𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
20.2K subscribers
1.27K photos
167 videos
418 files
1.38K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Onlayn kurs o‘tadiganlar, bilib qo‘ying! Hozir firibgarlikning yo‘llari ko‘payib ketgan. Kecha 110 ming so‘mlik to‘lov chekini yuborib, bir odam “Yangi guruh”imga kirdi. Men bu chekning soxta ekanligini bilib turgan bo‘lsam-da, guruhga qo‘shdim, qani, nima…
Hammada yomon xislatlar bo‘ladi. Ularning darajasi har xil. Kimdirga o‘g‘rilik qilish ham normal, masalan.

Menda ham kamchiliklar, xatolar bor. Yaxshi inson bo‘lishga intilaman, lekin xatolarim bor, bular o‘zimga ham ko‘rinadi, ko‘rinmaydiganlari ham bordir (masalan, jahlim chiqqanida murosa qilolmay qolaman).

Lekin o‘sha yomon xislatlarim orasida – birovning haqqini yeyish, birovning haqqiga xiyonat qilish – hech qachon bo‘lmagan. Mulk (jumladan, intellektual mulk) bilan bog‘liq masalalarda qat’iyman.

O‘ta qat’iy prinsiplarim:
1. Birovning mulkiga xiyonat qilmayman;
2. Pora olmayman;
3. Nomimni sotmayman (ancha yillar oldin bir nashriyotdan har bir kitobimni 5 mln so‘m evaziga olishlari haqida taklif tushgan, lekin muallif sifatida men emas, boshqa odam turardi, rozi bo‘lmaganman. O‘sha vaqtda kamida 60–70 mln bittada ishlab olishim mumkin edi).
👍75🔥12👏9💯9👎53
🔥 Sifatli test ishlang va 100 $ yutib oling!

@TESTLIDER kanalida 19-yanvar kuni jami sovrin 100 $ boʻlgan konkurs tashkil etiladi!

Muallif: Jalol BOLTAYEV
Sana: 19-yanvar (yakshanba)
Reglament: 20:00–22:00
Tahlil: 22:00

Mukofotni qoʻlga kiritish uchun @TESTLIDER kanali aʼzosi boʻlishingiz shart! Agar testda qatnashib, yuqori oʻrinda tursangiz-u, kanal aʼzosi boʻlmasangiz, sovringa ega chiqa olmaysiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥52👍24🏆7😍3😁2👀1
Xorazmlik onlayndagi o‘quvchim. May oyida topshiradi, har kuni uyga vazifa sifatida berilgan 300+ ta testni ishlab, videoga olib yuboryapti, davomiy bo‘lsa, nasib qilsa, mayda eng yuqori ballardan birini oladi.

O‘zim Xorazmda oflayn kurs o‘taman. Shunday bo‘lsa-da, onlayn kursimda xorazmliklar ancha. Urganchga uzoqroq tumanlarda yashovchilar onlayn tayyorlanyapti.

Oldin aytganimdek, oflayn kursimda kafolat shartnomasi tuziladi. Bosqichma-bosqich onlaynga ham o‘tkazaman.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥37👍152
Taxminan 1 soat ichida @TESTLIDER kanaliga bir audiofayl joylanadi. Eshitib, oʻzingiz baho berasiz.
26👍9🔥2
Qaysi darsliklardan tushadi?
BATAFSIL (Jalol BOLTAYEV)
Assalomu alaykum, @TESTLIDER kanalining qadrli obunachilari

Ushbu audioda tarix faniga oid eng dolzarb savollarga javob beraman. Ayniqsa, abituriyentlar va o‘qituvchilarni qiziqtirayotgan quyidagi masalalarga e’tibor qaratamiz:

• “Milliy sertifikat”da qaysi darsliklardan savollar tuziladi?
• Necha oy tayyorlanib, sertifikat olish mumkin?


00:00 – kirish
00:37 – necha oy tayyorgarlik ko‘rib, noldan A yoki A+ sertifikat olish mumkin?
02:59 – “Milliy sertifikat”da qaysi darsliklardan savollar tuziladi?
05:35 – hozirda onlayn kurslaringizga qabul davom etyaptimi?
06:51 – yopiq guruhingizda darslar soat nechada boshlanadi va qancha muddat davom etadi?
07:23 – darslarda qanday materiallar beriladi?
08:19 – darslar qay tartibda olib boriladi?
10:14 – kursingizdagi testlar kim tomonidan tuzilgan?
12:19 – kursda qanday natijalarga erishish mumkin?
14:34 – kursga kimlar qo‘shilishi mumkin?
15:03 – attestatsiyaga topshiruvchilar ham kursga qoʻshilishi mumkinmi, pedagogika boʻyicha shugʻullaniladimi?
15:36 – “DOLZARB 20 KUNLIK” haqida. Bu qanday loyiha, qanday qoʻshilsa boʻladi?

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥64👏3
Yuqoridagi audio bo‘yicha
👍161
Qabul quyidagilar uchun ochiq:

2-guruh (kurs)
sertifikat va attestatsiya imtihoniga tayyorlanuvchi o‘quvchi va o‘qituvchilar, Vazir ustamasiga ega bo‘lishni xohlovchilar, majburiy fandan sertifikat olishni maqsad qilganlar qoʻshila oladi.
Ayni paytda 7-sinf “Jahon tarixi” o‘rganilmoqda.
150 ming so‘m toʻlanadi (oyiga).


3-guruh (yangi guruh, kurs)
sertifikat va attestatsiya imtihoniga tayyorlanuvchi o‘quvchi va o‘qituvchilar, Vazir ustamasiga ega bo‘lishni xohlovchilar, majburiy fandan sertifikat olishni maqsad qilganlar qoʻshila oladi.
Fevral oyining boshida “noldan” boshlanadi.
150 ming so‘m toʻlanadi (oyiga).
“Ishonch“ chegirmasi asosida hoziroq qoʻshilsangiz, 120 ming soʻm evaziga qoʻshila olasiz (1-oyi uchun).


“Dolzarb 20 kunlik” (yangi guruh)
fevralda boshlanadi;
20 kun davomida “Milliy sertifikat” testlari ishlanadi va tahlil qilinadi;
2022-yilgi 7-sinf darsliklari o‘rganiladi
200 ming so‘m toʻlanadi (bir martalik).
“Ishonch“ chegirmasi asosida hoziroq qoʻshilsangiz, 160 ming soʻm evaziga qoʻshila olasiz.


Karta: 9860010133910371
Toʻlov chekini @JalolBOLTAYEV'ga joʻnatasiz. Men sizga tegishli guruhning linkini yuborib qoʻyaman.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🔥5💯32
Ertaga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan test dushanba kuni o‘tkaziladi. Keyin esa, nasib qilsa, har yakshanba kamida 100 $ sovrin qo‘yilgan testlar tashkil qilinadi. Bu galgisi dushanba kuni. Hamkasblarim so‘rovini rad qilmadim: ertaga Husanboy, Bahromjon, Zahriddinlar hammuallifligida test o‘tkazilmoqchi ekan.
👍67🏆75😍5👎4🔥3
Hozirgina 10-sinf «Oʻzbekiston tarixi» (2022) darsligi boʻyicha tuzgan mavzulashtirilgan testim – «Kundalik-optimal»ning yakuniy versiyasini nashriyotga topshirdim.

Xudo xohlasa, 2022-yilgi 7-sinf darsliklari, 2024-yilgi 8, 9-sinf darsliklari boʻyicha tuzgan «Kundalik-optimal» test toʻplamlarimni ham nashriyotga beraman.


Eng birinchi FEVRAL oyida uch kitob chiqadi.
«“Milliy sertifikat” test toʻplami. Rekord»
«Kundalik-optimal» (10-sinf “Oʻzbekiston tarixi”, 2022)
«Kundalik-optimal» (10-sinf “Jahon tarixi”, 2022)

MART
«Attestatsiya – 2024»
«Kundalik-optimal» (7-sinf “Oʻzbekiston tarixi“, 2022)
«Kundalik-optimal» (7-sinf “Jahon tarixi“, 2022)
«Kundalik-optimal» (8-sinf “Oʻzbekiston tarixi“, 2023)
«Kundalik-optimal» (8-sinf “Jahon tarixi“, 2024)

Aksar tanish repetitorlar “Ustoz, bozorda mana bu, mana bu mualliflarning kitoblari bor ekan, qay birini olishni bilmayapman, tavsiya bering” deb yozishadi. Koʻpincha aytaman, men bozorga chiqqan kitoblar orasida Oʻrol Amirovning oldinroq nashr etilgan savol-javoblar toʻplamini oʻquvchiga real samarali deb hisoblaganman va mutaxassis sifatida katta mehnat qilinganini bilganman. Qoʻl uchida qilinmagan. Yana baʼzi yaxshiroqlari boʻlishi mumkin, albatta. Lekin aksariyati foydadan koʻra zararga ishlaydi oʻquvchiga, ochigʻi. Bunga qoʻl uchida qilinganligi emas, kompetensiyalari (mahorati, tushunchasi) yetmasligi ham sabab aslida.

Million foiz kafolat beraman: 10-sinf darsliklari boʻyicha eng sifatli test toʻplami shu boʻladi. Chunki 1700 ta testni testologiya qoidalari boʻyicha tuzib chiqish; mantiqan toʻgʻri, tarixiy davr va vaziyatga mos, lekin notoʻgʻri javob boʻlgan variantlarni qoʻyish – hammaga ham emas :)

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍70🔥132
🔥 Sifatli test ishlang va 100 $ yutib oling!

💯 @TESTLIDER kanalida 26-yanvar kuni jami sovrin – 100 $ va 3 000 000 mln soʻmlik vaucher boʻlgan konkurs tashkil etiladi!

Muallif: Jalol BOLTAYEV
Sana: 26-yanvar (yakshanba)
Reglament: 20:00–22:00
Tahlil: 22:00
Potensial ishtirokchilar soni: 1557 nafar

Mukofotni qoʻlga kiritish uchun @TESTLIDER kanali aʼzosi boʻlishingiz shart! Agar testda qatnashib, yuqori oʻrinda tursangiz-u, kanal aʼzosi boʻlmasangiz, sovrinlarga ega chiqa olmaysiz!
👍25🔥8😁5🏆32
Qalay? )

Hurmatli ishtirokchilar, 100 $ va 3 mln so‘mlik vaucher qo‘yilgan test dushanba emas, oldimizdagi yakshanba boʻladi. Chunki dars kunlarida koʻpchilik ishlolmas ekan.
🔥64😁47👍34😍4💯3🏆2
IKKILANYAPMAN? 🤔

Fevral oyining boshida mening muallifligimda nashr qilinadigan “Milliy sertifikat” test toʻplamiga nom qoʻyish masalasida nashriyot mutasaddilari bilan bosh qotiryapmiz. Hozircha ikkita nomda toʻxtalib turamiz.

1️⃣. «Milliy sertifikat. A+»

2️⃣. «Milliy sertifikat. REKORD»

Kitob nomida qanaqadir mantiq boʻlishi kerak (oʻzi odamning gapirayotgan gapida mantiq boʻlishi kerak). Hozir har ikkala nomda mantiq bor.

«Milliy sertifikat. A+» – oʻquvchilarim A+ sertifikatini olish borasida eng yetakchi oʻrinlarda deya olaman bemalol (agar oʻquvchi soni va natijadan kelib chiqilsa, mening kursimda foiz yuqoriroq). Bu mantiqdan kelib chiqsak, «Milliy sertifikat. A+» nomi oʻrinli.

«Milliy sertifikat. REKORD» – shogirdlarim shu paytgacha koʻp rekordlarni amalga oshirishgan. Jumladan, 80+ ballar ham anchagina. Oxirgi Milliy sertifikat imtihonida 85+ ball bilan A+ sertifikatini ham oldi oʻquvchilarim. Endi takrorlashning iloji boʻlmagan rekord ham bor (yaʼni tarix va geografiyadan “Milliy sertifikat”ni ketma-ket qoʻlga kiritgan birinchi oʻquvchi – Ismoilov Xushnudbek mening oʻquvchim. Bu xuddi Oyga birinchi chiqishga oʻxshaydi. Takrorlashning imkoni yoʻq). Xullas, «Milliy sertifikat. REKORD» nomi ham oʻrinli.

SIZNING FIKRINGIZ QANDAY? Nashriyot mutasaddilariga A+ yoqyapti. Menga ham bu nom yoqdi, qisqagina, tushunarli. Lekin baribir ikkilanyapman.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
👍54🔥23🏆4👎2🤝2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Instagramda video ko‘rib qoldim

Videoda gapirgan odamlarning shaxsiyatiga eʼtirozim yoʻq, fikrlariga ham (fikrlariga biroz eʼtirozim bor-u...).

Asosiy eʼtirozim – oʻqituvchilik kasbini tanlagan erkaklar haqida jamiyatda shunday fikr shakllanishiga sababchi boʻlganlarga...

Bu fikr haqiqatmi yoki streotip... Bunisi ham ogʻriqli masala. Shuning uchun videodagi qizlarning fikrlariga ham eʼtiroz bildirish qiyin.

Hozir aksariyat dunyo matohlariga uchadi. Aslida baxtli boʻlishni istagan odamlar Efiopiyada ham baxtli boʻlishi mumkin. Mehr va samimiylik muhim (deb o‘ylardim).

“Yovvoyi kapitalizm” davrida ham inson boʻlib qolish mumkin...

Fikrlaringizni yozishingiz mumkin. Lekin videodagi odamlarning shaxsiyatiga emas, fikrlariga munosabat bildiring.
👍48😁16🔥9
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Onlayn/oflayn ta’limda asosiy maqsadim o‘quvchilar sonini emas, o‘quv sifati va natijani oshirish

Oflaynda hech qachon natija 95 % dan tushmagan. Maqsadim – onlaynda ham shunday bo‘lishi kerak.

Bu, albatta, faqat orzu-istak yoki quruq gap bilan amalga oshadigan narsa emas. Buning uchun maxsus tizim, alohida samarali platformalar zarur.

Hozirda bir qancha shunday platformalar ustida ish olib boryapmiz.

Bittasi savol-javob va ishtirokchilarning o‘zlashtirishini tahlil qilish uchun maxsus bot (platforma). Esingizda bo‘lsa, oldinroq bu haqda aytgan edim. Dars yakunida faollik darajasi va turli statistik ma’lumotlarni chiqaradigan, ishtirokchining haftalik, oylik hisobotlarini topshiradigan maxsus platformam hozirda optimal tarzda ishlash arafasida turibdi.

Yana biri – ochiq (javobi yoziladigan) testlarni tekshirish uchun maxsus bot. Bu esa fevral o‘rtalariga bitadi, nasib.

Yana boshqa platformalar bor... Men va mening jamoam asosiy e’tiborni faqat ta’lim sifati va natijaga qaratadi (1000 da 100 natija – biz uchun emas).

Ha, aytgancha, jamoam haqida bugun-erta alohida post yozaman.


(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
👍36🔥93
🔥 Fevral oyida sotuvga chiqadi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥105👍28😍10🏆84💯2👏1
Vazir jamg'armasi (1-variant).pdf
1.4 MB
Vazir jamgʻarmasi uchun diagnostik test

Jalol BOLTAYEV
97-299-00-66

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
7 jahon. TMS. YAKUNIY.pdf
889.3 KB
⚡️Onlayn darslarimizda qo‘llanayotgan «Milliy sertifikat» andazasidagi test topshiriqlaridan namuna

🟢Darslik: 7-sinf «Jahon tarixi»
🟢Mavzu: 1–44-mavzular
🟢Testlar soni: 45 ta
🟢Muallif: Jalol BOLTAYEV

🔸Javoblaringizni @jalolboltayev_testbot orqali tekshirib olishingiz mumkin! Test kodi: 88 (35 ta testni tekshira olasiz)

❗️Ushbu test bugun 22:30 larda (savol-javob yakunlangach) @TESTLIDER kanalida videochatda tahlil qilinadi! Siz ham ham ishlang, siz uchun ham manfaatli boʻladi.

👉 @TESTLIDER – repetitor Jalol Boltayev sahifasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍253💔2👎1👌1
⚡️ Vazir ustamasi imtihoni oʻtgan oʻquv yilida 19-fevral kuni boʻlib oʻtgan. Vazir ustamasiga alohida, maxsus tayyorgarlik koʻrishni istaganlar «Dolzarb 20 kunlik» doirasida yopiq guruhimda sifatli va puxta tayyorgarlik koʻrishi mumkin.

Ushbu guruhga kirganlar nimaga ega boʻlishadi ⁉️
«PRO OMBOR»imga aʼzo boʻlishadi – bu yerda barcha zaruriy materiallar joylangan;
🔥«VAZIR USTAMASI» nomli kompyuter test dasturi beriladi – ushbu dastur oʻzim tomonimdan ishlab chiqilgan boʻlib, kompyuterda har kuni “Vazir ustamasi” testiga tayyorgarlik koʻrish uchun diagnostik testlarni ishlash mumkin boʻladi.
«Dolzarb 20 kunlik» loyihasi doirasida yopiq guruhimda test ishlash texnikasining eng muhim va samarali yoʻllarini oʻrganishadi. Texnikalarni oʻzlashtirish orqali testlar sizga oldingidan 70–80 foizga osonday tuyila boshlaydi.

🟢Karta: 9860010133910371
🟢Narx: 200 ming soʻm
🟢Chegirma: bugunoq qoʻshilsangiz, 160 ming soʻm

Toʻlovni oʻtkazib, chekni menga (@JalolBOLTAYEV) yuborasiz, men sizni yopiq guruhga qoʻshib qoʻyaman.


👉 @TESTLIDER – Jalol Boltayev taʼlim tizimi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍124
Hammaga bugun 00:00 dan so‘ng javob berib, guruhga qo‘shib chiqaman!

Kimgadir javob yozmagan bo‘lsam, boshqacha xayollarga bormang, meni taniganlar yaxshi biladi. Shunchaki vaqt masalasi.

(c) Jalol BOLTAYEV
🔥39👍125👎3