𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
19.8K subscribers
1.27K photos
166 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
Kimdir yuborishga ulgurib qoldi 😁

Attestatsiyachilar ham, “Milliy sertifikat”chilar ham ushbu testni ishlasin. Ikkalasiga ham mos keladi.

22:30 da test tahlili boshlandi!
👍37😁91🤝1
Bu testni ham “murakkab” deyishyapti, aslida “murakkab” va “oson” nisbiy tushuncha. Tahlilga kirsangiz, oson yechish usullarini o‘rgataman.
👍235
Live stream scheduled for
Live stream scheduled for
Shaxsiyga shunaqa savollar kelyapti: attestatsiya imtihonida “yangi 8–9 lar”dan savol tushadimi?

Men bittayam savol tushmaydi, deb o‘ylayman. Ularni o‘qib, takrorlab o‘tirishni tavsiya bermayman.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥24👍81
Javoblaringizni 125 kodi bilan @jalolboltayev_testbot'ga yuboring.

Namuna:
125*1a2b3c...35a

22:30 da tahlil boshlanadi.
👍18🔥1👏1🙏1
Bu testni 35 tadan 35 ta chiqarsa bo‘ladi. Gap test texnikasini bilishda. Ko‘p ma’lumotlarni biladigan aksar odamlaram 30 tacha ishlabdi.
👍31🔥4💯1
Test tahlili boshlandi.

https://t.me/TESTLIDER?livestream
👍8
@xorazmsertifikat – guruhda yozing gaplaringizni
Test va tahlil ma’qul keldimi, nimadir o‘rgandingizmi?

Demak, bitta savol ham “darslikdan tashqari” emasligini ko‘rdingizmi?
👍24
Turkiyadagi zilzilalar esingizdami?

Minglab odamlar bir zumda uysiz, suvsiz, ovqatsiz va chorasiz qolgan. O‘zbekiston ham yordam ko‘rsatgan edi o‘sha paytlar. O‘sha kunlari Turkiyada yashayotgan bir ayolning kanalida yozgan gaplari menga ta’sirli bo‘lgan:

“Do‘stim, ilgari xayriyaga qarshi edim. “Oyoq-qo‘li but-ku, ishlasin”, derdim. Zilzila meni bir kunda hamma narsamdan ayirdi. Oyoq-qo‘lim but, lekin chorasizman”.

Inson holati doim o‘zgaruvchan, bugun yordamga muhtoj bo‘lmagan kishi – ertaga ehtiyojmand bo‘lishi mumkin. “Oyoq-qo‘li but-ku, ishlasin” degan fikr menga ba’zi holatlarda “Yovvoyi kapitalistlar”ning ta’siri tufayli jamoatchilikka singgan deb o‘ylayman (men g‘oyaviy jihatdan sotsialistman).

Men buni yozishdan maqsad – xayriya targ‘iboti emas. Shuning uchun test o‘tkazishga qaror qilgan edim. Donat – rasman xayriya hisoblanmaydi aslida.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
🔥18👍4💯41
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BLUM TAKSONOMIYASI

Blum taksonomiyasining mohiyatini tushunmoqchi bo‘lsangiz, ushbu videoni ko‘ring. Attestatsiyaga kiradiganlarga yuborib qo‘yamiz )

Videoda ba’zi joylari negadir montajchi tomonidan kesilgan :)

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7💯2
Bugun attestatsiyaga kiradigan barcha ustozlarga omad tilayman! 70 % lik ustamaga erishish nasib qilsin.

O‘ylashimcha, “tarix” nima bo‘lgandayam “qiyin” bo‘lmaydi. Chunki bir nechta pog‘onalardan tashkil topgan, ma’lumotni “bilish”ni talab qiluvchi savollar “murakkab” degani emas (balki “boshqachadur”, oldingi yillardagi kabimasdur, ertaga ko‘ramiz :)), ma’lumotni yodlash esa murakkab ish hisoblanmaydi aslida.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5810💯2
HISTOMAP (10 jahon. 2022).pdf
336.1 KB
#Milliy_sertifikat #attestatsiya #MUHIM #namuna

• «Histomap» qo‘llanmasi
• 10-sinf «Jahon tarixi» darsligi bo‘yicha

• (c) Jalol BOLTAYEV

“HISTOMAP” qo‘llanmalar turkumi – testga tayyorlanish uchun eng yaxshi vositalardan biridir. Bilamizki, bugungi kunda “Milliy sertifikat”, “Attestatsiya”, umuman, tarix faniga oid har qanday imtihonlarda savollarning katta qismi tarixiy shaxslar bilan bog‘liq. Testlarda o‘quvchilarim yaxshi natija ko‘rsatishi uchun 2017-yildan beri har bir darslik bo‘yicha “Histomap” qo‘llanmasini tuzib kelaman. Ushbu faylda esa 10-sinf “Jahon tarixi” (2022) darsligi bo‘yicha tuzgan “Histomap”imdan sizga namuna keltirdim.
Bunday qo‘llanmani yaratish mendan har bitta shaxsga doir ma’lumotlarni barcha darslikdan sinchkovlik bilan tahlil qilib, bitta joyga to‘plashim, xulosalarim to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini bilishim uchun qo‘shimcha manbalarni ham o‘rganishimni talab etadi.
Masalan, bir necha yil oldin Vilgelm II ning qaysi suloladanligini bilishni talab etadigan savol ochiq test topshirig‘i bo‘lib tushgan. To‘g‘ri, bugun buni ko‘pchilik biladi. Lekin o‘sha payti aksariyat gabsburglar deb yozib chiqqan.
“Histomap” qo‘llanmasi “Milliy sertifikat”dagi “kutilmagan” savollarga tayyorlanishda ham juda yaxshi vosita bo‘la oladi.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🔥11👏2
#esga_olamiz #Telegram

TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLARI VA ULAR DAVRIDA SODIR BO‘LGAN BA’ZI VOQEALAR


Izoh: ro‘yxatga vaqtinchalik maqomda general-gubernator bo‘lgan, general-gubernator o‘rinbosari sifatida o‘lkani idora etgan shaxs nomlari kiritilmadi. Chunki bu ortiqcha.
darslikda kelgan |darslikda kelmagan

1. K. Kaufman – 1867–1881
• «Tуркестанские ведомости»va uning o‘zbek tilidagi ilovasi «Turkiston viloyatining gazeti» nashr etila boshlandi (1870).
• Toshkentda Turkiston xalq kutubxonasi ochildi (1870).
• Kaufman taklifi bilan Samara teatri o‘lkada namoyish o‘tkazdi (1870)
• O‘rta Osiyo Olimlar jamiyati ish boshladi (1871)
• Avliyootada birinchi rus manzilgohi paydo bo‘ldi.
• Po‘latxon qo‘zg‘oloni (1873–1876)
• Toshkentda Turkiston muzeyi ochildi (1876)
• Toshkentda “Shahar nizomi” joriy etildi (1877).
• Yetimxon qo‘zg‘oloni (Mingtepa, Andijon)
• O‘rta Osiyoni bosib olishning uchinchi bosqichi (1873–1879)
• O‘rta Osiyoni bosib olishning uchinchi bosqichi 4-bosqichi boshlanishi (1881)

2. M. Chernyayev – 1882–1884

3. N. Rozenbax – 1884–1889
• Birinchi rus-tuzem maktabi tashkil etildi (1884)
• O‘rta Osiyoni bosib olishning to‘rtinchi bosqichi yakunlanishi (1885)
• Turkmaniston yerlari ruslar tomonidan to‘liq egallandi (1885)
Andijonda Darvishxon boshliq isyon ko‘tarildi (1885)
• Buxoroda Rossiya imperatorining siyosiy agentligi tuzildi (1885)
• Baljuvon bekligida Vose boshliq isyon boshlandi (1885)
• Kaspiyorti temiryo‘li qurildi (1885)
• Turkiston general-gubernatorlik kengashi tuzildi (1886)

• Turkiston yerlari, o‘rmonlari va yerosti qazilma boyliklari davlat mulki deb e’lon qilindi (1886)
• Yangi vaqf hujjatlarini tasdiqlash faqat general-gubernator roziligi bilan bu yerlarni davlat soliqlari va majburiyatlaridan ozod qilmasdan amalga oshiriladigan bo‘ldi (1886)
• Rossiyadan ko‘chib kelganlar uchun Yer fondi tashkil etldi (1886)
• uyezd sudlari bekor qilinib,ularning o‘rniga uchastka mirovoy sudyalari tuzildi (1886)
• Amudaryo flotiliyasi tasis etildi (1887)
• Samarqandga dastlabki poyezd keldi (1888)
• Buxoro amirlig hududida rus qishloqlari vujudga kela boshladi (1888)
• Kalif bekligida isyon (1889)

4. A. Vrevskiy – 1889–1898
• Rossiyadan o‘zboshimchalik bilan ko‘chib kelgan kishilar ham mamuriyat ruxsati bilan ko‘chirilganlarga berilgan imkoniyatlardan foydalanishi mumkinligi elon qilindi (1892)
• Oddiy fuqarolarni mamurlarga qarshilik ko‘rsatgan taqdirda bevosita harbiy dala sudiga bera boshladilar
• «Vabo isyoni» (1892)
• «Harbiy holatda deb elon qilingan joylar haqida Qoida» kuchga kirdi (1892)
• Ismoil G’aspirali ilk marta O’rta Osiyoga keldi (1893)
• Buxoro amirligida birinchi jadid maktabi ochildi (1893)
• Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garagi ochildi (1895)
• Namangan uyezdining Oqsuv-Shahrixon volostidagi Naymanchi, Ko‘hna mozor, Langarbob qishloqlarida aholi isyon ko‘tardi (1896)
• Toshkentda birinchi gimnaziya ochildi (1896)
• Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni ko‘tarildi (1898)

5. S. Duxovskoy – 1898–1901
• Temiryo‘l Toshkent orqali Andijongacha qurib bitkazildi (1899)
• Farg‘ona vodiysida qo‘zg‘olon ko‘tarildi (1899)
• Andijonda Shamsiddin domla va Toshkentda Mannon qori jadid maktabiga asos soldi (1899)

6. N. Ivanov – 1901–1904
7. N. Tevyashev – 1904–1905
8. D. Subbotich – 1905–1906
9. N. Grodekov – 1906–1908
10. P. Mishenko – 1908–1909
11. A. Samsonov – 1909–1914
12. F. Martson – 1914–1916

13. A. Kuropatkin – 1916–1917
• Jizzax qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tgan (1916)

(c) Jalol BOLTAYEV

@TESTLIDER
@TARIX_OMBOR guruhida TARIX faniga oid barcha kerakli materiallar joylangan. Qoʻshiling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍38🔥71
ATTESTATSIYA savollari muhokamasi @TARIX_OMBOR guruhida bo‘lib o‘tadi.

Attestatsiya imtihonida qo‘llangan savollar bo‘yicha o‘z fikrlaringizni @TARIX_OMBOR guruhida yozishingiz mumkin. Albatta, har qanday imtihondan so‘ng ikkilanishlar va e’tirozlar bo‘ladi: masalan, “savol notoʻgʻri edi”, “to‘g‘ri javobni belgilagandim” kabi. @TARIX_OMBOR guruhida yozsangiz, shaxsan yordam berishga (o‘z munosabatimni bildirishga) harakat qilaman.

(c) Jalol BOLTAYEV
👍10🔥3
Samarqand qog‘ozlari (7 o‘zbek, 2022), Gerxard Shryoder islohotlari (10 jahon, 2017) tushibdi...

👉 @TARIX_OMBOR guruhiga kiring, munosabatingizni bildiring.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
Toifani qo‘lga kiritib, imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘qituvchilar orasida tarix fani ustozlari eng ko‘pchilikni tashkil etsa keragov bu borishda )

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
42👍17