𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
20K subscribers
1.27K photos
167 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
Optimal qoʻllanma (6 tarix. Mifologiya) - tiniq.pdf
35.2 MB
⚡️QOʻLLANMA

• “Muhim qoʻllanma” turkumidan
• 6-sinf «Qadimgi dunyo tarixi»
• Jalol BOLTAYEV

«Milliy sertifikat» uchun MUHIM!

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍297
Tarix-olimp-2024 (javobli + test tahlili. @TESTLIDER) .pdf
3.1 MB
🏆 Tarix fanidan 2024-yilgi asosiy fan olimpiadasining IV (respublika) bosqichida qoʻllangan test topshiriqlari!

To‘g‘ri javoblari + «TEST TAHLILI» bilan!

👉 @TESTLIDER – Jalol BOLTAYEV
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21👏2
“So‘nggi Milliy sertifikat” va maxsus vebinar an’anaviy tarzda @TESTLIDER kanalida o‘tkaziladi.

Yuqorida obunachimiz faqat 1 ta variantni nazarda tutyapti.

Vaholanki, men tuzgan mana bu variantlarni ishlab chiqish (yoki ko‘rib chiqish) imtihonda sizga ancha “FOYDALI” bo‘ladi.

(c) Jalol BOLTAYEV, testolog

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥9💯4👏1
Ertaga 18:00 dan boshlab @TESTLIDER kanalida videochat ochiladi! Videochatda mening muallifligimdagi 8 ta “Milliy sertifikat“ testini tahlil qilish boshlanadi!

Qimmat narsalarni bepul qilishimiz mumkin-u, arzon (yo “o‘marilgan”) narsalarni qimmat qilib koʻrsatishni bilmaymiz! Hammani taklif qiling!

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍78🔥1210👀3
OʻzSSR XKS, OʻzSSR MIQ, Ministrlar Soveti, Oliy Sovet Prezidiumi, Oliy Sovet... Chalkashib ketyapsizmi? Maqolani oʻqing!

Aksariyat O‘zbekiston SSRning sobiq rahbarlari haqida yetarlicha to‘g‘ri tasavvurga ega boʻlmasligi mumkin. Internetda tarqalgan ro‘yxatlar, maqolalar va videolarda ko‘pincha bir necha mashhur shaxslarning nomi tilga olinadi, lekin aslida ularning aksariyati o‘sha davrdagi siyosiy tizimning faqat muayyan qismida ishtirok etgan, xolos. Tarix haqiqatiga chuqurroq nazar tashlasak, O‘zbekiston SSRda rahbarlik tizimi murakkab boʻlgan.

O‘zbekiston SSR yoki umuman SSSR rahbarlari haqida gap ketganda, avvalo, o‘sha davr siyosiy tuzilishini tushunish muhim. Sovet Ittifoqi tashkil topgan ilk yillarda yagona yetakchi lavozim mavjud bo‘lmagan. Masalan, Vladimir Lenin davlatni Xalq Komissarlari Soveti raisi (hozirgi ekvivalenti – Bosh vazir) sifatida boshqargan. Shu sababdan Ittifoq tarkibidagi respublikalarda ham Xalq Komissarlari Soveti raisi asosiy rahbar hisoblangan. O‘zbekistonda bu lavozimni 1937-yilgacha Fayzulla Xo‘jayev egallagan.

Biroq 1924-yilda Leninning vafoti bilan Sovet Ittifoqida hokimiyat muvozanati o‘zgaradi. Stalin Kommunistik Partiya Markaziy Komiteti bosh kotibi lavozimidan foydalanib, davlatni nazorat qilishni boshlaydi. Bu jarayon asta-sekin markazdan respublikalarga ham ta’sir qiladi va natijada O‘zbekiston SSRda ham partiya rahbarining roli keskin oshadi. Shu bilan birga O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi ham rasmiy jihatdan davlat rahbari maqomida qolaveradi.

Shu tariqa 1920–1930-yillarda O‘zbekiston SSRda uchta yuqori lavozim shakllangan:
• O‘zbekiston SSR Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi bosh/birinchi kotibi,
• O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti raisi,
• O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi.

Faqatgina Nikita Xrushchyov Kommunistik partiya birinchi kotibi sifatida o‘z hokimiyatini mustahkamlab, davlat boshqaruvini to‘liq partiyaning qo‘liga o‘tkazgandan soʻng 1960-yillarda butun Sovet Ittifoqida bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham partiya birinchi kotibi mutlaq yetakchiga aylangan.

1925–1937-yillarda O‘zbekiston SSR siyosiy boshqaruvi uch shaxs – Fayzulla Xo‘jayev (Xalq Komissarlari Soveti raisi), Yo‘ldosh Oxunboboyev (Oliy Soveti Prezidiumi raisi) va Akmal Ikromov (Kommunistik partiya Markaziy Komiteti bosh kotibi) tomonidan yuritilgan.

Shuningdek, bugungi kun voqeligi bilan aytganda, O‘zSSR Xalq Komissarlari Soveti “Vazirlar Mahkamasi”, O‘zSSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi esa koʻproq “parlament” funksiyalariga ega boʻlgan.

OʻzSSR XKS keyinchalik Ministrlar Sovetiga, undan keyin 1990-yilda Vazirlar Mahkamasiga aylantirilgan. Uning raisi 2005-yilgacha Islom Karimov boʻlgan.
Yaʼni OʻzSSR XKS → OʻzSSR Ministrlar Soveti → OʻzSSR Vazirlar Mahkamasi

OʻzSSR MIQ oʻrnida esa keyinchalik Oliy Sovet Prezidiumi tashkil etilgan. Prezidium – bu Oliy Sovetning doimiy ishlovchi organi edi. Oliy Sovet har doim faoliyat yuritmagan, faqat sessiyalar vaqtida yig‘ilgan. Davlat boshqaruvi uzluksiz davom etishi uchun Prezidium doimiy ishlovchi tuzilma bo‘lib xizmat qilgan. 1991-yilda siyosiy jarayonlar fonida Prezidium tugatilib, to‘g‘ridan to‘g‘ri Oliy Sovet faoliyati boshlangan.
Yaʼni OʻzSSR MIQ → OʻzSSR Oliy Sovet Prezidiumi → OʻzSSR Oliy Soveti

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏34👍257🔥4
OʻzSSR - rahbar lavozimlar (@JalolBOLTAYEV).pdf
516.2 KB
Rangli formatda printerdan chiqarib oling! “Sertifikat” uchun muhim qoʻllanma!

Oʻzbekistondagi rahbar lavozimlar (1)
Batafsil va chiroyli tuzganman. Bu qo‘llanmani tuzish uchun naq 5 soat sarflaganman (grafik ishlov berish, ma’lumotlarni tekshirish va h.k. tufayli).

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥31👍101
@TESTLIDER'da anʼanaviy tarzda «Soʻnggi Milliy sertifikat» testi oʻtkazilishidan xabaringiz bor. Endi shu bilan birga kanalning oʻzida «Soʻnggi savol-javob» – “So‘nggi dars” («Ehtimoliy savol-javob») ham oʻtkazamizmi, nima deysizlar?!

Maxsus botim orqali qatnashuvchilar oʻzlashtirganlik darajasini ham bilib olishi mumkin boʻladi!

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
👍31🔥16
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
OʻzSSR - rahbar lavozimlar (@JalolBOLTAYEV).pdf
Aytaylik, mana shu qo‘llanmani tuzish uchun naq 5 soat vaqt sarflangan. “Histomap” degan qo‘llanmalar turkumim bor. Ularning har birini kami 1 oyda tuzib chiqqanman. @TESTLIDER'ga 6 va 7-sinf “Jahon tarixi”ning “Histomap”larini joylagan edim. Ba’zilar shunga sal ishlov berib yuborib, ko‘chirmakashlik qilishgan. Qizig‘i, ulardayam 6 va 7-sinf “Jahon tarixi”, kerak bo‘lsa, pulga sotishadi... (qolgan darsliklarnikini joylasam, “darrov” ulardayam paydo bo‘lib qolsa kerak)

Qolgan darsliklarning “Histomap”larini joylashga qo‘rqib qoldi odam. Na mehnatning qadriga borishadi, na vaqtning...

“Qaysi davlatda?” deb nomlangan qo‘llanmani turli ko‘rinishlarda (Telegram matn ko‘rinishida, masalan) yozib yurganlar bor. Bungayam shu 5 soatcha vaqt ketgan (bu internetda tayyor turadigan ma’lumotlar qatoriga kiradigan qo‘llanma emas). Ko‘chirmakashning ko‘chirib chiqishi uchun 20 daqiqa ketadi.

Ozgina vijdonli bo‘linglar, ko‘chirmakashlik qilavermasangiz, hamma manfaat ko‘radi (sizlarni deb kanalga biron narsa qo‘yishga yoki ta’limiy yangilik qilishga odam kemtinib turadi).

Agar bu qo‘llanma yoqqan bo‘lsa, plagiat qilish shartmas, o‘zini tashlayveringlar, “Buyuk plagiatorlar”...

Aslida ularga gapirdim nima-yu, devorga gapirdim nima? Zar qadrini zargar bilar... Repetitor sifatida hali bir tuzuk ish – shaxsiy mavzulashgan test, shaxsiy qo‘llanma va h.k. qilib ko‘rmasdan turib, “zo‘rman” deb o‘ylagan odamlar “zarning qadri”ni – mehnat nimaligini anglamasliklari tabiiy.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍49🔥51
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV pinned «@TESTLIDER'da anʼanaviy tarzda «Soʻnggi Milliy sertifikat» testi oʻtkazilishidan xabaringiz bor. Endi shu bilan birga kanalning oʻzida «Soʻnggi savol-javob» – “So‘nggi dars” («Ehtimoliy savol-javob») ham oʻtkazamizmi, nima deysizlar?! Maxsus botim orqali…»
Live stream scheduled for
Test tahlillari boshlandi!
22💯9👍7🔥3👎2😁1
>BOTUXON – 1240-yilda Jo‘ji ulusining Oltin O‘rda xonligiga asos solgan. Jo‘jixonning o‘g‘li, Chingizxonning nabirasi.
Mo‘g‘ullarning 1235-yilda mo‘g‘ullarning bo‘lib o‘tgan qurultoyi Rus va Shimoliy Kavkaz yerlarini bosib olish haqida qaror chiqaradi. To‘planadigan qo‘shinga Botuxon yetakchilik qilishi e’lon qilinadi. Uluslardan o‘nta askardan bittasining ajratilishi, Botuxonga yordamga Chingizxonning sarkardalaridan Subutoy Bahodirning berilishiga kelishiladi.
Botu va Subutoylar 1237-yilning kuzida rus yerlariga hujum boshlab, dastlab Ryazanni bosib olishadi.
Rusdagi siosiy tarqoqlik mo‘g‘ullarga qarshilik ko‘rsatish imkoni bermaydi. Chunonchi, Botuxon bosqini arafasida Rusda mustaqil knyazliklar soni 50 taga yetgan edi.
Mo‘g‘ullar 1238–1240-yillarda Vladimir, Suzdal, Galich, Volin, Kiyev (1240) egallaydi.
Botuxon bo‘ysundirilgan ruslardan soliq va to‘lovlarni tezroq to‘play boshlash uchun Yaroslavni «knyazlar oqsoqolligi»ga tayinlab, unga Vladimir knyazligini boshqarish yorlig‘ini beradi.
Botuxonning Sharqiy Yevropadagi istilochilik urushlari 1237-yildan 1242-yilgacha davom etadi. Jumladan, keyingi yurishlar davomida Polsha, qisman Serbiya va Bolgariya istilo qilinadi.
1243-yilda O‘qtoyning vafot etishi munosabati bilan Botuxon Volgabo‘yi dashtlariga qaytadi.
U 1240-yilda Xorazm, Shimoliy Kavkaz, Volga bulg‘orlari yurti, Dashti Qipchoq, Qrim va G‘arbiy Sibir (Shimoliy Kavkaz, Volgabo‘yi, Shimoliy Qora dengiz sohillari, Moldaviya – 7-sinf «Jahon tarixi») hududlarini o‘z ichiga olgan Oltin O‘rda xonligiga asos soladi. Davlat poytaxti Saroy shahri bo‘lib Botuxon davrida Saroy Botu deyilgan. Jo‘ji ulusining Oltin O‘rda xonligini Botuxon va uning avlodlari boshqarishgan.
U Oltin O‘rdani boshqarayotgan davrda Mo‘g‘ulistonning ulug‘ xoqoni Munke edi.
Botuxon 1255-yilda vafot etgan.

Jalol BOLTAYEV muallifligidagi «Histomap» qoʻllanmasidan.

👉 @TESTLIDER
👍2011🔥5🏆1
>MUHAMMAD TUG‘LUQ – Dehli sultoni (1325–?), Alouddin Xiljiyning o‘g‘li va vorisi.
U o‘z hukmdorligini otasi paytida mustaqillik yo‘lini tutgan knyazliklarni bo‘ysundirishdan boshlaydi. O‘zini “Iskandar Zulqarnaynning davomchisi” deb nomlagan sulton davrida 1) Hindiston yarimoroli to‘liq birlashtirildi. Sultonning 2) soliq islohoti yuz bergan qurg‘oqchilik tufayli muvaffaqiyatsiz tugadi. Tug‘luqning oltin va kumush pullar bilan teng muomalada bo‘lishi mo‘ljallangan 3) mis tangalarini zarb qildirishi uni ko‘p o‘tmay qadrsizlanib ketishga, har ikki islohotning natijasiz tugashiga olib keladi.
Keyingi hukmdor Feruzshoh Tug‘luq.

Jalol BOLTAYEV muallifligidagi «Histomap» qoʻllanmasidan.

👉 @TESTLIDER
👍15🔥4👏4
>LYUDOVIK XI – Fransiya qiroli (1461–1483), Karl VII ning (1422–1461) o‘g‘li. Valualar sulolasi
a) 1) Bretan va 2) Anju gersoglarini bo‘ysundirgan.
Bunga javoban yirik feodallar «Jamiyat baxt-saodati ittifoqi»ni tuzadilar. Uning rahbari Karl Burgundskiyga qarshi Lyudovik muvaffaqiyatli kurash olib borib, 3Burgundiyaning g‘arbiy qismini Fransiyaga qo‘shib oladi.
Fransiyaning janubidagi 4Provans viloyati Marsel porti bilan 1481-yilda qirol hukmiga o‘tadi.
Undan so‘ng Fransiya taxtini o‘g‘li Karl VIII egallagan.

Jalol BOLTAYEV muallifligidagi «Histomap» qoʻllanmasidan.

👉 @TESTLIDER
👍14
158. Toshkentning o‘ziga mamlakatning taniqli ilmiy xodimlaridan 375 nafar kishi kelgan.
Bu davrda fashistlar bosib olgan hududlardan [yoki frontoldi hududlaridan] olimlardan tashqari 200 nafardan ortiq taniqli yozuvchi va shoirlar, tanqidchilar va adabiyotshunoslar kelgan.

Ular orasida
• Yangi darslikda: Aleksey Tolstoy, Korney Chukovskiy, Anna Axmatova, Yanka Kupala, Yakub Kolas, Svetlana Somova
• Eski darslikda: Aleksey Tolstoy, Anna Axmatova, Yanka Kupala, Yakub Kolas,
Vladimir Yan, Aleksandr Deych, Nikita Pogodin, Lidiya Bat, Viktor Jirmunskiy

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍183💯2🔥1