𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
20K subscribers
1.27K photos
167 videos
418 files
1.37K links
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali

Onlayn/oflayn kurslar
Repetitor: @JalolBOLTAYEV; @JalolBOLTAYEV_kurs
Tel.: 97-299-00-66
Muhim: @TARIX_OMBOR
Download Telegram
Hozirgina kuzda bo‘ladigan “Milliy sertifikat” imtihonlari uchun ochilgan guruhimizda 1-darsni yakunladim. Qariyb 4 soat shug‘ullandim (darsimning “savol-javob” qismi, test tahlili va hokozo. Jami 4 soatcha vaqt ketdi).

Endi xotirjam Xorazmga qaytsam bo‘ladi. Toshkentdagi ishlarimni yakunlagan bo‘lsam-da, “Yo‘lda bo‘lsam, darsimni o‘ta olmay qolaman”, – deb bugun ham qolgan edim.

Xayr, Toshkent. Toshkentda yaxshi insonlar bilan ancha maroqali vaqt o‘tkazdik. Mehmondorchiliklardan xijolat ham bo‘lib ketdim, to‘g‘risi. Toshkentdagi yaxshi taassurotlarim haqida ham bafurja yozaman.

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍39👏52🔥2😍1
YouTube’da ilmiy-ommabop videolar yoki ilmiy ma’ruzalarni tomosha qilasizmi?

Bu videolarni ta’lim jarayonida qo‘llash – yaxshi. Bu videolar asosida bir necha daqiqalar ichida tayyor test yaratish mumkin desam ishonasizmi? Yo‘q?

Unda ushbu videoni ko‘ring: https://youtu.be/J9YrMfP3XVI

(c) To‘lqin Ro‘zmatov
Forwarded from TARIX EL.EDU
Rasmdagi insonlarni siz juda yaxshi taniysiz. Tanimaganlar bo'lsa, tanib oling, ertaga ishingiz tushib qolishi mumkin)

Yoqubbek aka Shoymardonov «SPECTRUM MEDIA GROUP» nashriyoti rahbari, samimiy va mehmondo'st inson. Bu kishi bilan kitobimizni nashrdan chiqarish uchun birgalikda ko'p mehnat qildik. Oson bo'lmadi. Toshkentdagi uchrashuvda nashriyot faoliyati bilan bizni birma-bir tanishtirdi. Bir kun vaqtini biz bilan o'tkazdi. Yakunda Toshkentda «qashqadaryocha» mehmon qildi. Yoqubbek aka rozi bo'lasiz)

Jalol BOLTAYEV («Xorazm o'g'loni») bilan ilk marta yuzma-yuz Toshkentda ko'rishdik, 3 kun qanday o'tganinni ham bilmay qolibmiz. Bu vaqt orasida Jalol o'ziga xos «prinsiplar» ga ega inson ekanligiga yana bir bor amin bo'ldim. Aytgan gapidan qaytmaydigan, qat'iyatli va mehnatkash inson) Kelasi safar Xorazmda «to'ylar» da ko'rishishni niyat qildik... Jalol lavashga rozi bo'lasiz😁

(c) Azizjon Alijonov

👉 @tarixplaton
9👍6
Forwarded from TARIX EL.EDU
Toshkentda soat 22:00 dan tongga yaqin 3:30 gacha dasturxon ustida ilmiy suhbat qurgan insonlarni ko'rib turibsiz bu yerda))

Eldor ASADOV — motivatsiyalarga to'la, mehnatkash va kreativ insonlardan biri) @LEGALDOCTOR_UZ da «HUQUQ» ni shunchaki yondiryapti. Eldor aka o'z sohasining yetakchilaridan ekanligiga hech qanday shubxa yo'q) Mehmondo'stlik uchun alohida tashakkur aka. Farg'onaga kelganingizda aloqaga chiqarsiz, qaytaraman))

Alohida aytishim kerak, Jalol BOLTAYEV va Eldor ASADOV bilan suhbat davomida ko'p narsalarni o'rgandim, asosan tinglovchi bo'ldim)

(c) Azizjon Alijonov

👉 @tarixplaton
👍23😍2🏆2👏1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ QABUL BOSHLANDI!

DATA xalqaro maktabiga 1-sinfdan 8-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilarni 2024–2025-o‘quv yili uchun qabul qilishni boshladik.

🤗 Maktabimizga tashrif buyurib, barcha sharoitlar bilan shaxsan tanishishingiz va ta’lim tizimi haqida xodimlarimizdan batafsil ma’lumotlarni bilib olishingiz mumkin.

– Bepul o‘quv qurollari
– Ingliz, rus va o‘zbek tillarida darslar
– 3 mahal issiq va mazali ovqat
– 20 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan zamonaviy sinf xonalari

Quyidagilar maktabimizdagi imkoniyatlarning bir qismi, xolos 😉

@data_maktab
👍9🔥32
Xullas, Toshkentdan kecha qaytdim. Toshkentdagi taassurotlarimni bo‘lishmasam bo‘lmaydi.

Yoqubbek SHOYMARDONOV – “Spectrum” nashriyoti rahbariyatidan. Juda samimiy va kamtar inson ekan. Zamonlar o‘tib, bunaqa samimiy va kamtar insonlarni uchratish qiyinlashyapti. O‘zimizda ham gohida bu jihatlar yetishmay qoladi. Shunday insonlar davrasida bo‘lib turishimiz kerak... Mehmondo‘stlikni-ku aytmay, lekin gap faqat unda emas – samimiylik va kamtarlikda. Yoqubbek aka shunday insonlardan ekan.

Eldor ASADOVEldor ASADOVni uzoq yillardan beri taniyman. Boshida ham bir-birimizga hurmatimiz baland bo‘lgan. Yuzma-yuz ko‘rishib, suhbatlashganimizdan so‘ng yanada ortdi. Masalan, orada har kim o‘z ishi, hayot tashvishlari bilan bo‘lib, oylab uzilishlar bo‘lgan. Shundayam bizni Toshkentga kelganimizni bilgan zahoti qimmatli vaqtini ayamay Toshkentda bizni ancha aylantirdi. Huquq fani bo‘yicha mualliflik kitoblarini ham sovg‘a qildilar, juda xursand bo‘ldim. Maroqli, ilmiy, foydali suhbat bo‘ldi. Eldor aka ham o‘zimizga “qo‘shadiganlardan” ekan 😊. Samimiy inson. Eldor aka @legaldoctor_uz kanalida huquq fani bo‘yicha qimmatli va qiymatli materiallarni berib kelmoqdalar. Har yerda ham bunaqa sifatli materiallarni uchratavermaysiz.

Azizjon ALIJONOV – alohida mavzu. Azizjon bilan garchi birinchi marta ko‘rishgan bo‘lsam-da, xuddi ancha yillardan beri bir-birimizni tanib, bir-birimizni biladigandekmiz. Mehnatdan qochmaydigan, jonkuyar odam. Shunday ustozlar ko‘paysin. Ha, to‘g‘ri, biroz kamgap, ancha andishali. Lekin potensiali katta. Kam gapirsa-da, ko‘p va foydali ish qiladiganlardan.

Barchasi uchun rahmat!

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍212👏2
Hurmatli o‘qituvchilar, 50 % ustama kerakmi?

Ustozlar orasida «“Milliy sertifikat” savollari qiyin, topshirgan bilan ololmaymiz», – degan gaplar ham aylanib yuribdi ekan. “Milliy sertifikat”ning nafaqat A+, A darajasi, balki B+ darajasiga ham 50 % ustama berilishi nazarda tutilgan.

Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, B+ ham yaxshi natija, B+ ni olgan odamni birov “bilimsiz” yoki “fanini bilmaydi” deya olmasa kerak (xuddi A+ ni olgan o‘qituvchini ham “eng zo‘r o‘qituvchi (tarixchi)” deb bo‘lmaganidek).

Ammo, nima bo‘lgandayam, B+ ham 50 % ustama taqdim etadi. 60 dan ortiq olgan o‘quvchilarimiz A+, A darajalarini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, B+ darajasini ham ko‘pchilik ustozlarimiz oldi. To‘g‘ri, A+, A darajani olgan ustozlarimiz ko‘proq harakat qilishdi, B+ darajasini olgan ustozlarimiz esa “Milliy sertifikat”ni qo‘lga kiritish unchalik qiyin bo‘lmaganligini aytishmoqda.

Sizga 50 % ustama kerak bo‘lsa, tayyorgarlikni boshlang. B+ ni olish uchun hamma ishingizni yig‘ishtirib, “uzlatga chekinib” tayyorlanishingiz shart emas.

(c) Jalol BOLTAYEV

***

“Milliy sertifikat” guruhimizga qo‘shilish uchun @JalolBOLTAYEV’ga yozing. “Quadro”ning 6 nafar ustozidan sifatli ta’lim olib, 50 % ustamaga ega bo‘ling.
👍114🔥3👎1
#oʻqituvchilar_uchun

(c) Jalol Boltayev ishlanmasi

Muammoli ta’lim texnologiyasi

Menga bu texnologiyaning qanday qo‘llanishi, tartibi, darajalarini tushuntirib, mohiyatini ochib bergan odam Iqboljon Ilxomovich bo‘ladi (Toshkent shahridagi Prezident maktabida faoliyat yuritgan, ta’lim eksperti). Bu haqda bafurja bir yozaman. Muammoli ta’lim texnologiyasi tarixni tom ma’noda o‘rganishda va hayotda kerak bo‘ladigan ko‘nikmalarni shakllantirishda juda katta asqatadi.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13👏31👎1
🔥 Tarix fanidan ATTESTATSIYA va “MILLIY SERTIFIKAT” sinovlariga «Quadro» jamoasi bilan tayyorlaning!

«QUADRO» jamoasi attestastiya va “Milliy sertifikat” imtihonlariga tayyorgarlik bo‘yicha yangi “PRO” guruhiga qabulni boshladi.

Darslar 4 nafar ustoz tomonidan 
(Ilyosxo‘ja Bekmirayev, Jalol Boltayev,
Azizjon Alijonov, To‘lqin Ro‘zmatov)
olib boriladi;

Kurs davomida ENG FOYDALI materiallar taqdim etiladi (mavzulashgan testlar, “Milliy sertifikat” testlari, audiodarslar, videodarslar – eng sifatlilari);

Pedogogik bilim va mahoratingizni oshirish uchun respublika hamda xalqaro doiradagi eng malakali pedogoglar bilan master-klasslar tashkil etiladi;

Darslar savol-javob, test tahlili va turli interaktiv usullar asosida olib boriladi.

Qabulda: @Ilyosxoja_Bekmirzayev, @AzizjonAlijonov

💰 Kurs narxi: 150 ming so‘m (oyiga)
📆 Darslar 1-iyundan boshlanadi.

👉 @TESTLIDER – sifatni qadrlovchi tarixchilar uchun
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Savol: «‘QUADRO’ jamoasining 150 ming so‘mlik “PRO” (“Milliy sertifikat” + attestatsiya) guruhi qaysi jihatlari bilan oldingi, boshqa guruhlaringizdan farq qiladi, afzalliklari nimada

Javob: Farqli jihatlari juda ko‘p. Hozir shulardan bir nechtasiga misol keltiraman.

1️⃣. “PRO” guruhimizda o‘qituvchilarga o‘z darslarida foydalanishi uchun mavzular kesimida kreativ slaydlar, tarqatma va interatkiv materiallar, krossvordlar taqdim etiladi. Bu materiallar umuman internetda tarqalmagan bo‘lib, Jalol Boltayev muallifligidagi materiallar hisoblanadi (bilasiz, Jalol Boltayevning “grafik dizaynerlik” qobiliyati ancha yuqori). “Pro” guruhida o‘qiydigan o‘qituvchilar bemalol o‘z darslarida foydalanishi mumkin bo‘ladi.

2️⃣. “PRO” guruhimizning ishtirokchilariga Ilyosxo‘ja Bekmirzayevning respublikada mashhur bo‘lgan “QULAY QO‘LLANMA” nomli seriyali kitoblari beriladi. Ushbu qo‘llanmalarning elektron shakli shu vaqtgacha boshqa guruhlarga berilmagan. Faqat kitob do‘konlarida sotilgan. Aynan PRO guruhlarimizga ushbu qo‘llanmalar BEPUL beriladi. Bu qo‘llanmalar shu daraja mahorat bilan ishlaganki, bunaqasini boshqa joydan topish qiyin. Ma’lumotlarni yaxshi eslab qolish, tushunish uchun juda katta asqatadi.

3️⃣. “PRO” guruhimizning ishtirokchilariga testologiya sohasida ko‘pchilikka o‘rnak bo‘la olgan Jalol Boltayevning “KUNDALIK-OPTIMAL” nomli seriyali test to‘plamlari beriladi. Ushbu to‘plamlar mavzulashtirilgan testlar sirasiga kiradi. Va boshqa mavzulashtirilgan testlar orasida o‘zining yuqori saviyasi bilan ajralib turadi.

4️⃣. “PRO” guruhimizda ATTESTATSIYA imtihonlariga tayyorgarlik ko‘ruvchi ustozlar uchun yana bir muhim va foydali yangilik: “PRO” guruhimizda respublika va xalqaro doirada tan olingan eng malakali pedogoglar bilan masterklaslar tashkil etiladi. Bu bo‘yicha allaqachon kelishuvga erishilgan. Shu orqali pedagogik mahoratingizni tom ma’noda rivojlantirasiz.

Hozircha 4 tagina afzallik jihati keltirildi, xolos. Bu hali hammasi emas. Yana yozamiz! 😉

Eslatma “PRO” guruhlarda Ilyosxo‘ja Bekmirzayev, Jalol Boltayev, Azizjon Alijonov, To‘lqin Ro‘zmatov, shuningdek, xalqaro darajaga chiqqan yana bir ustoz pedagog darslarni olib boradi.

• Qabulda: @JalolBOLTAYEV
• Plastik karta: 9860196600594846
• Narx: 150 ming so‘m
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11👏21🔥1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42
🔥 “Quadro”dan MAXSUS TAKLIF!
⁉️ 150 ming so‘mlik PRO guruhiga 100 ming so‘m evaziga qo‘shilishni xohlayaizmi?

Tarix fanidan attestatsiya boʻyicha “Quadro” jamoasining (Ilyosxo‘ja Bekmirzayev, Jalol Boltayev, Azizjon Alijonov va To‘lqin Ro‘zmatovlar) “PRO” guruhi aslida 150 ming soʻm oyiga.

Lekin quyidagi link bilan guruhga qoʻshilganlar uchun chegirma (taxminan, 100 ming soʻm oyiga) qilib beramiz. Sharti bor 😉.

Guruhga qoʻshilsangiz, “shartini” kechroq eʼlon qilamiz.

Guruhda “PRO” guruhining afzalliklari, farqlari haqida ham yozilgan.

❗️Qoʻshiling: 👉 @attestatsiya_quadro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
“DATA” XALQARO MAKTABIga tarix fani o‘qituvchisi sifatida ishga kirish uchun borganim haqida...

Xullas, bir necha oy oldin ITga ixtisoslashgan, respublikada taniqli bo‘lgan “DATA” o‘quv markazi o‘zining xususiy XALQARO MAKTABIga vakansiyalar e’lon qildi. “DATA”ga ishga kirishni juda xohlayotgan edim, daromad tufayli emas, boshqa sabablar, jumladan, erkinlik tufayli (“DATA”ga yetaklagan sabablarni yana yozaman). “DATA” o‘quv markaziga borsam, xuddi boshqa planetaga tushib qolganday his qilardim o‘zimni. Energiyaga to‘la, yangilikka ochiq, tom ma’noda foydali ishlar qiladigan odamlar jamoasi...

Men maktabda ishlamaganman. To‘g‘ri, kamroq bo‘lsa-da, zo‘r maktablar bor, balki ularga men to‘g‘ri kelmasman, tajribam yetmas. Ammo maktabga ishga kirish haqida o‘ylasam, byurokratiya, mantiqsiz ishlar meni bu fikrdan qaytarar edi. Bo‘lmasa, o‘qituvchilik men uchun eng oliy kasb. Yaxshi ko‘raman o‘qituvchilikni.

Bir do‘stim “DATA’ga PhD bo‘lgan tarixchilar topshiryapti ekan, siz esa hali endi yoqlaysiz”, degani uchun topshirmadim, to imtihonning oxirgi kuni – 29-aprelgacha.
29-aprelda baribir ko‘nglim tinchimadi, “DATA”ga bordim. Borsam, imtihonning ikkita bosqichi bor ekan: birinchisi – fan bo‘yicha test; ikkinchi – asosiy bosqichi – dars o‘tib berish (hech kim bo‘lmagan xona – studiyada videokameraga yozib olinadi. Keyin uni rahbariyat ko‘rib chiqib, baho beradi).

Birinchi bosqich – testdan o‘tdim. Lekin ikkinchi bosqich uchun vaqtim ham qolmagan. Rahbariyatdan yana qo‘shimcha kun so‘rab oldim. Ana endi ikkinchi bosqichga tayyorlana boshladim. Birinchidan, “PhDlar topshirishgan”, degan gap uchun taqdimotim juda kreativ chiqmasa, foydasiz; ikkinchidan, vaqt juda oz...

Men tarix o‘qitish metodikasi bo‘yicha respublikada TOP qatorlarda turadigan, Toshkent shahridagi Prezident maktabida faoliyat yuritgan ustoz Iqboljon Kamolov Ilxomovichning faoliyatini, ishlanmalarini ancha yillardan beri kuzatib kelardim. Magistrlik ilmiy ishini ham ancha oldin o‘qib chiqib, xo‘b narsalarni o‘rgangan edim. Shunda xayolimga ustoz Iqboljon Kamolov bilan bog‘lanib, mahorat darsi (masterklas) olish fikri keldi. Har holda men oldin hech qachon ishga kirish uchun suhbatlarda qatnashib ko‘rmaganman (“Ma’rifat” gazetasida ishlaganman, lekin u yerda tavsiya orqali ishlagan edim) va, asosiysi, ustozdan ko‘p narsalarni o‘rganishimga ishonchim komil edi (“DATA”ga ishga kirmasam ham).

Xullas, ustoz Iqboljon Kamolov bilan bo‘lgan qariyb 3 soatlik suhbat, men uchun juda-juda foydali bo‘ldi. Ochig‘i, “yana talaba bo‘lib qolsam-u, Iqboljon Kamolov menga tarix o‘qitish metodikasidan darsga kirsa”, – degan utopik xayol ham o‘tdi. Odamning faoliyatini kuzatish (ishlanmalarni o‘rganib chiqish)dan ko‘ra to‘g‘ridan to‘g‘ri dars olish yanada foydaliroq bo‘lar ekan. Umuman olganda, gap faqat ishga kirishdamas edi, maqsad Iqboljon Kamolovning pedagogik mahorati va ko‘nikmalarini o‘rganib, shaxsiy ko‘nikmalarimni rivojlantirishda edi (chunki “DATA”ga PhDlar topshirishdi”, – degan fikr va ancha kech qolib ketganligim miyamda aylanardi).

Buni qarangki, mening 1 soatlik taqdimotim “DATA” XALQARO MAKTABI direktori – Sardor Qo‘ziyevga juda ma’qul keldi. Hozir “DATA” xalqaro maktabida de fakto tarix fani o‘qituvchisiman, “DATA”ning “o‘qituvchilar jurnali”da suratim va faoliyatim bilan bog‘liq ma’lumotlar aks etgan poster joylangan. Ikkita tarix fani o‘qituvchisi olindi. Men ikkinchi bo‘lib o‘tdim.

Agar siz xorazmlik bo‘lsangiz, hech ikkilanmay, farzandingizni “DATA” XALQARO MAKTABIga joylashtiring. U yerdagi imkoniyatlar, qulayliklar, ta’lim sifati... Ta’riflashga til ojiz. Ota-ona uchun kichik qadam, bola uchun ulkan sakrash! “DATA” farzandingizni yuksaklikka olib chiqa oladi!

(c) Jalol BOLTAYEV

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍295🔥5
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍92🔥1
@Bepul_attestatsiya (QUADRO).pdf
1.4 MB
🔥 TEST BOSHLANDI!

• Muallif: «Quadro» jamoasi
• Jami sovrin: 2 mln 500 ming soʻm (vaucher)
• Testlar soni: 40 ta

• Start: 20:00
• Finish: 22:00


❗️@qutest1_bot'ga kirib, dastlab ism-familiyangizni yozasiz, keyin 2 kodi bilan quyidagi namuna boʻyicha Javoblaringizni yuborasiz:
2*abcdabcd

👉 @bepul_attestatsiya
👉
@bepul_attestatsiya
👉 @bepul_attestatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32
2019-yilda kirish imtihonlarida “kollej” darsliklari va “yangi” maktab darsliklarining asosan “kesishgan” (bir-birida bor ma’lumotlar) joylaridan savollar tushgan.

O‘sha yili do‘stim Mardonbek Rajabov va men – Jalol Boltayev “Solishtirma kitob” va “Solishtirma test” tuzganmiz. U kitoblarning har biri 10 000 nusxadan ortiq chop etilib, butun Respublikada tarqatilgan (hali “Qora bozor”da tarqab ketganni hisobga olmaganda). Ahamiyatliligi jihatidan juda muhim kitoblar edi. U qo‘llanmalarni o‘qigach, “Lafasov” va “Usmonov”ni o‘qishga hojat bo‘lmagan.

***

7-aprelda bo‘lib o‘tgan “Milliy sertifikat” imtihonidan so‘ng «“Usmonov” va “Lafasov”ni o‘qiymizmi?», degan savollar ko‘payib ketdi.

“Quadro” jamoasi ustozlari – Ilyosxo‘ja Bekmirzayev, Azizjon Alijonov, To‘lqin Ro‘zmatov va men – Jalol Boltayev “Usmonov”, “Lafasov”dan “Ehtimoliy qo‘llanma” va “Ehtimoliy testlar” ishlab chiqyapmiz.

🔥 EHTIMOLIY QO‘LLANMA”da “Usmonov” va “Lafasov”dan imtihonda tushish ehtimoli eng yuqori bo‘lgan ma’lumotlar jamlangan bo‘ladi.

🔥 EHTIMOLIY TESTLAR TO‘PLAMI”da esa “Ehtimoliy qo‘llanma” asosida tuzilgan test topshiriqlari bo‘ladi.

👉 @TESTLIDER
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17
Bugungi o‘tkazilgan “KONKURS” test, “Quadro” jamoasining PRO guruhlari haqida fikrlaringiz qanday? Audiochatni eshitib va testni ishlab, qanday xulosaga kelyapsiz?
👍8🔥2
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
@Bepul_attestatsiya (QUADRO).pdf
Bu testlarni, umuman, “TESTLIDER” testlarini boshqa har qanday testlar (qaysi testtuzar bo‘lishidan qat’i nazar) bilan solishtirib, xolis baho berishingizga qarshi emasman. Aslida bu gapni aytmoqchimasdim, lekin ba’zilar “eng” degan jumlani ko‘p ishlatadigan bo‘libdi )) Vaholanki...

👉 @TESTLIDER – Jalol Boltayev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6