𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
20.2K subscribers
1.27K photos
167 videos
418 files
1.38K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
20 daqiqaga boshlanadi tahlil
🔥22👎6🏆5👍4
Jamoam haqida post chiqishi kutilyapti ... .
👍22
Men oldin ham bir necha marta turli loyihalarda (faqat, oʻqituvchilik emas, masalan, dasturlashda ham) jamoa boʻlib ishlab koʻrganman. Jamoa boʻlib ishlashning yaxshi va salbiy jihatlari bor.

Dastlab salbiy jihatlari haqida yozaman:

1. Masʼuliyatning boʻlinishi

Jamoa aʼzolari bir-biriga ishonib, masʼuliyatni boshqaga yuklashi mumkin. Natijada o‘quvchilar eʼtiborsiz qoladi yoki material sifatsiz chiqadi.

2. Sifatsizlik kelib chiqishi

Jamoa ichida sifat bir xil bo‘lmasligi sabab muammolar yuzaga keladi. Masalan, bir gal Telegram bot yaratishda qismlarga bo‘linganmiz: kimdir ichki kodni, kimdir tashqi interfeysni yozishi kerak edi. Men va sherigim optimal tarzda yozishga harakat qilganimizda, qolgan sheriklar oʻz vazifasini uddalay olmagani uchun qismlar bir-biriga mos tushmagan. Bu holat mijozga sifatsiz mahsulot taqdim etilish xavfini tug‘dirgan.

3. O‘quvchiga eʼtibor yetishmasligi (o‘quvchining o‘zlashtirish darajasi haqida ma’lumotga ega bo‘lmaslik, hatto tanimaslik)
Jamoa bilan ishlaganda har bir o‘quvchini shaxsan bilish va ularga individual yondashish qiyinlashadi. Oldin jamoa boʻlib ishlagan paytlarimda asosiy vazifam material yaratish va tizimlashtirish boʻlgani uchun oʻzimda ham bu muammo boʻlgan (onlayn taʼlimning 5 ta asosiy ustunini eslang). Hozir esa har bir o‘quvchimni tanib, ularni individual tarzda bilaman. Jamoa bo‘lib ishlashda bunday yondashuv qiyin, ammo yechimini topganman va yaqin orada bu “bomba yangilik”ni eʼlon qilaman (bu haqda hozir koʻproq huquqshunos Eldor aka va yana bir nechta doʻstlarimiz biladi).

4. Yondashuvlarning turlicha ekanligi (yoki yondashuvning yoʻq ekanligi)
Jamoa ichida har bir ustoz o‘z usulini qo‘llagan holda ishlaydi. Bu esa o‘quvchilarda chalkashlik va o‘zlashtirishda muammolarni keltirib chiqaradi. Toʻgʻri, xilmaxillik bir jihatdan yaxshidek koʻrinishi mumkin. Lekin uygʻunlashtiruvchi jihatlar boʻlmas ekan, bu ham zararga ishlaydi (lekin 1, 2, 3-yozganlarim asosiy zarar).

5. Kimdir son va marketing uchun, boshqa kimdir natija va sifat uchun ishlashni afzal koʻrishi natijasida oʻquv jarayoni kutilgandek tashkil qilinmasligi.

Hatto 100 oʻquvchi boʻlsa ham har bir ishtirokchining taʼlim jarayonini nazorat qilish qiyin. Endi tasavvur qiling, 1000 yoki 2000 oʻquvchi boʻlsa va bir nechta oʻqituvchi dars oʻtsa, oʻquv jarayonini nazorat qilish imkonsiz. Bu esa aslida umumiy natijaga salbiy taʼsir qiladi.

Ko‘pchilik kurs oʻtadigan ustozlar bu muammoni yaxshi biladi, lekin ko‘pincha raqamlar bilan manipulyatsiya qilinadi: masalan, 1000 oʻquvchidan atigi 100 nafari yaxshi natijaga erishsa, bu holat katta yutuq sifatida ko‘rsatiladi. Tashqaridan qaraganda odamlar “Voy, zoʻr ekan!” deb hayratlanishi mumkin.
Lekin qolgan 900 nafari-chi? Ularning ko‘pchiligi ham muvaffaqiyatsizlik sababini o‘zidan izlaydi, aslida esa bu tizimdagi kamchiliklardan kelib chiqadi.

O‘quvchilar soxta raqamlarning ortida qanday muammolar yashiringanini ko‘ra olmaydi va shuning uchun o‘zlarini aldaydi. Aslida, 1000 nafar o‘quvchidan kamida 900 nafari natijaga erishishi kerak. Bunga esa faqat maxsus tizimli yondashuv orqali erishish mumkin (“Bomba yangilik” haqida hali aytamiz).

Davomi bor...

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍184🔥3
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Men oldin ham bir necha marta turli loyihalarda (faqat, oʻqituvchilik emas, masalan, dasturlashda ham) jamoa boʻlib ishlab koʻrganman. Jamoa boʻlib ishlashning yaxshi va salbiy jihatlari bor. Dastlab salbiy jihatlari haqida yozaman: 1. Masʼuliyatning boʻlinishi…
Men jamoa tuzdim. Azaldan son va natijani toʻliq uygʻunlashtirishga maksimal harakat qiluvchi repetitor boʻlganman, endi shunday jamoa boʻlamiz. Jamoani oldingi tajribalarimdan kelib chiqqan holda va jamoa boʻlib ishlashning salbiy jihatlarini bartaraf etgan holda shakllantirmoqdaman. Men jamoamga oʻqituvchi jalb etishda umuman “kanalida 500 mingta odami boʻlishi” kabi jihatlarni koʻzlamadim. Chunki son emas, sifat muhim. Son va natija uygʻunligi muhim. Prinsipli, bardoshli, sabrli, testologiya boʻyicha koʻnikmalarga ega kabi jihatlar muhim.

Shuningdek, “yagona Jalol Boltayev strategiyasi” qabilida ish olib boramiz. Jamoa boʻlib ishlashdagi “tabiiy kamchiliklar” esa, Xudo xohlasa, bizda boʻlmaydi. Strategiya (metodika) va materiallarga shaxsan oʻzim javobgar boʻlib qolaveraman.

Ishoning, onlayn taʼlimni yangi bosqichga olib chiqish uchun kun-u tun harakat qilyapman. Men uchun raqamlar manipulyatsiyasi juda krinj. Kimdir bu ishni qilmasa, oradan yillar oʻtgach, biznes trenerlar bilan boʻlgandagi holat boʻlishini xohlamayman. Bir paytlari ular porlab chiqqan, bugun esa “e, biznes trenerlarmi – foydasiz” deyishadi aksariyat. Natijada sohadagi haqiqiy ilm egalari ham ular orasiga qoʻshilib qolyapti. Ajratib boʻlmay qolyapti.

(c) Jalol BOLTAYEV
👍53🔥75👎2💯1
🔥 Yopiq kursim aʼzolari uchun 8-sinf «Oʻzbekiston tarixi» asosidagi 2151 ta testdan iborat «Kundalik-optimal» test toʻplamimni joyladim. 152 betlik kitob.

Fevralda va may oyida topshiradigan guruhim 8-sinf «Oʻzbekiston tarixi» (2019) darsligiga kelishdi. Ertaga BIRINCHI DARS.

➡️Fevralchilar guruhida endi 8, 9, 11 lar oʻqiladi.
➡️Maychilar guruhida esa 6 va 7 lar oʻqildi xolos. Hali 8, 9, 10, 11 lar turibdi.

Maychilar guruhiga qoʻshilish mumkin (shaxsiy: @JalolBOLTAYEV).
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍33👎3🔥2
Jamoamning birinchi aʼzosini tanishtiraman

Muhriddin Satimboyev – Muhriddin Satimboyev oʻzimning kursdoshim. Xorazmlik. Hozirda Toshkent shahridagi 133-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda tarix fani oʻqituvchisi sifatida faoliyat yuritadi.

Muhriddin mening yaqin doʻstim. Universitetda 4 yil birga oʻqidik. Prinsiplarimiz oʻxshash, qadriyatlarimiz oʻxshash. Men Muhriddinga ishonaman, prinsipli, salohiyatli ustoz (oʻzi bular jamoa yigʻishdagi eng asosiy faktorlardan biri). Muhriddindan koʻpincha maslahatlar ham olib turaman. Ijtimoiy tarmoqlarga balki Muhriddin notanishdir, lekin konkret bir gap: 100 dan ortiq kursdoshlarim orasida salohiyatiga tan bergan odamlarimdan biri Muhriddin.

Hali jamoamning boshqa yangi aʼzolari ham bor. Va men jamoamni kengaytirishda davom etaman.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍78🔥108👎5
«Fevralchilar» guruhida ertalabki darslar yoʻlga qoʻyilyapti. 6-sinfdan boshlab yana bir marta darsliklarni boshidan takrorlab chiqmoqchimiz. Soat 5:00–07:00 oraligʻida. Ertalabki savol-javoblarni onlayn kursim ishtirokchisi, Mardon Shukurov domla olib boradi, Jalol Boltayev testlari ishlanadi. Kechki (20:00 da boshlanadigan) savol-javoblarni esa doimgidek oʻzim olib boraman. Ertalabki savol-javobniyam qilardim-u, oʻzi men aynan shu payti uxlab olaman 2–3 soat :)

Kattaroq maqsad boʻlsa, energiya ham boʻladi. Hozir katta maqsadlarni koʻzlayapman. Onlayn taʼlimda ham sifatni maksimal darajaga olib chiqish niyatidaman. Sifat, son, natija uygʻunligi deganda birinchi navbatda Jalol Boltayev kursi kelishi uchun harakat qilyapman. Shuning uchun kechqurun ham ishlash kerak.

“Maychilar” guruhiga qabul ochiq. Maychilar guruhida bugun 8-sinf «Oʻzbekiston tarixi» boshlanadi. BIRINCHI DARS. 1–4 mavzular. Dars jadvali bu yerda.

6-sinfdan boshlanadigan “Yangi guruh” esa fevral oyining boshlaridan boshlanadi.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥11👏2🏆2
⚡️ TEZKOR TAKRORLASH

Nima reja qilingan ⁉️
6
–11-sinf darsliklarining barchasi o‘rganib chiqiladi (fevralgacha).

Kimlar qo‘shilishi kerak ⁉️
“Vazir ustamasi” olmoqchi bo‘lganlar;
• Fevralda “Milliy sertifikat” imtihoni topshiruvchilar

Nega qo‘shilish kerak ⁉️
• Barcha darsliklarni tezkor tartibda ko‘rib chiqish reja qilingan;
• Sizda eng sifatli va to‘g‘ri materiallar bilan tayyorlanish imkoniyati mavjud bo‘ladi;
“Vazir ustamasi” nomli kompyuter dasturini qo‘lga kiritasiz.

Karta: 9860010133910371
Narx: 300 ming so‘m 200 ming so‘m (bir martalik)

To‘lovni amalga oshirib, chekni menga (@JalolBOLTAYEV) jo‘natasiz, Men sizni yopiq guruhlarimga qo‘shib qo‘yaman.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21👎31
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
🔥 Yopiq kursim aʼzolari uchun 8-sinf «Oʻzbekiston tarixi» asosidagi 2151 ta testdan iborat «Kundalik-optimal» test toʻplamimni joyladim. 152 betlik kitob. Fevralda va may oyida topshiradigan guruhim 8-sinf «Oʻzbekiston tarixi» (2019) darsligiga kelishdi.…
Qiziq holat...

Hozirda ham 2–3 mln so‘mga so‘ralayotgan, bir payti mualliflik huquqi bilan birga 5 mln so‘mga so‘ralgan ushbu test to‘plami 200 minglik guruhda PDF holatda turibdi. Qiziq...

Nima uchun mualliflik huquqi bilan yoki shunchaki testning o‘zini 2–3 mln so‘mga sotib yubormayman? Sababi shundaki, men o‘qituvchiman, mualliflik huquqi bilan so‘rayotgan odam yoki “testning o‘zigina kerak, 2 mln o‘tkazaman” degan odam meni ustoz sifatida ko‘rmasligi mumkin. Undan ko‘ra shu arzon narx evaziga testga ega bo‘lsin-u, buni qadriga yetsin, ustoz sifatida ko‘rsin.

Men bu kabi “Kundalik-optimal”larimni qancha so‘mga so‘rasalar ham sotmayapman. Shu paytgacha sotmaganman elektron (pdf) holatida.
👍7810🔥4👏1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV pinned «⚡️ TEZKOR TAKRORLASH Nima reja qilingan ⁉️ 6–11-sinf darsliklarining barchasi o‘rganib chiqiladi (fevralgacha). Kimlar qo‘shilishi kerak ⁉️ • “Vazir ustamasi” olmoqchi bo‘lganlar; • Fevralda “Milliy sertifikat” imtihoni topshiruvchilar Nega qo‘shilish kerak…»
Oktyabr imtihonida 83,87 ball bilan A+ olgan o‘quvchimning fikrlari

“Menga, ayniqsa, kurs davomida ortiqcha ma’lumot, keraksiz sifralarni yodlatmasligingiz yoqar edi”.


👉 @TESTLIDER – Jalol BOLTAYEV
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍70🔥14💯10😁6👌3😍2👎1
Fevralchilar JALOL BOLTAYEV - 24.01.2025.pdf
958 KB
Mana, doʻstlar, Jalol Boltayev onlayn taʼlim strategiyasida darsdan soʻng ishtirokchilarning faollik darajasi aniqlanadi. Bu platformaning bir imkoniyati xolos, qanchadan qancha imkoniyati bor hali.

Bu nimaga kerak?
1. Istiqbolda faol oʻquvchilarga chegirmalar, mukofotlar berilishi koʻzda tutilgan;
2. Ishtirokchida darsga nisbatan loyallik uygʻotish;
3. Oflaynimdagi kabi kafolat shartnomasi uchun qadamlar tashlanmoqda. Kafolat shartnomasi uchun materiallar sifati yuqori boʻlishi bilan birgalikda tizim ham optimal boʻlishi kerak.
4. Onlaynda savol-javobda qoʻllanayotgan odatiy botlar hozirgi kunda birdaniga 30 ta odam yozsa, qotib qoladi. Sizning botga yozishingizdan mantiq yoʻq.

Uzogʻi yarim soat tortib beradi, bir qotib, bir ishlaydi. Xullas, shunchaki turadi u botlar (“unaqamas”, degan odam bilan suhbatga tayyorman!). Admin (oʻqituvchi)da javoblarni toʻliq oʻqish uchun umuman imkoniyat boʻlmaydi (avvalo, odatiy botlar bir ishlab-bir ishlamay qoladi. Ishlab turgan paytda oʻqish mumkin haminqadar, lekin noqulayliklari juda koʻp. 500 odamlik guruhda u shunchaki “oʻchib qoladi”).

Bu haqda hali gaplashamiz.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍35🔥5👏5💔1
Optimal xronologiya (11 jahon. @TESTLIDER, Jalol BOLTAYEV).pdf
59.7 MB
⚡️#sovgʻa 🎁

▪️Qoʻllanma: «Optimal xronologiya»
▪️Muallif: Jalol BOLTAYEV
▪️11-sinf «Jahon tarixi»

Haqiqatan optimal, ochib koʻring. Bizda barchasi sifatli. Bemalol solishtiravering :)

👉 @TESTLIDER – repetitor Jalol BOLTAYEV sahifasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Optimal xronologiya (11 oʻzbek. @TESTLIDER, Jalol BOLTAYEV).pdf
53.1 MB
⚡️#sovgʻa 🎁

▪️Qoʻllanma: «Optimal xronologiya»
▪️Muallif: Jalol BOLTAYEV
▪️11-sinf «Oʻzbekiston tarixi»

Haqiqatan optimal, ochib koʻring. Bizda barchasi sifatli!

👉 @TESTLIDER – repetitor Jalol BOLTAYEV sahifasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥40👍214💯4👎2👏1😍1🏆1
1,5x yo 2x da qo‘yib eshiting! Tarix o‘qiyotganlarga (o‘quvchi, ustoz) foydali maslahat!

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍33💯6🔥32👎2
Kundalik-optimal test to'plami (1-5).pdf
2.3 MB
⚡️Jalol BOLTAYEV muallifligidagi «Kundalik-optimal» test to‘plami

• Darslik: 6-sinf «Tarix: qadimgi dunyo» (2022)
• Mavzular: 1–5
• Testlar soni: 235 ta


Sifat🔥

Printerdan chiqarib olib, kitobchaning o‘ziga ishlash tavsiya etiladi!

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍381👎1
4 da boshlangan dars hozir ham davom etyapti, mehnat qilayotgan barchani Xudoning o‘zi qo‘llagay (omad haqidagi tushunchalarim tanqidiy bo‘lsa-da, mehnat omad olib keladi, deb o‘ylayman. Balki, noto‘gʻridir).

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
44👍23👏9💯3👎1
Test boshlanishiga 1 soat vaqt qoldi!

Baʼzi muhim sabablarga koʻra, test 21:00 da boshlanadi. 22:30 da yakunlanadi. Sizlarni yuqori darajadagi test va 100 dollar kutmoqda!
1👍127👎85😍5🏆5💔4😁1
Kanal kontentini yuborish cheklanadi, faqat kanal a’zo bo‘lish orqali testni ishlay olasiz.
👍74🔥9👎63🏆3💯2