𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
20.3K subscribers
1.28K photos
167 videos
418 files
1.38K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19🔥86👎1🏆11
Kecha “Data”da akademik jamoaning yig‘ilishi bo‘ldi. Yig‘ilishda direktorimiz tomonidan bitta muhim gap aytiladi, mutlaq qo‘shilaman:

“Men rezultat deganda bolaning qandaydir olimpiyadada yutishi, qaysidir o‘qishga kirishini emas, biz o‘rgatganlarimizni hayotida haqiqatan asqatishini, o‘rganganlarini qo‘llay olishini tushunaman”...

Haqiqatan... Hozir aksariyat davlat maktablari ham, afsuski yangi ochilayotgan ba’zi xususiy maktablar ham NATIJAni o‘quvchining OTMga kirish ko‘rsatkichi bilan bog‘lashyapti. Shuning uchun ham O‘zbekistonda ishsizlik yuqori. Bolaga bilimlarni hayotda qo‘llashni o‘rgatmadik. Universitetga kirdimi, tamom – rezultat. 4 yildan keyin ish topishga qiynalib qoladi... Chunki ta’lim berishdagi yondashuv xato.

Eng yomonini aytaymi? Aksariyat maktablar (ichida yangi xususiy maktablar ham bor) o‘qituvchiga ustuvor vazifa sifatida “bolani o‘qishga kiritish” missiyasini qo‘yyapti ekan... O‘qituvchining nufuzi, borinki, ustamasi, oyligi, imtiyozlarini ham shu bilan bog‘lashyapti... Bu noto‘g‘ri, azizlar... Bolani hayotga tayyorlash kerak... Birgalikda o‘rganish kerak.

(c) Jalol BOLTAYEV

Fikrlaringiz bo‘lsa, izohlarda qoldiring.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍33🔥52👎22👏1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Men haqimda...

Jalol BOLTAYEV kim? Bugungi videoda shu haqda bilib olasiz )

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51🔥10🏆742👎2
Salom, Instagram!

Yangi Instagram sahifa ochib, alohida e’tibor bilan yuritib boshlayapman. Instagramga xos, sifatli kontentlar berib borishni reja qildim.

https://www.instagram.com/jalolboltayev_?igsh=OWIybjJ4Njh0amQ3

Obuna bo‘lib qo‘ysangiz, xursand bo‘laman. 😊

(c) Jalol BOLTAYEV
👍175🔥2👏1
https://t.me/TESTLIDER/3126

1998 deganman! Shunchaki juda tez aytganman 😁

Rosti, 1918-yil deb yuborgan bo‘lsam ham uyalmasdim, aytardim. Lekin bu yerda 1998 deganman axir, tushuninglar meni 😊
👀17👍93
Bugun onlayn yopiq kursimda 6-sinf darsligining 2-darsi. Sizda qo‘shilib olish uchun vaqt bor hali

Eng sifatli mualliflik materiallar bilan ta’minlayman.


Bugun chegirma 🎁
Guruhga qo‘shilish uchun quyidagi kartaga 100 ming so‘m to‘lovni o‘tkazib, @JalolBOLTAYEV’ga chekni jo‘nating! Keyin sizni yopiq guruhga qo‘shib qo‘yaman.

9860010133910371 (Jalol Boltayev nomida)

Haftada 4 kun dars. Barcha darslarni o‘zim olib boraman.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍133
Sizga mana bunday sifatli testlar kerak bo‘lsa, kursimga yozilaverasizlar ))

Masalan, 8-sinf “Jahon tarixi” “KUNDALIK-OPTIMAL” test to‘plamim faqat yopiq guruhimdagilarga beriladi. Jami 1600 ta testdan iborat. Kitobni to‘liq qamrab oladi, shuningdek, bari sifatli testlar.

Kursga qo‘shilish uchun:
@JalolBOLTAYEV
👍52🔥1😍11
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥24👍843🤝1
Ertaga oflayn tayyorlov kurslarim boshlanadi!

O‘qituvchilar uchun alohida guruh ham ochilmoqda. O‘quvchilar uchun esa alohida guruh.

Tarix, geografiya, huquq fanlari bo‘yicha kurs o‘taman. Natija kafolati to‘g‘risida shartnoma imzolanadi.

Odatda xo‘jako‘rsinga tanlanadigan 5-universitetga emas, o‘zingiz orzu qilgan 1-oliygohga kirishni istasangiz, haqiqatan sifatli kursni tanlay bilish kerak.


🫥 Jalol BOLTAYEV
☎️ 97-299-00-66
🔝 Xorazm v., Urganch sh., «Arastu» oʻquv markazi
«Data» taʼlim stansiyasining roʻparasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍178🔥1
So‘rovnoma (keyin tajribamdan va pedagogikadan kelib chiqib shaxsiy fikrimni yozaman)

Tayyorlov kursida 6 kunlik dars* bo‘lishi qanchalik yaxshi? *Masalan, dushanba 1–10-mavzular; seshanba 11–20 va hokozo. @TESTLIDER | Jalol BOLTAYEV
Anonymous Poll
45%
Zo‘r, har kuni yangi mavzu berilgani yaxshi
44%
Har ikki kundan bir yangi mavzu berilgani yaxshi
11%
Natijani ko‘rmoqchiman, xolos
22👍3
Telegram asoschisi Durov qamoqqa olinganidan xabaringiz bormi? Durov terrorizm* va boshqa bir qancha jinoyatlarda ayblanyapti, sud bo‘ladi yaqinda.

Menimcha, u qamalib ketmasa kerak. Lekin, mabodo, shunday bo‘lsa, o‘zbekistonliklarga ham jabr bo‘ladi. Chunki qanchadan qancha insonlar Telegram orqali ro‘zg‘or tebratyapti.

Lekin, katta ehtimol bilan, qamalib ketmasa kerak.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👍2🏆1
Testni har jihatdan notoʻgʻri tuzadiganlarning bo‘lgani bir tarafdan yaxshi ekan ))

Bo‘lmasa, men tuzgan testlar TOPda bo‘lmay, alohida ajralib turmasmidi... ))

Hazil, mayli

(c) Jalol BOLTAYEV


👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
30👍121👌1💯1
“Rahimov School” HR boʻlimi uchun

Yurtimizda koʻplab xususiy maktablar bor. Ayniqsa, soʻnggi yillarda ularning soni ancha ortib qoldi. Ammo ular orasida oʻziga xos statusga ega, alohida ajralib turadigan, oliyroq maqsadlarni koʻzlagan maktablar kamroqdek. Shunday maktablardan biri Toshkent va Fargʻona shahridagi “Rahimov School” deb oʻylayman. Men “Rahimov School”ni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatganman va shunga amin boʻlganmanki, bunday moddiy-texnik bazaga, shart-sharoitlarga va eng asosiysi, oʻz qadriyatlariga ega boʻlgan maktablar bir qoʻl bilan sanoqli (davlat maktablari bilan birga hisoblaganda ham).

Yaqinda “Rahimov School” fan oʻqituvchilari uchun vakansiya eʼlon qilibdi. Oʻqituvchilar test sinovi orqali saralab olinmoqda ekan (menimcha, keyin boshqa sinovlari ham boʻlsa kerak). Zoʻr…

Ammo bir narsa meni bir jihatdan quvontirsa, bir jihatdan juda qoniqtirmadi. “Rahimov School” tarix fani oʻqituvchiligiga oʻz nomzodini qoʻygan ustozlarga sinov tariqasida men (Jalol Boltayev) tuzgan testlarni ishlatyapti (40 ta test). Yaxshi, juda zoʻr. Bu ham qaysidir maʼnoda maktabning yuqori salohiyatga ega ekanligini koʻrsatadi. Yaʼni duch kelgan testni emas, sifatli, talabgorlarni saralash uchun valid boʻlgan testlarni…

Meni qoniqtirmagan jihati esa – hech bir joyida mening ismim keltirilmagan… Yurtimizdagi eng nufuzli maktablardan biri mualliflik etiketiga rioya qilmasa, dodingni kimga aytasan… Axir bunday zamonaviy maktablar (aslida barcha maktablar) yoshlarni kichikligidanoq plagiatga qarshi toqatsiz qilib tarbiyalashi kerak emasmi? Jamiyatimizning eng ogʻriqli nuqtalaridan biri shu emasmi?

Men oʻsha testlarni tuzishim uchun bir kun uxlamay tunni oʻtirganim hali esimda. Uzluksiz 18 soatcha vaqt ketgan. Test haqiqatan yaxshi. Lekin yana bir jihati – u testda pedagogik kompetensiyalarni oʻlchab (baholab) berish uchun testlar kamroq edi. Agar saralashni yanada aniqroq qilmoqchi boʻlib, men bilan bogʻlansangiz, siz bilan hamkorlik qilaverardim va fanni o‘qitish darajasini o‘lchab (baholab) berish uchun alohida testlar shakllantirib berardim. Hozir ham bilim va malakalarni baholash doirasida bir qancha oʻquv markazlari va tashkilotlar bilan hamkorlik qilaman.

“Rahimov School”ni bilaman, hurmat qilaman. Bunday maktablar kam. Lekin bu ish meni qoniqtirmadi. Iltimos, bu muammoni toʻgʻrilasangiz...

Agar bu borada sizga yordam kerak bo‘lsa, men tayyorman. Lekin nomim saqlansin.

(c) Jalol BOLTAYEV

#RahimovSchool #no_plagiat #haqiqatan_zoʻr_maktab

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍35254🔥4
Mening kursimda barcha o‘quvchilarga shunday “Yo‘l xaritasi” beriladi. Abituriyentning har bir natijasi yozilib, muhr bilan tasdiqlanadi.

Bu nima uchun kerak? Bu “ertaga” asos bo‘la oladi. Men beradigan topshiriqlarni bajarib yurgan o‘quvchini “e, u o‘zi o‘qimasdi” deya olmayman )

Abituriyent repetitorning metodikasidagi ustuvor topshiriqlarni bajarsa-yu, natijasi past chiqsa, ayb repetitorda bo‘ladi, albatta.

Bu men uchun mas’uliyat, javobgarlik.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍44🔥9👏41😍1
Muvaffaqiyatning siri

Oldinlari inson bir sohada boshqalarga qaraganda koʻproq harakat qilsa, ulardan koʻra koʻproq natijaga erishsa kerak, deb, oʻylardim.

Hozir fikrim salgina oʻzgardi. Insonga bir soha boshqalariga qaraganda osonroq boʻlsa, shu sohada qolganlarga qaraganda koʻproq natijaga olib kelar ekan.

Bu xulosaga kelishimga doʻstim Jalol Boltayev sababchi boʻlgan. U tuni bilan tarix fanidan test tuzib chiqardi.

Men unga koʻp ishlading, ozgina damingni ol, deganimda, men test tuzsam, dam olaman, deb, javob bergandi.

Oʻsha paytlari men ham doʻstim bilan tarix fanidan repetitorlik qilardim. Menga ham dars oʻtish, yoshlar bilan ishlash yoqardi, lekin men qilib turgan ishimdan dam olayotganim yoʻq edi.

Toki psixologiyaga kirib kelmagunimcha. Psixolog boʻldim, seminarlar oʻtardim, soatlab mijozlar bilan gaplashardim va men dam olardim, yana menga bu uchun pul ham toʻlashardi.

Men doʻstimning psixolog boʻlishidan qoʻrqmayman, sababi – u psixologiyada men kabi dam ololmaydi, u ham mendan qoʻrqmasligi mumkin, chunki men ham u kabi tarixchi boʻlolmayman.

@muhammadyoqub_blog
👍288🔥4🏆4👌2💯2👏1
Ko‘pchilik biladi, kanalni 2018-yilda ochganman, o‘sha payti @TESTLIDER tarix doirasidagi repetitorlikka ixtisoslashgan dastlabki kanallardan edi. Bugungidek ko‘p kanal yo‘q edi, 2 yo 3 ta kanal bor edi, xolos.

Kanal orqali ko‘plab do‘stlar, meni ustoz sifatida ko‘radigan shogirdlar orttirdim. Hozirgacha yozishib turadiganlarim bor.

Lekin bir narsa doim g‘ashimni keltiradi. O‘sha paytlari (yoki kanal ochgunga qadar) men bilan samimiy (har holda men shunaqa o‘ylaganman) muloqotda bo‘lganlar kanal ochsa yo onlayn ta’limga kirib kelsa, negadir eski yozishmalarni o‘chirib yuboradi ))

Yana bir qiziq holat: oldinlari onlayndagi tarixchi-repetitorlar material sifati bo‘yicha bellashishardi (hammasiyammas, istisnolar doim bo‘lgan).

Hozir esa faqat “yovvoyi marketing” va odamlarni manipulyatsiya qilish bo‘yicha bellashishayotgandek. Buyoqda material, metodika kabi o‘qitish jihatlari dod devoryapti...

Afsuski, bugun sifat uchun qayg‘uradiganlar “istisno” bo‘lib qoldi.

(c) Jalol BOLTAYEV
👍47🔥11💯9👎1
Dars jadvali (1-guruh).pdf
1.2 MB
Yaxshi imkoniyat!

2-sentyabrdan 1-guruhimizda 10-sinf “O‘zbekiston tarixi” darsligini o‘rganish boshlanadi. Aynan mening onlayn metodikamda, o‘z tizimimda tayyorgarlik ko‘rishni istasangiz, kursga qo‘shiling.

Quyi sinf darsliklarini esa “takrorlash” darslari orqali o‘zlashtirib olishingiz mumkin. Buning uchun alohida to‘lov undirilmaydi. Bu degani haftada 8 marta dars (4 tasi majburiy).

Onlayn kursimga qo‘shilish uchun 9860010133910371 kartasiga 100 ming so‘m o‘tkazib, @JalolBOLTAYEV'ga to‘lov chekini yuboring.

Darslarni men (Jalol BOLTAYEV) olib boraman. Men haqimda bu yerda bilib olishingiz mumkin.
👍15🔥53
Onlayn kursim ishtirokchilarining fikrlari bilan tanishing!

Perfektsionizmni yaxshi ko‘raman.

Sizga ham SIFAT muhim bo‘lsa, onlayn kursimga qo‘shilishingiz mumkin!


• 9860010133910371
@JalolBOLTAYEV
• 100 ming so‘m (oyiga)

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥4