𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
20.1K subscribers
1.27K photos
167 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TESTNI QANDAY YECHISH KERAK?

Bu yigit ingliz tilidan test yechgani haqida gapiryapti. Lekin tarix uchun ham ishlaydi bu metod. Men shuning uchun notoʻgʻri javoblarni ko‘pincha D variantga qo‘yaman, hech kimga aytmang lekin (😊), ya’ni o‘quvchi A, B, C variantlarni analiz qilib keyin to‘g‘ri javobni topsin deyman. Mavzulashgan, boblashgan testlarimda ham kamdan kam hollardagina A va B variantga qo‘yaman. Shuning uchun noto‘g‘ri javoblar mantiqan to‘g‘ri, tarixiy jihatdan notoʻgʻri bo‘lishi kerak. Ya’ni notoʻgʻri variantlar testologiya qoidalari asosida qo‘yilsagina, o‘quvchida tahlil qilish darajasi oshadi, ma’lumotlar yaxshiroq saqlanadi.

Bu gapni anchadan beri yozaman deb yurgandim, yigitning o‘zi yaxshi tushuntirib qo‘yibdi. Test va qo‘llanmaning mohiyati boshqa-boshqa narsalar. Ba’zi odamlar buni farqiga bormasligi mumkin, albatta. Testda analiz-sintez qilishni kuchaytirish imkoni ko‘proq bo‘ladi. Analiz-sintez qilingan narsa xotirada yaxshiroq saqlanadi.

Shuningdek, aytaylik, “Milliy sertifikat” yoki “attestatsiya” imtihoniga tayyorgarlik ko‘rayotgan odamga qanday turdagi (masalan, mavzulashtirilgan, boblashtirilgan, “MS” namunasida, attestatsiya namunasida va hokozo) eng foydali, degan savolga “mavzulashtirilgan” va u bilan bog‘liq boshqa testlar (kompyuter test, forms test va b.) deb javob bergan bo‘lardim. O‘tgan gal audiochatdayam “Milliy sertifikat” imtihoniga “Milliy sertifikat” testi ishlab tayyorgarlik ko‘rilmaydi, deganimda “har kuni “MS” ishlagan bilan natija keskin oshib qolmaydi, u diagnostika va test ishlash texnikasi uchun” degan mazmunda aytgandim.

Bu yigit Garvardga 100 % lik grant yutgan.

(c) Jalol BOLTAYEV – testolog, repetitor

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62🔥25💔21
6 tarix (2022), 33–50 (aralash)
TEZKOR GURUH (saharlik darslari)
Bugun “Tezkor guruh”da 6-sinf darsligi yakunlandi. Endi ertadan 7-sinf “O‘zbekiston tarixi”. BIRINCHI DARS.

“Eski”ni 3 kunda yakunlab, so‘ng “yangi” 7-sinf “O‘zbekiston tarixi”ga tushamiz.

“Tezkor guruh”da “savol-javob” darslikdagi ma’lumotlar ketma-ketligi asosida EMAS, aralash tartibda bo‘ladi. Yuqoridagi savol-javobni eshitib ko‘ring!

Natija uchun maksimal harakat qilinadigan kursga qo‘shilish uchun sizda imkon bor!

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍191
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Marjona – fan olimpiadachisi, mas’uliyatli...

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18
TEZKOR GURUH - 10.03.2025.pdf
956.9 KB
Mana, dars yakunida har doim mana shunday natija chiqariladi! Bugun kechqurun, Xudo xohlasa (va vaqt topilsa), botning yana bir ajoyib imkoniyatini kanalda koʻrsataman!

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥2
BU HALI BOSHLANISHI, AZIZLAR

Nasib qilsa, onlayn taʼlimni yangi bosqichga olib chiqamiz.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯13👍8😍3🔥2👎1
Onlayn taʼlimning asosiy 5 ta ustuni bor, deb oldin ham aytgan edim. Marketing boʻyicha menda aksariyatniki kabi kuchli qobiliyatlar yoʻq. Lekin qolgan 3 tasi: material, metodika, tizimlashtirish boʻyicha – 🔥. Buxgalteriyani ham chiroyli qilib yoʻlga qoʻyyapman. Oz qoldi...

Men perfektsionist odamman, har bir narsa ANIQ va SAMARALI boʻlishini xohlayman.

Oldinroq “odatiy botlar ishlamaydi, javob yozganingizning foydasi yoʻq”, deganimda “oʻzingiz ham oldin foydalangansiz-ku” degan fikr oʻtgandir odamlardan. Lekin oldin odatiy botlar ishlardi. Hozir ishlamaydi. Chunki Telegramdagi oʻzgarishlardan soʻng odatiy botlar oʻzini isloh qilmadi. Shuning uchun javob yozganingizning foydasi yoʻq.

Bu gap shaxsiyatlarga emas, botga nisbatan aytilyapti. Shuningdek, guruhga javob yozish ham metodik va mantiqiy jihatdan toʻgʻrimas, chunki guruhga yozilgan javobni hamma oʻqiydi-ku...

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🔥4
Eshiting!

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥15👍10👎1
Xorazmlik Mardonbek Rajabov tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori darajasiga erishibdi. Bundan men ham juda xursand bo‘ldim. Haqiqiy ilm sohiblari ko‘payavergay!

Mardonbek “Afrig‘iylar davri tarixshunosligi” mavzusida eng so‘nggi davrlardagi tadqiqotlarni ham tahlil qilgan holda bir necha yildan beri ilmiy tadqiqot ishi olib borayotgan edi. Bir necha yillik mashaqqatli mehnatlari, izlanishlari ortidan bugun falsafa doktori darajasini oldi.

Mardonbekni repetitorlik olamidagi “eski avlod” vakillari yaxshi taniydi. 2019-yilgi “Ehtimoliy qo‘llanma” ustida birgalikda ishlagan edik. Keyinchalik Mardonbek ilm yo‘liga o‘tib ketdi. Garchi bir paytlari Mardonbek bilan bir sohada (repetitorlikda), bir viloyatda raqobatdosh bo‘lsak-da, uni doimo e’tirof eta olganman. Chunki haqiqatan samarali ishlarni qila olgan va sog‘lom raqobat qilgan.

Tabriklayman! Bu katta yutuq!

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍999🔥9👀2
Forwarded from Virtual 207 ⛄️
O‘qituvchilikni ko‘plar mensimaydi. Maoshi sababdir, boshqadir. Lekin o‘ziga bu kasbni munosib ko‘rishni istamaydigan yoshlar ko‘p uchraydi. Qo‘lidan o‘qituvchilik keladiganlari ham turli sabablar bilan o‘qituvchi kasbini tanlamaydi, o‘xshasa-o‘xshamasa, boshqa yo‘ldan ketadi. Ayrimlar esa avval o‘qituvchilikni tanlab, keyin pushaymon bo‘lib, boshqa sohaga o‘tib ketadi.

Men o‘qituvchi bo‘lganimdan biror marta pushaymon bo‘lmaganman. Doim faxrlanganman, hozir ham faxrlanaman, bundan keyin ham faxrlanaman. O‘qituvchi kasbiga past, mensimagannamo nazar bilan qaraydiganlarga aytadiganim shuki, avvalo, bu kasbning noni qattiq bo‘lgani bilan, ona sutidek halol - vijdonan ishlasangiz, albatta.
Ikkinchidan, hammagayam emas o‘qituvchilik qilish. “Hayotda o‘qituvchi bo‘lmayman” deb qasam ichib, oxiri noilojlikdan baribir o‘qituvchi bo‘ladiganlar-u, boshqa sohadan ketib, o‘shaniyam do‘ndirmaydiganlarning aksariyati aslida o‘qituvchilik martabasiga mutlaqo munosib ham emas.
Uchinchidan, “Ot qadrini ot minib ko‘rmaganlar qaydan bilsin?” Hali o‘zi ***qa kallak urmasdan, “o‘laman sattor - o‘qituvchi bo‘lmayman” deydigan yoshlar, “bolam o‘qituvchi bo‘lmaydi” deb karillaydigan ota-onalarni ham tushunaman, ham tushunmayman.
Tushunishim sababi shuki, har kimning ixtiyori o‘z qo‘lida. Bilgan qandini yeyaversin. Hech kim uni muhokama qilmaydi.
Tushunmasligim sababi shundaki, kolxozchi bo‘ladimi, kosmonavt bo‘ladimi - indamay bo‘laversin?! Nega “Hayotda prokuror bo‘lmayman”, “Bolam ikki dunyoda hokim bo‘lmaydi” demaydi ular, hayronman. O‘qituvchi o‘qitmasa, shular prokuror, hokim bo‘larmidi? “Eshakning mehnati halol, go‘shti harom” degani shudir-da.

Ko‘p eshitganman bir-biriga o‘xshash hayotiy hikoyalarni. Repetitorlik qilgan yosh yigit o‘zining sobiq abituriyentiga sovchi jo‘natgan, “o‘qituvchiga beradigan qizimiz yo‘q” degan javob olgan. Mayli, qizning ixtiyori ota-onasida, pishirib yemaydimi. Lekin “mehnati halol, go‘shti harom” o‘qituvchilarga, hamkasblarimga, o‘zimga achinaveraman.
🔥51👍23
Virtual 207 ⛄️
O‘qituvchilikni ko‘plar mensimaydi. Maoshi sababdir, boshqadir. Lekin o‘ziga bu kasbni munosib ko‘rishni istamaydigan yoshlar ko‘p uchraydi. Qo‘lidan o‘qituvchilik keladiganlari ham turli sabablar bilan o‘qituvchi kasbini tanlamaydi, o‘xshasa-o‘xshamasa, boshqa…
Bir voqea esimga tushib ketdi: hali endi universitetga kirgan paytimiz edi. 1-kursmiz. Qaysidir domla “kim o‘qituvchi bo‘lmoqchi?” deganda bitta odam “men” degan. O‘sha men edim.

Aksariyat “tarix”ni tugatib, harbiy yo‘nalishga o‘tib ketmoqchi yoki tadbirkorlik qilmoqchi edi.

Hozir kursdoshlarimning 90 % idan ortig‘i o‘qituvchi.

Qaytangga men davlat maktabida ishlamadim. Aniqrog‘i, prinsiplarim ishlashga to‘sqinlik qiladi, deb o‘ylab davlat maktabiga bormaganman. Hozir vaziyat boshqacha deyishadi, aniq bilmadim. Lekin baribir xususiy maktabda va repetitorlik sohasida ta’lim berib kelyapman, shu yetarli.
🔥26👍16💯8
Ertadan “TEZKOR GURUH”da yangi 7-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2022) darsligini o‘rganish boshlanadi. BIRINCHI DARS.

Dars jadvali: https://t.me/TESTLIDER/4049

GURUHGA QANDAY QO‘SHILISH MUMKIN?
Bir martalik 300 ming so‘m to‘lov evaziga qo‘shilish mumkin. Bunda to‘lov mart va aprel oylari uchun hisoblanadi. Kurs yakunigacha boshqa to‘lov qilmaysiz
Mart oyi uchun 150 ming so‘m to‘lab, qo‘shilish ham mumkin. Bunda aprel kelgach, aprel uchun 180 ming so‘m to‘lanadi.


💡HAQIQATAN SIFATLI materiallarni qadrlasangiz va INDIVIDUAL NATIJA xohlasangiz, mening kursim aynan siz uchun!

Karta: 9860010133910371
To‘lovni amalga oshirib, chekni @JalolBOLTAYEV'ga yuboring, so‘ngra sizga yopiq guruh linki taqdim etiladi.


👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥31
10 o‘zbek (2022) - javoblar.pdf
2 MB
#kalit

• «Kundalik-optimal»
• 10-sinf «O‘zbekiston tarixi» (2022)
• To‘g‘ri javoblar

@TESTLIDER
👍32🔥10🏆21
❗️2x ga qo‘yib diqqat bilan eshiting!

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥23👍13💯3👎1
Qovunchi madaniyati (hozirgi Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahri hududida) qaysi tarixiy davrga tegishli?

👉 @TESTLIDER – Jalol BOLTAYEV
Anonymous Quiz
19%
A) so‘nggi paleolit
21%
B) eneolit
43%
C) temir
16%
D) neolit
👍19
Forwarded from Erqulova
Fevraldagi sertifikatda qoʻllanmada bor narsa tushganmi yoki darslikdan ham tushganmi?
O‘quvchimning savoliga bergan javobim. Eshitib ko‘ring.

Menda hatto “qimmat” va “muhim” narsalarni ham shov-shuv qilish qobiliyati yo‘q. Balki, muhim materiallar ustida haqiqatan katta energiya sarflab, “piar qilish”ga energiyam va vaqtim qolmasligidandir bu (aslida bunga xohishim ham yo‘q).

Lekin fevral imtihonida imtihonga kirib chiqqanlar mana bu ikkita qo‘llanmani o‘qigan va testlarini ishlagan bo‘lsa, katta foyda oldi.
1. https://t.me/TESTLIDER/3947
2. https://t.me/TESTLIDER/3906
3. https://t.me/TESTLIDER/3920

Agar fevral imtihoniga kirib chiqqan bo‘lsangiz-u, lekin bularni o‘qimagan (+ ishlamagan) bo‘lsangiz, bitta ochib ko‘ring. O‘zingiz tushunasiz.

(c) Jalol BOLTAYEV – testolog, repetitor

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🔥1
NOYOB QO'LLANMA (Jalol BOLTAYEV).pdf
300.2 KB
NOYOB QO‘LLANMA

Ushbu qo‘llanmada faqatgina “yangi darslik”ka xos bo‘lgan ma’lumotlar va ma’lumotlarni tushunib olish uchun testlar ham berilgan.

Shuningdek, faqat 2022-yilgi nashrga xos bo‘lgan ma’lumotlarni toliq qamrab oladigan testlar ham ishlanadi!

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25🔥7
2022-yilgi 7-sinf «O‘zbekiston tarixi» darsligi asosida tuzilgan «Kundalik-optimal» testi to‘plamini 2022-yildayoq tuzib bo‘lganman (580-testga ham bir e’tibor bering).

To shu paytgacha «yangi darsliklar» «Lafasov», «Usmonov» «Temur tuzuklari», «Konstitutsiya» kabi manbalar aslida ustuvor bo‘lmagan. Bularni to‘laqonli o’qish, ko‘p vaqt sarflash qaytangga zararga ishlagan.

Masalan, bu abituriyentim umrida yuqoridagilarni o‘qib ko‘rmagan bo‘lsa-da, 83,87 ball olyapti. Bunday A+ larga ko‘plab misol keltirishim mumkin.

Hozir esa «yangi 7 o‘zbek» oldingiga nisbatan ustuvorlik kasb etyapti.

Xullas, gap NIMALARNI O’QIGANLIKDA emas, QANDAY O’QIGANLIKDA va o’sha strategiya asosda qanday materiallar bilan o’qiganlikda.

Siz katta ehtimol bilan qaysidir darslikni o’qimaganingiz uchun sertifikat ololmay qolmagansiz. Gap qanday strategiyada va shunga mos samarador materiallarda.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍164🔥1
👍9👏1
2x ga qo‘yib diqqat bilan eshiting! Yaxshi gaplar aytilgan )
👍26💯7🔥41