𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
20K subscribers
1.27K photos
167 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
Test tahlillari boshlandi!
22💯9👍7🔥3👎2😁1
>BOTUXON – 1240-yilda Jo‘ji ulusining Oltin O‘rda xonligiga asos solgan. Jo‘jixonning o‘g‘li, Chingizxonning nabirasi.
Mo‘g‘ullarning 1235-yilda mo‘g‘ullarning bo‘lib o‘tgan qurultoyi Rus va Shimoliy Kavkaz yerlarini bosib olish haqida qaror chiqaradi. To‘planadigan qo‘shinga Botuxon yetakchilik qilishi e’lon qilinadi. Uluslardan o‘nta askardan bittasining ajratilishi, Botuxonga yordamga Chingizxonning sarkardalaridan Subutoy Bahodirning berilishiga kelishiladi.
Botu va Subutoylar 1237-yilning kuzida rus yerlariga hujum boshlab, dastlab Ryazanni bosib olishadi.
Rusdagi siosiy tarqoqlik mo‘g‘ullarga qarshilik ko‘rsatish imkoni bermaydi. Chunonchi, Botuxon bosqini arafasida Rusda mustaqil knyazliklar soni 50 taga yetgan edi.
Mo‘g‘ullar 1238–1240-yillarda Vladimir, Suzdal, Galich, Volin, Kiyev (1240) egallaydi.
Botuxon bo‘ysundirilgan ruslardan soliq va to‘lovlarni tezroq to‘play boshlash uchun Yaroslavni «knyazlar oqsoqolligi»ga tayinlab, unga Vladimir knyazligini boshqarish yorlig‘ini beradi.
Botuxonning Sharqiy Yevropadagi istilochilik urushlari 1237-yildan 1242-yilgacha davom etadi. Jumladan, keyingi yurishlar davomida Polsha, qisman Serbiya va Bolgariya istilo qilinadi.
1243-yilda O‘qtoyning vafot etishi munosabati bilan Botuxon Volgabo‘yi dashtlariga qaytadi.
U 1240-yilda Xorazm, Shimoliy Kavkaz, Volga bulg‘orlari yurti, Dashti Qipchoq, Qrim va G‘arbiy Sibir (Shimoliy Kavkaz, Volgabo‘yi, Shimoliy Qora dengiz sohillari, Moldaviya – 7-sinf «Jahon tarixi») hududlarini o‘z ichiga olgan Oltin O‘rda xonligiga asos soladi. Davlat poytaxti Saroy shahri bo‘lib Botuxon davrida Saroy Botu deyilgan. Jo‘ji ulusining Oltin O‘rda xonligini Botuxon va uning avlodlari boshqarishgan.
U Oltin O‘rdani boshqarayotgan davrda Mo‘g‘ulistonning ulug‘ xoqoni Munke edi.
Botuxon 1255-yilda vafot etgan.

Jalol BOLTAYEV muallifligidagi «Histomap» qoʻllanmasidan.

👉 @TESTLIDER
👍2011🔥5🏆1
>MUHAMMAD TUG‘LUQ – Dehli sultoni (1325–?), Alouddin Xiljiyning o‘g‘li va vorisi.
U o‘z hukmdorligini otasi paytida mustaqillik yo‘lini tutgan knyazliklarni bo‘ysundirishdan boshlaydi. O‘zini “Iskandar Zulqarnaynning davomchisi” deb nomlagan sulton davrida 1) Hindiston yarimoroli to‘liq birlashtirildi. Sultonning 2) soliq islohoti yuz bergan qurg‘oqchilik tufayli muvaffaqiyatsiz tugadi. Tug‘luqning oltin va kumush pullar bilan teng muomalada bo‘lishi mo‘ljallangan 3) mis tangalarini zarb qildirishi uni ko‘p o‘tmay qadrsizlanib ketishga, har ikki islohotning natijasiz tugashiga olib keladi.
Keyingi hukmdor Feruzshoh Tug‘luq.

Jalol BOLTAYEV muallifligidagi «Histomap» qoʻllanmasidan.

👉 @TESTLIDER
👍15🔥4👏4
>LYUDOVIK XI – Fransiya qiroli (1461–1483), Karl VII ning (1422–1461) o‘g‘li. Valualar sulolasi
a) 1) Bretan va 2) Anju gersoglarini bo‘ysundirgan.
Bunga javoban yirik feodallar «Jamiyat baxt-saodati ittifoqi»ni tuzadilar. Uning rahbari Karl Burgundskiyga qarshi Lyudovik muvaffaqiyatli kurash olib borib, 3Burgundiyaning g‘arbiy qismini Fransiyaga qo‘shib oladi.
Fransiyaning janubidagi 4Provans viloyati Marsel porti bilan 1481-yilda qirol hukmiga o‘tadi.
Undan so‘ng Fransiya taxtini o‘g‘li Karl VIII egallagan.

Jalol BOLTAYEV muallifligidagi «Histomap» qoʻllanmasidan.

👉 @TESTLIDER
👍14
158. Toshkentning o‘ziga mamlakatning taniqli ilmiy xodimlaridan 375 nafar kishi kelgan.
Bu davrda fashistlar bosib olgan hududlardan [yoki frontoldi hududlaridan] olimlardan tashqari 200 nafardan ortiq taniqli yozuvchi va shoirlar, tanqidchilar va adabiyotshunoslar kelgan.

Ular orasida
• Yangi darslikda: Aleksey Tolstoy, Korney Chukovskiy, Anna Axmatova, Yanka Kupala, Yakub Kolas, Svetlana Somova
• Eski darslikda: Aleksey Tolstoy, Anna Axmatova, Yanka Kupala, Yakub Kolas,
Vladimir Yan, Aleksandr Deych, Nikita Pogodin, Lidiya Bat, Viktor Jirmunskiy

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍183💯2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jalol BOLTAYEV muallifligida tuzilgan 6 variantning test tahlili

Bu testlarni ancha oldin tuzganman, hozir bu testlar boshqa “muallif”larda “aylanib” yuribdi. Bu variantlar “Milliy sertifikat” imtihoniga kirganlar uchun ancha asqatgan vaqtida. Yana foydali boʻlishiga aminman!

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍364😁1
🎲OʻzSSRdagi rahbarlik lavozimlari (1-qism). Ehtimoliy
@TESTLIDER kanali asoschisi, testolog Jalol Boltayev testi
🖊 50 ta savol · 30 soniya
🔥8👍3
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Tarix-olimp-2024 (javobli + test tahlili. @TESTLIDER) .pdf
Bu muhim QUIZ test. Buni ishlab qoʻyish jiddiy tavsiya etiladi. Qoʻllanmasi bu yerda.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥12👍5
🔥 @TESTLIDER kanalida 21-fevral kuni «SOʻNGGI DARS» loyihasi doirasida quyidagilar oʻtkaziladi:

«Soʻnggi Milliy sertifikat» testi – ushbu test yangi test boʻlib, ehtimoliy va namunaviy koʻrinishda boʻladi. Bu kanalimizda anʼana tarzida oʻtkazib kelinadi. Oldingi «Soʻnggi Milliy sertifikat» testida qatnashganlar bu testning qanchalik muhimligini yaxshi biladi. Ushbu test tahlil ham qilinadi.

«Soʻnggi savol-javob» – savol-javobda “Ehtimoliy qoʻllanma”lar asosida savol-javob qilamiz. Maxsus bot orqali yakunda faollik darajasini ham aniqlab olamiz. Yopiq guruhlarda bu botimni sinab koʻrgan boʻlsam-da, kanalda sinab koʻrmagan edim. Endi koʻramiz. “Savol-javob” tezkor boʻladi.

«Soʻnggi QUIZ test» – bu bitta test emas, bir nechta «QUIZ» testlarni ishlaymiz (@XorazmSertifikat guruhida). Ushbu testlar Jalol Boltayev muallifligidagi “Ehtimoliy qoʻllanma”lardan boʻladi. Yopiq guruhim aʼzolari boʻlmaganlar faqatgina bir marta ishlash imkoniga ega! Shuning uchun diqqatli boʻling.

(c) Jalol BOLTAYEV, testolog

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍167🔥2👏1
Agar ertaga “Shimoliy-g‘arbiy harbiy okrug” tushsa, BMBA maqsadiga yetadi: hammaga okruglarni yodlatib bo‘ladi... )

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍55😁52💯95💔4👌2👀2
“Qaysi davlatda?” qo‘llanmasini o‘qib chiqing, hali vaqt bor...

Qo‘llanmaning to‘liq shakli:
https://t.me/TESTLIDER/3853

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥41👍115👎2💯1