This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Tarixni o‘rganib, xarakterni shakllantiramiz”
📜 Tarixda bo‘lgan g‘alaba va mag‘lubiyatlarning natijalarini o‘rgangan insonning xarakterida bularning ta’siri, albatta, bo‘ladi.
🎞 Tarix fani ustozimiz Jalol BOLTAYEV qaysi omillar xarakterga ko‘proq ta’sir etishi haqida ma’lumot berib o‘tdi.
O‘zingizni qiziqtirgan savollarni izohlarda yozib qoldiring 😊
@data_maktab
***
👉 @TESTLIDER – Jalol BOLTAYEV: tarix, huquq, geografiya fanlari repetitori
📜 Tarixda bo‘lgan g‘alaba va mag‘lubiyatlarning natijalarini o‘rgangan insonning xarakterida bularning ta’siri, albatta, bo‘ladi.
🎞 Tarix fani ustozimiz Jalol BOLTAYEV qaysi omillar xarakterga ko‘proq ta’sir etishi haqida ma’lumot berib o‘tdi.
O‘zingizni qiziqtirgan savollarni izohlarda yozib qoldiring 😊
@data_maktab
***
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥19💯9👍8❤1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥11❤1
(Jami 22 ta variant)
⚡ Nasib qilsa sentabr oyida juda ko‘plab TMS namunasidagi “onlayn“ testlar o‘tkazishni reja qilganmiz. Tayyor turing, do‘stlar. Hali hammasi oldinda.
@TARIX_YANGIDAVR — obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥26👍16👎9❤4👀3👌2😍1🐳1
🏆 ONLAYN TEST
• Do‘stlarim, garchi yangi mavsumning boshi bo‘lsa-da, yaqinda butun respublikamiz bo‘ylab tarqatilishi kutilayotgan “GRAND tarix 6-8-sinf BOBLASHTIRILGAN“ testlar to‘plamimizdan namunaviy onlayn test o‘tkazmoqchimiz.
❓Test vaqti qachon?
⏰ “ONLAYN TEST” 16-avgust soat 20:00—21:30 oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.
• Ushbu xabarni barcha tarixchilarga yetkazing.
❓Testda ishtirok etasizmi?

🔥6❤2👍1
Keling, menam bir o‘z obunachilarim bilan suhbat quray. Suhbat anonim. Kim yozganligini men bilolmayman. Shunday ekan, istalgan savolni beravering.
Savol berish uchun havola:
http://t.me/anonaskbot?start=comg2
(c) Jalol BOLTAYEV
👉 @TESTLIDER
Savol berish uchun havola:
http://t.me/anonaskbot?start=comg2
(c) Jalol BOLTAYEV
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤6🤝2👀1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Biz o‘zimizni ham, o‘quvchilarimizni ham yaratish, ijod qilish darajasiga olib chiqishimiz zarur”
📌 Ta’limda bilim va ko‘nikmalarni darajalarga bo‘lish va o'quv maqsadlarini aniq belgilash muhim jarayon hisoblanadi.
🧑🏻🏫 Tarix fani ustozimiz Jalol BOLTAYEV bugungi videomizda ta’lim va o‘rganish jarayonlarini tartibga solishga yordam beradigan tasniflash tizimi, ya’ni Blum taksonomiyasi haqida ma’lumot berdi.
Qo‘shimcha savollarni izohlarda yozib qoldiring 😊
@data_maktab
***
1. Video tezlashtirilgan;
2. Aytganlarimga o‘zim ham 100 % amal qilolmayman. Ya’ni o‘qiganlarimni o‘z hayotimda doim ham qo‘llay olmayman.
@TESTLIDER

👍12🔥1
Mandat chiqyapti, oz qoldi, mundoq bo‘ldi, undoq bo‘ldi, deb mandat chiqqandan keyin “ana, aytuvdim-ku” deyish, xuddi “ertaga Quyosh chiqadi”, deyishga o‘xshaydi.
🔥49👏10👍7🏆2
Sevinch Matyoqubova
• Urganch davlat universiteti
• TARIX
• 180,40 ball
Repetitor:
• Jalol BOLTAYEV
• 97-299-00-66
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25❤6
Sarvinoz Rahimboyeva
• Urganch davlat pedagogika instituti
• TARIX
• 153,30 ball
Repetitor:
• Jalol BOLTAYEV
• 97-299-00-66
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍7
Xushnud Ismoilov
• Oʻzbekiston milliy universiteti
• TARIX
• 185,70 ball
«TARIX + GEOGRAFIYA» yoʻnalishida Xorazm boʻyicha eng yuqori natija
Repetitor:
• Jalol BOLTAYEV
• 97-299-00-66
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥18👍3 2🏆1
Shohruh Marimboyev
• Toshkent davlat yuridik universiteti
• Davlat va jamiyat boshqaruvi
• 184,60 ball
Repetitor:
• Jalol BOLTAYEV
• 97-299-00-66
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥7
Oxirida qolganlar eng kuchlilari emas
Yaqinda G‘ulomjon ismli yigit Olimpiyadada bronza medalini qo‘lga kiritdi.
U asli xorazmlik. Musobaqalarda doim mening qo‘shnim bilan gilamga chiqar edi va ko‘pincha yutqazardi.
Qo‘shnim kurashni tashlab yubordi...
Qo‘shimcha kurslarga qatnar edik, kuchli o‘quvchilar karyerasini ilm bilan bog‘lashmadi. Hozir men ilm olishda davom qilyapman, lekin men oldin ilm olib yurganlar ichida eng zo‘ri bo‘lmaganman.
Yonimga shogird bo‘lish istagida bolalar kelishdi. Hozir yonimda qolganlari oralaridagi eng kuchlilari emas.
Bir nima qilishni boshlaganingizda, balki siz ham atrofingizdagilar ichida eng kuchlisi bo‘lmasligingiz mumkin.
Lekin tepadaki insonlarni kuchlilardan ajratib turadigan narsa – oxirigacha kurashish.
Zo‘rlar o‘zining iqtidori bilan ajralib turadi, oxirda qolganlar esa qat’iyatlilar. Qat’iyat iqtidordan ustun turadi.
(c) Matyoqub ISMOILOV – amaliyotchi psixolog

👍18🔥8👏1
Oflaynda o‘quv kursim 25-avgustda boshlanadi (15:00 da o‘quv markazga kelishlari talab etiladi).
Mening kurslarim TARIX, HUQUQ, GEOGRAFIYA fanlaridan kafolatlangan, sifatni qadrlovchilar uchun kursdir.
Har bir o‘quvchining natijasi uchun alohida harakat qilinadi. Chunki har bir o‘quvchi individual shaxsdir.
Qo‘shimcha savollaringiz bo‘lsa, menga murojaat qilishingiz mumkin:
👨🏫 @JalolBOLTAYEV
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🔥5👎1
Abituriyentlarimga “o‘qishga kirsangiz” zo‘r-zo‘r kino va seriallarni tavsiya etaman”, derdim. O‘qishga kirib ham bo‘lishdi...
Chunki shunaqa kino/seriallar borki, badiiy asardan kam emas, badiiy asar berishi mumkin bo‘lgan bilim, tushuncha, saboq, zavqni beradi. Kanalga yozaymi?

👍25💯6👏2👎1🔥1
“SOBIQ ABITURIYENTLAR” KOʻRISHI KERAK BOʻLGAN FILMLAR! (1-qism)
“Taxtlar oʻyini” seriali. Bu serialni nega koʻrish kerak?
Ushbu serial fentezi va drama janrida boʻlib, 8 faslni “bir nafas”da koʻrib tugatish mumkin. Syujet juda qiziqarli, aktyorlar mahorati ham tahsinga sazovor. Serial rasmiy yutuqlari haqida gapirib oʻtirmayman. Chunki men biron-bir filmga odatda rasmiy reytinglar va yutuqlardan ("Oskar" mukofoti va shunga oʻxshash) kelib chiqib emas, syujetdan kelib chiqib qiziqish bildiraman. Syujet haqida 1-2 qism koʻrgach, qisqacha tushunchaga ega boʻlib olish mumkin. Serialda tarixdagi real oʻrta asrlar muhiti fantastika bilan uygʻunlashgan holda tasvirlangan.
Syujetning eng asosiy eʼtiborli jihatlari (men uchun):
1. Saltanat hukmdori vafot etgach, taxt uchun kurash boshlanib ketadi. Eʼtiborli jihati – bu kurashlar nafaqat markazda, balki har bir graflikning taxti uchun boʻlib oʻtadi. 8-sinf “Oʻzbekiston tarixi”da “Bobur ham barcha taxt da’vogarlariga xos xususiyatlardan xoli emasdi. Uning orzusi Amir Temur saltanatining poytaxti boʻlmish Samarqand taxtini egallash edi” deydi-ku, shunga oʻxshab yoppasiga barcha shahzoda-yu malikalar hokimiyat uchun kurashib ketadi.
2. Keskin burilishlar. Siz bittasini “asosiy qahramon” deb oʻylab oʻtirasiz... Lekin shunday burilish boʻladiki... (mayli, spoyler boʻlmasin). Xullas, serial soʻngigacha boy intrigalarga toʻla. DTM intrigalaridan ham qiziq. Xuddi “faqat darslikdan tushadi” degan oʻy bilan imtihonga kirib, umrida oʻqimagan maʼlumotidan savol tushganini koʻrgan abituriyent “vaay” deb yuboradi-ku... Xuddi shunday keskin burilishlar bor serialda... Ex, deb yuboradigan )
3. “Yovuz” qahramonlar shunchaki yozuv emas, ularning “yovuzliklar” qilishiga sabablar bor. Qahramonlar faqat yovuz yoki faqat yaxshi boʻlolmaydi. Xuddi hayotdagi kabi. Keyingi tavsiya etadigan serialimda aslida bu jihat yanada yaxshiroq koʻrsatilgan. Men filmlarning shu jihatiga eng koʻp eʼtibor qarataman. Bitta oʻta-oʻta yovuz qahramon va bitta oʻta-oʻta ijobiy qahramon... Bunday boʻlmaydi. Chunki bu hayotiy emas.
Davomi bor...

👍25🔥7👎2 2❤1🙏1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19🔥8❤6👎1🏆1 1
Kecha “Data”da akademik jamoaning yig‘ilishi bo‘ldi. Yig‘ilishda direktorimiz tomonidan bitta muhim gap aytiladi, mutlaq qo‘shilaman:
“Men rezultat deganda bolaning qandaydir olimpiyadada yutishi, qaysidir o‘qishga kirishini emas, biz o‘rgatganlarimizni hayotida haqiqatan asqatishini, o‘rganganlarini qo‘llay olishini tushunaman”...
Haqiqatan... Hozir aksariyat davlat maktablari ham, afsuski yangi ochilayotgan ba’zi xususiy maktablar ham NATIJAni o‘quvchining OTMga kirish ko‘rsatkichi bilan bog‘lashyapti. Shuning uchun ham O‘zbekistonda ishsizlik yuqori. Bolaga bilimlarni hayotda qo‘llashni o‘rgatmadik. Universitetga kirdimi, tamom – rezultat. 4 yildan keyin ish topishga qiynalib qoladi... Chunki ta’lim berishdagi yondashuv xato.
Eng yomonini aytaymi? Aksariyat maktablar (ichida yangi xususiy maktablar ham bor) o‘qituvchiga ustuvor vazifa sifatida “bolani o‘qishga kiritish” missiyasini qo‘yyapti ekan... O‘qituvchining nufuzi, borinki, ustamasi, oyligi, imtiyozlarini ham shu bilan bog‘lashyapti... Bu noto‘g‘ri, azizlar... Bolani hayotga tayyorlash kerak... Birgalikda o‘rganish kerak.
(c) Jalol BOLTAYEV
Fikrlaringiz bo‘lsa, izohlarda qoldiring.

👍33🔥5❤2👎2 2👏1💯1