Mana, “Majburiy fan” uchun “Ehtimoliy test to‘plam”imiz uzog‘i 2–3 kunda sizning shahringizdagi kitob do‘konlariga ham yetib boradi.
Endi navbat TARIX fanini ASOSIY fan sifatida o‘qiyotganlar uchun “30 talik” “Ehtimoliy testlar – 2024” to‘plamimizga. U ham 7–10 kunda nashriyotdan chiqib qolar ekan...
Jalol BOLTAYEV va Azizjon ALIJONOVning “asosiychi”lar uchun chiqayotgan “30 talik” “Ehtimoliy to‘plam – 2024” kitobini OLDINDAN nechta odam buyurtma qilib qo‘yishga tayyor?
Men devoringlar :)
👉 @TESTLIDER – sifatni qadrlovchi tarixchilar kanali

👍17
Shu kanal egasini shaxsan bilaman. Ingliz tilichi, ancha salohiyatli. O‘tgan yilimidi, Xorazmga keldi. Shu vaqtgacha Germaniyada edi.
Boshqa bir ingliz tilichi (marketingchi jamoalarda ham ishlaydi) do‘stim bilan bo‘lgan suhbatda gapdan gap chiqib “Nega bu kanalda odam kam?”, – deb so‘radim.
“Kontenti yaxshi emas”, – deb javob berdi. Boshida bu gapdan hayron qoldim.
“O‘ta darajada sifatli”, – deb javob berdi...
👉 @TESTLIDER

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥5❤2
#darslikka_izoh #bilasizmi?
10-sinf “O‘zbekiston tarixi” darsligida “Bog‘ [G‘alaba bog‘i] hududida 101 nafar o‘zbek asiri installyasiyasi barpo etilgan”ligi yozilgan. Xo‘sh, o‘sha “101 nafar o‘zbek” kim? Ularning jasorati nimada? Shu haqda gaplashamiz...
“Ulug‘ Vatan urushi”ning birinchi haftasida 101 o‘zbek o‘g‘loni natsist bosqinchilariga asir tushgan. Ular Gollandiyadagi “Amersfort” konslageriga yuborilib, u yerda shafqatsiz qiynoqlarga duchor etilgan.
Adolf Gitlerning buyrug‘i bilan “Amersfort” konslagerida Sovet askarlarini insoniylikdan yiroq, zaif va rivojlanmagan mavjudotlar sifatida ko‘rsatish maqsadida film suratga olish rejalashtirilgan edi.
Ushbu film uchun Germaniyaning eng tajribali kinematograflari jalb qilingan. Fashistlar o‘zbek asirlarni bir necha oy davomida ochlik va chanqoqlik azobiga solib, ruhan va jismonan qiynoqqa solishgan.
Biroq, o‘zbeklar nemis askarlarining ruhini ko‘tarish uchun mo‘ljallangan bu filmning asosiy qahramonlariga aylanishdan bosh tortishgan.
Gap shundaki, suratga olish guruhi qo‘llari bog‘langan holda saqlanayotgan 101 o‘zbek askariga bir dona buxanka non uloqtiradi. Nemis natsistlari o‘zbeklar non uchun bir-birini urib o‘ldirishini kutishgan va buni suratga olib, ularning “maxluq” ekanligini o‘z xalqiga ko‘rsatishmoqchi edi. Ammo o‘zbeklar o‘zlarining insoniylik fazilatlarini namoyish etishdi: nonni eng yosh askar oladi va uni eng katta askarga uzatadi. Yoshi katta askar esa bir nonni qolgan hammaga ulashib chiqadi. O‘zbeklar nonni yeb bo‘lgach, yuzlariga fotiha tortadi.
Shu tarzda Gitlerning rejasi chippakka chiqdi, Moskva jangi oldidan fashist askarlarining ruhini ko‘tarish uchun qilingan tadbir qaytangga ularning ruhini “tushirib qo‘yadi”. Moskva uchun jangda Germaniya armiyasi bir million nafar askaridan ayrilib, mag‘lub bo‘ladi. Bu g‘alabada Vatan uchun mardlarcha halok bo‘lgan 101 o‘zbekning hissasi katta!
Ularning jasorati va qahramonliklariga bag‘ishlangan “Bir yuz bir” degan film ham suratga olingan. Ushbu link orqali filmdagi “buxanka voqeasi”ni ko‘rishingiz mumkin. Filmni to‘liq ko‘rib chiqishingizni tavsiya etaman. Ta’sirli kino.
👉 @TESTLIDER – JALOL BOLTAYEV

👍14
@TESTLIDER 6️⃣ yoshda!
Tarixga ixtisoslashgan kanallar ichida eng yoshi ulug‘laridan (eng oldin ochilganlardan) biri @TESTLIDER hisoblanadi! Bugun kanalni ochganimga roppa-rosa 6 yil bo‘ldi!
Tarixga ixtisoslashgan kanallar ichida eng yoshi ulug‘laridan (eng oldin ochilganlardan) biri @TESTLIDER hisoblanadi! Bugun kanalni ochganimga roppa-rosa 6 yil bo‘ldi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥23👍3
Shuningdek, bugun jamoamiz a’zosi, @TARIXPLATON kanali asoschisi Azizjon ALIJONOVning ham tug‘ilgan kuni. Ertaga, nasib qilsa, Azizjonning tug‘ilgan kunini Toshkentda birga nishonlaymiz! Azizjon samimiy, yaxshi, mehnatkash o‘qituvchi. Faoliyatida doimo muvaffaqiyatlar tilab qolaman!
Hozir ketyapman Toshkentga...
Hozir ketyapman Toshkentga...
👍21🔥6👏5
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥28👏8👍2
“Kitoblarni qayerdan olsam bo‘ladi?”, – deb so‘rayotganlar diqqatiga!
Kitoblar Respublikamizning barcha kitob do‘konlarida mavjud.
Agar siz yashayotgan hududdagi kitob do‘konlarida bizning (Jalol Boltayev, Azizjon Alijonov) kitoblarimiz mavjud bo‘lmasa, do‘kon egasidan “Spectrum” nashriyoti bilan bog‘lanishini so‘rang. Umuman olganda, “Spectrum” Respublikamizdagi eng nufuzli nashriyotlardan biri. Ko‘p joylarga allaqachon yetib borgan bo‘lishi kerak. Lekin, mabodo, sizning shahar/tumaningizda kitobimiz mavjud bo‘lmasa yoki kitoblarimiz tezroq yetib borishini istasangiz, do‘kon egasini “Spectrum” bilan bog‘lab yuboring, darrov olib kelishadi. “Talab + taklif”.

🔥12👍5❤1
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV
Qadrli kanalimiz a’zolari, mana bu videoni “hikoya” (“история”) sifatida o‘z akkauntingizga joylab, @yoqubbek_zamon_kitob va @JalolBOLTAYEV’ni belgilab (“отметка” qilib) qo‘ysangiz, sizdan juda minnatdor bo‘lardim.
Kim shu tarzda bizni qo‘llab-quvvatlasa, zo‘r bo‘lardi. Kim qo‘llab-quvvatlagani menga ko‘rinib turadi. Qani, do‘stlar, kettik!
👉 @TESTLIDER
Kim shu tarzda bizni qo‘llab-quvvatlasa, zo‘r bo‘lardi. Kim qo‘llab-quvvatlagani menga ko‘rinib turadi. Qani, do‘stlar, kettik!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥12
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍41🔥9👎3
Ertaga “Quadro” jamoasining yangi “Milliy sertifikat” guruhida darslar boshlanadi. Onlayn. Qo‘shilish uchun @JalolBOLTAYEV’ga yozing.
👍5👎1
Hozirgina kuzda bo‘ladigan “Milliy sertifikat” imtihonlari uchun ochilgan guruhimizda 1-darsni yakunladim. Qariyb 4 soat shug‘ullandim (darsimning “savol-javob” qismi, test tahlili va hokozo. Jami 4 soatcha vaqt ketdi).
Endi xotirjam Xorazmga qaytsam bo‘ladi. Toshkentdagi ishlarimni yakunlagan bo‘lsam-da, “Yo‘lda bo‘lsam, darsimni o‘ta olmay qolaman”, – deb bugun ham qolgan edim.
Xayr, Toshkent. Toshkentda yaxshi insonlar bilan ancha maroqali vaqt o‘tkazdik. Mehmondorchiliklardan xijolat ham bo‘lib ketdim, to‘g‘risi. Toshkentdagi yaxshi taassurotlarim haqida ham bafurja yozaman.
(c) Jalol BOLTAYEV
👉 @TESTLIDER
Endi xotirjam Xorazmga qaytsam bo‘ladi. Toshkentdagi ishlarimni yakunlagan bo‘lsam-da, “Yo‘lda bo‘lsam, darsimni o‘ta olmay qolaman”, – deb bugun ham qolgan edim.
Xayr, Toshkent. Toshkentda yaxshi insonlar bilan ancha maroqali vaqt o‘tkazdik. Mehmondorchiliklardan xijolat ham bo‘lib ketdim, to‘g‘risi. Toshkentdagi yaxshi taassurotlarim haqida ham bafurja yozaman.
(c) Jalol BOLTAYEV
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍39👏5❤2🔥2😍1
YouTube’da ilmiy-ommabop videolar yoki ilmiy ma’ruzalarni tomosha qilasizmi?
Bu videolarni ta’lim jarayonida qo‘llash – yaxshi. Bu videolar asosida bir necha daqiqalar ichida tayyor test yaratish mumkin desam ishonasizmi? Yo‘q?
Unda ushbu videoni ko‘ring: https://youtu.be/J9YrMfP3XVI
(c) To‘lqin Ro‘zmatov

YouTube
Videodan PDF test yaratish | Quizizz AI
Ushbu videoda YouTube'dagi videodlardan bir necha daqiqa ichida test yaratishni o'rnamiz!
Forwarded from TARIX EL.EDU
Rasmdagi insonlarni siz juda yaxshi taniysiz. Tanimaganlar bo'lsa, tanib oling, ertaga ishingiz tushib qolishi mumkin)
Yoqubbek aka Shoymardonov «SPECTRUM MEDIA GROUP» nashriyoti rahbari, samimiy va mehmondo'st inson. Bu kishi bilan kitobimizni nashrdan chiqarish uchun birgalikda ko'p mehnat qildik. Oson bo'lmadi. Toshkentdagi uchrashuvda nashriyot faoliyati bilan bizni birma-bir tanishtirdi. Bir kun vaqtini biz bilan o'tkazdi. Yakunda Toshkentda «qashqadaryocha» mehmon qildi. Yoqubbek aka rozi bo'lasiz)
Jalol BOLTAYEV («Xorazm o'g'loni») bilan ilk marta yuzma-yuz Toshkentda ko'rishdik, 3 kun qanday o'tganinni ham bilmay qolibmiz. Bu vaqt orasida Jalol o'ziga xos «prinsiplar» ga ega inson ekanligiga yana bir bor amin bo'ldim. Aytgan gapidan qaytmaydigan, qat'iyatli va mehnatkash inson) Kelasi safar Xorazmda «to'ylar» da ko'rishishni niyat qildik... Jalol lavashga rozi bo'lasiz😁
(c) Azizjon Alijonov
👉 @tarixplaton

❤9👍6
Forwarded from TARIX EL.EDU
Toshkentda soat 22:00 dan tongga yaqin 3:30 gacha dasturxon ustida ilmiy suhbat qurgan insonlarni ko'rib turibsiz bu yerda))
Eldor ASADOV — motivatsiyalarga to'la, mehnatkash va kreativ insonlardan biri) @LEGALDOCTOR_UZ da «HUQUQ» ni shunchaki yondiryapti. Eldor aka o'z sohasining yetakchilaridan ekanligiga hech qanday shubxa yo'q) Mehmondo'stlik uchun alohida tashakkur aka. Farg'onaga kelganingizda aloqaga chiqarsiz, qaytaraman))
Alohida aytishim kerak, Jalol BOLTAYEV va Eldor ASADOV bilan suhbat davomida ko'p narsalarni o'rgandim, asosan tinglovchi bo'ldim)

👍23😍2🏆2👏1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ QABUL BOSHLANDI!
DATA xalqaro maktabiga 1-sinfdan 8-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilarni 2024–2025-o‘quv yili uchun qabul qilishni boshladik.
🤗 Maktabimizga tashrif buyurib, barcha sharoitlar bilan shaxsan tanishishingiz va ta’lim tizimi haqida xodimlarimizdan batafsil ma’lumotlarni bilib olishingiz mumkin.
– Bepul o‘quv qurollari
– Ingliz, rus va o‘zbek tillarida darslar
– 3 mahal issiq va mazali ovqat
– 20 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan zamonaviy sinf xonalari
Quyidagilar maktabimizdagi imkoniyatlarning bir qismi, xolos 😉
@data_maktab

👍9🔥3❤2
Xullas, Toshkentdan kecha qaytdim. Toshkentdagi taassurotlarimni bo‘lishmasam bo‘lmaydi.
Yoqubbek SHOYMARDONOV – “Spectrum” nashriyoti rahbariyatidan. Juda samimiy va kamtar inson ekan. Zamonlar o‘tib, bunaqa samimiy va kamtar insonlarni uchratish qiyinlashyapti. O‘zimizda ham gohida bu jihatlar yetishmay qoladi. Shunday insonlar davrasida bo‘lib turishimiz kerak... Mehmondo‘stlikni-ku aytmay, lekin gap faqat unda emas – samimiylik va kamtarlikda. Yoqubbek aka shunday insonlardan ekan.
Eldor ASADOV – Eldor ASADOVni uzoq yillardan beri taniyman. Boshida ham bir-birimizga hurmatimiz baland bo‘lgan. Yuzma-yuz ko‘rishib, suhbatlashganimizdan so‘ng yanada ortdi. Masalan, orada har kim o‘z ishi, hayot tashvishlari bilan bo‘lib, oylab uzilishlar bo‘lgan. Shundayam bizni Toshkentga kelganimizni bilgan zahoti qimmatli vaqtini ayamay Toshkentda bizni ancha aylantirdi. Huquq fani bo‘yicha mualliflik kitoblarini ham sovg‘a qildilar, juda xursand bo‘ldim. Maroqli, ilmiy, foydali suhbat bo‘ldi. Eldor aka ham o‘zimizga “qo‘shadiganlardan” ekan 😊. Samimiy inson. Eldor aka @legaldoctor_uz kanalida huquq fani bo‘yicha qimmatli va qiymatli materiallarni berib kelmoqdalar. Har yerda ham bunaqa sifatli materiallarni uchratavermaysiz.
Azizjon ALIJONOV – alohida mavzu. Azizjon bilan garchi birinchi marta ko‘rishgan bo‘lsam-da, xuddi ancha yillardan beri bir-birimizni tanib, bir-birimizni biladigandekmiz. Mehnatdan qochmaydigan, jonkuyar odam. Shunday ustozlar ko‘paysin. Ha, to‘g‘ri, biroz kamgap, ancha andishali. Lekin potensiali katta. Kam gapirsa-da, ko‘p va foydali ish qiladiganlardan.
Barchasi uchun rahmat!

👍21❤2👏2