𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
19.7K subscribers
1.27K photos
166 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
Hammaga bugun yo 00:00 dan so‘ng javob yozib chiqaman. 20:30 da darsim boshlanadi.

Kursimda o‘qimoqchi bo‘lsangiz, @JalolBOLTAYEV'ga yozib qo‘ying. Javob boradi.
👍15🔥2💯2
Har qanday ONLAYN KURS ishtirokchilari uchun so‘rovnoma

Sizga qay biri ma’qul?

1. 17-mayda 150 ming so‘m to‘lov qildingiz. Keyingi oy (iyun)ning 17-sanasida to‘lov qilish. Har oy shunaqa davom etadi (“sanadan sanagacha” tizimi).

2. 17-mayda 150 ming so‘m to‘lov qildingiz. 1–5-iyunda 60 ming so‘m* to‘lov qilasiz. 1–5-iyulda yana 150 ming so‘mdan to‘lov qilib ketasiz (“2-oy uchun kamaytirilgan to‘lov” tizimi).
*Bunda qaysi sanada qo‘shilganingizga qarab bot hisoblab beradi. Ikkinchi oy uchun 40 ming, 45 ming ham bo‘lishi mumkin, masalan.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🔥4👎3👍2
🔥 Jalol BOLTAYEV kitoblari

Bu yerda sotuvdagi mening muallifligimdagi (hammuallifligimdagi) tarix faniga oid test to‘plamlari va qo‘llanmalaridan namunalar ko‘rishingiz va ularni sotib olishingiz mumkin. Shu paytgacha 70 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalari (test to‘plamlari, qo‘llanmalar) yaratganman. Aksariyati onlayn kursim ishtirokchilariga PDF holatida ham taqdim etilgan.
Ushbu bo‘limda esa nashriyotdan chiqqan, hozirda sotuvda mavjud bo‘lganlarni ko‘rishingiz mumkin.

“KUNDALIK-OPTIMAL” (10-sinf “O‘zbekiston tarixi” – 2022)
“REPETITOR” (2017–2019-yilgi 6–9-sinf darsliklari asosida – Akbar ZAMONOV, Sharofiddin NURMUHAMMADOV, Jalol BOLTAYEV)
“ZAMONAVIY 30”
“MAJBURIY FAN. O‘ZBEKISTON TARIXI”

Tez orada yana yangi kitoblarimiz nashrdan chiqadi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
20👍14🔥6😁3
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
💜💜💜 #mundarija (ASOSIY) «TARIXIY MA’LUMOTLAR» boʻlimining asosiy mundarijasi ▶️ OʻzSSR XKS, OʻzSSR MIQ, Ministrlar Soveti, Oliy Sovet Prezidiumi, Oliy Sovet... Chalkashib ketyapsizmi? ▶️ Gilotina – o‘lim jazosini boshni kesish orqali ijro etuvchi moslama.…
@TARIX_OMBOR loyihamning “Tarixiy ma’lumotlar” bo‘limida mana shunday ma’lumotlarni yozib boraman. Ya’ni darslikda tushunarsiz yoki xato qolib ketgan ma’lumotlar va hokozo...

Aksariyatini testlarda ham kiritib ketaman. Chunki o‘quvchiga ham xato o‘rgatib ketmaslik kerak. Masalan, aksariyat maktab o‘quvchilari Misrdagi So‘nggi podsholik davrini Kambiz II tugatgan deb o‘ylaydi. Aslida Aleksandr Makedonskiy. Darslikda ham “Kambiz II tugatdi” degan joyi yo‘q. Lekin shunaqa o‘ylashadi negadir (buni “MS” testlarimdan birida “moslashtirish testi”da qo‘llaganman).

Siz ham tushunmagan joyingiz bo‘lsa, @JalolBOLTAYEV_tarix_bot'ga yozishingiz mumkin.
🔥43👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥21👍137
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Video message
Do‘stlar, oldinroq aytganimdek, 10-sinf “Jahon tarixi” (2022), undan so‘ng 7, 8, 9-sinf yangi (22–25) darsliklarining “Kundalik-optimal”i chiqadi. Bular orqali tayyorlanish maza... Nafaqat mavzuni tushunasiz, xotirada ongli tarzda zichlaysiz. Gapimga javob.

Ushbu kitobdan test tuzish o‘zi nimaligini his qilmoqchi bo‘lganlaram foydalansa bo‘ladi, xato variantlarni qo‘yish uchun ham ancha vaqt sarflashimga, boshqa manbalarni ko‘rib chiqishimga to‘g‘ri kelgan, masalan.

Andijonliklar, mana shu kitob do‘koniga borib, kitobni olib tashlanglar “srochna”. Lekin bu do‘konam marketingni yomon qilarkan-da 😁, 19 ming 500 so‘mmish... 500 so‘mni nima qilarkan )
👍28😁1110🔥7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Abdullaxon II — Shayboniylar saltanatining eng yirik arbobi

“Qurultoy” podkastiga uzoq kutilgan mehmon – fan doktori, professor Akbar Zamonov tashrif buyurdi. Ushbu inson Abdullaxon II davrini dissertatsion darajasida o‘rganib chiqqan.

Shayboniyxon va Bobur bilan bog‘liq ilmiy bahslar avval ham bo‘lgan, ammo bu galgi suhbat o‘sha davrning siyosati va murosasiz ichki kurashlar haqida.

Bu podkast nafaqat tarixchilar, balki siyosiy va tarixiy tafakkurga qiziqqan har bir inson uchun muhim material bo‘ladi.

📌 Tomosha qiling: https://youtu.be/oFOvA4rsYa8
🔥218👍8
🔥 MING MARTA ESHITGANDAN BIR MARTA KO‘RGAN YAXSHI

Kurslarga qabul davom etmoqda, 3 ta guruh bor:
• Kuzgi 1-guruh – 7-sinf “O‘zbekiston tarixi”da.
• Kuzgi 2-guruh – 10-iyundan boshlash rejalashtirilgan.
• Majburiychilar uchun guruh – 2-iyundan boshlanadi.


Onlayn kursimga kirish uchun @JalolBOLTAYEV'ga yozing.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥87💯3
Biz hamkorlik qiladigan “Spectrum” nashriyotining Telegram sahifasiga ulanib qo‘yishni tavsiya etaman. Kanalda BLOK TESTLAR olinishi ham yo‘lga qo‘yilibdi. Tanishlaringizga ham yuboring. Shuningdek, u yerdan istagan kitobingizni topishingiz mumkin.

👉 @zamon_kitob_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥106
1-KUZGI GURUH'da tonggi darslar ham yo‘lga qo‘yilyapti...
👍183🔥3
Kuzgi guruhlar haqida
👍184🔥4
Forwarded from Gulshoda Avezova
Xurmatli ustoz Jalol Boltayev bir yil oldin tasodifan test lider guruhiga qòshilib qolgonman va undagi ustozni faoliyatini kuzatib qizimni tarix va geografiya kursiga barganman va bu qarordan bugun juda xursandman chunki shu qisqa vaqt ichida qizim shu ustozda tayyorlanib tarix va geografiya fanidan sertifikatga ega bòldi sizdan oilamiz bilan birgalikda minnatdormiz bilim berishdan charchamang mehnatlarigiz rohatini kòring siz uchun doimo duodamiz nasib qilib qizim grant òqisha grsa xorazmchasina oytgondo bir jòshamiz soģ bòling
🔥36👏1110💔2👍1😁1🏆1
Tasodiflar yo‘q bu dunyoda, uchrashmadik ikkimiz bekor, dermidi 😁

Ya’ni tizimli va rejali, sifatli material bilan, har bir narsadan o‘z o‘rnida foydalanib harakat qilinsa, albatta, natijaga erishish mumkin.

Kurslarga qabul davom etmoqda! Ming marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi, ishimning sifatiga va qilayotgan ishimni ilmiy asoslab bera olishimga javob beraman.

👉 @JalolBOLTAYEV
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁50🔥14💯117
“Uzum” orqali 30 ming so‘mga sotib oling

Do‘stlar, “Kundalik-optimal” (10-sinf “O‘zbekiston tarixi”, 2022) “Uzum” orqali ham sotib olish mumkin. Mana bu do‘konda 30 ming so‘mga qo‘yilibdi. Bu kitobga bunday narx juda arzon, ishonavering. Shaxsan men uchun “Kundalik-optimal” tuzish "Milliy sertifikat”danam, “30 talik” tuzishdanam bir necha barobar murakkabroq. Oflaynda rasmiy ravishda kafolat tuza olishim uchun bu ishni qilganman.

https://uzum.uz/product/1735633?utm_source=sharing&utm_medium=product_page_android&utm_campaign=native

Qaranglar, ko‘proq, masalan 50 ta xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, o‘z narxida o‘zimdan olishingiz mumkin. @JalolBOLTAYEV
10👍5🔥2
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Bu – Sevinch. 87,22 ball bilan A+ sertifikatini olib, Respublika rekordini o‘rnatgan 10-sinf shogirdim! Siz ham shunday yuqori natija qayd etishni istasangiz, sal sabr qilib turing. “6 oylik kurs”ga ertaga qabul boshlanadi va audiochat bo‘lib o‘tadi (audiochatda…
Xorazmlik geografiyachilar, qayerdasiz? 😉

Xullas, 10-sinf bitta geografiyachi o‘quvchim bor. Shu tarixdan 87,22 ball bilan rekord urgan Sevinchoy, kelasi o‘quv yilining birinchi “MS” imtihonida topshiradi. Yoniga hamroh kerak.

Menda hamma narsa bor: xotiraga zichlab tashlashga imkon beruvchi kompyuter testlar, savol-javob qo‘llanmalari, xarita testlari va hokozo.

Vositalarni geografiyani “suv qilib ichish” uchun tuzib chiqqanman.

Eslasangiz, respublikada birinchi bo‘lib tarix + geografiyadan ketma-ket sertifikat olgan o‘quvchiyam menda tayyorlangan edi...

Keling, balki, Sevinchdan ham o‘zib ketarsiz, geografiyani ham 87+ qilishni rejalashtirganmiz...

Repetitor: Jalol BOLTAYEV
Telegram:
@JalolBOLTAYEV
Telefon: 97-299-00-66


Manzil: Xorazm v., Urganch sh., “Arastu” o‘quv markazi
Mo‘ljal: “Data” ta’lim stansiyasi ro‘parasi, Darital yoni
🔥2517👏5
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Xorazmlik geografiyachilar, qayerdasiz? 😉 Xullas, 10-sinf bitta geografiyachi o‘quvchim bor. Shu tarixdan 87,22 ball bilan rekord urgan Sevinchoy, kelasi o‘quv yilining birinchi “MS” imtihonida topshiradi. Yoniga hamroh kerak. Menda hamma narsa bor: xotiraga…
Menga o‘quvchi sonining ahamiyati yo‘q, mas’uliyatli bo‘lsa, bitta bo‘lsayam o‘qitaveramiz... O‘zi shundog‘am geografiyadan vaqtida shuncha test-u qo‘llanmalar bitta o‘quvchi yuzaga kelgan )

O‘zim o‘qitadigan tarixchi o‘quvchiga ko‘ngildagidek geografiyachi topilmay qolgan o‘sha paytda yo yaxshilab qaramaganmiz :) Shu bilan geografiyadan test va qo‘llanmalar tuza boshlaganman. U geografiyadan ham yaxshi ishlab grantga kirgan o‘sha yili. Bungayam yillar bo‘ldi :)

Kuzda real natija kimga kerak bo‘lsa, deb yozgandim-da...
👍3615💔8🔥6😁4
YANGI DARSLIKLAR BO’YICHA AUDIODARSLAR 🔥

@TARIX_OMBOR loyihasining “Audiodarslar” bo‘limini yanada jonlantiramiz. Jamoam a’zosi, ustoz Azizaxon Sharipova tomonidan 7-sinf “Jahon tarixi” (2022), so‘ngra 8-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2024) bo‘yicha audiodarslar joylanadi. Azizaxon ustozning ovozi ALLADEK! Eshitib ko‘ring.

https://t.me/tarix_ombor/3/22737
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥248👍3
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯124👍3522🔥11💔4🤝4😁2🏆1
“YOZMA TESTLARNI ISHLA VA “MILLIY SERTIFIKAT”NI OL”

O‘tgan gal audiochat o‘tkazganimda bir ustoz shu gapni aytib o‘tgan edi. Haqiqatan, aksariyat “variantli” testlarni ishlasa-da, yozma testlarda qiynalib qolyapti...

Bizda buning yechimi bor! Kursimda ishtirokchilar HAR KUNLIK “Forms test”lar orqali yozma testlarga hozirdanoq tayyorlanib, tajribasini orttirib boradi.

“Milliy sertifikat”ning har bir jihatiga kompleks yondashishga harakat qilaman. Va natija ham shunga yarasha rekord bo‘ladi (ochig‘ini tan olaylik, proporsional ravishda natija Jalol Boltayev kursida eng yuqori. Qizig‘i, nisbatni hisobga olmaganda ham, “haftalik natija”lar qo‘shilganda ham ko‘proq ekanligiga guvoh bo‘lyapmiz. Chunki bu KURS, REAL KURS).

“Forms testlar” qanday narsa ekanligini quyidagi ssilka orqali ko‘rib oling!

📹 TEZKOR KO‘RISH

Kurslarga qo‘shilish uchun shaxsan o‘zimga yozasiz: @JalolBOLTAYEV
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯1711👍7🔥2🏆1👀1