𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
19.8K subscribers
1.27K photos
166 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
Apellyatsiya. Vestgotlar haqida
👍19🔥6
Live stream scheduled for
9👍6
O‘zbekistonda yillarning nomlanishi

Manzillarimiz:
@TESTLIDER
@TARIX_OMBOR
1🔥37👍324👎2
YUBILEYLAR (barcha darsliklar bo‘yicha)

Manzillarimiz:
@TESTLIDER
@TARIX_OMBOR
👍218🔥5
“Xalqaro testologiya”mish...

Ma’lumotlarni tekshirmay, xato ma’lumotga tayanib test tuzish va eng yomoni – buni tan olmaslik, “darslikda shunaqa-ku” deb turvolish qaysi xalqaro testologiya me’yorlarida belgilangan ekan. Ustoz Komil Jalilov validlik bo‘yicha tadqiqotlarni so‘rayapti, ammo-lekin hali shaklan-mazmunan va yondashuvda ham xato qilishyapti ular.

Attestatsiya testlari, bu – xonadagi fil.


Testlarni “qiyin” deyotganimiz yo‘q, testlarni valid emas deyapmiz.

@TESTLIDER
👍43💯7
Hazillashyapsizlarmi, mana shu (yo shunday mazmundagi) savol attestatsiyada rostdan tushdimi?

Nazariy bilimlarining rivojlanishi kundalik hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan xalqni toping.
A) misrliklar
B) mesopotamiyaliklar
C) xitoyliklar
D) hindlar
💯37👍10
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Voice message
Ba’zi bir opportunist, manipulyator, farosatdan keyin tug‘ilganlar uchun (2-qism)
😁19💯4👍1
Opportunist — vaziyatdan faqat o‘z foydasini ko‘zlab, prinsip va axloqiy me’yorlarni chetga surib foydalanadigan odam.

Opportunist odam odatda pozitsiyaga va prinsiplarga ega bo‘lmaydi, vaziyatga qarab pozitsiyasini o‘zgartirib yuboraveradi.

Soddaroq aytganda, opportunist – o‘z manfaatini ko‘zlab harakat qiladigan, har qanday vaziyatdan foydalanishga urinadigan kishi.
9👍7💯6
Attestatsiya
👍7
So‘nggi dars 🔥

Har imtihondan 1-kun oldin
@TESTLIDER kanalida “So‘nggi dars” loyihasi o‘tkazilishidan, bu ko‘pchilikka manfaatli bo‘lishidan ham xabaringiz bor. Bu gal ham shunaqa qilamiz, bu gal yana 100 $ pul mukofoti va 2 000 000 mln so‘mlik vaucher qo‘yiladi. Hammani taklif eting!

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
🏆34👍16🔥106😁3👏2💯1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
#mundarija #xronologiya Darsliklar kesimida Jalol BOLTAYEV tomonidan tuzilgan «OPTIMAL XRONOLOGIYA» qoʻllanmalari 📙 6-sinf «Qadimgi dunyo tarixi» (2017) xronologiyasi 📘 7-sinf «Jahon tarixi» (2017)» xronologiyasi 📘 7-sinf «Oʻzbekiston tarixi» (2017) xronologiyasi…
Bugun “optimal xronologiya”larni bir sidra o‘qib chiqing. Foydasi tegadi, albatta. 125 ta savol shundan tushadi :) (sarkazm)

Mayli, 125 ta savol bundan bo‘lmas-u, 20–25 ta savol bo‘lishi tabiiy :)

CHUNKI va LEKIN bu ma’lumotlar jamlanmasi. Agar bu ma’lumotlarni (ya’ni mavzularni) tayyorlanish jarayonida tizimli o‘zlashtirgan bo‘lsangiz, sifatli xronologiyalar xotiradagi ma’lumotlarni qayta faollashtirishga yaxshi yordam beradi. Oldin tizimli o‘qigan bo‘lsangiz, bo‘lmasa, foydasi yo‘q.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18💯21
O‘tgan “Milliy sertifikat” imtihonida quyidagi savolni “Lafasov”ni o‘qimaguncha topishning imkoni yo‘q edimi?

Savol: BMT 1973-yilda JARni Janubi-G‘arbiy Afrikani boshqarish huquqidan mahrum etdi. Mahalliy aholining milliy-ozodlik kurashi 1989-yilda g‘alaba bilan yakunlandi. Shu yili Janubi-G‘arbiy Afrika qanday nom bilan mustaqil davlat deb e’lon qilindi?
Javob: Namibiya


Aslida ushbu savolga ham “Lafasov”ni o‘qimay turib javob topish mumkin. Kimdir 9-sinf “Jahon tarixi”ning 121-sahifasidagi xaritani chuqurroq tahlil qilgan bo‘lsa yoki shu xaritaning tahlili asosida tuzilgan test topshiriqlarini ishlagan bo‘lsa, topsa bo‘ladi. Ya’ni ushbu xaritada ko‘rsatilgan hududlar hozirgi qaysi davlatlar hududiga to‘g‘ri kelishini kimdir o‘rgangan yoki o‘rgatgan bo‘lsa, masalan...

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥4👏2👀1
#darslikka_izoh

Darslikdagi xato: Gambiya, Syerra Leone, Oltin Qirg‘oq va Nigeriya Fransiya mustamlakasimi?


“Kundalik-optimal”larni tuzish jarayonida ma’lumotlarni tekshirib chiqaman. Ba’zida darsliklardagi texnik xatoliklar ko‘zga tashlanadi.

9-sinf “Jahon tarixi” (2019) darsligining 34-mavzusida XX asr boshlarida Gambiya, Syerra Leone, Oltin Qirg‘oq (hozirgi Gana) va Nigeriyaning Fransiya mustamlakasi bo‘lgani haqida xulosaga olib boruvchi jumlalar bor. Lekin bu yerda xato bor: aslida bu davlatlar hech qachon Fransiya mustamlakasi bo‘lmagan. Ular Britaniyaniki (2014-yilgi nashrdayam shunaqa edi, asli abituriyent paytim ham anglagandim xato borligini).

Keling, bu masalani biroz tahlil qilaylik.

O‘sha xatboshida (rasmda) Afrikadagi mustamlakachilik tizimlari haqida so‘z yuritiladi. Matnda Gambiya, Syerra Leone, Oltin Qirg‘oq va Nigeriya davlatlari Fransiya mustamlakasi sifatida tilga olinadi. Ammo keyingi qatorda Buyuk Britaniyaning “mahalliy boshqaruv tizimlarini saqlab qolgan”i haqida gap ketadi. Bu yerda “Buyuk Britaniya” so‘zi oldingi gapdan tushib qolgan, xolos.

Ba’zi sinchkov o‘quvchilarda “Afrikadagi mustamlakalar haqida gap ketganda nima uchun Buyuk Britaniya berilmagan?” degan savol paydo bo‘ladi. Agar u tekshirib ko‘rsa, aslida shunchaki texnik xatolik bo‘lganini anglaydi.

Qo‘rqmang, “Milliy sertifikat” imtihonida mabodo tushib qolsa, Buyuk Britaniyani olaverasiz. Oldinlari BMBA darsliklardagi xato ma’lumotlardan qochar edi. Lekin oxirgi paytlarda bir-ikkita qo‘llayapti. Masalan, “gannoverlar” haqidagi savol; Qutaybani Xurosonga noib etib tayinlagan xalifa Abdumalik ibn Marvon haqidagi savol (Abdurahmon ibn Marvon emas).

BMBAdagi boshqarma boshlig‘i bilan gaplashganimda “darslikdagi xatolik bilan ishimiz bo‘lmaydi” mazmunida javob bergan edi. Aslida bu uning yoki BMBAning shaxsiy tashabbusi emas, testologiyadagi qoida.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍223🔥3💯2
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
#darslikka_izoh Darslikdagi xato: Gambiya, Syerra Leone, Oltin Qirg‘oq va Nigeriya Fransiya mustamlakasimi? “Kundalik-optimal”larni tuzish jarayonida ma’lumotlarni tekshirib chiqaman. Ba’zida darsliklardagi texnik xatoliklar ko‘zga tashlanadi. 9-sinf “Jahon…
Avtotest tashkilotiga eslatib qo‘yay dedim-da :)

Ertaga bu ma’lumotlardan ham savol tuzib, apellyatsiya berilsa, “kitobda shunday-ku”, deb butun bir Afrika tarixini o‘zgartirib yuborishmasin.

Hech qachon, hech qachon, butun tarixi davomida yuqoridagi davlatlar Fransiya mustamlakasi bo‘lmagan )

BMBA esa kamdan kam hollarda mazmunan-shaklan xato qiladi (eslatma: testda mazmunan-shaklan xato bo‘lmasligi bu hali valid degani emas).

Va, BMBA mabodo konkret xato ma’lumotga tayangan holda test tuzib qo‘ygan bo‘lsa-yu, apellyatsiya berilsa, unda yutib chiqish ehtimoli 99 % ni tashkil etadi.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25👎31