Qudrat Masharipovning “Jaloliddin Manguberdi” asarini, ustoz professor Akbar Zamonovning “O‘zbekiston tarixi” kitobini yana qayta o‘rganib chiqyapman. Shuning uchun darsda qatnashish joiz.

🔥17💯9❤7🙏2
Chalg‘imaslik haqida
So‘nggi 4 ta imtihonda eng yuqori natijalarni qayd etgan o‘quvchilarim – maktab o‘quvchilari – Durdona (12-oktyabr, 83+), Oyjamol (1-dekabr, 85+) va Sevinch (1-fevral, 87+) hamda Dildora ustoz (23, 24-may, 90). Bu natijalar, albatta, mas’uliyatlilik, mehnatkashlik, maktabdagi ustozlari, ota-onasining qo‘llab-quvvatlovi va boshqa ko‘plab omillarga bog‘liq ekanligini oldinam aytganman. Hozir endi bu haqdamas, yana bir muhim omil haqida gaplashamiz.
CHALG‘IMASLIK... Durdona, Oyjamol, Sevinch hamda Dildora ustoz hech qachon chalg‘imagan.
Bu nima degani? Taassuflar bo‘lsinki, hozirda axborot xuruji, turli manipulyativ chiqishlar, natijalarning sun’iy shishirilishi juda-juda ko‘p uchraydi (tabibimning o‘zi bemor, deganlaridek). O‘shanday axborotlarga aksariyat chalg‘ib qolyapti. Bu kundan kunga, imtihondan imtihonga kuchayib bormoqda. Aksariyati natijalarni sun’iy shishirish uchun qilinadigan jarayonlar bular...
Bir jihatdan ularni ham tushunaman: shunday gaplar orqali sonni ko‘paytirmasa, natija chiqishi qiyin bo‘ladi.
***
Durdona va Oyjamollar har bir darsimga kirardi, har bir test tahlilida qatnashardi. Qaysidir kanalda “Ertaga xuddi shu savollar tushadi, 55 tadan 55 tasi ham mana shu savollar bo‘ladi” deb yozilmaydimi – farqi yo‘q – ertalabam, kechqurunam shu mening darsimda bo‘lar edi.
Oyjamol o‘zi deyarli biron marta dars qoldirmagan, Durdona esa 1–2 qoldirgan, xolos. Undayam ogohlantirib qo‘yardi. Sevinch esa oflayn (aniqrog‘i, gibrid) tayyorgarlik ko‘rgan, Telegramdagi manipulyativ xabarlarga umuman e’tibor qaratmas va menga to‘lig‘icha ishonardi.
To‘g‘ri, menda “ishontirish qobiliyati” kamroqdir. Lekin nima qilayotganimni, nima deyotganimni bilaman. Ilmiy taraflama ham isbotlab bera olaman. Va kun-u tun o‘quvchining natijasiga real ta’sir ko‘rsatuvchi materiallar ustida ishlayman.
Keyin “intensiv dehqonchilik” va “ekstensiv dehqonchilik” haqida bilasiz-a? “Ekstensiv dehqonchilik”da yerlarni ko‘paytirish evaziga mahsulot ko‘paytiriladi. “Intensiv dehqonchilikda” esa o‘sha mavjud yerdan unumli foydalanish evaziga mahsulot ko‘paytiriladi. Ha, do‘stlar, tushunganingizdek, men “intensiv” yo‘lni tanlaganman...
Onlayn ta’limni tartibga soladigan, o‘quvchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lish va ularning natijalarni tahlil qilish, xullas kim nima qilayotganini bilish imkonini beradigan bu platformamni yaratishdan ko‘zlangan maqsadlardan biri ham shu aslida. O‘quvchilarimning chalg‘imasligi uchun ular bilan muloqotda bo‘lib turishim kerak. Turli piarlarga uchib, keyinchalik “afsuslanmasligi” uchun ham shart va zarurdir (endi faqat bu maqsad ko‘zlangan desam, xato bo‘ladi. O‘quvchilarimning natijalarni tahlil qilishim ularning bilimi tom ma’noda rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi).
(c) Jalol BOLTAYEV – testolog, tarixchi
👉 @TESTLIDER

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26❤7🔥5
Rekord natijalarga shunchaki havas qilish kerak
Men hech qachon o‘quvchi sonini ko‘paytirib yuborish haqida o‘ylamaganman. Vaqtida tarix fanidan 4–5 nafar o‘quvchi o‘qitganman va shular uchun ishlaganman. Geografiyadan ham shuncha qo‘llanma-yu testlarni atigi 1 nafar o‘quvchi uchun ishlab chiqqanman. Maqsad o‘sha o‘quvchining grantga kirishi bo‘lgan. Va bunga erishganmiz.
Ya’ni mening maqsadim o‘quvchini natijaga olib chiqish, o‘quvchi soni qiziq emas. Va maqsad shunday xolis bo‘lgani ham haqiqatan REKORD natijalar mening kursimda qayd etilayotganiga, albatta, ta’sir qilyapti (chunki inson maqsaddan kelib chiqib ishlaydi, agar uning “qiziqishlari” faqat sonda bo‘lsa, faqat son uchun ishlaydi).
Hozir har kim og‘ziga kelganini gapirib yotaveradi, lekin fahmli odam anglayapti, menimcha.
Xullas, kamsonli ishtirokchilar orasidan REKORD (ha, haqiqiy. Bizda bu so‘z shunchaki emas. Barakatopgur, o‘z-o‘zingizdan bu so‘zni ishlatavermang) va umumiy natijalar borasida ham eng ko‘p chiqayotgani ba’zilarga yoqmasligi yoki tan olmasligi mumkin.
Lekin bu rekord natijalarni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Men foizini kamaytirib qo‘yolmayman, uzr :)
(c) Jalol BOLTAYEV – repetitor, testolog

1. Takrorlanmas REKORD. Tarix va geografiyadan ketma-ket “Milliy sertifikat”ni qo‘lga kiritgan respublikadagi birinchi o‘quvchi va O’zbekiston Milliy universiteti 3-grant sohibi (ikkala fandan ham o‘zim tayyorlaganman 🙃)
2. Xorazm viloyati bo‘yicha eng yuqori natija va Urganch davlat universiteti 2-grant sohibi
3. 12-oktyabr. “Milliy sertifikat”. REKORD – 83,87 ball bilan A+ (11-sinf)
4. 1-dekabr. “Milliy sertifikat”. REKORD – 85,21 ball bilan A+ (10-sinf)
5. 1-fevral “Milliy sertifikat” REKORD – 87,22 ball bilan A+ (10-sinf)
6. 23, 24-may – TOP (“Milliy sertifikat”) – Dildora ustoz (o‘qituvchi, repetitor emas) – 90,00 ball (A+)
(c) Jalol BOLTAYEV – repetitor, testolog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥30❤18😍4👏3👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#8_oʻzbek (2023) #tushuntirish_darsi
• TUSHUNTIRISH DARSI
• VIDEODARS
(c) Jalol BOLTAYEV
👉 @TESTLIDER
• TUSHUNTIRISH DARSI
• VIDEODARS
Darslik: 8-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2023)
Mavzu: “Jaloliddin Manguberdi Xorazmshohlar davlatini tiklash yo‘lida” (5-§).
(c) Jalol BOLTAYEV
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12
2025-08-01
TARIX OMBOR | JALOL BOLTAYEV
#8_oʻzbek (2023) #tushuntirish_darsi
• TUSHUNTIRISH DARSI
• AUDIODARS

🔥2❤1😁1
8 o‘zbek (2023), 5-mavzu
TARIX OMBOR | JALOL BOLTAYEV
#8_oʻzbek (2023) #tushuntirish_darsi
• SAVOL-JAVOB
(c) Jalol BOLTAYEV
👉 @TESTLIDER
• SAVOL-JAVOB
Darslik: 8-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2023)
Mavzu: “Jaloliddin Manguberdi Xorazmshohlar davlatini tiklash yo‘lida” (5-§).
(c) Jalol BOLTAYEV
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5🔥4
#mundarija #8_oʻzbek (2023)
Jalol BOLTAYEV tomonidan 8-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2023) darsligi bo‘yicha o‘tib berilgan darslar
1-mavzu: “XIII asr boshlarida Xorazm davlatida siyosiy vaziyat”
➖ VIDEODARS
➖ AUDIODARS
➖ SAVOL-JAVOB
2-mavzu: “Xorazm va Mo‘g‘ul davlati o‘rtasidagi munosabatlar”
➖ VIDEODARS
➖ AUDIODARS
➖ SAVOL-JAVOB
3-mavzu: “Muhammad Xorazmshohning mamlakat mudofaasiga oid tadbirlari va buning oqibatlari”
➖ VIDEODARS
➖ AUDIODARS
➖ SAVOL-JAVOB
4-mavzu: “Jaloliddin Manguberdi”
➖ VIDEODARS
➖ AUDIODARS
➖ SAVOL-JAVOB
5-mavzu: “Jaloliddin Manguberdi Xorazmshohlar davlatini tiklash yo‘lida”
➖ VIDEODARS
➖ AUDIODARS
➖ SAVOL-JAVOB
6-mavzu: “Chig‘atoy ulusining tashkil topishi”
➖ VIDEODARS
➖ AUDIODARS
Birinchi bo‘limni yakunladik. Endi ikkinchi bo‘lim – Chig‘atoy ulusini o‘rgana boshlaymiz. Darslar @TARIX_OMBOR guruhida haftaning juft kunlarida BEPUL o‘tib berilmoqda!
👉 @TESTLIDER
Jalol BOLTAYEV tomonidan 8-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2023) darsligi bo‘yicha o‘tib berilgan darslar
1-mavzu: “XIII asr boshlarida Xorazm davlatida siyosiy vaziyat”
2-mavzu: “Xorazm va Mo‘g‘ul davlati o‘rtasidagi munosabatlar”
3-mavzu: “Muhammad Xorazmshohning mamlakat mudofaasiga oid tadbirlari va buning oqibatlari”
4-mavzu: “Jaloliddin Manguberdi”
5-mavzu: “Jaloliddin Manguberdi Xorazmshohlar davlatini tiklash yo‘lida”
6-mavzu: “Chig‘atoy ulusining tashkil topishi”
Birinchi bo‘limni yakunladik. Endi ikkinchi bo‘lim – Chig‘atoy ulusini o‘rgana boshlaymiz. Darslar @TARIX_OMBOR guruhida haftaning juft kunlarida BEPUL o‘tib berilmoqda!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6❤4
8-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2023) bo‘yicha quyidagi qaysi mavzu sizga qiziq? Qaysi biri bo‘yicha ertaroq maqola yozay?
👉 @TESTLIDER – (c) Jalol BOLTAYEV – repetitor, testolog
Anonymous Poll
45%
Chingizxon ham tuppa-tuzuk “manipulyator” bo‘lgan ko‘rinadi!
23%
Ikki “Muzaffar” bir odam(mi)?
32%
“Hilotda ukam o‘ldi”. Hilotda qanday voqea ro‘y bergan edi?
❤7👍3🔥1🏆1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV pinned «Rekord natijalarga shunchaki havas qilish kerak Men hech qachon o‘quvchi sonini ko‘paytirib yuborish haqida o‘ylamaganman. Vaqtida tarix fanidan 4–5 nafar o‘quvchi o‘qitganman va shular uchun ishlaganman. Geografiyadan ham shuncha qo‘llanma-yu testlarni atigi…»
«TEZKOR GURUH»da darslar 10-avgustda “noldan” (6-sinfdan) boshlanishi rejalashtirilgan
LEKIN...
Bugunning o‘zida qo‘shilib, 8-sinf «Jahon tarixi» darsligi bo‘yicha ertadan boshlanadigan darslarda qatnashib ketish mumkin. Umuman olganda, ishtirokchi bitta to‘lov evaziga “Kuzgi 1”, “Kuzgi 2”, “Tezkor guruh”larimda ham o‘qiyveradi. Chunki men uchun natija muhim.
(Lekin 2 ta guruhning dars jadvali bo‘yicha o‘qishni maslahat beraman, chunki topshiriqlarni ham bajarish kerak, faqat kunibo‘yi savol-javobda qatnashishdan mantiq yo‘q).
“Kuzgi 2-guruh”da ertaga 8-sinf “Jahon tarixi” bo‘yicha BIRINCHI DARS. Bugunoq qo‘shilib, printerdan chiqarib oladigan materiallarni chiqarib, sifatli dars va sifatli material o‘zi qanaqa bo‘lishini his qilib turing :)
Eslatma! Guruhda attestatsiyaga ham, “Milliy sertifikat”ga ham tayyorgarlik ko‘riladi.
Guruhga qo‘shilish uchun shaxsan o‘zimga – @JalolBOLTAYEV'ga yozing.

❤18👍8🔥4🏆1
1-avgust – hayotimdagi esda qolarli kunlardan biri
Bir qancha yillar avval aynan shu kunda imtihon topshirganman. O‘sha paytda kvota atigi 4 % edi. Ya’ni barcha abituriyentlarning faqat 4 % i talaba bo‘lish imkoniyatiga ega edi. Bundan tashqari imtiyozlilar (asosan, armiyada xizmat qilib kelganlar) ham umumiy kvota ichida bo‘lib, ular uchun grant deyarli kafolatlangan edi.
Shu sababli “birinchi yili” o‘qishga kirganlar juda kam bo‘lar edi. Mening yo‘nalishimda atigi 3 nafar bola birinchi yilida talaba bo‘lgan. Atigi 3 nafar... (ular orasida men ham bor edim. Bu juda bir faxrlanadigan narsa emas, shunchaki aytyapman).
Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) yo‘nalishida 1-kursda 100 nafar bo‘lib o‘qigan edik, adashmasam.
Qiziq jihati shundaki, imtihon oldidan hayajon ham, qo‘rquv ham sezmaganman. Ya’ni, yiqilsam, keyin qanday tayyorlanish kerakligini allaqachon tushunib bo‘lgandim.
Men deyarli mustaqil – self study tayyorlanganman. Lekin “self study” degani ham aslida to‘laqonli mustaqil degani emas. Ya’ni o‘sha davrda mening asosiy vositalarim Samandar O‘skinovning kompyuter testlari va Akbar Zamonovning “Repetitor” to‘plami edi. Shu ikki manba menga yo‘l ko‘rsatgan.
Biz payti onlayn kurslar ham yo‘q edi. O‘ylashimcha, agar bo‘lganida faqat o‘zimning onlayn kursimda o‘qirdim. 😁
Unutmang: imkoniyat doimo bor. Savol shuki – siz uni ko‘rishga va oxirigacha kurashishga tayyormisiz?

💯60🔥27❤21🏆7👍6😁1👌1🤝1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤29🔥8🤝6👍1
“Har bir narsaning ixlos bilan qilingani barqaror boʻladi”
Gaplarida, harakatlarida va tuygʻularda ixlosli boʻlganlar...
Xalil Jubron shunday deydi:
Viktor Gyugo esa qoʻshimcha qiladi:
Gabriel Garsia Markesga koʻra:
“Azamat Akbar | Lektorium”

“Hamma narsa oʻzgara oladi... Ixlosli tuygʻularga ega boʻlganlar bundan mustasnodir”.
Viktor Gyugo esa qoʻshimcha qiladi:
“Ixlosli qalblar rol oʻynashni bilmaydilar. Ular oʻzlarini yashirishga uringan paytda ham, qalblarining pokligi ularni fosh qiladi”.
Gabriel Garsia Markesga koʻra:
“Rostgoʻylik va ixlos sizga koʻp inson olib kelmasligi mumkin... Ammo oz boʻlsa ham, eng yaxshilarini yoningizda saqlaydi. Berishga maslahatim yoʻq, faqat chin koʻngildan ixlosli boʻling, deyishim mumkin. (Chunki) yolgʻon har bir narsani buzadi”.
“Azamat Akbar | Lektorium”
❤40🔥7👍3💯2
Dekabrda topshiradiganlar uchun SEKINLASHTIRILGAN, kam mavzudan o‘rganiladigan guruh ochaymiyo?
(c) Jalol BOLTAYEV
(c) Jalol BOLTAYEV
Anonymous Poll
36%
Ha, men qo‘shilardim
45%
Men oktyabrda topshiraman
14%
Natijani ko‘rmoqchiman
5%
Men heyterman
😁6🔥3❤2
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Dekabrda topshiradiganlar uchun SEKINLASHTIRILGAN, kam mavzudan o‘rganiladigan guruh ochaymiyo?
(c) Jalol BOLTAYEV
(c) Jalol BOLTAYEV
Qaranglar, “Kuzgi” guruhga qo‘shilib, o‘qisangiz ham bo‘ladi aslida. Sharti 3 ta dars jadvali bo‘yicha emas, 1 ta dars jadvali bo‘yicha o‘qiysiz. Shunda yengilroq bo‘ladi.
“Kuzgi” guruhlarim uchun tuzgan dars jadvallarimda ham kunlik mavzular u qadar ko‘p emas.

💯13❤3🔥3
Ushbu rasmni ko‘pchilik o‘z hikoyasiga joylaganini ko‘rdim. Bundan, albatta, xursandman. Shuningdek, bu shunchaki rasm emas. Suratdagi kitob tutib turgan o‘qituvchi – men, o‘quvchi qiz esa fevral imtihonida 87+ ball bilan Respublika rekordini o‘rnatgan maktab o‘quvchisi – Sevinch. ChatGPT “ghibli” usulida yaratib bergan.
Lekin ChatGPT negadir Sevinchni ham ko‘zoynak bilan tasvirlagan. Aslida faqat men ko‘zoynak taqaman.
(c) Jalol BOLTAYEV
👉 @TESTLIDER
Lekin ChatGPT negadir Sevinchni ham ko‘zoynak bilan tasvirlagan. Aslida faqat men ko‘zoynak taqaman.
(c) Jalol BOLTAYEV
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤47🔥20😍5👍1💯1
Forwarded from Sevinch
Haqiqatan ham ustozning testlari, qoʻllanmalari juda sifatli va mukammal qilib tuzilgan.Testlardagi har bir notoʻgʻri javob oʻquvchini oʻylantiradi va bilimini mustahkamlashga yordam beradi. Har bir testni tuzishda ustozimning juda katta mehnatlari yotadi. Men ustoz tuzgan testlarni ishlab, eng yuqori Rekord natijaga erishdim. Bu natijada ustozimning hissasi juda katta. Ularga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman.
💯34❤12🔥6👌3👍2🏆1