𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
19.7K subscribers
1.27K photos
166 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
Barcha savollarni wordga jamlayapman, PDF qilib chiqaraman. Oz qoldi...

(c) Jalol BOLTAYEVrepetitor, testolog

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🔥13👌32🐳2
#tushgan

Savol: Rimda yerga egalik qilish huquqiga ega boʻlmagan, urugʻ aʼzolari tarkibiga kirmagan erkin aholi toifasiga kirganlarni aniqlang.
Javob: plebeylar

*Agar savol xuddi shunday (yoki shunday mazmunda) tushgan boʻlsa, plebeylar boʻladi.

Kanaldan maʼlumot olinganda @TESTLIDER koʻrsatilishi shart!

👉 @TESTLIDER – yanada koʻproq «Milliy sertifikat» savollarini bilib olish uchun kanalga qoʻshiling!
👍396💯3
🗣🗣🗣🗣🗣🗣❗️

Bugungi “Milliy sertifikat” imtihonlari va unda qo‘llangan test topshiriqlari bo‘yicha @TESTLIDER Telegram kanalida 20:30 ovozli chat boshlanadi.

Hozir savollarni yig‘ib chiqyapman. Ovozli chatda test bo‘yicha o‘zingizni qiziqtirgan savollaringizni berishingiz mumkin bo‘ladi.

Spiker: Jalol BOLTAYEV – testolog, repetitor

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30
Live stream scheduled for
«Lafasov»dan ham, «Temur tuzuklari»dan ham bu gal bitta savol tushmabdi. XX–XXI asrlar davri boʻyicha, asosan, 10 «eski», «yangi»lardan tushgan. «Lafasov»ni ham, «Temur tuzuklari»ni ham oʻqitmagan edim. Toʻgʻri qilgan ekanman. Urgʻuni 10 larga qaratish kerak, deb hisoblagan edim.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍92🔥84👎3👀1
Forwarded from Nafosat
Bugun imtihonga kirib TEST LIDER deb kanalga bekorga nom qòyilmaganiga amin bòldim. Rahmat. Ilohim natijalar ham hammamizni hursand qilsin.
🔥46👍14💯43
🔥 “Bahorgi onlayn guruh”im 5-dekabrdan boshlanadi.

Darslarni o‘zim (Jalol BOLTAYEV) o‘taman.

Menimcha, bugun ko‘pchilik tushunib yetdi: “Milliy sertifikat” testlarini yaxshi ishlab chiqishingiz uchun o‘qituvchingizdan faqat “notiqlik”, “gapga chechanlik” talab etilmas ekan. U testolog bo‘lishi kerak ekan ☺️

Kursga qo‘shilish uchun quyidagi kartaga (9860010133910371) 115 ming so‘m to‘lovni o‘tkazasiz.

5-dekabrgacha qo‘shilsangiz, 115 ming so‘m evaziga qo‘shilishingiz mumkin.

Chekni @JalolBOLTAYEV'ga yuborsangiz, guruhga ulab qo‘yaman.

Bugun har bir savolga batafsil javob yozib chiqa olmayman. Chunki juda ko‘pchilik yozgan. Kanalimni kuzatadiganlar biladiki, testologiya bo‘yicha Jalol BOLTAYEV alohida ajralib turadi ))

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
27👍24💯4🔥3👎1
Forwarded from Isoqova.SH
Assalomu aleykum yaxshimisiz uztoz
Katta rahmat savollar siz o‘ylagan sizdagi savollarga juda o‘xshash. Nasib inshaalloh yaxshi natijalarni jo‘natib sizga yana bir bor rahmat aytish nasib qilsin ilohim🤲🤲🤲🤲
👍448💯4🔥2🤝1
Bugungi “Milliy sertifikat” imtihonlari bo‘yicha audiochat boshlandi.

Izohlarga o‘z savollaringizni yozishingiz mumkin.

https://t.me/TESTLIDER?livestream

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28🏆6💯4
@TESTLIDER kanalida so‘nggi oyda o‘tkazilgan Jalol BOLTAYEV muallifligidagi “Milliy sertifikat” testlari va tahlillari qay darajada yordam berdi?

Shaxsiyda bu boradagi xabarlar ko‘payib ketdi, javob yozishga ulgurolmay qolyapman. Va, ikkinchidan, xalq ham bilsin-da ))

Reaksiya va izoh – ❤️
58👍24💯6🐳2👎1🔥1🏆1
Forwarded from Lola RO'ZIYEVA
Ustoz testlariz haqiqiy MS sertifikati bilan bir xil sizni kurslarizni tanlab 100%togri yo'l tutibmiz
👍46🔥12💯7🤝5👎1
Forwarded from Dildora
Rahmat ustoz testlarizga gap yoq ko'pi sizi testlariz bilan 1:1ga tushdi onlayn kurslarizi tanlab adashmagan ekanman qolganlargayam ustozni kurslarini tavsiya qilaman
👍31🔥11
“Men tuzgan savol tushdi” degan gap qaysidir repetitorlarga yoqmasligini bir jihatdan tushunaman. Lekin oldinam aytib o‘tganimdek, bugungi imtihonda tushgan Vyetnam urushi Richard Nikson davrida tugaganligi, Oslo Norvegiyada ekanligi yoki oldinroq olimpiadada tushgan – Feodosiy I Olimpia o‘yinlarini taqiqlaganligi darslikda to‘g‘ridan to‘g‘ri yozilmagan!

Bunday testlarni tuzish xulosa chiqarish va keyin tekshirishni talab etadi.

Va, yana bir narsa: darsliklarda yozilmagan ma’lumotlar juda ko‘p. Milliy test tizimidan kelib chiqqan holda ehtimoliy savollarni tuzish testologiya bo‘yicha ko‘nikma va mahorat talab etadi.

Hech kim “Gerodot nechanchi asrda yashagan, degan savol tuzgan edim, shu tushdi” demayapti.

Oflayn/onlayn kurslarida meni testlarimni ishlatsa ham men haqimda gapiradiganlarni tushuna olmasam kerak. Bunday bo‘lish uchun qay darajada “mard” bo‘lish kerak?

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥36👍15💔7💯4👎1
Forwarded from Dilmurod Gʻaniyev
Jalolaka tuzib bergan testlar bilan oʻqishga kirdim bitirdim hozir dars beraman i yana tayyorlaman sertifikatga bularga ularni yordami BN erishdim
👍34💯4🔥1
Tez orada 2-variant ham joylanadi. @TESTLIDER'dan uzoqlashmang!
👍30🔥6🐳2👏1💯1
1-dekabr testlari (1-variant. Jalol BOLTAYEV).pdf
15.6 MB
TEZKOR TARQATING!🔥
TEZKOR TARQATING!🔥
TEZKOR TARQATING!🔥

1-dekabrda «Milliy sertifikat» imtihonida tushgan test savollari (1-variant). TOʻLIQ shaklda. Shuningdek, IZOHLARI bilan 💯

✏️ Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER kanaliga aʼzo boʻlishni unutmang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥64👍283💯3👎1🐳1
1-dekabrda “Milliy sertifikat” imtihonida qo‘llangan bir savol bo‘yicha

Savol: Qutayba ibn Muslimni 704-yilda Xuroson noibi etib tayinlagan xalifani yozing.

Javob: 704-yilda Qutaybani Xuroson noibi etib tayinlagan xalifa Abdumalik ibn Marvon hisoblanadi. Abdurahmon ibn Marvon emas. O‘ylashimcha, 2022-yilgi 7-sinf “O‘zbekiston tarixi” darsligining elektron versiyasida “Abdurahmon” deb texnik xatolikka yo‘l qo‘yilgan. Maktablarga tarqatilgan asl nusxada esa “Abdumalik” deb yozilgan (bir qarab ko‘ringlar-chi).

Arab xalifalari ichida “Abdurahmon” ismli xalifaning o‘zi bo‘lmagan.

BMBA testologiya qoidalaridan kelib chiqqan holda “Abdumalik” javobini to‘g‘ri javob sifatida qabul qiladi, “Abdurahmon”ni emas.

Hatto original qog‘oz darslikda “Abdurahmon” deb yozilgan bo‘lgan taqdirda ham “Abdurahmon” javobi to‘g‘ri javob sifatida qabul qilinmagan bo‘lar edi.

Demak,
Abdumalik ibn Marvon; Abdumalik*
Abdurahmon ibn Marvon; Marvon; Abdurahmon

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍40💔6👎2🔥2
#obunachilardan_savol

1-dekabrda “Milliy sertifikat” imtihonida qo‘llangan bir savol bo‘yicha


Qutayba ibn Muslimni 704-yilda Xuroson noibi etib tayinlagan xalifani yozing.

Savol: faqatgina “Marvon” deb yozib chiqqanman, olinadimi?
Javob: yo‘q, olinmasligi kerak.

Arab tilida “ibn” soʻzi “oʻgʻli” deganidir. “Abdumalik ibn Marvon” nomi Abdumalik Marvonning o‘g‘li ekanligini bildiradi. Yaʼni oʻzining ismi Abdumalik, otasining ismi Marvon. Faqatgina “Marvon” deb yozish orqali Abdumalikni anglatishning imkoni yo‘q. Tarixiy konteksda ham Marvon ismi bilan xalifa Abdumalik nazarda tutilmaydi.

Bu testologiyada (tekshirishda) “mazmunan xatolik” yoki “aniqlik darajasining kamligi” deb qaralishi mumkin (aslida bemalol “mazmunan xatolik” deb qarasa ham boʻladi. “Aniqlik darajasi kamligi” odatda apellyatsiya holatlarni keltirib chiqarishi mumkin). Chunki “Marvon” javobi boshqa “Marvon”larga ishora qiladi.

Arab xalifalari orasida ikkita “Marvon” ismli shaxs oʻtgan:
• Marvon (Marvon I; Marvon ibn Hakam) – umaviylar sulolasidan. 684–685-yillarda xalifalikni boshqargan. Xalifa Abdumalikning otasi.
• Marvon II (Marvon ibn Muhammad) – umaviylar sulolasining oxirgi vakili. 744–750-yillarni xalifalikni boshqargan.

Shuningdek, bunday vaziyatlarda har bir savol individual baholanishi haqida ham unutmasligimiz kerak.

(c) Jalol BOLTAYEV – repetitor, testolog

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍37🔥8👌2