𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
19.9K subscribers
1.27K photos
166 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
Inolchiq (G‘oyirxon)ning Chingizxon savdogarlarini o‘ldirishiga nima sabab yoki bahona bo‘lgan?

Abulg‘oziy Bahodirxonning “Shajarayi turk” asarida quyidagicha yoziladi:
“…bozirgonlar ani ko‘ra bordi. Onlarning orasinda bir kishi bor erdi, Inolchiqning (eski) oshnosi erdi. Ul G‘oyirxon demay, Inolchiq dedi. Uning ul so‘zi yomon kelib, savdogarlarni tutub, Sulton Muhammadga bir guruh kishi josuslikka kelibdi, deb xabarchi yubordi.”


Bu parchada tarixiy fojianing nozik nuqtasi ochiladi. “Inolchiq” so‘zi G‘oyirxonga shunchalik yomon ta’sir qiladi va natijada yuzlab odamlar hayotdan ko‘z yumadi, minglab voqealar zanjiri boshlandi. Har holda “Shajarayi turk”da shunaqa yozilgan.

“Inol” – bu so‘z qadimgi turkiy tilga oid bo‘lib, shahzoda, ya’ni hukmdor naslidan bo‘lgan kishi degan ma’noni bildiradi. “-chiq” esa kichraytiruvchi qo‘shimcha bo‘lib, Inolchiq – “kichik shahzoda” degani. G‘oyirxonni yoshligidan yaqinlari, do‘st-u birodarlari “Inolchiq” deb atashgan. Ya’ni bu bolalikdagi ism (aniqrog‘i, laqab) bo‘lgan.

“G‘oyirxon” nomi esa tarixiy manbalarga ko‘ra, Inolchiqqa Sulton Muhammad Xorazmshohning o‘zi tomonidan berilgan va bu unvon G‘oyirxonning saroydagi yuqori maqomini bildirgan. “G‘oyirxon” “qudratli hokim” degan ma’noni bildiradi.

Demak, “Inolchiq” – G‘oyirxonning yoshlikdagi yoki oddiy insonlikdagi ismi bo‘lsa, “G‘oyirxon” – bu uning hukmronlik maqomidagi rasmiy va sharafli unvoni bo‘lgan.

Nega G‘oyirxon g‘azablandi?
G‘oyirxon (Inolchiq) – bu vaqtda yirik shahar O‘trorning hokimi, harbiy boshliq va sultonning eng ishonchli amaldorlaridan biri edi. U o‘zini katta unvon bilan “G‘oyirxon” deb atashga o‘rgangan va bu ixtiyoriy emas, ijtimoiy-marosimiy talab edi («Orqadog‘», «muhtaram» deyish “dress-kod” bo‘lib qolgan-ku, shunga o‘xshagan gap-da buyam...)

Uchrashuvda savdogarlardan biri uni oldingi ismi bilan “Inolchiq” deb ataydi (“Shajarayi turk”da ushbu savdogar hind savdogari bo‘lib, Inolchiqni azaldan taniganligi yozilgan). Bu oddiy hol kabi ko‘rinsa-da, tarixiy kontekstda bu – hurmatsizlik, protokolga zid murojaat, G‘oyirxonning siyosiy sha’nini mensimaslik, hatto tahqir deb tushunilgan.

Abulg‘oziy “uning bu so‘zi yomon keldi” deb aynan shuni anglatadi: so‘z tanlovi – bu yerda siyosiy muammoga aylangan.

Masalani yanada chuqurroq tahlil qilish mumkin. Ba’zi tarixchilar (masalan, Rashididdin va Juvayniy) G‘oyirxon bu so‘zdan ranjibgina qolmay, bu holatni bahona qilib, savdogarlarni josuslikda ayblab, qirib tashlaganligiga ishora qilgan.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍277🔥3
“Inolchiq” bo‘yicha

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73
“Inolchiq” bo‘yicha

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
189 ball! 🔥

TARIX + INGLIZ TILI

• Tarix (“Milliy sertifikat”)
• Ingliz tili (“Milliy sertifikat)


Siz ham asosiy bloklardan ertaroq sertifikat olib, keyin majburiy fanlarni “bosishni” istasangiz, TO‘G‘RI TANLOV qila olishigiz zarurdir!

O‘qituvchi: Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥43👍2219👏3🏆3
Forwarded from 𝐸'𝑧𝑜𝑧𝑎
Shu natijaga erishishimda ustozning hissalari juda katta. Aynan Jalol Boltayevda tayyorlanganimda sertifikat ololdim va soʻzsiz hammaga ustozzi kurslarini tavsiya qilaman🔥🔥🔥
Yana bir bor rahmat , ustoz
Alloh rozi boʻlsin😊🤲🏻
🔥48👏1610🏆6😍5👍1
Natijalarga bir e’tibor bering-a...

Raqobat yonyapti
🔥
100/100

Bunday sifatli quiz testlarni har yerda ham uchratavermaysiz. Guruhimda Lobar Yildirim, Shuxrat ustoz Makvin, Sardorbek Krish kabi ishtirokchilar bor...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥34😁238😍4🙏3👌1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Natijalarga bir e’tibor bering-a... Raqobat yonyapti 🔥 100/100 Bunday sifatli quiz testlarni har yerda ham uchratavermaysiz. Guruhimda Lobar Yildirim, Shuxrat ustoz Makvin, Sardorbek Krish kabi ishtirokchilar bor...
Avgustda boshlanadigan “Tezkor guruh”ga 1 va 2-guruhimdagilar ham qo‘shiladi. O‘shanda 100 ta testdan 101 ta ishlamagan odam “Top 20 talik”ka kira olmasa kerak. )

Chunki hali 1-guruhimda ham “yashin tezligida” o‘ylaydiganlar va klaviaturani bosadiganlar bor.

Bundan tashqari “yangi qo‘shiladiganlar” orasida ham Boyazidning avlodlari bo‘lishi mumkin.
😁30👍12🔥64😍4
⚡️ Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi

🌎 Sayt manzili: my.uzbmb.uz (“Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi => “OTM tanlash”)

📆 Muddat: 2025-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar (shu kunlari ham)

📝 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.


@TESTLIDER
👍84🔥4💯2👌1
Kanadada Master of Educationda o‘qiydigan bir ayol bilan tanishdim. U bilan Blum taksonomiyasining “zaif jihatlari” haqida gaplashdik. U Blum taksonomiyasiga ancha shubha bilan qarar ekan. Aytayotgan argumentlarida jon bor edi va ilmga asoslangan edi (har holda men shunday o‘yladim).

Biz endi Blum taksonomiyasining 3-bosqichiga o‘tayotganimizda zamonaviy pedagogikada allaqachon “zaif nuqtalar” ko‘rila boshlanibdi...

“Aftotest” tashkiloti “bilish” testlarini “qo‘llash” deb berib yurgan yerda allaqachon Blum taksonomiyasining o‘zi tanqidiy ruhda tahlil qilina boshlanibdi...
24👍9🔥5💯4
Ertaga (yakshanba) 6:00 da @TARIX_OMBOR'da 8-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2023) darsligi bo‘yicha BEPUL darslar boshlanadi.

3-mavzu: “Muhammad Xorazmshohning mamlakat mudofaasiga oid tadbirlari va buning oqibati” (20–36-sahifa)

• 6:00 – mavzu tushuntirish
• 7:00 – “savol-javob”
• 7:30 – quiz

O‘qituvchi: Jalol BOLTAYEV

@TESTLIDER
👍229💯2
Ertaga (yakshanba) “Kuzgi 2-guruh”dagi darsimni @TARIX_OMBOR'da o‘taman. Xalq ko‘rsin dars o‘zi qanaqa bo‘lishini :)
🔥266👌5👍1
NEGA?

Kontaktlarim orasida “... (Durdonaning dugonasi)” yoki “... (Mashhura ustozning o‘quvchisi)” tarzida saqlanganlar juda ko‘p.

Nega deb o‘ylaysiz?


Chunki Jalol BOLTAYEV o‘zini piar qilish, sun’iy hayp ko‘tarish yoki arzon narsani qimmat qilib ko‘rsatish bilan shug‘ullanmaydi. :) Kursimga kelganlarning aksariyati tavsiya orqali qo‘shilgan.

Har kuni ish va darslarimiz jiddiy kechadi. Men esa yangi darsliklar asosida yanada samarali materiallar tayyorlash bilan bandman.

Xullas, buni “sarafan marketing” deyishar ekan. Kim tavsiya qilgan bo‘lsa, kontaktga yozib qo‘yaman.

Siz natija qildingiz, Xudo xohlasa, keyingi ishonchni ham oqlaymiz!

(c) Jalol BOLTAYEV – repetitor, testolog

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
31🔥8👍6🙏4
🔥“KUNDALIK-OPTIMAL” TEST TO‘PLAMI (10-sinf “O‘zbekiston tarixi” – 2022) YANA “UZUM”DA!

O‘tgan gal “Uzum”da eng tez sotilgan kitob bo‘lgandi. Endi yana qayta qo‘yilibdi. Hozir 15 dona bor. Tezroq ulgurib qoling.

https://uzum.uz/product/1735633?utm_source=sharing&utm_medium=product_page_android&utm_campaign=native
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥117👏2😍1
“Boshqa guruhlarda...” “Boshqa guruhlarda...” deb har gapida yozib, osilib katta bo‘ladiganlar bor-da...

Xo‘p, mayli, “boshqa guruhlarni” konkret xatosi topa olasanmi, argument bera olasanmi?

Yo yoshlikdan “osilib katta bo‘lish” tarbiyasini olganmisan?

To‘g‘risi, o‘shandaylar bilan o‘zi hech kimni ishi yo‘q. Shunchaki e’tiborni o‘ziga tortishni istaydi.

Masalan, men kim bilandir konkret masalada munozara qilishim mumkin. Lekin bu yerdayam shaxs emas, fikr muhokama qilinadi.

“Ustozim-ustozim” deb yurgan har qanday shaxsga ham ishonavermaslik kerakligini o‘rgatadi bular :)


Ex, o‘shalarga yozib, o‘zimni darajamni pastga tushirganimga afsuslanaman-u, ommani manipulyatsiya qilib, men haqda atayin noto‘g‘ri taassurot uyg‘otishlarini ham xohlamayman.

https://t.me/TESTLIDER/4205

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥177💯7👍6
Jiddiy gaplar, eshiting.
24👍12💯6👎3🔥2
Hali ancha bor, qisqacha aytganda...
👍14🔥11👎62💯1
Hali ancha bor, qisqacha aytganda... (2)
👍13👎7🔥72👏1👌1
Bugunga yetadi!
👍15🔥7👎52🏆2👏1👌1💯1
Yangi 8, 9-sinf “O‘zbekiston tarixi” darsliklari bo‘yicha test tuzish uchun ushbu kitoblar juda asqatadi (biroq buning o‘zi ham yetmaydi, albatta, testologik bilimlar va ko‘nikmalar ham shart).

Yangi maktab darsliklari hammuallifi tarix fanlari doktori, professor Akbar Zamonovdir. Aynan ustoz boshchiligida soha mutaxassislari uchun (OTM talabalari uchun desa ham bo‘ladi) ushbu kitoblar yaratilgan.

Lekin test tuzishda ham qo‘l keladi. Ayniqsa, notoʻgʻri variant (testologiyada distraktor deyiladi) qo‘yishda. Chunki notoʻgʻri variant ham mantiqiy jihatdan to‘g‘ri bo‘lishi, testologiya talablariga mos tushishi kerak. Muhokama qilingan narsa yaxshiroq yodda qoladi, xato variantlar juda kulgili bo‘lsa, ularni qo‘yishdan mantiq yo‘q.

Shuningdek, darslikda qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan ma’lumotlar ham bo‘ladi. O‘shanda ham qo‘l keladi.
🔥3213👍6😍5👌2🏆2🙏1👀1
Bugun 9:00 da @TARIX_OMBOR'da dars bor ekanligi esdan chiqmasin-a!

Yangi 8-sinf «O‘zbekiston tarixi» (2023) darsligini o‘rganib qoling!
👍11🏆74