𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
20.1K subscribers
1.27K photos
167 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
⚡️Yopiq onlayn kurslarimga qabul davom etmoqda! Ayni paytda 2 ta guruhim bor: «Fevralchilar» guruhi – 22-fevralda boʻlib oʻtadigan “Milliy sertifikat“ imtihonida qatnashib, yuqori ballni koʻzlayotganlar qoʻshilishi mumkin. Toʻlov 250 ming soʻm. Bir martalik.…
Yopiq onlayn kursimga qabul davom etmoqda! Kartaga to‘lovni qilib, skrinshot yuborib qo‘ysangiz, guruhning linkini kechroq yuboraman. Chunki hozir ustozlarim bilan tadbirga ketayotgan edim. Sizga javob yoza olmasligim mumkin, lekin kechqurun yopiq guruhimning linkini, albatta, yuboraman.
👍31
2024-yil bizga nimalarni oʻrgatdi?

Har bir xato – bu ustoz. Bu ustozdan oʻrganmaslik – haqiqiy xato! Shunday ekan, 2024-yilda yoʻl qoʻygan xatolarimizni 2025-yilda takrorlamaslik uchun bugundan boshlab harakat qilishimiz kerak. Bugundan oʻzgarishimiz, yaxshilanishimiz, toʻgʻriroq qarorlar qabul qilishni oʻrganishimiz shart (bu gaplar avvalo oʻzim uchun).

Odatda faqat yutuqlarni sarhisob qilamiz. Ammo oʻzingiz uchun 2024-yil xatolarini ham sarhisob qilib qoʻying. Lekin ular ustida toʻxtab qolmang va ularni takrorlamaslikka harakat qiling. Har bir xato – o‘zingizni yaxshiroq anglash va rivojlanish uchun yana bir imkoniyat.

Yangi yil – orzular qilish, maqsad qoʻyish, oʻzingizni yangi darajaga olib chiqish, boshlash uchun ajoyib imkoniyat.

2025-yil ulkan gʻalabalar, xotirjamlik va halovat olib kelsin! Yangi yil muborak!

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71🔥12💯43👏1🏆1
2️⃣0️⃣2️⃣5️⃣-yil muborak!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5512🔥9🏆2🤝2
Bugun (2025-yil, 1-yanvar) “boshlash” uchun qulay vaqt, ochig‘i.

To‘g‘ri, bu borada har xil hazillar bor. Bittasiga misol keltiraman:

«Bugun har yillik anʼanani unutib qoʻymanglar: soat 00:00 gacha, albatta, “yangi yildan sport bilan shugʻullanishni boshlayman”, “ingliz tilidan ayls olaman” deb aytishingiz kerak!»

To‘g‘ri, “boshlash”ning erta-kechi bo‘lmaydi. Lekin baribir yilning boshi boshqacha!

Men ham bir oy oldin dasturchilikka (analitikaga) doir onlayn kurs sotib olgan edim. Shuni o‘rganishni ertadan boshlayman deb turibman endi. :)

Siz ham boshlang!

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍85😁16🔥146💯2
Bugun “Fevralchilar” guruhida ham, “Maychilar” guruhida ham 7-sinf “O‘zbekiston tarixi” (2017) BIRINCHI darsi.

Bugun qo‘shilishni tavsiya etaman.

Karta: 9860010133910371

Oʻzingizga maʼqul guruhni tanlab, yuqoridagi kartaga toʻlovni amalga oshirasiz va chekni
@JalolBOLTAYEV ga joʻnatasiz. Soʻngra sizni yopiq guruhga qoʻshib qoʻyaman. Vaqt ketdi!

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19👍11🔥9
Onlayn kursimda har bir ishtirokchining ism-familiyasini kontaktimga saqlab olaman (“soxranit” qilaman).

Kim qay darajada tayyorgarlik ko‘radi, kim qay darajada mas’uliyatli, kim men aytgan topshiriqlarni doim bajarib kelyapti, kim darsda davomiy qatnashyapti (oxirigacha)... Bularni ham doim o‘zim uchun tahlil qilib boraman...

Ism yonidagi + belgisi nimani anglatishini onlayn kursim ishtirokchilari yaxshi bilishadi 😉

Yana kim ismi yoniga + yozilishini xohlaydi? :)

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥26👍10👏3💯2🏆21
«Milliy sertifikat» chiqqandan soʻng repetitorlik oʻqitish tizimida “atmosfera” uchun qilinadigan turli xil shoular (intellektual shou, party va h.k.) oʻz ahamiyatini yoʻqotdi, deb oʻylayman. Har holda koʻplab abituriyentlar tushunib yetdi: konkret strategiya va sifatli materiallar asosida oʻqish lozim. Turli shoular oʻtkazib yurish zararga ishlayapti.

Toʻgʻri, kimdir bunday shoularni “atmosfera” uchun emas, tom maʼnoda “oʻsish” uchun deb oʻylashi ham mumkin. Lekin natijalar aksini aytyapti: bunday “shou”larga asoslangan metodika bilan sertifikatga ega boʻlish qiyin boʻlyapti (aslida azaldan notoʻgʻri boʻlgan)...

Yoki “100 dan 10” tipidagi natija...

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥34👍19💯7
«Fevralchilar» guruhida bugun 10-sinf «Oʻzbekiston tarixi» (2022) boshlanadi. BIRINCHI DARS.

Qoʻshilishni xohlaganlar, 9860010133910371 kartasiga 250 ming soʻm toʻlovni amalga oshiring (bir martalik toʻlov. Boshqa toʻlov qilinmaydi). Keyin men sizga yopiq guruhimning linkini yuboraman.

❗️Yana bir muhim eslatma: fevralchilar guruhi uchun 11-sinf darsliklari “dars jadvali”ga qoʻshimcha ravishda imtihonga yaqin qaytadan oʻtib beriladi! Shuning uchun “11 larni chiqishibdi uje” deb yurmang! Yana oʻtamiz.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🔥5💯1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Qalay? Ushbu mem-videoning mazmunini tushunish uchun intellektual qobiliyatingiz yuqoriroq bo‘lmog‘i lozim ) 😁 Jalol BOLTAYEV 97-299-00-66 👉 @TESTLIDER
O‘tgan gal ushbu mem-videoni bir shogirdimga ko‘rsatib, intellektuallik qobiliyatini sinamoqchi edim. Mem-videoning mazmunini tushunmadi...

Men intellektual deb o‘ylaydigan bir qiz do‘stim ham tushunmadi...

O‘zi tushunganlar bormi?

Qizning intellektuallik qobiliyatini o‘lchash uchun test... Bittada tushunsa, uylansa bo‘ladi :)

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁28🔥6👍2👏2
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Photo
Eslasangiz, 28-avgustda ushbu “Yo‘l xaritasi”ni kanalga joylagan edim. E’tibor bering: abituriyentim ishlagan har bir topshirig‘ining natijasi (foizi) yozilib, muhr bilan tasdiqlangan.

Ushbu abituriyentim 1-dekabr imtihoniga qadar “Yo‘l xaritasi”dagi deyarli barcha topshiriqlarni bajargan edi (har bir darslik bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”dan kelib chiqqan holda “Yakuniy o‘zlashtirish darajasi” ham chiqariladi).

Agarda bu abituriyentim “Milliy sertifikat” imtihonida A+ yoki A darajani qo‘lga kirita olmasa, bergan to‘lovini qaytarib berishim kerak edi (shartnoma bo‘yicha).

Lekin, mana, natijani ko‘rib turibsiz: 74,64 ball bilan A+

Oflaynda kafolat shartnomasi asosida o‘qitaman. Buni bosqichma-bosqich onlaynga ham ko‘chirish rejamda bor.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥5👏42
Bu nima uchun kerak, dersiz...

Men “yaxshi o‘qigan” abituriyent ertaga imtihondan past natija qayd etib chiqsa, “e, o‘zi yaxshi o‘qimasdi” deya olmayman. Bu men uchun mas’uliyat.

Endi masalaning ikkinchi tomoni ham bor: menda “yaxshi o‘qiganlik” konkret tizimlashtirilgan va eng asosiysi, mas’uliyatga (uyga vazifalarga) asoslangan.

Abituriyentga murakkab 40 ta test berib, 39–40 chiqsa, senga kafolat beraman, demayapman... Bu yerda konkret tizim, konkret strategiya bor.

To‘g‘ri, avvalo, Allohdan. Lekin har qanday natijada, u xoh past natija, xoh yuqori – repetitorning hissasi katta bo‘ladi. Muvaffaqiyatda ham, muvaffaqiyatsizlikda ham sabablar bor. Bu sabablarni aniqlashtirib olsak bo‘lgani.

Nima uchun repetitorning topshiriqlarini bajargan abituriyent natija qilolmasligi kerak? Demak, bu yerda muammo repetitorda (materiallarida, metodikasida), abituriyentda emas.

Va, eng MUHIMI, topshiriqlar “rivojlantiruvchi”, “bilim* beruvchi” bo‘lishi lozim. Faqatgina “murakkabliklar”dan iborat “bilim sinovchi” sinov testlari va qanaqadir o‘yin-shoulardan emas.

Sizga sertifikat kerakmi? Unda shou-o‘yinlar davri o‘tganligini tushunib oling (aslida har doim noto‘g‘ri bo‘lgan). “Intellektual” deya urg‘ulangan o‘yin ham baribir shou va u ham BEFOYDA!

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥38👍23💯54👎1😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Onlayn kursmi, oflaynmi – mas’uliyatli abituriyent baribir mas’uliyatli bo‘ladi.

Onlaynda mas’uliyat sezmagan odam oflaynda ham mas’uliyat sezmaydi aslida.

Yuqoridagi videoni onlaynda tayyorlanadigan o‘quvchim yuborgan.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
30👍24🔥3💯1🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hisob!

Diyorbek, barakalla! Shunaqa mas’uliyat bilan yondashadigan onlayn o‘quvchilarim borligidan xursandman!

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍47🔥102💯1
Karimov Abrorbek ismli o‘qituvchini kim biladi? Menga kerak bo‘lyotgan edi, taniganlar bo‘lsa, menga shaxsiy akkauntini bering.

Karimov Abrorbek, agar shu xabarni o‘zingiz o‘qisangiz, @JalolBOLTAYEV ga chiqsangiz, xursand bo‘lardim.
👀14👍7👎3
“Fevralchilar” va “Maychilar” guruhiga qabul davom etmoqda!

Sun’iy raqamlar emas, konkret strategiya va sifatli materiallar bilan maqsadga erishish osonroq bo‘ladi :)


⚠️ “Fevralchilar” guruhiga qo‘shilish uchun bir martalik 250 ming so‘m to‘lov qilinadi. 11-sinflar tugallangan bo‘lsa-da, imtihonga yaqin “dars jadvali”ga qo‘shimcha ravishda 11-sinflar qayta o‘qiladi. Bemalol qo‘shilsangiz bo‘ladi (oldin “dars jadvali”ni ko‘ring).

⚠️ “Maychilar” guruhida esa faqatgina 6-sinf o‘qib tugallangan. Hozir 7-sinf “O‘zbekiston tarixi”ni o‘rganyapmiz. Oyiga 150 ming so‘m. “Super chegirma”dan ham foydalanishingiz mumkin: birato‘la 450 ming to‘laysiz va boshqa to‘lov olinmaydi (dars jadvali).

Karta: 9860010133910371

Oʻzingizga maʼqul guruhni tanlab, yuqoridagi kartaga toʻlovni amalga oshirasiz va chekni
@JalolBOLTAYEV ga joʻnatasiz. Soʻngra sizni yopiq guruhga qoʻshib qoʻyaman. Vaqt ketdi!

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥17👍7
Hozirgina “Fevralchilar” guruhida darsimning “savol-javob” qismini yakunladim. 1 soat-u 45 minut hali faqatgina “savol-javob”ga ketgan vaqt. QUIZ, FORMS, TMS testlarga alohida vaqt sarflanadi.

Ba’zi odamlar, eshitishim bo‘yicha, “onlayndagi abituriyentlari natijasi bilan maqtanmasin”, “onlayn guruhidagi odamlar Jalolni o‘z ustozi sifatida ko‘rmaydi” deb yurgan ekan.

Shularga mana bu videoni katta monitorda qo‘yib berish kerak shekilli:
https://t.me/TESTLIDER/3513

Shuningdek, oflaynda ham abituriyentlarim natijasi har doim yuqori bo‘lgan (kerak bo‘lsa, oflaynda kafolat shartnomasi ham tuzaman) va onlayndagi o‘quvchilarim ham, oflayndagi o‘quvchilarim ham men uchun bir.

Mana bu videoniyam qo‘yib berish kerak:
https://t.me/TESTLIDER/3134

Har ikkalasining natijasi uchun ham jiddu-jahd qilib ishlayman.

Konkret yana bitta gap: shu gapni aytayotganlarning OFLAYN kursidan hali mening ONLAYN kursim ham MILLION marta yaxshi, buni o‘zlariyam yaxshi bilishadi.

Onlayndagi o‘quvchilarim ham “NOLDAN” A+, A olishni uddalashyapti, masalan!

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53💯14🔥106😁1
Soat tonggi 5 bo‘lishiga qaramay topshiriqlarni mas’uliyat bilan bajarayotgan abituriyentlarim borligi menga motivatsiya beradi.

Marhabo, barakalla! Xudo xohlasa may oyida ham yondiramiz. 🔥

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍46🔥145👀4
Tarixiy shaxsni aniqlang.

Ushbu shaxs XIX asr boshlarida Qo‘qonda tavallud topgan. U ota tomondan mashhur shayxlar xonadoniga, ona tomondan esa minglar sulolasiga borib taqalar edi. Keyinchalik xon g‘azabiga uchrab, oilasi bilan birgalikda mamlakatdan surgun qilingan. Umrining so‘nggi yillarini Shahrisabzda o‘ktazib, “Yilnomalar to‘plami” nomli tarixiy asar yozadi. Ushbu asar Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligi tarixiga oid qimmatli manbalardan biri hisoblanadi.


Muallif: Jalol BOLTAYEV – repetitor, testolog

👉@TESTLIDER
👍41🏆53🔥2👏1
#Bilasizmi? #darslikka_izoh

“Yilnomalar toʻplami” va “Muntaxab ut-tavorix” (“Saralangan tarixlar”) BIR ASARMI?

8-sinf «Oʻzbekiston tarixi» (2019) darsligining 13-mavzusida (“Buxoro amirligida madaniy hayot”) “Yilnomalar toʻplami” asarining muallifi sifatida kelgan Muhammad Hakimxon va darslikning 38-mavzusida (“Qoʻqon xonligida madaniy hayot”) Norboʻtabiyning nabirasi, “Muntaxab ut-tavorix” (“Saralangan tarixlar”) asari muallifi sifatida qayd etilgan Muhammad Hakimxon to‘ra ibn Ma’sumxon to‘ra BIR ODAM hisoblanadi.

Asar ham ikkita emas, bir asarning turli nomlari
: arabchada “Muntaxab ut-tavorix”, oʻzbekchada “Saralangan tarixlar”. Shuningdek, asarda tarixiy voqealar xronologik tartibda bayon etilganligi uchun “Yilnomalar toʻplami” nomi bilan ham shuhrat topgan.

Muhammad Hakimxon 1802-yilda Qo‘qonda tavallud topgan. U ota tomondan mashhur shayxlar xonadoniga borib taqalgan. Otasi mamlakatning shayxulislomi edi. Onasi Oftoboyim esa Norboʻtabiyning qizi boʻlgan.

Madalixon taxtga oʻtirgach, Muhammad Hakimxon va uning oilasini mamlakatdan surgun qilgan. Baʼzi manbalarda Madalixon Muhammad Hakimxonni taxt uchun oʻziga raqib sifatida koʻrganligi yozilgan.

Muhammad Hakimxon umrining so‘nggi yillarini Buxoro amirligida o‘tkazib, shoh asari – “Muntaxab ut-tavorix” (“Saralangan tarixlar”, “Yilnomalar to‘plami”) asarini yozgan. 1870-yilda vafot etgan.

Bunday mazmundagi testni “Milliy sertifikat” testimga ham kiritganman. Savolni koʻring: https://t.me/TESTLIDER/3649

***

P. S. Testlarni tuzish jarayonida bunday maʼlumotlarni oʻrganib chiqaman. Toʻgʻri, bu imtihonda hali tushmagan. “Darslikda yoʻq-ku, tushmaydi”, deb oʻylashingiz ham mumkin. Lekin, masalan, darslikda yozilgan – “xristianlik dini tarqalishi natijasida Olimpia oʻyinlarini man etilganligi” haqidagi maʼlumotdan kelib chiqqan holda “Qaysi hukmdor davrida taqiqlanganligi” soʻralishi mumkin, deb oʻylab oʻsha savolni testga kiritib ketgan edim. Xuddi oʻsha savol olimpiadaning Respublika bosqichida tushgan (javob “Feodosiy”). Bunday misollar koʻp. Masalan, oʻtgan gal “Milliy sertifikat”da va oldinroq olimpiadada tushgan “Yuz yillik urushdan soʻng Angliya tarixida eng uzoq muddat hukm surgan sulola – gannoverliklar” haqidagi savolni ham ancha oldin tuzgan edim. Yaʼni darslikni tekshirib chiqish jarayonida gannoverliklar hukmronligi davri xato yozilganini bilib, tuzib ketgan edim.

P. S. 2. “Darslikda yoʻq” maʼlumotlar juda koʻp. Ularning barini test qilib boʻlmaydi, albatta (ortiqcha maʼlumot zararga ishlashi mumkin). Lekin testolog sifatida darslikda aynan yoʻq boʻlsa-da, tushishi mumkin boʻlgan maʼlumotni “his qilish” mumkin. Bu oʻz isbotini topib kelmoqda.

(c) Jalol BOLTAYEV, testolog, repetitor

👉 @TESTLIDER
👍63🔥131💯1