𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
19.8K subscribers
1.27K photos
166 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 «MILLIY SERTIFIKAT» TESTI TAHLILI

Tahlil qilingan test:
• 1-variant
• Javobsiz (pdf)
• Javobli (pdf)

(c) Jalol BOLTAYEV – testolog

@TARIX_OMBOR guruhida «Milliy sertifikat» imtihoniga qadar testlar tahlil qilinadi. Tahlil jarayonida “savol-javob”lar ham olib boramiz. Jalol BOLTAYEV kursi ishtirokchilarining bunday tom ma’nodagi REKORD natijalarga erishishiga sabablardan biri ORIGINAL «Milliy sertifikat» testlari va ularning tahlillari hisoblanadi.

👉 @TARIX_OMBOR
👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥43
#darslikka_izoh #bilasizmi?

DEHLI SULTONI MUHAMMAD TUG‘LUQ KIMNING O‘G‘LI, UNING OTASI ALOUDDIN XILJIY EMASMI?

7-sinf «Jahon tarixi» (2017) darsligida “Xiljiyning vorisi Muhammad Tug‘luq 1325-yilda taxtga keladi” deb yozilgan. Albatta, buni mutlaq xato deb bo‘lmaydi. Biroq bu yerda “voris” so‘zining qo‘llanishi biroz chalkashlikka sabab bo‘lishi mumkin.

Chunki Muhammad Tug‘luq – Alouddin Xiljiyning o‘g‘li emas, balki xiljiylar sulolasi tugatilgach taxtga kelgan yangi sulola – tug‘luqiylar sulolasining ikkinchi vakilidir. Ehtimol, bu yerda “voris” so‘zi siyosiy ma’noda, ya’ni markazlashgan boshqaruv siyosatini davom ettirgan shaxs sifatida ishlatilgan bo‘lishi mumkin (aslida ham “voris” so‘zi tarixiy konteksda kengroq ma’noda qo‘llanishi mumkin). Lekin bu jumla ba’zi o‘quvchilarda Muhammad Tug‘luq nasl-nasab jihatidan Alouddin Xiljiyning davomchisi yoki o‘g‘li degan tushunchani uyg‘otishi ham bor gap.

Albatta, bu holatni jiddiy xato sifatida baholash umuman to‘g‘ri emas. Bunday jumlaviy, juz’iy noaniqliklar har qanday mamlakat darsliklarida uchrab turadi. Darslik yozish juda murakkab ish (bitta maqola yozganda odam qiynalib ketadi).

Esimda... 2019-yilda “Ma’rifat” gazetasida rahmatli ustoz, darslik hammualliflaridan biri bo‘lgan professor Tursunboy Salimov bilan bo‘lgan suhbatlardan birida darslikdagi boshqa bir juz’iy noaniqliklar haqida savol yo‘llagan edim. Ustoz “bular, albatta, to‘g‘rilanadi”, degan mazmunda javob bergan edilar...

📌 Muhammad Tug‘luqning otasi Dehli sultonligida tug‘luqiylar sulolasiga asos solgan G‘iyosiddin Tug‘luq bo‘lib, u Alouddin Xiljiyning amaldorlaridan biri bo‘lgan. Alouddin Xiljiy vafotidan so‘ng yana bir necha xiljiy hukmdorlari taxtga chiqqan. Umuman olganda, xiljiylar 1290–1320-yillarda, tug‘luqiylar esa 1320–1414-yillarda Dehli sultonligida hukm surgan.

(c) Jalol BOLTAYEV – testolog, repetitor

“DARSLIKKA IZOH” ruknidagi qolgan postlar bu yerda

Oʻzingizni qiziqtirgan savollarni @JalolBOLTAYEV_tarix_bot'ga yozishingiz mumkin! Savolingiz qiziq va muhim deb topilsa, albatta, kichik maqola eʼlon qilaman!


👉 @TARIX_OMBOR guruhida TARIX faniga oid barcha materiallar joylangan!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥7💯5
@TARIX_OMBOR'da 22:30 bo‘lib boshlanadigan bugungi TEST TAHLILIda qatnashing, manfaatli bo‘ladi. O‘zi imtihongacha har kuni test ishlab, test tahlil qilamiz.

Shuningdek, tahlil jarayonida “savol-javob” ham qilamiz!


(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TARIX_OMBOR
👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍2
Demak, YOPIQ PULLIK GURUHLARDA...

Ertadan quyidagi darsliklarni o‘rganish boshlanadi.

5:00–7:30 oraligʻida 9-sinf “Jahon tarixi” BOSHLANADI.

16:00–18:00 oralig‘ida 6-sinf darsligidan QUIZ va FORMS testlar bilan takrorlash BOSHLANADI.

19:00 da boshlanadigan guruhlarda 10-sinf “Jahon tarixi” va 11-sinf “O‘zbekiston tarixi” o‘rganilmoqda.

Har kuni 22:30 dan esa @TARIX_OMBOR'da test tahlili va qo‘shimcha savol-javob bo‘lib o‘tadi.

Hammasiga bitta to‘lov (150 ming so‘m) evaziga qo‘shilish mumkin (chiday oladiganlar qo‘shilsin).

«TEZKOR GURUH»ga kirish uchun 9860010133910371 kartasiga 150 ming so‘m to‘lovni o‘tkazib, chekni menga (@JalolBOLTAYEV) yuborasiz. Bugun guruhga qo‘shib qo‘yaman!

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19🔥4😁21👎1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
#8_oʻzbek #mundarija 8-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2019) QUIZ testlar mundarijasi (Jalol Boltayev✅️ muallifligida) 👉 8 o‘zbek (2019). 1–4-mavzular 👉 8 o‘zbek (2019). 5–9-mavzular 👉 8 o‘zbek (2019). 10–13-mavzular 👉 8 o‘zbek (2019). 10–13-mavzular (madaniyat)…
Hali sizda tizimli o‘zlashtirish uchun vaqt bor, do‘stlar.

@TARIX_OMBOR'dagi quiz testlarni ishlab chiqing. Bu testlar shaxsan o‘zim tomonimdan, o‘ylangan holda kiritilgan.

1-2 xato bilan yoki xatosiz chiqqungacha qayta-qayta ishlaysiz, shunda xotirangizga yaxshi zichlashadi (sifatli quiz bo‘lsagina bu foyda beradi, 100 % ishonch bilan ayta olaman: @TARIX_OMBOR'dagi quizlarni ishlash sizga katta foyda beradi).

👉 @TARIX_OMBOR
👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯15👍10🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#test_ishlash_texnikasi
#1_test_tahlili

“Milliy sertifikat” imtihonida xudolar bilan bog‘liq “o‘zaro muvofiqlik SAQLANMAGAN javobni toping” degan testlarni ishlashda qiynalsangiz, ushbu videoni ko‘ring.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TARIX_OMBOR
👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏18👍11🔥5🏆32
#test_ishlash_texnikasi
#1_test_tahlili

@TARIX_OMBOR va @TESTLIDER'da shunday videolarni qo‘yib bormoqchiman. Takliflaringiz bo‘lsa ayting. Yana qanday testlarda qiynalasiz?
👍24🔥64
Sizningcha, qaysi muqova yaxshiroq?

👉 @TESTLIDER
👍48🔥118💯6👀3
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Sizningcha, qaysi muqova yaxshiroq? 👉 @TESTLIDER
Meni xafa qilyapsizlar, hamma 2 ni bossin, axir 2-ni o‘zim yasagandim 😁
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁196👍285💔5👎4👌4👀2💯1
@TARIX_OMBOR'ning qo‘llanmalar bo‘limiga yaxshi bir qo‘llanma joyladim. Nafaqat imtihonlarga tayyorlanuvchilar, balki o‘qituvchilar uchun ham muhim qo‘llanma!
🔥32👍113
Forwarded from Jalol BOLTAYEV
Nechanchi yilda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida O‘zbekiston tarixida ilk bor 5 nafar nomzod kurash olib borgan?

👉 @TARIX_OMBOR – (c) Jalol BOLTAYEV
Anonymous Quiz
50%
A) 2016-yil
24%
B) 2021-yil
17%
C) 2023-yil
9%
D) 1991-yil
👍33🔥2
Do‘stlar, yaqinroq keling!

Xaritani, aniqrog‘i, har bir davlatning joylashgan o‘rnini samarali o‘rganishni xohlaysizmi? Men sizlarga bir metod (usul) ko’rsataman. Faqat aytganimni qilsangiz bo‘ldi. Bu usul bilan hatto xaritadan umuman xabaringiz bo‘lmasa-da, uzog‘i 5 kunda 193 ta davlatni ham bittada topadigan bo‘lasiz. 100 % o‘zlashtirasiz.

Tayyormisiz, aytganimni qilasizmi?

***

Bu usul o‘zini doimo oqlab kelyapti, shunday bo‘lsa-da, xaritani umuman bilmaydigan oflayndagi 10-sinf o‘quvchilarimning xaritani bu usul orqali qay darajada o‘zlashtirganini jonli efirda sinab ko‘ramiz :)

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
🔥31👍152
Prezident saylovlari.pdf
153.5 KB
#MUHIM #Milliy_sertifikat #umumiy #11_oʻzbek

Qo‘llanmada saylovlar nega aynan shu yillarda bo‘lganligi va qanday qilib Islom Karimov 4 marotaba saylangaligini tushuntirib qo‘yibman.

Qo‘llanma nafaqat imtihonlarga tayyorlanuvchilar, balki o‘qituvchilar uchun hamdir. Qo‘llanma orqali O‘zbekistondagi prezidentlik saylovlari tarixini osonroq tushuntirib berish mumkin.

(c) Jalol BOLTAYEV

@TESTLIDER
@TARIX_OMBOR guruhida TARIX faniga oid barcha kerakli materiallar joylangan. Qoʻshiling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍6
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
🔥@TARIX_OMBOR – TARIX faniga oid ENG TIZIMLI va ENG BOY materiallar bazasi! ©️ Jalol BOLTAYEV loyihasi Endi kerakli testni, darslikni yoki audiodarsni topish uchun vaqt yo‘qotmaysiz! @TARIX_OMBOR – bu birgina Telegram guruhida: PDF TEST to‘plamlari –…
Do‘stlar, @TESTLIDER'da 9800+, @TARIX_OMBOR'da 1700+ a’zo bo‘libdi. Keling, kanalimiz va guruhimiz auditoriyasini kengaytirishda menga yordam bering. Men bundan juda mamnun bo‘laman. Har bir ishtirokchi kamida 3 ta tanishiga tavsiya etgandayam, 3x ko‘payardik... Va menam qo‘llanma va testlarni yanada ko‘paytirardim :)

Mana bu postni tarix faniga aloqador barcha tanishlaringiz yuboring. Hali sizni katta yangiliklar kutib turibdi.

(c) Jalol BOLTAYEV
🔥48👍17👎32
Ayni damda ham uxlamayotgan 44 nafar odam bor ekan, o‘qituvchi bo‘lishsa kerak... )
😁89🔥19💯11👍9💔5
Afrika xaritasi.jpg
160.5 KB
Xaritalarni 100 % o‘rganishga tayyormisiz?

Birozdan so‘ng nima qilish kerakligini yozaman, tayyor turing!


👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23🔥42
XARITANI O‘RGANISH METODI

Har bir qit’a/materikni uch bosqichda o‘rganamiz.

BIRINCHI BOSQICH
Yuqoridagi Afrika qit’asining yozuvsiz xaritasini printerdan chiqarib oling. Davlatlarni rangli qalamlar yordamida, alohida ranglarda bo‘yab chiqing. Chegaralarni to‘qroq qilib bo‘yang yoki chegara chiziqlariga kontur chizing. Har bir davlat nomini esa xaritaning o‘ziga ham, tegishli raqamga ham yozib qo‘ying.

“Bo‘yash” bosqichi juda-juda muhim. Chunki:
• Xaritagacha shunchaki qarab chiqish — bu “passiv o‘rganish”. Ya’ni: ko‘rding, o‘tding, unutding.
• Bo‘yash esa sizni xarita bilan faol ishlashga majbur qiladi. Rang tanlash, chegaralarni ajratib, to‘qroq qilib bo‘yash, joylashuvga e’tibor berish, nomlarni yozish — bular miyani faol harakatga keltiradi, ya’ni bu – “aktiv o‘rganish”.
• Bo‘yash vaqtida xaritaga uzoq tikilib o‘tirishga majbursiz. Bu esa davlatlarning shakli, joylashuvi va chegaralarini ongingizga o‘rnashishiga olib keladi. Ko‘z va ong o‘rtasida kuchli vizual aloqa paydo bo‘ladi.
• Bo‘yash jarayoni faqat rang berish emas – bu tafakkurning xarita bilan ilk muloqoti.

❗️Aksariyat abituriyentlar esa bu bosqichni o‘tkazib yuboradi – “yozuvsiz xaritani bo‘yamasdan”, darrov xaritaga qarab yoki Seterra'ga o‘xshash dasturlar yordamida o‘rganmoqchi bo‘ladi. Bu esa ishni qaytangga murakkablashtiradi. Yoki undan ham yomoni – “xaritani o‘rganish men uchun emas ekan” degan taassurot uyg‘otadi.

💯 Ishoning, agar bu usulda o‘rgansangiz – 193 ta davlatni ham darrov topadigan darajaga erishasiz.

"Bo‘yash" xaritani o‘rganishning birinchi bosqichi bo‘lsa-da — eng muhimidir. Bu – o‘rganishning 50 foizi.

❗️Aynan shu yerda aksariyat eng katta xatoni qiladi:
Bo‘yash bosqichini o‘tkazib yuboradi. Shoshiladi. Tez natija kutadi. Lekin poydevor qo‘yilmagani ortidan o‘zining ishini murakkablashtirib yuboradi yoki “motivatsiyasi tushib“, xaritani o‘rgangisi kelmay qoladi. Seterra kabi dasturlardan ham “ko‘ngli qolib” ketadi.

IKKINCHI BOSQICH
Endi esa seterra.com saytidan foydalanamiz. Bunga o‘xshash boshqa saytlar va dasturlar ham bor, lekin Seterra o‘rganish uchun eng qulayi deb hisoblayman.

Saytdan Afrika qit’asini tanlaysiz. Unda sizdan davlatlar so‘raladi:
Agar birinchi urinishdayoq to‘g‘ri topsangiz – davlat oq rangga kiradi.
Agar 2–3 marta noto‘g‘ri bosib ko‘rsangiz, sayt o‘zi yordam beradi, lekin bunday holatda davlat qizil rangga kiradi.

❗️Dastlabki mashqlarda, albatta, bo‘yagan xaritangiz yoningizda tursin. Unga qarab ishlash — bu “xotirangizni faollashtirish” degani. Hatto 2, 3, 4 marta xaritaga qarab ishlasangiz ham mayli – bu tayyorgarlik jarayoni.

Keyin esa “xaritasiz” bajarasiz. Maqsad – 100% to‘g‘ri topish. Shu holatga yetmaguncha mashqni takrorlaysiz.

❗️ Agar siz birinchi bosqichni bajargan bo‘lsangiz – ya’ni davlatlarni turli ranglar bilan, chegaralarni esa ham alohida to‘qroq qilib (yoki kontur chizib), har bir davlat nomini o‘z joyiga yozgan bo‘lsangiz – umuman olganda, “bo‘yash” bosqichini xafsala bilan qilgan bo‘lsangiz, maksimal 10 yoki 15-urinishgacha Afrikani 100 % to‘g‘ri ishlash darajasiga yetasiz.

Yoki kimdir 3-urinishdayoq, kimdir 5-urinishdayoq butun Afrikani xatosiz topa oladi – nima bo‘lgandayam juda uzoq vaqt talab etilmaydi – bu bo‘yash bosqichining natijasi!

Agar bo‘yash bosqichi bo‘lmaganda seterra'da juda-juda uzoq vaqt qolib ketishingiz yoki yuqoriroq ko‘rsatkich bilan ishlasangiz-da, Afrika faqatgina “vaqtinchalik” xotirada saqlanib, “uzoq muddatli xotira”ngizda saqlanmaslik ehtimoli juda yuqori bo‘lar edi.

Men aytgan usulda esa Afrika «uzoq muddatli xotira»ngizda saqlanib qoladi.

UCHINCHI BOSQICH
Endi xaritani tarixiy ma’lumotlar bilan mustahkamlash kerak.
Buning uchun mening o‘zim tayyorlagan Seterra’ga o‘xshash dasturdan foydalanamiz.
Unda “1847-yilda tashkil etilgan davlatni toping”, “1892-yilda Fransiya egallagan hududni aniqlang” kabi savollar bo‘ladi. Siz esa xaritadan so‘ralgan hudud (davlat)ni (Liberiya; G‘arbiy Sudan) topib, ustiga bosasiz.
Bu bosqich orqali “Milliy sertifikat“, “Attestatsiya”dagi savollarga ham tayyorgarlik ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.

(c) Jalol BOLTAYEV
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥28👍245💯2
Xaritani o‘rganish bo‘yicha

👉 @TESTLIDER – Jalol BOLTAYEV
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7